Buxoro davlat universiteti fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti “Fizika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalarining 13.02.2025 yilda talabalar turar joyida o‘tkazilgan “Kafedra kunlari” tadbirlari BAYONNOMASI
Kafedra professor – o‘qituvchilari va “Fizika” ta’lim yo‘nalishi magistr va bakalavr talabalari hamda TTJ da yashovchi talabalar.
1. TTJ da yashovchi talabalarning yashash sharoiti bilan tanishish.
2. “Shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida vatan mavzusi” mavzusida davra suhbati o’tkazish.
3. Talaba yoshlar bilan “Sog’ tanda- sog’lom aql” mavzusida davra suhbati o’tkazish.
4. Talaba yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida “Kompyuterdan foydalanish va internet samaradorligi” mavzusida davra suhbati
5. Kafedraning faol, ibratli ayol professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda talaba-qizlar o‘rtasida «Qizlar oilaning elning or-nomusi» mavzusida targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi. Unda “Talaba qizlar qanday axloqqa ega bo‘lishi kerak”, “Qizlarning muomala va kiyinish madaniyati” kabi mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish.
6. “Poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlarini oldini olish” va “Odam savdosiga qarshi kurash” mavzularida davra suhbatlari tashkil etish.
Reja asosida kafedraning professor-o‘qituvchilari talabalar turar joyida ya’ni I – bino ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda yashovchi talabalar ahvolidan xabar olishdi va ularning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishishdi. Jumladan, kafedra dost. Sh.Sh.Fayziyev, hamda kafedra o’qituvchisi Z.I.Tuksanova va II bosqich magistrlar talabalar turar joyi talabalari bilan “Shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida vatan mavzusi” mavzusida davra suhbati olib borildi. Z.M.Bobur asarlaridagi hayotiylik, haqqoniylik kabi qirralar haqida fikrlar almashinildi. Talabalarga kitob o‘qish nechog‘lik katta ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi. Kitob mutola qilish insonning fikrlash qobiliyatini oshirishi , dunyoqarashni kengaytirishi, bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazishga yaxshi ko’makchi ekanligi haqida fikrlar bildirildi. Kelgusidagi kafedra kunlari tadbirlarida talabalar turar joyi talabalari bilan Bobur asarlarining sharhi haqida davra suhbati o’tkazilishi kelishib olindi.
Talaba yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish maqsadida kafedra o’qituvchilari E.S.Nazarov va X.A.Fayziyevalar tomonidan bugungi kunda sport sohasida yoshlarimiz uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida fikrlar bildirildi. ”Sog’ tanda-sog’lom aql” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Talabalar turar joyida talabalarning sport borasidagi iqtidorlarini yanada oshirish va namoyon qilish uchun to’laqonli sharoit yaratilganligi alohida e’tirof etildi.
Bundan tashqari talabalar turar joyi talabalari bilan “Kompyuterdan foydalanish va internet samaradorligi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. U.Mavlonov va Sh.Sh.Fayziyev tomonidan internetdan foydalanish uchun yaratilgan qulayliklar haqida fikrlar almashinildi.
Kafedra dotsenti B.E.Niyazxonova, N.K.Nasirovalar talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli maslahatlar berdi. R.Shomansurovaning “Qizlar kitobi” nomli asaridagi fikrlar tahlil qilindi. Asardagi “o’rganganing o’zingniki” iborasi ostidagi keng ma’no tahlil qilindi. Bundan tashqari “Talaba qizlar qanday axloqqa ega bo‘lishi kerak”, “Qizlarning muomala va kiyinish madaniyati” kabi mavzularda davra suhbatlari uyushtirdi. Suhbat davomida talaba – qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Bundan tashqari kafedra katta o’qituvchisi Z.I.To’qsanova tomonidan “Poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlarini oldini olish” va “Odam savdosiga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati olib tashkil etildi. Poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlarini oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxo‘rlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qo‘yish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligini ta’kidlab o’tildi. “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham anglatadi. “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi”, - degan fikrlar mavjud. Bugungi kunga kelib esa butun dunyo iqtisodiyotiga korrupsiyaning salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini alohida ta’kidlab o’tildi. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi tushuntirildi.
Kafedraning dotsenti S.O.Saidov tomonidan bugungi kunda sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo'layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko'rinishga ega ekanligi aytildi .
Talabar turar joyida Fizika kafedrasining “kafedra kuni” rejaga mos holda o’tkazildi.