March 3, 2025

Vampire

3-episode

Jungkook qasr ichida sekin qadam tashlardi. Yuragi tez urayotganini his qildi. U Semining qasr bo‘ylab yurganini kuzatdi va lablarini tishladi. Qiz nimanidir sezayotgani aniq edi.

U juda xavfli joyga yaqinlashib qolgan edi.

Semi hali hech narsani aniq bilmas edi, lekin uning qiziqishi ortib borayotganini Jungkook juda yaxshi tushunardi. Bu yaxshi emas. Agar u hamma narsani bilib qolsa…

Yo‘q. Bu sodir bo‘lishi mumkin emas.

Jungkook ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. Ko‘zgu ichida qamalgan vampir haqida hamma narsani bilardi.

Jungkook Semi bu sirga yaqinlashayotganidan qo‘rqardi. U bu yerdan chiqib ketishi kerak edi. Qanchalik kech bo‘lmasidan…

Lekin kech bo‘lgandi.

Chunki Semi allaqachon kimdir uni kuzatayotganini his qila boshlagandi.

{Flashback}

Tungi o‘rmon sukunatga cho‘mgan edi. Havo qalin tuman bilan qoplangan, atrofni xira oy nuri yoritardi. Bu Jungkook va uning akalari—Jin, Taehyung va Jimin uchun birinchi ov kechasi edi.

Bugun ular ilk bor o‘z o‘ljalarini tutib, haqiqiy vampirlarga aylanishlari kerak edi.

Jungkook yuragi g‘ash edi. U bu kechani intiqlik bilan kutmagan. U hech qachon vampir bo‘lishni xohlamagan. Lekin bu uning taqdiri edi. Ular inson qonini ichishlari kerak.

O‘rmon ichkarisiga kirar ekan, u birdan nimadir sezdi. Kimgadir ko‘zi tushdi.

U yerda bir qiz yig‘lab o‘tirardi.

Uning horg‘in, titrayotgan qo‘llari yuzini bekitgan, kipriklariga yosh qalqib chiqib turgan edi. U adashib qolgan edi.

Jungkook lablarini qattiq tishladi. Uni o‘ldirishi kerak. Bu uning taqdiri. U endi vampir. Bu qiz shunchaki ov edi.

Ammo yuragi bunga yo‘l qo‘ymadi. U qizga tikildi va… ilk bor boshqa tuyg‘uni his qildi.

Mehr.

U qizni o‘ldira olmadi. Aksincha, uni qasrga yashirincha olib kirdi va xonasiga bekitdi.

Qizning ismi Lia edi.

Jungkook hech kimga bu haqda aytmadi. Kunlar o‘tib, u qizga mehr qo‘ydi. Lia unga ishonar, lekin Jungkook hech qachon o‘zining vampir ekanligini aytmadi.

Ammo bir kuni, hamma narsa o‘zgardi.

Lia qiziquvchanlik qildi. U xonadan chiqib ketdi.

Va uning oldida Jin, Taehyung va Jimin turardi.

Ular qonni his qildi. Lia qochmoqchi bo‘ldi, lekin Jin uni qo‘liga oldi va o‘lja deb hisobladi.

Jungkook yetib kelganida kech bo‘lgandi.

— Yo‘q! U meniki… U menga tegishli! — deya baqirdi Jungkook, uni himoya qilishga harakat qilib.

Ammo Jin kulib qo‘ydi.

— shunday ekan uni bizning koʻz oldimizda Oʻldir?

Jungkook hech narsa deya olmadi. Lia esa dahshatdan qaltirardi.

Lekin eng dahshatlisi… Lia Jungkookning vampir ekanligini shu payt bilib qoldi.

Jungkook akalariga parvo qilmay uni xonasiga olib kirib ketdi

— Sen… sen ham ulardek ekansan?! — deya yig‘lab yubordi qiz.

Jungkook uni tinchlantirishga harakat qildi, lekin Lia dahshatdan ortga tislandi.

