Sen bir olam, Men o‘zga olam
Tarix darsiga Shusterman xonim kiradi ajablanarli darajada past bo'yli, miqti gavdali, boshida "makaron fabrikasi portlagan" ayol. Och qizil rangga bo'yalgan tirnoqlari to'q shokolad rangli terisi bilan keskin qarama-qarshilik hosil qiladi.
- Kim aytadi, 1861-yilda mamlakatimizda qanday muhim voqea sodir bo'ldi?
Sinfxonada tabiiyki, jimlik hukmron edi. Bu tentaklarning ziyofatdan ortib dars qilishga vaqti yo'q.
- Fuqarolar urushi, Shusterman xonim, - javob berdi Elias.
Qarama. Faqat qarama. U sen uchun hech qachon mavjud bo'lmagandek tut o'zingni, Lamiya. Aqlliroq bo'l.
Kimdir hihiladi. Bu befahmga qora tanli muallimaning Fuqarolar urushi haqida so'z boshlagani kulgili tuyuldi.
Sodir bo'layotgan jarayonda ishtirok etmaslik uchun daftarimga g'arq bo'lishga urindim. Shunaqasi ham bo'ladi, o'zingni banddek ko'rsatsang, o'qituvchining ko'ziga tashlanmaysan. Qiziq, bu qanday ish berarkin-a?
- Ajoyib, janob Konli. Hammasi to'g'ri.
Shusterman xonim qo'liga bo'r oldi va bir necha soniyadan keyin yozuv taxtasida shunday yozuv paydo bo'ldi: "Fuqarolar urushi".
- Kim bunga ta'rif beradi?- davom etdi u.
Elias yoki qasddan o'zidan aqlli yasab olgan yoki rostdan ham o'qimishliligi bilan ajralib turardi. Ammo ziyoli deyilgan yigit sinfdagi yangi o'quvchini kalaka qilishdek bemazagarchilikni o'ziga ep ko'radimi axir? Yo'q. O'qimishli insonlarning muhimroq ishlari bor. Demak, u ham boshqalar qatori ahmoq.
- Fuqarolar urushi 1861-yil 12-aprel kuni boshlangan, - so'z boshladi u, - shu kuni janubiy shtatlar Amerika Qo'shma Shtatlaridan mustaqilligini e'lon qildi. Biroq sabablaridan biri janubiy va shimoliy shtatlar o'rtasida ziddiyatni keltirib chiqargan qullik masalasi edi. Urush jami to'rt yil davom etib, AQSH tarixidagi eng qonli jang sifatida qoldi. Jang harakatlarining asosiy qismi janubiy shtatlar hududida kechgan, sust infratuzilma va harbiy texnikasi sababli ular nisbatan zaifrog edi. Shimoliy shtatlar esa aholi soni va armiya holati bo'yicha ustuvorlikka ega bo'lgan, G'alaba aynan ular tomonda bo'ldi. Ziddiyatga nuqta qo'yilgach, Avraam Linkoln AQSHdagi barcha qullarga erkinlik bergan Ozodlik proklamatsiyasiga imzo chekdi. Bu fuqarolik huquqlari va erkinlik uchun kurashdagi eng muhim pallalardan biri bo'ldi.
Ichimda qarama-qarshi hissiyotlar olishardi. Bir tomondan ensamni qotirib, pishqirgim kelsa, boshqa tomondan hayratlanmay ilojim yo'q edi. Qaysidir darajada hatto to'lqinlanib ham ketdim.
Shusterman xonim ham mamnun koʻrinardi.
- Barchasi to'g'ri, janob Konli! Har doimgidek meni quvontirishdan to'xtamaysiz.
- Bundan chiqdi, agar o'sha urush bo'lmaganida, - orqa partadan Kristinaning ovozi eshitildi, - qul bo'lib yurarmidingiz? siz hozir ham kimgadir
Ovoz kelgan tomonga o'girildim, ammo bunday qilishim kerak emasdi. Bu to'daning mavjudligini unutaman deb harchand o'zimga so'z bermay, hammasi benaf ketayotgandi.
