Qalbdagi Sukut
Jungkook qizni dast ko‘tardiyu tepa qavatga katta katta qadamlar bilan ko‘tarila boshladi.
Yana ongim hiralik bilan ishaly boshladi. Faqat juda sust eshitardim. Hatto eshitmasdim ham.
Va yana men bu dunyodaman. Nega boqiy dunyoga ketib qo‘yaqolmayman axir. Bu yerda yashashdan maqsadim yo‘q bo‘lsa tangirm. Nega meni chaqirib olmaysana !
Dimog‘imga yana o‘sha tanish ifor urildiyu eshikdan Jungkook kirib keldi. Uning ko‘zlari majolsiz edi. Men esa yana o‘sha honada edim. Toki kasal ekanman. Aynan shu honada yashashga majburman.
- El... - dedi sokinlik bilann ovozida pushaymonlik bor edi.
Men esa unga yana hech qanday sass sadosiz tikilardim.
- Eli.. meni kechir iltimos... doim o‘zimni o‘ylaganim uchun, faqatgina o‘zmning tomonimga ishlaganim uchun kechir.... - u nega bu gaplarni qattiq pushaymonlik bilan aytyabdi hayronman.
- jungkook - dedim biroz g‘azab aralash - gapni muddosini ayt - dedim biroz sokinlik bilan.
- sendan na voz kecholyabman va na sevolyabman - dedi u hudbinlarcha.
- chunki... Sen ! Hudbinsan ! - dedim. Qattiq ovozda. U esa indamay menga qaradi. Uning mana shu nigohi menga yoqardi. Avvallari.
- men hudbinman - dedi va ko‘zlarida bir onga yosh o‘ynadi.
- jungkook. Nega bundaysan nega endi ketish uchun o‘zimda kuch to‘plaganimda bir nigohing bilan meni eritasan. Yoki shunchaki sukitin bilan meni poymol qilasan. Jungkook. Sendan o‘tinim so‘rayman bunday qilma. Meni doim qiynama. Men 2 yil sendek hudbin inson bilan yashadim. 2 yil. Yolg‘iz huddi hech kim yo‘q insondak yashadim. Men o‘zimni huddi fohisha*dek his qilardim. Chunki sen lazzatli tun berishdan boshqa hech narsani eplolmasding. Hatto o‘sha lazzatli tundagi mehrni ham Jungkook. Iltimos yana endi hudbin bo‘lma. Unday bo‘lma Jungkook. Meni yo‘q bo‘lib ketmasligim uchun qo‘yib yubor. Men ham Min Eli kabi yashashim uchun qo‘yib yubor. HUDBIN BO‘LMAA - ohirgi jumlalarimda qichqirdim. Chunki. U juda hudbinlik qilardi. Hatto ohirgi jumlamni yana ongim qabul qilmadi hatto qilishni xohlamadi.
Ongimda har xil o‘y hayollar suza boshladi. Qabul qilishni istamagan his tuyg‘ularim otilib chiqa boshladi.
Uning oldida ovoz chiqarib yeg‘lashdan doim o‘zimni tiyardim. Istamasdim. Uning oldida ojiza kabi bo‘lishni xohlamasdim. Bu menga og‘irlik qilardi.
Ammo hozirgi vaziyatda. Baqirib yeg‘lay boshladim. Negadir tanam va his tuyg‘ularim menga bo‘y sunishni istamayotgandek edi. Chunki aqlim menga yeg‘lama derdi. Ko‘zim esa huddi suv quygandek yoshlanardi.
- kechir. Ha men hudbin edim. Chunki meni shunday katta qilishgandi. Ayollarga mehr berish men uchun erkaklikdan voz kechgandek edi.
Ha men hudbin edim. Chunki bolalikda mehr ko‘rmagan bolakay edim.
Ha men hudbin edim, chunki menda yonimda doim tirgov bo‘ladigan insonim yo‘q edi.
Ha men hudbin edim. Mashhur brend elchisi bo‘lsamda yolg‘iz edim. Ammo hayotimda Asi kirib keldi. U meni hudbinlikdan ozod etdi. Ayollarga mehr berish chin erkakning ishi ekanligini o‘rgatdi. Kerakli paytda doim yonimda edi. Ammo Eli. Sen doim sukutda eding. Kulmasding. Ko‘zlaringda faqat g‘amginlik edi Eli. Bu gaplarim uchun kechir ammo biz faqatgina boshqalarning ko‘zida ideal jiftlik edik. Ammo Asi bilan unday emas. U bilan real hayotda baxtlimiz. To‘g‘ri bu gaplarim ham senga hudbinlikdek tuyilar ammo.... biz bir birimiz uchun yaralgan juftlik emasmiz.....
Ertagayoq ajrim qog‘ozi keladi... - jungkookning har bir gapi meni teshib o‘tardi. Borgan sari holsizlanib borardim. U o‘sha bolakay kabi ko‘zlariga yosh to‘plagan nigohi meni hammasidan ko‘p sindirardi.
U rostdan ham o‘sha Asi deganlari bilan baxtli. Ular hatto butun dunyoni quvonchida to‘plagan insonlar kabi baxtli...
U chiqib ketayotib yana orqasiga qaytda. Nigohidan aytishni unitgan gaplarini aytmoxchidek.
- shoshma ! Hozir Asi keladi. U bilan 1 oy birga yashaymiz ! So‘ng ajrim qog‘ozlarini olasan ! -uning bu gaplari meni turgan joyimda muzlatdi. Bu yerdagi holatni qalbim yoki yuragimga ishonolmadim. Hech qanday qarshiliksiz aqlimga qo‘yib berdim..
