Qalbdagi Sukut
Sevgisiz shunchaki nikoh, bu odamni o‘z o‘zini o‘ldirishi bilan barobardir !
Yana uyg‘onaman. Yana shu honada uyg‘onaman, yanashu kravat. Yana shu choyshab. Bari huddi avvalgidek.
Bir farqi bor. Avvallari Jungkookdan qattiq nafratlanmasdim.
Ohista ustimga yopilgan parko‘rpani ko‘tardim. Avval oyoqlarimni yerga qo‘ydim. So‘ng o‘rnimdan turdimu ammo qattiq bosh og‘rig‘i tufayli ortimga qattiq yeqildim. Atrofimda bor narsani ushlab qolishga harakat qilayotganimda kichik javon ustidagi issiq choy oyoqllarimga tokildiyu finjon yerga qattiq tushib sindi.
Achishyabdi. Yo‘q yo‘q. His qilishni istamayman. Kuyish hissini tuyishni istamayman.
- og‘riyabdi - deya qattiq qichqirib yubordim. Hatto 18 yil umrim mobaynida bu qadar qattiq ovoz chiqarmagandim.
Kutdim. U yugurib honamga kelishini kutdim. Chunki shuni istadim. Hatto qattiq istadim.
Ammo oradan bir necha soniyalarda o‘tsada u kelmadi. Eshikni shiddat bilan ochib Eli deya kelmadi U.
og‘riyabdi. Juda qattie achishyabdi. Buni his qilgandan ko‘ra yeqilib o‘lganim yaxshi edi.
- OG‘RIYABDI - avvalgidanda qattiq qichqirdim. Shu onda zinalardan ko‘tarilayotgan oyoq ovozlari eshitildi.
Eshik shiddat bilan ochildi. Ammo bu men kutgan chehra emas. Ha. Umuman boshqa chehra. Boshqa ovoz.
- Eli.. ! - kirib kelgan yigitga qarab tosh qotdim. Bu o‘shami ! Bu, bu rostdan ham. O‘, o‘shami !? Yana ongim qabul qilishni istamaydi. Yana men uni qabul qilishni istamayman.
Uning ovozi avvalgidanda chuqurlashibdi. Mening birinchi sevgim Taehyung.
Unga qarab tosh oqtdim. U esa menga yaqinlashdiyu qo‘liga dast ko‘tardi.
- hozir. Bir oz chida maylimi ! Hozir 2 daqiqa - bu telba meni ko‘tarib zinalardan pastlay boshladi. Nima qilmoxchi bo‘lyabdi.
- nima qilmoxchisan. - dedim biroz hayron.
- Eli senga kuyish og‘rig‘i yoqmaydiku shuning uchun tezroq bunga dori qo‘yish kerak. - bu telbamning yodida ekan.
- Taehyung. Senmisan ! - dedim titroqli. U esa huddi eshitmagandek meni oshxonaga olib kirdiyu stol ustiga o‘tkazdi. Nmadrlarni timirskilanib dori qutisini oldi.
Yo‘q bu Taehyung emas. Ha Taehyung emas. Chunki bu,bunda soya yo‘q.
Nimadirni qidirayotgan taehyung menga shiddit bilan o‘girildiyu yashin tezligida yaqinlashib. Lablarimni o‘ziniki bilan birlashtirdi.
- shu,shunchaki tamommi ! Nima bu tushmidi. - og‘irlik bilan boshimni ko‘tardim. Ha bu tush edi. Chunki oyoqlarimda achishish his qilmasdim. Faqat boshimda chidab bo‘lmas darajada og‘riq bor edi.
O‘rnimdan turmoxchi bo‘lganimda huddi tushimdagidek boshim qattiq og‘rig‘idan ortga ketib qoldim. Ammo baxtimga oldinda issiq choy yo‘q edi.