Kristina oxirgi partada o'z uyidagidek yalpayib-yastanib o'tirardi. Egnida qora kalta kofta, qorni ko'rinib turibdi, yashil mini yubka va to'rpaypoq. Parta ustidagi pleyerga quloqchinlar va ikkita kasseta ulangan, qiz dars vaqtida musiqa tinglab o'tirganini yashirishga ham urinmasdi.
Shusterman xonim horg'in tin oldi.
- Nikotera xonim, o'qituvchiga bunday savol berish mutlaqo nojoizdek tuyulmayaptimi?
- Yo'q, aslo, - bitta tuki ham qilt etmay javob berdi qiz. - Men shunchaki haqiqatni aytdim xolos.
Oh, og'irgina narsa bilan aylantirib boshiga solsang-da. Shunda o'ziga kelib, osmondan tushgan ma'buda emas, hammamiz qatori oddiy odamligini tushunarmidi.
- Javobingiz uchun rahmat, janob Konli, - xonim mavzuni keskin o'zgartirdi. - Men yangi o'quvchimizni ham eshitmoqchi edim.
Mana, yana. A'zoyi badanim jimirlab, ichimdan zil ketdim. Bu rasvo hisga toqatim yo'q.
- Uayt xonim, fuqarolar urushi haqida nimalarni bilasiz?
- Fuqarolar urushi AQSH uchun jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar olib keldi, birinchi bo'lib xayolimga kelganini tilimga chiqardim. Urush iqtisodiyotni zaiflashtirib, infratuzilmaning barbod bo'lishiga sabab bo'ldi.
Javobim o'qituvchini juda taajjublantirdi.
U ham boshimdagi ro'molni jaholat va savodsizlik belgisi, deb hisoblasa ajabmas. Uning nazdida men soqoldor bir erkakning na bir so'z aytish, na ta'lim olishga haqli bo'lg'usi cho'risiman xolos. Boshqacha aytganda, u meni kelajakda nuqul ezgʻin, ahmoq, burnidan narini ko'ra olmaydigan kaltafahm, paqillatib tug'ishdan boshqasiga yaramaydigan baxtiqaro sifatida ko'radi.
- Juda yaxshi, Uayt xonim, - dedi muallima. - Aytgancha, men ballaringiz bilan tanishib chiqdim. O'zlashtirishingiz ancha yaxshi.
Zo'raki jilmayib qo'ya qoldim.
Tarix darsi nihoyasiga yetdi, biqiq xonadan otilib chiqib, yo'lakka intildim. Ortimdan allakimning sharpasi ergashdi.
- Janob Xemmings menga topshiriq berdi, - ortimdan izma-iz kelayotgan Elias yo'l-yo'lakay so'z boshladi. - Endi men sening repetitoringman.
- To'rt tomoning qibla. Sen bilan mashg'ulotga qatnaydigan ahmoq yo'q. Undan ko'ra o'lganim yaxshi.
Eliasning yuzida birvarakayiga ham iljayish, ham taajjub ko'rindi.
- Nega endi men haqimda bunday o'ylayapsan, sharq go'zali?
- Va meni bunday atashni bas qil!
Juda baland qichqirib yubordim, shekilli, hatto odatda darsdan tashqarida hech kim bilan ishi bo'lmaydigan o'qituvchilar ham burilib qarab qo'yishdi.
- Qochib ketolmaysan, azizam, iljaydi Elias. - O'zim ham qimmatli vaqtimni senga sarflayman deb o'lib turganim yo'q, lekin nachora. Bosh tortsang, yaxshi balldan umidingni uzaver.
- Janob Xemmingsga bu bemazagarchilik qaysi go'rdan kerak bo'lib qoldiykin-a?!
