October 28, 2025

Buxoro davlat universiteti Fizika -matematika va axborot texxnologiyalari fakulteti, “Fizika” kafedrasida o’tkazilgan ma’rifat soati bayonnomasi

2025-yilning 28-oktyabr kuni Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va AT fakulteti, “Fizika” kafedrasi professor- o‘qituvchilari ishtirokida ma’rifat soati tashkil etildi. ma'rifat soati taqdimoti kafedra professor-o`qituvchilariga namoyish etildi.

Ma’rifat soati muhokamasi: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon mazkur hujjat qabul qilingan sana, 16-noyabr – har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlab kelinadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad dunyo xalqlarini bag‘rikenglikka, tinchlikni asrab-avaylashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka erishishga chorlashdir.

Ushbu sanani O‘zbekistonda nishonlash ham yaxshi an’anaga aylangan. Ayni kunlarda yurtimizda Xalqaro bag‘rikenglik haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston – ko‘pmillatli mamlakat. Zero, shu aziz Vatan – barchamizniki. Bu zaminda asrlar mobaynida turli millat va elat vakillari qo‘lni-qo‘lga berib, yelkama-yelka yashab kelmoqda. Yurtimizda millatlararo totuvlik, dinlaraaro bag‘rikenglik muhiti hukmron. Xalqimiz odamiylik, insonni qadrlash, mehr-oqibat, bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab, necha-necha avlodlarga bezavol yetkazib kelmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida izchil amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalq hayotini, dunyoqarashini, turmush tarzini o‘zgartirmoqda.Mavzu yuzasidan kafedra o’qituvchisi Fayziyeva X.A va kafedra dotsenti Sh.Sh.Fayzeyevlar o’z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Kafedra mas’uli o’qituvchi Z.I.Tuksanova tomonidan kafedra professor-o'qituvchilariga taqdimotno namoyish etishdi.Ma'rifat soati qiziqarli suhbat tarzida olib borildi.