Yeqilganimdan so‘ng og‘ir harakatlar bilan o‘zimni o‘ngladim. Boshimning orqa qismida qattiq og‘riq paydo bo‘ldi. Hatto quloqlarim ostida qattiq chiyillash. Ammo shunga qaramay eshik tomon yo‘l oldim. Oyoqlarimni huddi endi yurishni o‘rganayotgan go‘dakdek tashlab eshikga yetib bordim va eng qisqa harakat bilan ochdimu eshik ushlagichiga osilib qoldim. Ammo shunda ham o‘zimni o‘ngladim.
Gandraklagan oyoq qadamlarim bilan. Zinalardan birma bir pastlay boshladim. Har bir qadam bosishim men uchun bir azobdek tuyulyabdi.
Zinaning ohirgi 2tasiga yaqinlashganimda mehmonxonadan kelayotgan ovozlarni eshita boshladim. Jungkook nimadirlarni aytib yeg‘lamsirardi.
Sekib zinadan tushdim va ming azob bilan mehmonxona eshigi kichik ochiq edi bordimu o‘sha Asi deganlariga ko‘zim tushdi.
U go‘zal. Edi. Hatto mendan min chandon chiroyli. Ko‘zlarida Jungkookga nisbatan mehr chaqnab turardi. To‘g‘ri. Men Jungkookga uchalik mehr bilan boqmagamman. Doim sukutda edim. Ongimda qichqirsamda dilimga chiqarmasdim. Doim bo‘sh tikilardim.
Jungkook Asining bergan tasallisidan biroz quvongach. Uni quchdi. Shu onda nogohon nigolarimiz birlashdi. Istamayman ! Uning ko‘zlariga qarashni istamayman !
U yerdan tezda uzoqlashdimu ko‘cha eshigi tomon yugurdim. Yo‘q. Mening bu qadamlarimni yugurish ham deb bo‘lmaydi hatto. Shunda labimda achchiq tabassum paydo bo‘ldi ! - Shu onda ko‘zimda yosh ham.
Eshik tagiga 2 kun avval yechilgan etiklarimni kiydim. Javon ichiga ilingan paltoyimni oldimu eshikdan yashin tezligida chiqdim. Ammo bu tezligimdan hatto toshbaqa mendan tezroq harakat qilardi.
Eshikdan chiqishim bilan. Ortimdan. Jungkookdan avval Asi chiqdi. Yo‘q. U bilan yuzlasholmayman. Madorim yetmaydi, uni ko‘rganimda o‘zimni kamsitilgandek his qilyabman. Axir. Istamayman !
- Eli shoshma ! Iltimos tohta - dedi. Uning ovozi ham boshqacha. Uning bu ohangidan borib uning bag‘riga bosh qo‘ygim keldi hatto.
Yugurib ketayotgan joyimda toshdek qotdim !
- Eli. - u yugurib oldimga keldiyu meni boshimdan ushlab bag‘riga tortdi. - iltimos. O‘zing ketma ! Seni Jungkook qayerga aytsang o‘sha yerga olib borib qo‘yadi , faqat o‘zing ketma maylimi !? O‘tinaman sendan.
Nega u menga nisbatan mehribon. Bir onga bosh ko‘tarib uning ko‘ziga qaradim.
Ha ! Unda menga nisbatan hech qanday g‘arazli qarash yo‘q edi.
- olib borib qo‘yadimi !? - dedim titroqli. Bir onga unga bo‘ysundim.
- ha. Ortimdan chiqyabdi. Qayerga desang olib boradi ! Faqat biroz kasalsan. Shuning uchun o‘zingni qo‘yib yuborish ahmoqlik - u menga jilmayganda qalbimda unga nisbatan mehr paydo bo‘lgandek edi. Mana shuning uchun Jungkook uni yaxshi ko‘rgan. Mana shuning uchun. Bu mehribon qizni sevadi.
Men unga nima berdim. Faqat lazzatli tunmidi ! Faqat unga sukut bilan tikilishmidi. Hatto bo‘sh nigoh bilanmi !? U shuncha yil shuni kuzatib yashadimi ! Men shunchalar hudbinmidim !? Aynan u emas ! Men hudbinmidim. Shunchalar hudbinmanmi !?