Elias angrayib qoldi, ko'zlari xonasidan chiqib ketayozdi. - Oh-ho! Ja unchalik ham avliyo emas ekansan-ku.
Ko'zlarimdan chaqmoq sachratib nari ketdim. Hozir yo'limda duch kelgan odamni bo'g'ib qo'yishdan ham tap tortmasdim.
- Yomon ball yaxshi kelajak uchun imkoniyatingni chippakka chiqaradi, - ortimdan yana ergashib davom etdi Elias. - Kollejga kirmoqchisan-ku, to'g'rimi?
Hozir u xuddi rostdan ham menga qiziqayotgandek gapirardi. Kulgili. To'xtab, o'girildim. Kerakli so'zlarni tanlash qo'limdan kelmadi.
- Kecha ziyofatdagi qilg'iliklaringdan keyin do'stlaringdan nafratlanaman. Sendan ham nafratlanaman. Tushunarlimi?
Ko'rgani ko'zim yo'q hammangni. Yo'qoll
- Bo'lar ish bo'ldi. Bunchalik ko'ngilga yaqin olishga hojat yo'q,- tag'in iljaydi u. So'zlarim uning qulog'iga kirmayotgandek edi. - O'tgan ish o'sh yerda qolsin, vassalom.
Shunaqa dahshatga tushdimki... va sharaqlab yuziga tarsaki tortvordim.
Bilmayman, bu qanday sodir bo'ldi, qanday qilib kaftim uning terisiga tegishiga yo'l qo'ydim, qanday qilib g'azabimga erk berdim, qanday qilib achchig'imni tiya olmadim?
Va nihoyat: qanday qilib kimsan Elias Konliga qo'l ko'tarishga haddim sig'di?
Bo'lar ish bo'ldi, endi o'zimni koyishdan nima ma'ni? Uning javobini kuzatishdan boshqa choram yo'q.
U yuzini shunchalik ohista burdiki, xuddi ana-mana naq Iblisning qiyofasi bilan yuzlashadigandek edim.
Ammo kutilmalarimga zid o'laroq, u kulimsirab turardi.
Bu shunchalik zavq va hayratga toʻla tabassum ediki, go'yo atigi bir necha soniya avval men unga qo'l ko'tarmaganman-u, aksincha qandaydir ajoyib ish ro'y bergandek.
Men aqldan ozdimmi yoki Elias devonami?
Quloqlarimga ishonmayman: u rostdan shunday dedimi yoki menga tuyuldimi?! Aqldan ozish hech gapmas.
- Boshingni yaxshilab tekshirtirib ol, zoʻraki. Toming ketib qolibdi. - dedim
Kaftim hamon lovullab yonar, bunday zarbdan keyin Elias o'zini qanday his qilayotganini tasavvur ham qila olmasdim. Joni og'ridimikan o'zi? Zig'ircha bo'lsa ham. Shunchaki uning javobidan mutlaqo boshqacha xayolga borish mumkin edi Harqalay, boshqa ortimdan ergashmadi. Demak, tarsaki is! berdi. G'alati usul, nima ham derdim.
Javonchamni ochib, to'g'nog'ichlar qadalgan yostiqchani oldim. Ro'molim hadeb sirg'alib ketyapti, ertalab yaxshi mahkamlamabman chogi.
Shundoqqina yonimda ovoz eshitildi. Qarshimda o'ziga xos bo'lmagan tund qiyofada Rubi turardi.
Javonchamni yopib, unga qiyo ham boqmay, oldinga yurdim.
Haddan tashqari muloyim ovozidan to'xtashga majbur bo'ldim. Ammo baribir u tomonga qaramadim.
- Mendan xafa bo'lsang kerak-a....
- Bunaqa qilganim uchun kechir... Yoningni olmaganim uchun... Men shunchaki... Shunchaki....
- Qo'rqib ketding, - dedim uning o'rniga. - Shunday deb qo'ya qol: "Men bu oliftalardan qo'rqib ketdim. Menga ham biron narsa qilishlari mumkinligidan qo'rqdim". Lekin, rosti, endi buni aytishning keragi ham yo'q. Shundoq ham allaqachon tushunganman.
