Omerta / Sukud Qasamiyodi
- u boshqa kaloniyada emish !? Eshitishim bo‘yicha..
Yigit divan ortiga suyangancha oyoqlarini qovushtirdi.
- ha, ha janob.b - duduqlangancha javob berdi narigi yigit
- nega men aytgan joyda emas ! - Taehyung yigitga bir qoshini ko‘targancha qararkan. Qarshisidagi yigitni qaltirayotganini bir zum payqadi.
- ja, janob. Bu, bu haqida meni ham habarim yo‘q.... - yigitning ko‘zi Taehyung ko‘zlaridan ancha yiroqlarga qaradi.
-Santoo.... mani adashtirishga urinma !
- men rostini so‘zlayabman. - Santoo Taehyungning ko‘zlariga qarashga botinolmasdi.
- ko‘zlarimga qara. - yigitning sovuqqon ovozi yangradi. - ana endi davom et....
Yigit o‘zini ortga yengil tashladi. So‘z qarshisidagi yigitga aqldan ozdiruvchi nigoh bilan qaray boshladi.
- ja. Janobb, Mitsuki bi,bilan ohirgi bbor gapplashgganimdda uu m,mengga aytddiki, u ayyttddikkii....
- gapni uzoqga cho‘zganlarni jinim suymaydi Santoo..... - Taehyung be‘etibor o‘rnidan turib qo‘llarini cho‘ntagiga joylagancha yigitning ortiga o‘tdi.
Santooga esa hatto kiprik qoqish ham og‘irlik qilayotgandi.
- Bu, bu ishda Sa,salamandira,nining qo‘ qo‘li bor em,emish.
Qorong‘u va zah hona bo‘ylab. To‘pponchaning o‘qlangan ovozi yangradi. Santoo esa qattiq yutingani hatto Taehyungga ham eshitilgan edi.
To‘pponchani ohista o‘qlagan Taehyung Santooning boshi orqasiga qo‘ydi.
- Santoo. Bilasanmi nima ?! Men bo‘layotgan ishlar haqida nega so‘rayman - yigit tezlikda Santooning quloqlariga egildi va quloqni kuydiruvchi nafas bilan gapida davom etdi. - chunki bu ishlarni ipidan ignasigacha bilgan bo‘laman. Yoki sen meni shunchalar o‘ylovsiz kalta fahm deb o‘yladingmi !? Unda adashasaaann... - Yigitning pichir ovozi hona bo‘ylab sovuqlik tarqatardi. Santoo esa ko‘zi kosasidan chiqgudek katta katta ochilgancha tosh qotib o‘tirardi.
- bu,bu ishda. Men, meni aybim y,yo‘q janobb.
- bilasanmi Santoo. Omertada... Aybsizlar mavjud emas... - Taenhyung ohirgi jumlasi qorong‘u honani to‘ldirdi va ketidan yana hona bo‘ylab to‘pponchaning otilgan ovozi yangradiyu qayta aks sado berdi.
- yosh umringni o‘zin harob qilding ! - uning yuzida bir lahzaga bo‘lsada achinish hissi yo‘q edi.
Yigit dastrumolchasi bilan tufligiga tekkan qonni artarkan. Yana nimadir noto‘g‘ri ekanligini qayta qayta sezardi.
- janob. Men Salamandirani toptim.. - Taehyungning ketidan borayotgan Mina qo‘lidagi qog‘ozdan bosh ko‘tarmasdan gapirdi.
- Olmoslarni o‘g‘irlang miqdori aniqlandimi !? - Taehyung ham be‘etibor yo‘lida davom etardi.
- tahminan 58 karat olmos. O‘g‘irlangan va rasmiylashtirilgan.
- buni kim qilganini 3 kun ichida aniqlang. Barcha narsasasini. Ismidan tortib hatto tug‘ilgan shifohonasigacha - yigit gaplarini tugatdiyu honaga kirib eshikni yopdi.
_ sen doim. Menga bir bor bo‘lsada e‘tibor qaratmagansan..
Mina hayolidan o‘tkazgan gaplari uni doim qiynardi.
- hoy. Hayollaringni yeg‘.. Jiminga qo‘ng‘iroq qilish kerak.. - qiz telefonidan kerakli raqamlarni terdiyu qo‘ng‘iroq qilish tugmasini bosdi.
- Jimin. Tez ofisga yetib kel ! - qiz yigitning gaplarini eshitmasdan avval qo‘ng‘iroqni yakunladi.
Ofissga yetib kelgan qiz yo‘l qo‘lakay achchiq cofee ham olib olgandi.