U undan nafratlanib qarardi.

Jungkookning yuragi yorilib ketgandek edi.

U xiyonat qilmagandi. Lekin uni xiyonatchiga aylantirishdi.

— Lia....men .....sen ketishin kerak— dedi Jungkook.

Jungkook Liani kech tushishi bilan yashirin yoʻlak boʻylab qochirib yubormoqchi edi.Ammo yashirin yoʻlak oxirida ularni kutilmagan mehmon qarshi oldi

Jin kulib qo‘ydi.

Jin— Yo‘q. Endi juda kech.

Shu lahzada hamma narsa o‘zgardi. Jin qizga tashlandi. Jungkook uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, lekin…

Og‘riq.

Jungkookning ko‘kragiga zaharli hanjar sanchildi.

U shokka tushdi. Jin uni o‘ldirishga qaror qilgandi.

— Sen endi foydasizsan, uka, — dedi Jin sovuq ovozda.

Jungkook titrab yerga yiqildi. Lianing chinqirig‘i eshitildi.

So‘ngra hech narsa.

Qonning hidi.

Jimlik.

Jungkookning ko‘zlari ochiq edi. Lia endi yo‘q edi.

Ammo Jin unga qaramasdi. U qo‘llarini Jungkookning ustiga qo‘yib, uning kuchini tortib olishga tayyor edi.

Lekin Taehyung va Jimin bunga yo‘l qo‘ymadi.

Ular Jin bilan jang qildi. Va oxir-oqibat, uning jazosini belgilashdi.

Jm— U o‘lmasligi kerak.u ham Vampire va akamizdek...
Tae-u Jungkookni oʻldirmoqchi boʻldi..... Agar hanjar yuragiga tekkanda u oʻlardi...

Jm-vampirni oʻldira olmaymiz....

Tae-unday boʻlsa koʻzguga qamaymiz.....

Jm-yaxshi.....

Va ular Jinni ko‘zguga qamashdi.


Hozirgi vaqt

Jungkook boshini qo‘llari orasiga oldi.

Semi ham Lianing taqdiriga duchor bo‘lishini istamaydi.

U Jinning chiqishiga yo‘l qo‘ya olmasdi

^^^^^^^^^^^^^^

Semi tunda qasr bo‘ylab asta yura boshladi. Tungi shamol oynalar ortida shitirlab, ichkarida g‘alati shivirlar eshitilayotgandek edi.

U bu sirni ochishi kerak edi. Ko‘zgu haqiqatan ham mavjudmi yoki yo‘qmi?

Jungkook unga aniq javob bermadi, lekin uning nigohi Semining shubhasini kuchaytirgan edi. Nimadir yashirilayotgan edi.

Semi yengil nafas oldi va zinadan yuqoriga chiqdi. Qasrning chekka qismiga, hech kim yurmaydigan hududga yo‘l oldi. U yer qorong‘u va sovuq edi. Har bir qadam ovoz chiqarardi.

U uzoq davom etayotgan qorong‘i yo‘lak bo‘ylab yurarkan, orqasida qadam tovushlari eshitildi.

Semi shoshilib orqasiga o‘girildi.

Jimlik.

U yuragini bosib, yo‘lda davom etdi. Lekin qadamlar yana eshitildi.

Kimdir uni kuzatayotgandi.

U shoshilib yurishini tezlashtirdi, ammo birdan yo‘lini kimdir to‘sdi.

Taehyung.

U qorasoyadek qiyofasi bilan oldinda turardi, qoshlarini chimirgancha, kulimsirab qarab turardi.

Tae— Kechasi yolg‘iz yurish qizlarga mos emas, *— past ovozda pichirladi u. *— Ayniqsa, bu qasr ichida.

Semining yuragi tez ura boshladi. Taehyungning nigohi g‘alati edi. U doim shunday qararmidi?

Semi— Men faqat… shunchaki aylanib yurgandim, — dedi Semi qo‘rqmaslikka harakat qilib.