- agar u mana shu uy ostonasidan kirsa Jungkook ! Meni o‘ligimni pastdan topasan ! - dedim baqirib.
- Eli ! Meni aytganim bo‘ladi ! Sen aytganingdek men hudbinman ! - Ana endi bir joyda o‘tirishdan foyda yo‘q edi. O‘rnimdan shiddat bilan turdimu ammo qattiq boshim aylanishida qayta o‘tirb qoldim. Shu daqiqada eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi
- Eli. Yaxshi qiz bo‘l va kiyimlaringni o‘zgartirib pastga tush - dedi jungkook.
Ammo men o‘rnimdan turdimu doyim o‘zim tashlashni orzu qiladigan deraza tokchasiga borib ko‘chaga orqa o‘girgancha o‘tirdim.
- hozirgina menga boshqa narsalarni gapirayotganding. Qilayotgdan ishlaringdan pushaymon ekanligingi aytayotganding. Endi nima bo‘ldi A. SENI NIMA JIN URDIKI 2 DAQIQADA O‘ZGARIB QOLDING ikki qulog‘inga quyib ol Jungkook. Sen pastga tushib eshikni ochguningcha meni jasadim yerga sendan avval tushadi.
Hayqirardim. Jungkook esa meni eshitmagandek eshikdan chiqayotganda hech o‘ylamasdan ortga itarildimu ko‘zlarimni qattiq yumdim.
Ammo keyingi daqiqalarda sonimdan qattiq ushlagan qo‘l meni reallikga qaytardi. Qattiq qo‘rqishdan baqirib yubordim. U esa meni dast ko‘tarib kravat ustiga tashladi va menga yaqin kelib barmog‘ini bigiz qilgancha peshonamda botirdi.
- mendan so‘roqsiz o‘lolmaysan ! - dedi vishillab.
Men esa uni keyingi soniyada nima qilshiga qarab turardim.
U mendan uzoqlashdiyu deraza oldiga bordi. U telba nima qilmoxchi o‘zi..
Jungkookning harakatlarini qotib kuzatardim. U esa derazani qattiq yopdiyu uni burab ochuvchi ushlagichini bir urinishda sug‘urib oldi.
- TELBAA ! -dedim qattiq qichqirib.
- bu yerda sen telbasan ! Eli, SEN telbasan ! - uning telba deya o‘shqirishi meni ongim hiralnishiga olib kelardi.
Ammo men barbr uning sevgan qizi uyga kirishini istamasdim.
Bu daqiqada farishta onamning aytganlari ish berishini angladimu endi eshikdan chiqayotgan Jungkookning ortidan borib qattiq quchdim. Ammo tobora holsizlanib borayotgandim.
- iltimos jungkook - dedim holsiz.
- Eli qo‘yib yubor - dedi u ammo istamadim.
- uni uyga kiritsang, mening hurmatimni bir pul qilgan bo‘lasan ! Mayli qancha desang shuncha sen bilan yashayman. Ammo iltimos uni uyga kirtma - ana endi men shunchaki sindim. Chunki ko‘z oldim hiralashib qo‘llarim ham sirg‘alib keta boshladi. Qanchalik hushdan ayrilmaslikka harakat qilmay barbir befoyda edi.
Yerga qattiq tushishga tayyorlanayotganimda aksincha katta quchoqga yeqildim.
Jungkook esa meni aasta ko‘tarib yotoqga joylashtirdi va honadan yashin tezligida chiqib ketd.
*
Jungkook honadan chiqdiyu pastki zaldan telefonini qidira boshladi. Baxtga qarshi telefon ham topila qolmasdi.
Bu orada eshik qo‘ng‘irog‘i qayta chalindi.
Eshik tomon yugurgan jungkook eshikni ochdiyu Asini uy ichiga tortib kirgazdi va qayta eshikni qulfladi.
- telefoningni ber ! - dedi shiddat bilan.
- nega havotiradasan jungkook - dedi Asi yigitning yuzidagi ifodadan biroz cho‘chib.
- telefoningni ber Asi - jungkookning sabri tugab borayotgan edi.
Asi esa tezda sumkasidan telefonni chiqardiyu unga uzatdi.
Telefonni olgan yigit o‘ziga kerakli raqamni terdiyu qo‘ng‘iroq qildi.
Shifokor ko‘rikni yakunlagach. Aytgan gaplarini jungkook hali ham o‘ylardi. Hazm qilolmasdi. Qo‘llarini qovushtirgancha bir joyga termulgancha qimirlamay hatto kiprik qoqmay o‘tirardi.
Asi esa unga termulgancha o‘tirardi. Na gapirolardi, na dalda berolardi.
Ohiri nima qilshini bilmagan qiz uning oldiga yaqin borib o‘tirdi
- jungkook - dedi past ovozda - men nima deyishni ham bilmayman. Balki bularning bariga men aybdordirman - qizning ko‘ziga yosh yeg‘ildi.
Hayoliy olamidan chiqgan Jungkook qizga yosh to‘la ko‘zlari bilan qaradi.
- sen aybdor emassan - dedi past pichirli ovozda.
- kel ! - qiz yigitning katta gavdasini bag‘riga oldi.
- Asi. U o‘lib qolsachi - yigitning iztirobli ovozi qizni ham.titratib yubordi.
- unday bo‘lmaydi ! Nafasingni shamol uchirsin sen bolani ! Faqat endi uni ushlab o‘tirma. Shunchaki qo‘yib yubor ! Yoki men unut va uni sev Jungkook. Bir insonni o‘limiga sababchi bo‘lma ! - Asi yigitning sochlarini huddi bolasi kabi silardi. Yigit esa shunchaki yeg‘lashdan nariga o‘tolmasdi.