Rubi mulzam bo'layotgani ko'rinib turardi. Ota-onasi oldida ayb ish qilib qo'ygan boladek ko'zlarini yerga tikdi. Qo'liga momiq Vinni Pux tutqazib qo'ysang bas.
- Meni kechirmaysanmi? - to'satdan so'radi u.
"Yo'q", degim keldi. Uning bu ishini xiyonat deb hisoblash mumkinmi? Mumkin bo'lsa, bu men hech qachon, hech qanday vaziyatda kechirmaydigan birdan-bir holat edi.
Rubining harakati aynan xiyonat edi, boshqa narsa emas. Balki bu adolatdan emasdir, ammo baribir xiyonat.
- Menga qara, Rubi, - so'z boshladim, - men bilan xushmuomala bo'lishga urinishingga hojat yo'q. Menga hech kim kerak emas. O'qish tugaguncha bir amallab chidayman keyin hech qachon sizlarni ko'rmayman. Sizlar ham meni ortiq ko'rmaysiz. Shuning uchun xotiring jam bo'laversin.
Rubi javob berishga ulgurmadi, chunki shundoqqina oldimizda temir javonchaga zarb bilan urilgan ovoz eshitildi. Beixtiyor o'sha tomonga qaradim.
- Menga qara, sen, - Chester notanish qizni javonchaga tiragancha tahdidnok vishillardi,- men hazillashib o'tirmayman. Shuncha vaqt nima qilib yurganding-a, jin ursin? Menga ajratishing kerak bo'lgan vaqtda?
Shart burilib nari ketish kerak edi. Axir bu mening ishim emas. Men shunaqa vaziyatga tushganimda boshqalar ham tomoshabin bo'lib o'tirdi-ku.
Lekin men shundoq o'tib keta olmadim.
- Hey, o'zingdan kuchsizlarga tirg'alishdan boshqasini eplaysanmi o'zi?
Chester tushunqiramay men tomonga qaradi, yigitning changalida hamon bo'g'ilib turgan qiz ham.
- Nimadir dedingmi? - Chester nihoyat qizni qoʻyvordi, - menga tikilgancha qaddini rostladi.
- Sen o'zidan kuchsizlarga tahdid qilishdan boshqasiga yaramaydigan quyonyuraksan, - dedim.
U ustimga bostirib kela boshladi. O'rnimdan jilmadim.
- Kecha shalabbo bo'lganing yetmadimi deyman?
Chester o'zi eslagan manzarani eslab, tirjaydi. - Takrorlashni istaysanmi?
- Rostini aytganda, hozir faqat bitta narsani istayman: basharangni bejab qo'yishni.
"Nega, Lamiya? ichimdan allakim iltijo qildi.
Jimgina, g'iring demay, imtihonga tayyorlansang bo'lmaydimi? Nega o'z boshingga g'alva orttiraverasan? Axir hozir sen uchun eng muhimi maktabni a'lo bahoda tamomlab olish-ku".
Hamasiga fe'lim sababchi. Lattadek mum tishlab o'tirish - yo‘q bu qo‘limdan kelmaydi.
- Nima sen kuchsizlarning himoyachisimisan? O'zingga o'xshagan yalangoyoqlarning-a?
- Bu atrofda sendan boshqa bironta yalangoyoqni ko'rmayapman, seni esa himoya qilish niyatim yo'q.
G'azabdan Chesterning ko'zlari chaqnab ketdi.
Atigi bir daqiqa oldin boyagi qizdek meni ham devorga pachaqlab qo'yish unga nima degan gap? Qovurg'amni majaqlab yuboradigan kuch bilan itarib yuborish unga nima degan gap? Va nihoyat, darslar tugashini kutib, uyga qaytayotganimda ortimdan poylab biron pastqam joyda oʻlasi qilib do'pposlash unga nima degan gap?