— Ha-a… — Taehyung kulimsiradi. — Yo‘lakning eng chekka qismiga kelib, qorong‘u xonalarni tekshirish uchunmi?

Semi bir necha qadam ortga chekindi. Uning qayerga borayotganini Taehyung bilib turibdi.

Tae— Sen nimanidir izlayapsan, to‘g‘rimi?

Semi hech narsa deya olmadi.

Taehyung sekin yurib, Semiga yaqinlasha boshladi.

Tae— Qiziq… senga kimdir nimadir aytdimi?

— Yo‘q! Men… hech narsani bilmayman, — Semi og‘zidan shoshib gap chiqdi.

Taehyung qoniqmagan nigoh bilan unga tikildi.

Tae— Bilmaganing yaxshi, — u past ovozda shivirlagancha, Semining yuziga egildi. — Chunki bu yerdagi sirlarni bilganlar ko‘pincha yo‘qolib ketishadi.

Semi tomog‘idan yutundi. Taehyung hazillashayotganini sezmasdi.

Yo‘q, bu hazil emas edi.

U yerda nimadir bor edi. Nimadir dahshatli.

Va Taehyung unga buni bilish huquqini bermoqchi emas edi.

Semi nafas olishga ham jur’at eta olmay qoldi.

Taehyung uning oldida turardi. Ko‘zlari qorong‘u, nigohi keskin.

Tae— Bu yerdagi sirlarni bilganlar yo‘qolib ketishadi, — pichirladi u. — Jungkook buni istamagan boʻlardi.

Semi o‘zini chetga olishga harakat qildi, lekin Taehyung orqaga yo‘l qoldirmasdan unga yaqinlashdi.

Uning yuzida kulgi bor edi, ammo bu kulgi issiq emas,sovuq edi.

— Nega bu qadar qo‘rqib ketding? — Taehyung Semining soch tolalarini barmoqlari orasida o‘ynatarkan, yengil jilmaydi.

Semi jimgina bo‘shashgancha turardi. Harakat qilsa, uning uchun yaxshi bo‘lmasligini his qildi.

Lekin keyingi lahzada Taehyungning ko‘zlari butkul qoraya boshladi.

Havo to‘satdan sovib ketdi.

Semi yuragi tez urayotganini sezdi. Qon hidini sezdi…

Yo‘q!

Taehyung sekin yuzini Semining bo‘yniga yaqinlashtirdi.

Tae— Bunday lazzatli qon… Behudaga sarflanishi kerak emas, — deya uning bo‘yniga sekin lablarini yaqinlashtirdi.

Semi qichqirib yubormoqchi bo‘ldi, ammo birdan Taehyung teskari tomonga otildi.

Kimdir uni turtib yuborgandi.

Jungkook.

Uning nigohi Taehyungga tikilgan, lablari siqilgan edi.

— Tegma unga, — dedi Jungkook ohangida ogohlantiruvchi sovuqlik bilan.

Taehyung jilmaydi.

Tae—men shunchaki...Bu yerni bilmagan odamlar yo‘qolib ketishadi, deb aytdim, shunday emasmi?

Jungkookning yuzi hech qanday o‘zgarishsiz qoldi, ammo nigohlarida g‘azab porladi.

Jk— Semi mening himoyamda. Unga hech kim tegmaydi.

Taehyung yelkasini qisdi.

Tae— Shunday bo‘lsa, yaxshi. Lekin unutma, Jungkook… — u Semiga bir qarab qo‘ydi. — Sen uni abadiy himoya qila olmaysan.Huddi Lia kabi....

Shu so‘zlardan so‘ng u orqasiga o‘g‘rilib, jimlikda g‘oyib bo‘ldi.

Semi hali ham qaltirayotgan edi.

Jungkook esa unga yengil qaradi va shoshilib qo‘lidan ushladi.

Jk— Bu yerda uzoq qolishing xavfli. Yur.

Semi hech narsa deya olmadi. U faqat Jungkookning ortidan yurdi.

