November 11, 2025

Buxoro davlat universiteti Fizika -matematika va axborot texxnologiyalari fakulteti, “Fizika” kafedrasida o’tkazilgan ma’rifat soati bayonnomasi

Qatnashdilar: “Fizikakafedrasi professor- o‘qituvchilari: “Fizika” kafedrasi mudiri M.Z.Sharipov, Fayziyev Sh.Sh, Nazarov E.S., Nasirova N.K., Saidov Q.S, Mavlonov U., Niyozxonova B.E, Ochilov L.I, Tuksanova Z.I, Fayziyeva X.A., Saidov S.O.

KUN TARTIBI:

1. Ma‘naviy- ma’rifat muhokamasi.

2025-yilning 11-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va AT fakulteti, “Fizika” kafedrasi professor- o‘qituvchilari ishtirokida ma’rifat soati tashkil etildi. Ma'rifat soati taqdimoti kafedra professor-o`qituvchilariga namoyish etildi.

Bayroq har bir davlatning davlatligini, har bir millatning tarixiy o‘zligini aks ettiradi. Azal tarixdan ma’lumki, har bir urug‘, etnik birlik yoki millat o‘z tug‘iga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, bayroq suverenitet, mustaqillik, ozodlik, hurlik, tinchlik va barqarorlik ramzi bo‘lib kelgan.

Bayroq milliy g‘oyani aks ettiradi, chunki uning ta’rifining o‘zidayoq milliy-davlatchilik va uning mustaqillik orzusi yoki intilishi namoyon bo‘ladi.

1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston Oliy Soveti ikkinchi sessiyasida Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qildi. O‘n ikki banddan iborat hujjatda o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va boy an’analaridan kelib chiqib, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi mavjudligi kabi g‘oyalar ta’kidlangan edi. Shuningdek, ushbu Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 8-bandida “O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘zining nomlanishini o‘zi belgilaydi, o‘z davlat ramzlarini ta’sis etadi: gerb, bayroq, madhiyasini”, deyilgan. Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya ilk marotaba bayroq haqida so‘zlangan huquqiy-rasmiy hujjat hisoblanadi.

1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 13 moddadan iborat bo‘lib, davlat mustaqilligini mustahkamlovchi omil bo‘lishi bilan birga, davlat timsoli hamdir. Bu qonun davlat bayrog‘ini huquqiy-siyosiy jihatdan asoslovchi ikkinchi rasmiy va huquqiy hujjatdir.Mavzu yuzasidan kafedra dotsenti B.E.Niyozxonova va kafedra dotsenti S.O.Saidovar o’z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Kafedra mas’uli fizika kafedrasi o’qituvchi Z.I.Tuksanova tomonidan kafedra professor-o'qituvchilariga taqdimoti namoyish etishdi. Ma'rifat soati qiziqarli suhbat tarzida olib borildi. Kun tartibidagi masala bo`yicha

QAROR QILADI:

1.       Kafedra professor-o`qituvchilari ishtirokida o`tkazilgan ma’rifat soati ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.       Kafedra professor-o`qituvchilarining axborotlari ijobiy deb topilsin.

Bayonlashtirdi: Tuksanova Z.I