Hech gap emas. Bularning barini osongina qilishi mumkin.
- Miyangni yeb qo'ydingmi? - so'radi Chester. Ovozi mutlaqo jiddiy yangradi. - Kallangdagi mana bu pollatta tagida miyang suyulib qolganmi? Bo'lmasa, bu jur'atingni boshqacha izohlab bo'lmaydi. Vaziyatni hisobga olsak, buni ahmoqlik deb atash to'g'riroq bo'ladi.
- Bu yerda ahmoq faqat sensan. Mana bu ahmoqona o'rimlaring ostida miyang aynib qolgan.
- Axir tarix darsida Shusterman xonim Fuqarolar urushi haqida gapirganida sinfda tirjaygan tentaklardan biri shu emasmidi? Qora tanlilarni tahqirlaydi, boshida esa afrikancha o'rimlar. Tentak.a Kechagisi kamlik qildimi? - achchiqlanib dedi Chester.
Shundan keyingi voqealar atigi bir necha soniya ichida sodir bo'ldi. Chester xezlanib qo'l ko'targanini ilg'ab qoldim xolos. Balki urmoqchi bo'lgandir, balki tag'in ro'molimni yulib olishga chog'langandir. Bilmayman.
Chunki ustiga qaynoq nimadir to'kilib ketdi.!
- Jin ursin! - qichqirdi Chester vishillab, rasvosi chiqqan futbolkasini badanidan nari qilishga urinib. - Ming la'nat!
- Voy, kechir, Ches! Og'ayni, qasddan qilmadim.
Elias yo'q joydan paydo bo'ldi. Qo'lida qahvadan bo'shagan stakanchani tutib turar, do'stiga kuygan joyini sovitishga yordam berishga tirishib, qayta-qayta uzr so'rardi.
- He, onangni, - Chester tishlarini g'ichirlatib ingrashdan nariga o'tmasdi.
Mana, ojiz tomoning bor ekan-ku. Boyoqishgina. Qaynoq qahvaga kuyib qoldi-ya. Badxohlik bilan ich-ichimdan quvonayotgandim.
- Sen bilan hali yana gaplashamiz, - dedi u oxirgi bor va qarama-qarshi tomonga yurib ketdi.
Elias uning ortidan achingandek qarab qoldi, so'ng menga yuzlandi.
Tabassum. Keyingi soniyada uning yuzida ko'rganim shu bo'ldi. Eng yaxshi do'stining ustiga qaynoq qahva to'kib yuborganidan zarracha afsuslanayotganga o'xshamaydi. Aksincha, o'z g'alabasidan qoniqishga to'la mamnunlik.
- Arzimaydi, - dedi Elias bo'sh stakanchasiga nazar tashlab. So'ng yana menga qaradi. Qora ko'zlarda o'z aksimni ko'rdim. Yana ham yoyilib iljaydi. - Arzimaydi, sharq go'zali. So'ng burilib, - Chesterning ortidan ketdi.
Men esa butkul talmovsirab qoldim. Qattiq xo'mrayganimdan mushaklarimda og'riq turdi. Hozirgina bo'lgan ishni tushunishga urinardim. Elias Konli do'stining ustiga qaynoq qahva to'kib yubordi.... meni urmasligi uchunmi?
Inkor ma'nosida bosh chayqadim. Yo'q, bo'lishi mumkin emas. Bari tasodif. Ko'rinib turibdi-ku.
- Lamiya? - kutilmagan ovoz xayollarimni toʻzgʻitib yubordi.
O'girilib, ota-onamni ko'rdim: bugun Deyfus xonim bilan uchrashishlari kerak edi-ku. Kayfiyatim shunchalar tushib ketdiki, so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi.oq kimberl
Oyimning egnida sevimli qora libosi - ro'moli oʻziga qo'shib tikilgan, butun a'zoyi-badanini yashirib turgan oʻta keng ko'ylak. Aynan mana shunaqa ko'rinish hammaning ichiga g'ulg'ula soladi.