Ammo hozirgina bo‘lib o‘tgan narsa uni qo‘rqitgan bo‘lsa ham, u bir narsani aniq bilardi.

Bu qasrda haqiqatan ham sir bor edi.

Va u buni aniqlashdan voz kechmoqchi emasdi.

Jungkook Semining qo‘lidan ushlagancha uni xonasiga olib kirdi. U eshikni yopib, chuqur nafas oldi.

Jk— Qasr ichida shunchaki kezib yurish xavfli, Semi, — dedi u qat’iy ohangda. — Ayniqsa, kechasi.

Semi hali ham Taehyungning sovuq nigohlarini eslayotgandi. Ammo boshqa narsani ham o‘ylayotgan edi. Jungkook ham vampir.

Semi— Sen ham qon ichasanmi? — deb so‘radi u, sekin.

Jungkook bir lahza unga qaradi. Ko‘zlarida xavotir va noaniqlik aks etdi. Keyin u shoshilib bosh chayqadi.

Jk— Men begunoh insonlarga tegmayman.

Semi uning so‘zlariga ishongisi keldi.

Semi— Unda nega…

— Anchadan buyon qon ichmayman, — dedi Jungkook uning gapini bo‘lib.

Semi jim qoldi. Bu qanchalik jiddiy ekanini tushunmadi.

Semi— Agar ichmasang nima bo‘ladi?

Jungkook yelkasini qisdi, ammo nigohi ancha jiddiy edi.

Jk— Vampirlar qonsiz uch haftadan uzoq yashay olishmaydi. Qisman o‘lish boshlanadi.

Semining yuragi siqildi.

Semi— Senga qancha bo‘ldi?

Jungkook bir lahza ikkilanib turdi, keyin yengil jilmaydi.

Jk— Deyarli uch hafta.

— Jungkook! — Semi beixtiyor hayqirib yubordi. — Nega bunday qilayapsan?

Jungkook uning nigohiga tikildi. So‘ng sekin kulimsiradi.

Jk— Xavotir olma. Men hozircha yaxshiman.

Ammo Semining ko‘ngli g‘ash edi.

Unga bu gap yoqmadi.

Jungkook nimanidir yashiryapti. Faqat sirni emas, o‘zining ichki azoblarini ham.

Semi buni bilib olmoqchi edi.
Ammo hozir bundan muhimroq narsa Jungkook anchadan buyon qon ichmaganligi edi. U Semini bir necha bor hayotini saqlab qoldi va endi Semi buni qaytarish haqida oʻylardi.

Jk-men ketishin kerak..... Xayrli tun....

Semi-toʻxta.... meni qonimdan biroz olishing mumkin

Jungkook Semining so‘zlarini eshitgach, hayratda qoldi. U buni hazil deb o‘yladi. Yoki, balki, qiz qo‘rqayotganidan shunday degandir.

Jk— Sen nimalar deyabsan? — dedi u asta.

Semi esa jiddiy edi. U cho‘chimadi, ikki qo‘llab bilagini ko‘tardi.

Semi— Agar qon ichmasang, sen o‘lasan. Sen esa meni himoya qilyapsan. Demak, men ham…

U bir lahza to‘xtadi. Jungkookning sovuq, sirli ko‘zlari unga tikilib turardi.

Semi— Men ham senga yordam bera olaman.

Jungkook chuqur nafas oldi. Bu taklif… uni larzaga soldi.

Qon… qanchalik shirin bo‘lishini u yaxshi bilardi.

Lekin… agar boshlasa, to‘xtay olmasa-chi?

U Semining nozik bilagiga qaradi. Tomirlar. Issiq qon. Yurak urishi.

Yo‘q! U bunday qilolmaydi.

Jungkook qo‘llarini musht qildi.

Jk— Sen hali meni yaxshi tanimaysan, Semi.

Semi hayron bo‘lib unga tikildi.

Semi— Men sening atrofingdagi vampirlarning qanday ekanini bilaman. Ammo sen ularga o‘xshamaysan. Sen insonlarni himoya qilasan.

