Buxoro davlat universiteti fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti “Fizika” kafedrasi magistri M.I.Ibodovaning 13.02.2025 yilda talabalar turar joyida “Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir
Kafedra professor – o‘qituvchilari va “Fizika” ta’lim yo‘nalishi magistr va bakalavr talabalari hamda TTJ da yashovchi talabalar.
1. TTJ da yashovchi talabalarning yashash sharoiti bilan tanishish.
2. “Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi” mavzusida davra suhbati o’tkazish.
Reja asosida kafedraning professor-o‘qituvchilari va kafedra magistrantlari talabalar turar joyida ya’ni I – bino ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda yashovchi talabalar ahvolidan xabar olishdi va ularning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishishdi. Jumladan, kafedra dost. Sh.Sh.Fayziyev, hamda kafedra o’qituvchisi Z.I.Tuksanova va II bosqich magistrlar talabalar turar joyi talabalari bilan “Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi” mavzusida davra suhbati olib borildi. Z.M.Bobur asarlaridagi hayotiylik, haqqoniylik kabi qirralar haqida fikrlar almashinildi. Talabalarga kitob o‘qish nechog‘lik katta ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi. Kitob mutola qilish insonning fikrlash qobiliyatini oshirishi, dunyoqarashni kengaytirishi, bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazishga yaxshi ko’makchi ekanligi haqida fikrlar bildirildi. Kelgusidagi kafedra kunlari tadbirlarida talabalar turar joyi talabalari bilan Bobur asarlarining sharhi haqida davra suhbati o’tkazilishi kelishib olindi.
Talaba yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish maqsadida kafedra o’qituvchilari E.S.Nazarov va X.A.Fayziyevalar tomonidan bugungi kunda sport sohasida yoshlarimiz uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida fikrlar bildirildi. ”Sog’ tanda-sog’lom aql” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Talabalar turar joyida talabalarning sport borasidagi iqtidorlarini yanada oshirish va namoyon qilish uchun to’laqonli sharoit yaratilganligi alohida e’tirof etildi.
Talabar turar joyida Fizika kafedrasining magistranti tomonidan o’tkazilgan tadbir rejaga mos holda o’tkazildi.