Atrofdagi o'quvchilarning yuz ifodasini ko'rishni aslo xohlamayotgandim. Oyimga nisbatan biron haqorat aytishdan o'zlarini arang tiyib turishgan bo'lsa kerak, hoynahoy. Uning maktabga shov-shuvli tashrifidan keyin mish-mishlar avvalgidan ham avjiga chiqishini taxmin qilyapman.
Bundan ham battari bo'lishi mumkinmi? Mumkin ekan.
Yo'lakda ota-onamning chiqishlarini kutib turibman.
Deyfus xonimning eshigi ortidan faqat bo'g'iq ovozlar eshitiladi. Shunchalar bo'g'iqki, kim so'zlayotganini ham farqlay olmayotgandim.
Qo'rqyapman. Qo'rquv butun borlig'imni mahv etdi. Chindan ham aybdordek his qildim o'zimni.
Lekin men hech qanday zirak o'g'rilarmidim. Bu ishga umuman aloqam yo'q.
Ammo baribir adolat birdan-bir umidim bo'lib qolayotgandi.
Hali yana bitta dars bor. So'ng janob Xemmingsning nuqul kuygan kalladek xonasiga borishimga to'g'ri keladi ishshayib turadigan Elias va ACTga bir soat tayyorgarlik.
Nahotki bunga chindan ham rozi bo'ldim? Nahotki maktabdagi har bir kun yakunida men astoydil nafratlanadigan insonlardan biri bilan shug'ullanishni itoatkorlik bilan qabul qildim?
Buni hazm qilish oson bo'lgani yo'q, lekin uddaladim. Yaxshi ball men uchun muhimroq, shuning uchun bir necha kun o'tadi-ketadi, chidayman.
- Yaxshi, Uayt xonim, biz buni isbotlashga harakat qilamiz, - dedi ota-onamni kuzatib qo'yayotgan direktor.
- Shunday qiling, iltimos, - qo'shimcha qildi dadam.
Uning qarashlari tund, jahli chiqqani ko'rinib turardi. Dadamni birinchi bor bu holatda ko'rishim. Menimcha, buni qizimni tahqirlashdan oldinroq qilishingiz kerak edi.
- Uzr so'rayman. Qo'limizdan kelgan hammasini qilamiz.
Oyim sukut saqlardi. Sovuq sukunat, desam ham bo'ladi U men tomonga qaradi. Ko'zlarida chuqur hafsalasizlik. Nahot bularning bariga ishongan bo'lsa, deb o'ylashga ham yuragim betlamayotgandi.
- Biron xabar bo'lishi bilan sizga ma'lum qilaman,- Deyfus xonim so'zini yakunlab, xonasining eshigini yopdi.
Yo'lakda uchalamiz yolg'iz qoldik.
- Direktor nima dedi? - so'radim.
To'g'ri, eng yaxshi himoya - hujum.
- Seni o'g'riga chiqarishyapti, Lamiya, Qanday jirkanchlik. dedi dadam.
U meni emas, vaziyatni jirkanch deb atagandi.
- Allaqachon ko'nikib ketganman, qo'l siltadim. - Rost. Tashvishlanmang. Bir amallab bunisiga ham chidayman.
Ota-onam menga achinib qarashdi. Oyoqlarim bo'shashib ketdi. Bunaqa nigohlarga toqatim yo'q.
- Ha-ya, Deyfus xonim hammasiga oydinlik kiritishga so'z berdi, shuning uchun xavotir olma. U bunda kimning qo'li borligini aniqlashtiradi.
Bosh irg'idim. Dadam jilmaydi. So'ng xuddi kichik qizaloqdek boshimni silab qo'ydi. Dadamning yirik kafti ostida sirg'alib ketmasligi uchun ro'molimni tutib turishimga to'g'ri keldi.