Men Asining bag‘rida edim. Jungkook qo‘lida mashina kalitini ko‘targancha uydan chiqdi. Endi undan nafratlanish uchun sabab topolmayabman. Nega nafratlanishim kerakligini tushunmayabman.
- qayerga ketmoxchisan - dedi u.
- o‘zimni shaxsiy uyimga olib bor - dedim men ham hissiz.
- Asi. Siz qolavering. Rahmat bir onga men o‘zimni hudbin ekanligimni angalashimga yordam berganinggiz uchun ! - shunday dedim. Asi esa javoban meni bag‘riga tortdi va quloqlarim ostida biroz mehirli pichirladi.
- Sen dunyodagi eng bahtli ayol bo‘lasan hali - bu gapdan ichimda nimadr paydo bo‘ldi ammo bu noma‘lum.. edi.
- Siz esa mendan ham baxtli - dedim. Va ikkimiz ham hech qanday majburliksiz jilmaydik. Ha. Uning tabassumi ham ta‘riflab bo‘lmas darajada chiroyli edi.
- Eli o‘tiraqol - Jungkookning chaqiruvidan keyin men undan nigohimni uzdim. Va mashina tomon harakatlandim. Ammo tezda mashinaga joylashishni istamadim ! Ortimga bir onga qaradim. Hashamatli uyga qaradim. Mening 2 yil g‘urbatda yashagan oltin koshonam edi. Bu uyga hech qanday zo‘rliklarsiz kirgandim va hech qanday zo‘rliklarsiz o‘zim tark etyabman.
Bu yerdagi barcha bo‘lgan ishlarni unutishni istayman. Hammasini.
Ammo negadir bu yerni tark etayotganim uchun ichimdan nimadir uzilgandek bo‘ylabdi. Nahot endi bu uyga qaytib kelamasamaa. Nahot endi yana Jungkook bilan bir birimizga uzoq sukunatli tikilmaymiz. Nahot endi men faqatgina ongim bilan qichqirmayman. Endi bari tugadimi !? Qayta yuz bermaydimi !? Hatto bu kunlarni sog‘inishim ham mumkinmi ?!
Nima bo‘lsa bo‘lsinki ! Men bu oltin koshonaga qayta kelmay.
Mana shu o‘y firklarim biln mungli jilmaydim. Asi esa menga keng jilmaygancha qo‘l silkidi. Men nega uni kundosh sifatida qabul qilmayabman hayronman. Men ham unga qo‘lsilkidim va biroz balandroq baqirdim.
- uyga kiring endi shamollab qolasiz ! - shunday dedimu mashinaga joylashdim. Shu onda ko‘zim nogahon jungkookning nigohlariga tushdi.
U asiga mehr bilan jilmayib qarardi. Endi u ham baxtli yashaydi menimcha !? Hammasi yaxshi bo‘ladi. Ikki oshiq qalb uzoq umr baxtli va farovon yashashi uchun tilakdoshman.
Yana jilmaydim. Jungkookning keyingi daqiqadagi nigohi menga qaratildi.
- sen ham baxtli bo‘lasan albatta Eli - Jungkookning bu gapi meni g‘alati qilib yubordi.
- sen esa mendan ham baxtli - dedim. Va biz benihoya jilmaydik.
- Eli shaxsiy uyingda bir o‘zing qolishing havfli balki....
- yo‘q ! Uyimda Duri va Han bor do‘stalarim - dedim hali u gapini tigatmasdan avval.
- haa.... unda yaxshi. - dedi u va biz mening jonajon uyimga yo‘l oldik.
Oradan 2 yarim soatlik yo‘l yurganimizdan so‘ng. Shahardan chetda tinch va havosi toza uyimning tomi ko‘rina boshladi.