Jungkook kulimsiradi, lekin bu achchiq tabassum edi.

Jk— Men ham ularga o‘xshayman. Faqat… men hozircha o‘zimni ushlab turibman.

Semi shubha bilan unga qaradi.

Semi— Demak, bu seni kuchsiz qiladi?

Jungkook qotib qoldi. Bu gap unga yoqmadi.

Semi uni yomon ko‘rmayotgan edi. Unga ishonayotgandi.

Ammo shunday bo‘lsa ham, Jungkook uning ishonchini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi.

U asta oldinga yurdi. Semi esa joyidan jilmay, unga tikilib turardi.

Jungkook endi shunchaki unga qarab turmadi. U Semining bilagiga ohista qo‘l tekkizdi.

Issiq. Mayin. Odam qoniga xos iliqlik.

Lekin bu qon unga tegishli emas edi.

U Semining bilagini yuziga yaqin olib borib, og‘ir nafas oldi.

Semi titramadi. U qo‘rqmadi.

U ishonardi.

Jungkook esa… unga zarar yetkazishdan qo‘rqardi.

Bir lahza u lablarini Semining bilagiga bosdi. Uning nafasini his qilib turdi.

Ammo tishlamadi.

U faqat o‘zini to‘xtatishga harakat qildi.

Jungkook buni xohlamasdi.

U asta Semining qo‘lini qo‘yib yubordi va yuzini boshqa tomonga burdi.

Jk— Yo‘q.

Semi chuqur nafas oldi.

Semi— Nega?

Jungkookning ovozi qattiq edi, lekin unda qandaydir yumshoqlik sezildi.

Jk— Chunki agar boshlasam, to‘xtay olmasligim mumkin.

Jungkook uzoq vaqt sukut saqladi. U Semining so‘zlarini ich-ichidan tushundi, lekin qabul qila olmadi.

Jk— Men seni tishlay olmayman, Semi.

Uning ovozi qat’iy edi. Semi esa unga muloyim tikilib turardi
Agar Jungkook unga odatlansa, Semini boshqa hech qachon qo‘yib yuborolmasligidan qo‘rqardi.

Ammo Semi, go‘yo uning fikrlarini o‘qiganday, chuqur nafas oldi va yonidagi kichik bronza shamdonni oldi.

Jungkook avvaliga tushunmadi.

Ammo keyingi lahza…

Jk— Semi, yo‘q!

Shamdonning o‘tkir cheti Semining bilagini kesib o‘tdi.

Uning issiq qoni sizib chiqdi.

Xona ichida qon hidi taraldi. Yangi, iliq, shirin hid.

Jungkookning nafasi o‘zgarib ketdi. Ko‘zlari sezilarli darajada qorayib bordi.

Semi esa qimirlamadi.

Semj— Endi qila olasan.

Jungkook shokka tushganday joyidan qotib qoldi.

Bu qiz o‘z ixtiyori bilan buni qildi… faqat unga yordam berish uchun!

Lekin u… o‘zini ushlolmasligi mumkin edi.

Jungkook qo‘llari musht bo‘lib tugildi. Vujudidagi vampir tabiati uni qon tomon tortardi.
Ammo yuragidagi nimadir… Semiga yaqinlashishdan uni qaytarardi.
U asta oldinga yurdi. Sezilarli titrayotgandi.Semining ochiq bilagiga tikildi. Qon tomchilari… shirin, jozibali, ehtirosli…

U his qilyapti.

U uni istayapti.
U shunchaki orqaga chekina olmadi. Qon uni o‘ziga tortardi.

Shuning uchun u Semining belidan mahkam ushladi.

Qiz yengil nafas oldi, ammo qarshilik qilmadi.

Jungkook qo‘li bilan kesilgan bilagini tutdi, uni asta o‘ziga tortdi va lablarini qonga bosdi.

Birinchi tomchi… ta’mi butun tanasini titratib yubordi.

