April 28, 2025

My policeman husband & mafia queen

《 Sevgi_nima bilasizlarmi...u oʻlimga olib boruvchi yoʻl... garchi bu sabab siz va yaqinlaringiz oʻlishi mumkin boʻlsada, ammo koʻzlaringgizni boʻlab u tomon olib boruvchi arqon......》

ep:6

Taehyung ishga ketdi. Y/n esa orqasidan derazadan uzoq qarab qoldi.
Uning yuragi og‘ir edi. Chunki sirlarni ko‘payib ketgandi.
U hozir uning bolasini ichida ko‘tarib yurardi.
Ammo unga aytolmayotgandi.

Tae ketishi bilan Y/n yashirin shaxsiga qaytdi.
Mafiya malikasi. Sovuq va kuchli.

Qora charm kurtkasini kiyib, maxfiy bazaga jo‘nadi.
U yerdagi hamma unga "Malika" deb murojaat qilardi.
Y/n boshini baland ko‘tarib yurdi — har bir harakati, har bir buyruqlari qo‘rqinch va hurmat uyg‘otardi.


Bugun Alex uni kutib turardi.

"Y/n..."
U yumshoq chaqirdi.
Y/n sovuq nigoh bilan unga qaradi.

"Men senga yordam berishni xohlayman," dedi Alex, yuragini kaftiga tutgandek.
"Men seni sevaman. U senga munosib emas. Men seni va bolangni himoya qilaman."

Bu so‘zlarni eshitib, Y/n qattiq sovuq tabassum qildi.

"Alex," dedi u, "Mening bolam bor...
...lekin u sendan emas."
U ta'kidladi: "Men faqat Taehyungni sevaman. Doimo."

Alex ko‘zlarida og‘riq bilan chekinib ketdi.
U endi bilardi: Y/n yuragida unga joy yo‘q.

Y/n esa bilardi — Alexning sevgisi xavfli bo‘lishi mumkin edi.
Agar u o‘z sevgisidan aqldan ozsa... hamma narsani barbod qilishi ham hech gap emas edi.


Bu orada Taehyung boshqarmada ishlayotgandi, ammo yuragi g‘ash edi.
U yaqinda Y/n ning g‘alati harakatlarini sezgandi.
Ba'zida kechasi qayoqqadir chiqib ketishi, gaplardan qochishi...
Va yana bir g‘alati narsa: Y/nning ko‘zlaridagi yashirin og‘riq.

"U mendan nimalarnidir yashiryapti," deb o'ylardi Tae.
Uning ichki politsiyachi instinkti bunga ishora qilardi.
Shubha uning yuragini kemirardi.

Agar u bilsa...
Agar u Y/n mafiya bilan bog‘langanini, yoki undan boshqa sirlar yashirayotganini bilib qolsa...
U shubhasiz, o‘zi aytganidek qilishga tayyor edi:
Hech qanday xiyonatni kechirmaydi. Hech qachon.

U o‘ziga qasam ichgandi:
"Agar Y/n meni aldagan bo‘lsa... men uni o‘ldiraman."

Bu fikr uni ezsa-da, ichida yashirin g‘azab va og‘riq olovdek yonardi.


Kechqurun Y/n yana o‘zini go‘yo hech narsa bo‘lmagandek tutdi.
U Taehyungni quchdi, unga shirin tabassum qildi.
Taehyung ham unga jilmaydi — lekin ko‘zlarida hali ham sovuq shubha chaqnardi.

Ular bir-birining ko‘ziga qarab turishdi.
Ikkalasi ham sir saqlardi.
Ikkalasi ham ich-ichidan bir-biridan qo‘rqardi.

Va hech kim bilmasdi — bu sevgi kun kelib qonga botishi mumkin edi.


Tunda, Taehyung yoningda edi.
U seni bag‘riga tortib, ko‘zlarini yumdi.
Ammo yuragi tinchimaydi.
U sezardi — orada ko‘rinmaydigan devor borligini.

"Senga ishonaman," — dedi u pichirlab.
Ammo bu gaplar ichida chuqur bir "agar" yashiringan edi.
Agar u bilsa...
Agar u haqiqiy Y/n kimligini bilib qolsa...


Tong saharda Y/n yana uyg‘ondi.
Taehyung allaqachon ishga ketgandi.

U yostiq ostidan bir qog'oz topdi.
Tae unga xat yozgan edi:

> "Men seni yaxshi ko‘raman, Y/n. Lekin iltimos, men uchun ehtiyot bo‘l. Mening eng katta zaifligim — bu sensan."

Y/n yuragi siqilib ketdi.
U sevardiki, uni jonidan ortiq.
Lekin yashiradigan sirlar ko‘p edi...

Y/n tezda qora charm kurtkasini kiydi.
U mafiyadagi ishini davom ettirishi kerak edi.
Bu yo‘lni tanlagan edi u — Taehyung bilmaydi, bilmasligi kerak.


Bazaga yetganda, Alex uni kutayotgan edi.

"Y/n, sen yaxshi ko‘rinmayapsan," — dedi Alex ehtiyotkorlik bilan.
U qadam tashlab, unga yaqinlashdi.
"Men seni himoya qilmoqchiman. Seni va bolangni."

Y/n keskin orqaga chekinib:
"To‘xta, Alex. Bu bola faqat menga va uning otasiga tegishli. Sen bizning oramizda joy yo‘q." — dedi.

Alex ko‘zlarida alam bilan bosh egdi.
Ammo ichida o‘t kabi yongan sevgini o‘chira olmadi.


Bu orada, Taehyung politsiya idorasida maxfiy hujjatlarni ko‘zdan kechirar edi.
Yangi ma'lumotlar kelgan:
Shaharda yangi mafiya yetakchisi paydo bo‘lgan edi. Juda kuchli. Juda xavfli.

Tae stolda turgan fotosuratni ko‘zdan kechirdi.
Fotosuratda qora kiyimdagi, niqobli ayol tasvirlangan edi.

Uning yuragi gupirab urildi.

Nima uchun...?
Nima uchun bu ayol unga Y/nni eslatadi?

U shubhalanib boshladi.
Shubhalar — ko‘ngilning eng xavfli o‘ti.

Tae o‘ziga so‘radi:
"Agar Y/n... haqiqatan ham menga xiyonat qilgan bo‘lsa, nima qilaman?"
Javob esa allaqachon yuragida edi:
"O‘ldiraman."

U ichkaridan titrardi — umid qilardi, bular faqat shubha, faqat xayol bo‘lsin.


nice reading

**Keyingi qismida Y/n oʻladimi yoki yu
Men bosgan reklarizga qarab ff keyingi qismini tashlayman**