Oyim hamon sukut saqlar, bundan toqatsizlana boshlagandim.
- Adilya?- dedi dadam.- Negadir juda kamgapsan. Sen nima deb o'ylaysan?
Oyim boshini ko'tardi. Yoshdan namlangan ko'zlarida anduh ufurib turardi. O'zimni rasvo his qildim.
- Oyi, nima bo'ldi? nahot oyim bu qip-qizil yolg'onga Nega ishondi, degan fikrdan tag'in ko'ksimda og'riq turdi. yig'layapsiz?
Oyim ko'zyoshlarining yonoqlariga dumalashiga izn bermay, bir necha bor kiprik qoqdi.
- Shunchaki har Hammasi joyida, Lamiya, - dedi u.
- So'zlarim uchun Alloh kechirsin, lekin... Nima bo'lganda ham gal holimiz qanchalik mushkulligini tan olishim qiyin bo'lyapti.
qalbimdagi Unga ayon. O'shanda kamdan-kam qiladigan ishimni qildim.
Oyimga yaqinlashib, quchoqladim. U ham meni bag'riga bosdi muloyim, taskin beruvchi, dalda beruvchi bir tarzda quchoqladi. Rost, menga undagi yengillik yetishmas, shuning uchun quchoqlashim ham fe'limni aks ettirardi.odal
- Hammasi yaxshi bo'ladi, shivirladim. Biz uddalaymiz.
Biologiya xonasidan endi ostona hatlab chiqqandim hamki, Elias ortimdan yugurib yetib oldi. Darsda janob Xemmings men tomonga har zamonda ma'noli-ma'noli qarab qoʻyar, chamasi, olam-olam tashakkurlar kutayotgandi. Undan minnatdor bo'laman deb ko'zim uchib turgani yo'q. Ayniqsa taklifidan bosh tortsam, ballimni pasaytirish bilan tahdid qilganidan keyin.
- Birinchi mashg'ulotimizga tayyormisan? - Elias, qarshimizdan chiqayotgan hammani chetlab, men bilan yonman-yon borar, tentakdek iljayardi.
Hech tushunolmayapman, nimaga bunchalik xursand bo'ladi bu?
- Qanaqasiga eslatmay? Hoziroq shug'ullanishga boramiz. Lekin avval biron narsa yevolay, ertalabdan beri tuz totganim yo'q...
Meni zarracha qiziqtirmaydigan rejalarini qisqacha so'zlab bergach, Elias tushunqiramay so'radi:
- Aytgancha, qayoqqa ketyapsan o'zi? Mashg'ulotimiz biologiya xonasida o'tadi.
- ACTga tayyorgarlik bo'yicha darslikni olmoqchiman. Ijozating bilan, - uzib oldim g'ashim kelib.
Ko'z oldimda hamon uning yoqimsiz obrazi turar, faqat ora-sirada buning o'rnini avtobusdagi sahna egallardi. Men esa uning ziyofatda o'zini qanday tutganini eslashga jo'rttaga urinardim.
U meni tahqirlashlarini boshqalar qatori tirjayib tomosha qilib o'tirdi. Buni hech qanaqasiga izohlab bo'lmaydi. Unga xolis munosabatda bo'lishga uringanim yetar. Bunga munosib emas u.
Javonchamni ochib, rang-barang darslikni oldim. Shu mahal o'tgan gal yuqori tokchaga pala-partish tashlab qo'ygan kassetalar polga sochilib ketdi.
Elias ularni olish uchun cho'kkaladi.
- Modern Talking'ni eshitasanmi?- so'radi u kassetalardan birini ko'zdan kechirib.- Qo'shiq eshitasan deb o'ylamagandim... Umuman, pleyering bor deb o'ylamovdim.
- Buni qara-ya, mening ham pleyerim bor, - qo'lidan qo'pollik bilan kassetani yulib oldim, tag'in tasodifan uning terisiga tegib ketmaslikka juda tirishdim.- Qaytib narsalarimga qo'l tekkiza ko'rma!