Shu onda o‘sha birinchi nikoh to‘yimdagi uyning bezatilgan qismlari oq shamlar, chiroyli gullar bilan bezatilgan uyim yodimga tushdi. O‘sha kundagi hayajonni boshqa his qilmayman deb o‘ylayman ba‘zida. Chunki o‘shanda akam yonimda edi... mening dunyolarga alishmaydigan akam. Uning qo‘llarimdan tutgan oni meni hayajonlantiradi. Yoshligimda ham shunday edi. Uning gapirishi meni quchishi qo‘llarimdan tutishi yeqilganimda turgazishi ba‘ri meni hayajonga solardi. Hatto keragidan ortiq.
Uyimning eshigi tagiga Jungkook mashinani tohtatdi. Men esa eshikni ochish uchun shaylandim. Ammo uning keyingi gaplari men tohtatdi.
- shoshma ! Bunga qo‘l qo‘y ajrim hujjatlari - hujjatni qo‘limga oldim. Mening oltin koshonadagi hayotimning so‘ngi onlari edi. Biroz qaltiragancha imzo chekdim. Va Jungkookga qaradim. Negadir uni tashlab ketgim kelmasdi.
Unga qarab qo‘llarimni keng yozdim.
- birinchi va ohirgi bor quchoqlashish - dedim keng jilmayib.
U ham meni bag‘riga tortdi. Sochimdan siladi.
- bu quchoqni men 2 yil kutdim Eli - dedi. Shu onda ko‘zlarimda yosh qaynay boshladi.
- men endi bildim Jungkook ! Aslida sen emas. Men hudbin ekanman. Seni ayblaganim uchun kechir. Va baxtli bo‘l ! - u meni bag‘ridan chiqardi. Ikkimiz ham butun umr ajralayotgan juftliklardek edik.
- tez tez ko‘rishib turamz - dedi u. Men esa boshimni qimirlatib rad etdim
- 2 yo 3 yil ichida umuman. Meni ko‘zimga ko‘rinma - dedim kulib.
U ham kulib bosh irg‘adi. Mana shu daqiqalarda qulog‘imga Han va Durining shodon kulgilari eshirila boshladi.
Jungkookga hayr deya qo‘l silkidim va uyning orqa tomoniga sekin qadamlar bilan o‘tdim.
Ha o‘ylaganimdek. Ikkovi mensiz mazza qilib qor o‘ynayabdi. Ularning kulgulari menga behosdan yuzimga kulgu ulashdi. Hatto miriqib kuldim.
Han Durini tagiga olgancha yuzlariga qor chaplardi. Naqadar baxtli ular. Chin yurakdan kulishmoqda hatto.
Bir paytlar mening mana shu kulgularga shodon kulgularim qo‘shilib chiqardi.
Men sekin egildimu qo‘limga qor oldim. Va Hanni yaxshilab poylab otdim. Yo hudo qor naqt uni boshiga tegdi.
Boshiga tekkan qordan ortiga qaragan Han meni ko‘rdiyu hali gaprmasdan avval Duri qichqirgancha men tomon yugurib kela boshladi.
- Eli - uning qichqirig‘idan daraxtlardan qarg‘alar uchdi.
U yarimga yo‘lgan yetmasdan Han yugurib keldiyu uni qorga ag‘anatdi. Va o‘zi men tomon yugura boshladi. Yo‘q. Bu quchish uchun emas.
Uni rejasi meni qorga yeqitish.
- hoy hoy ! Men mehmonman Han. Sal avaylab. - shunday deya baqrdimu ortka qarab yugura boshladim.
- shoshma ! - dedi Han qiqirlab kulib.
Yo‘q. Yo‘q. Yo‘q hozir emas. Faqat hozir emas. Ey hudo hozir emas.
Yo‘q hozir hushimdan ayrilsam yaxshi bo‘lmaydi. Anniq bilamanki Han Jungkookni oldiga shoshadi. Yo‘q....
Hushimdan ketmaslik uchun ko‘p harakat qildim... ammo barbr bo‘lmadi. Yugurib ketayotgan joyimda hushimdan ayrildimu yerga qattiq yeqildim.
Ohirgi ko‘rgan manzaram bu Duri ham Han ham yugurayotgan joyida toshdek qotdi. Men eplolmadim...