Bu nafaqat qon edi. Bu iliqlik, bu energiya, bu… birlashuv edi.

U ehtiyotkor bo‘lishga harakat qildi.

Juda ohista, muloyimlik bilan…

Uning lablari Semining yumshoq terisiga tegib turardi. Bu nafaqat ochlik, balki nimadir chuqurroq narsa edi.

Semi hech qanday og‘riq sezmasdi. Aksincha, yuragi shiddat bilan urardi.

U yigitning yelkasiga suyanib, asta pichirladi:

— Men… qo‘rqmayman…

Jungkook bir zum to‘xtadi. Bu so‘zlar uni butunlay erkalatib yubordi.

Uning vampir yuragida nimadir yonib ketdi.

Lablarini oxirgi bor qonga bosdi, so‘ng asta chetga tortildi.

Semi asta nafas oldi.

Jungkook unga hayrat bilan tikildi. U o‘zini yo‘qotmadi.

Va eng muhimi, u Semini yo‘qotmadi.

Jungkook unga qaradi, so‘ng sekin uni yotoq tomon yetakladi.

Jk— Sen shunchaki yordam bermoqchi bo‘lding… — pichirladi u, Semining bilagini muloyimlik bilan ushlarkan. — Lekin bu noto‘g‘ri edi.

U yonidan mato olib, qizning kesilgan bilagini ehtiyotkorlik bilan bog‘ladi.

Semi esa undan ko‘z uzmadi.

Semi— Sen yana och qolasan… — dedi u past ovozda.

Jungkook buni inkor etmadi. Ammo yana uning qoniga tegish haqida o‘ylash ham unga og‘ir edi.

Semi boshqacha edi. U Jungkookdan qo‘rqmasdi, undan qochmasdi.
Lekin bu ham xavfli edi.
Jungkook oxirgi tugunni tortib, bilakni mahkam bog‘ladi.U Semini oldida koʻp qola olmadi va unga xayrli tun tilab xonasiga ketdi

Semk ko‘zlarini yumishi bilanoq, yana o‘sha tush boshlandi.

O‘sha ko‘zgu.

O‘sha yigit.

U yana Semiga qattiq tikildi.

Jin— U senga ham shunday qiladi.

Semi— Kim?

Yigitning nigohi zulmat bilan to‘ldi.

Jin— Jungkook.

— Yo‘q… — Semi ovozi titradi. — U bunday qilmaydi!

Yigit kuldi. Haqoratli, sovuq kulgi.

— U Liani ham shunday ishontirgan edi.

Semining yuragi shiddat bilan urdi.

— Lia?

— Ha. — Yigitning ko‘zlari qizg‘ish tusga kirdi. — Jungkook undan foydalandi. Unga ishonishini istadi. Keyin esa...

U birdan jim qoldi.

Ko‘zgu yuzasida qora yoriqlar paydo bo‘la boshladi.

— Keyin nima bo‘ldi? — Semining ovozi o‘ziga ham notanish edi.

Yigit Semining yuziga qaradi.

— Keyin… u uni o‘ldirdi.

Ko‘zgu shiddat bilan titray boshladi.

Semi dahshatdan qotib qoldi.

Bu yolg‘on edi… Shundaymi?

Birdan uning atrofini qorong‘ilik yutib yubordi.


Semi hushidan ketib uyg‘ondi.

Uning yuragi shiddat bilan urardi. Nafasi og‘irlashib ketgan edi.

Bu faqat tush edi… shundaymi?

Lekin… nega yuragi shunchalik qattiq uryapti?

Ko‘zgudagi yigit yolg‘on gapirgan bo‘lsa-chi?

Yoki… bu haqiqat bo‘lsa?!

Jungkook… Liani o‘ldirgan bo‘lishi mumkinmi?

Semi chuqur nafas oldi.

Endi u Jungkookga ishonsa bo‘ladimi yoki yo‘qmi, aniq bilmasdi…

^^^^

^^^^^.

^^^^

^^^

@dream7282