- doim hamma qiyin ish menga. Yo hudoo. Meni qizbola ekanligimni o‘ylab ko‘risharmikin ? - qiz o‘ziga o‘zi eshitilarli pichirlab sochlarini ortiga to‘nog‘ich bilan yeg‘diyu kompiyuter oldida turgan ko‘zoynagini taqib joylashdi.
Oradan 30 daqiqa o‘tgach. Jiminga qayta qo‘ng‘iroq qildi.
Telefon ortidan yangragan qizning asabiy ovozi Jiminni cho‘chitib yubordi.
- shu yerga kelsang. Kallangni uzib olaman sen bolani !
- aaa. Kallasini uzib olsam kelmasmush. Qayerdaligini topib borib uzib olaman. Bo‘lmasam....
Qiz yana yigitning gapini eshitmasdan qo‘ng‘iroqni yakunladi.
Uyidan 5 daqiqada kiyinib yo‘lga chiqgan Jimin. Iloji boricha tezroq borishga harakat qilardi.
- men ham boshliqman. Men kimsan Kim Taehyungni do‘stiman. Ammo nega bu qiz meni ukasidek ko‘radi hayronman.
Jimin mashina yo‘lida bor tezlik bilan ketib borardi. Toki mashina yo‘liga bir qiz o‘zini tashlamagunga qadar.
Yigit mashinasining to‘g‘risiga chiqib turib olgan qizdan qattiq cho‘chib ketdiyu. Rulni boshqa yerga burib mashinani tohtatdi.
- HOOY. AQLDAN OZGAN AHMOOQ. NEGA MASHINA YO‘LIGA CHIQASAN-AA. KATTA TEZLIKDA KELAYOTGANIMNI KO‘RGANDING. SEZDING. NIMA JONINGDAN TO‘YGANMIDING !!!
Ko‘zlari g‘azabdan qizargan yigit qizning ahvoliga endi e‘tibor qaratgandi.
Havo sovuqligiga qaramay. Oddiy oppoq tungi libosda. Va libosning har yerida qondan qolgan izlar. Sochlari esa to‘zg‘ib ketgandan yuzi ko‘rinmasdi..
- hooy.... yaxshmisiz. - qizning ahvolidan yigitning qahrli nigohi yumshab ketdi. - mana buni tashlab oling... - ustidagi kamzulini yechgan yigit qizning ustiga tashlab qo‘ydi.
Yigitning yaqinlashganini sezgan qiz qattiq seskanib ortga tisarildi.
- qo‘rmang. Hech narsa qilmayman. Yuring. Mashinaga chiqing. - Jimin qizni yelkasidan ushladiyu mashinaning oldi o‘rindig‘iga olib chiqdi.
Mashinaga o‘tirgan qiz oyoqlarini yeg‘ib oldiyu boshini eggancha yeg‘lay boshladi.
- nimadir bo‘lganmidi. Isminggiz nima... - yigit qizga gapirarkan. Telefonini jiringlayotgan ovozidan undan e‘tiborini uzdi.
- Minashii.... bugun borolmayman. Sen ham ket. Ishimlarim ko‘payib ketdi... - dediyu huddi minadek uning gaplarini tinglamay qo‘ng‘iroqni yakunladi.
Yana e‘tiborini qizga qaratgan yigit mayin so‘zlay boshladi.
- sizni qo‘rqitib yuborgan bo‘lsam kechirasiz - dedi aybdorona va mashinani o‘t oldirdi.
Qisqa vaqt ichida uyiga qaytgan yigit qizni yana avvalgidek ushladiyu mashinadan tushirib. Uyga olib kira boshladi..
- issiq qahva ichasanmi ?! - so‘radi yigit qizni divanga o‘tqazish barobarida.
Qiz esa shunchaki titrardi halos.
- demak ichasan.. - Jimin bir onga unga qararkan. Nimadir noto‘g‘ri edi.
O‘z honasiga kirgan Taehyung. Birinchi navbatda. Qon tekkan kiyimlaridan qutildiyu dushga kirib ketdi.
Chiqgach. Oshxonaga tushdiyu qahva tayyorlab qaytib honasiga chiqdi.
Uyda hizmatchilar bo‘lmasada uning uyi qizbolaning uyidanda toza va ozoda edi. Hamma ishlardan vaqt ajratgancha hamma yerni tartib bir o‘zi solardi. Va bu unga yoqardi.
- ho‘o‘sh - ko‘zoynagini taqib divanga suyangancha kompiyuterni olgan yigit o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘la boshladi.
Ammo hayolidan o‘tayotgan o‘ylar uni ishlashiga halaqit qilayotgandek edi..
Sokin ko‘zini kompiyuterdan uzdi va qahvasini olib ayvonchaga chiqdi.
Eshik ochilishi bilan yalang tanasiga urilgan sovuqlikdan yigit biroz seskandi ammo barbr u yerni tark etkisi kelmay. Mayus oyga boqdi.
- sen ham men kabi yolg‘izmisan - dedi biroz pastroq - qara. Men ham sen kabi yolg‘iz porlayotgan insonman. Farqimiz shundaki. Sen yer yuzidagi barchaga jirkanchlardan tortib. Yaxshilarigacha o‘z nuringdan berasan... men esa jirkanchlarni bu dunyodan birma bir qirishni istayman....
- oyi. Oyijon.... oyni qarang chiroyliyaa... - kichik bolakay tungi osmonni zavq bilan tomosha qilarkan ora orada onasiga gapirib qo‘yardi.
- Taehyung. Oy nurida tovlanganim... sovuqotmayabsanmi ? - Kim honim kichik bolakayning yuzlaridan siladi.
- yo‘q. Sovuqotmayabman - dedi bolakay kulgancha... garchi hoziroq sovuqotayotganini aytib yeg‘lagisi kelsada..
- hozir biroz chidaa. Panaroq joy topamizz. Maylimi o‘g‘lim..
- oyi. Havotirlanmang. Men bardoshliman... - bolakay shunday deb onasini ko‘nglini ko‘tarmoxchi bo‘ldi ammo oradan 10 daqiqa o‘tar o‘tmas hushidan ayrildi.
- o‘shanda onamni qiynaganlarni har biri topmagunimcha menga o‘lim yo‘q - dedi yigit asabiy va qo‘lidagi finjonni yerga uloqtirib. O‘zi ichkariga kirib ketdi.
- u. U seni shu ahvolga. Soldimi. Kim bollibdi u bir qizni shu darajada horlaydigan..
- Sa, salamandira.... - qizning bu gapidan Jimining ko‘zlari avvalgidanda g‘azabga to‘ldi..
- sen bu yerni o‘z uyingdagidek his qilaver ho‘pmi. Men tez orada qaytaman...
- u, u men,meni olib ketgani kelmaydimi !?
- yo‘q. U bu yerlargacha kelmaydi. Havotirlanma... qahvani ichib ol. Ava.. - yigit gaplarini tugatdiyu uyni tark etdi.
Yo‘l yo‘lakay Taehyungga qo‘ng‘iroq qilib ofissga borishini ta‘kidladiyu o‘chirdi.
Ofissga chamadi 10 daqiqada yetib borgan yigit tezda liftga yaqinlashdiyu o‘ziga kerakli qavatni belgilab ko‘tarilishini kuta boshladi.
30 daqiqadan buyon murosa qilolmayotgan yigit va qizni kuzatayotgan Taehyungning tobora sabri tugab borardi.
- JIMIN. O‘ZING O‘YLAA. U JOSUS BO‘LMASA sendan boshqa qancha mashinalar o‘tardi nega ularnikiga tashlamay aynan seni tanladi.
- Minaa. Nega doim sen uchun hamma josus. Aaa aytgin. U josusga o‘xshamadi deyabman. Hokisor qiz. Undan josus chiqmaydi. - Jimin asabiylashgancha qosh chimirdi.
- Jimin ! - hona bo‘ylab Taehyungning chuqur ovozi yangradi. - o‘zing o‘yla ! Qanday qilib kimsan Salamandiraning uyidan oddiy sen aytgandek hokisor qiz tirik chiqishi mumkin ! Yoki qanday qilib. U bilan bir tun o‘tkazib tirik qolishi mumkin... - taehyung jiddiy nigohlar bilan qaradi.
- qachongacha insonlanri faqat yomon tomonlarini o‘ylayverasizaa bu dunyoda yaxshi insonlar ham borku ! Bu dunyoda gunohsizlar ham bo‘lishi mumkinku Tae, Mina nega tan olishni istamaysiz. Sizlar uchun hamma yomon. Hamma josus. - jimin asabiylashgancha o‘rnidan turib ketdi.
- nima bo‘lganda ham. Undan ehtiyot bo‘laver Jimin - Taehyung jumlasini yakunladi hamki ofissning orqa hovlisidan to‘pponchaning sovuq ovozi yangradi.
Kichikroq javonga suyanib turgan Taehyung sokin turdiyu deraza tomon keta boshladi. Ammo Minanjng chorlovidan turgan joyida tohtadi.
Shu onda derazadan chirsillab singan ovozi yangradiyu o‘q uchib kirdi.