Ryukzak bilan boshiga aylantirib solgan bo'lardim-u, ichidagi darslik va daftarlarga ziyon yetkazishni istamadim, shuning uchun qahrli qarab qo'yish bilan kifoyalandim.
Biologiya xonasiga qaytdik, Elias yo'l-yo'lakay vending qurilmasidan shokoladli batonchik ovolgandi, endi ikki lunjini to'ldirib uni paqqos tushiryapti.
Janob Xemmings hamon allaqanday hujjatlarni titkilagancha ish stolida o'tirardi.
- O, sizlarni yana ko'rib turganimdan xursandman, yosh do'stlarim, ostonada bizni qarshi oldistoleteisel
Istamaygina sinfga kirib, ryukzakimni stulga tashladim, darslikni avaylab parta ustiga qo'ydim. Bo'ladigan ishga ruhan tayyorlanib ulgurdim, deb o'yladim.
Sinfxonadan hali ham ter isi angirdi: bundan avval jismoniy tarbiya darsi bo'lgan, sinfdosh yigitlar o'lib-tirilib me'yoriy ko'rsatkichlarni topshirishgandi. Birontasi ham bu dunyoda dezodorant degan narsa borligidan bexabar ko'rinadi.
Janob Xemmings kaftlarini tutashtirib, ikkimizni boshdan-oyoq mamnun ko'zdan kechirdi:
- Va'da beraman, qimmatli o'gay o'g'lim sizni boshqa xafa qilmaydi, Uayt xonim.
Kutilmagan yangilikdan ko'zlarim olayib ketdi. Avval Eliasga, keyin biologiya muallimiga qaradim. U ko'zimga ibtidoiy davrlardan beri yashab kelayotgandek ko'rinib ketdi.
- Shunaqa, - yigit mening reaksiyamdan hatto biroz quvongandek edi. - Filipp Xemmings mening o'gay otam. Shuning uchun ham seni deb boshimni og'ritishimga to'g'ri keladi.
- So'zlaringizga hazir bo'ling, yigitcha. Shartim esingizda-a? - Javoban Elias g'udrangancha mening partam tomon yo'naldi.
- Xullas, mashg'ulotlaringiz sermahsul o'tadi imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishingizda bu yigitchaning yordami asqatadi, degan umiddaman, Uayt xonim, u sizni xafa qilsa, menga bildiring.
Biologiya muallimi kurtkasini olib, yelkasiga tashladi, ko'zoynagini to'g'rilab bizga so'nggi bor jilmaydi-yu omad tilab xonadan chiqib ketdi.
Xonada ikkimiz qoldik. O'rtaga og'ir taranglik cho'kdi.
- Demak, senga ham tahdid qilibdi-da? - so'radim. Rostini aytganda, badxohlik bilan quvongim kelayotgandi.
- Hozirgina shu haqida gaplashdingiz-ku.
Elias qo'shni partadan stul olib, yonimga o'tirdi. Parta esa juda kichik. bir kishiga mo'ljallangan. Amerikadagi hamma maktablarda shunaqa.
- U oyimning ikkinchi eri. Uni inson sifatida qattiq hurmat qilaman, chunki oilamiz uchun o'z otamdan million karra ko'proq qayg'uradi. O'ylab o'tirmay iltimosiga rozi bo'ldim. uning yuzida g'ayriodatiy ifoda yilt etdi. Hatto tush ko'ryapman, deb ham o'yladim. Xullas, shunaqa gaplar... Hafsalamni pir qilmassan, sharq go'zali.
To'ng'illagancha, darslikda o'zim to'xtab qolgan sahifani ochdim. Yetmishtadan yigirma beshinchisi. Ahvol chatoq aslida.
- Hey, shoshma, - dedi Elias kaftini darslikka qo'yib. -Men o'qituvchingman, shuning uchun qaysi biridan boshlashni men hal qilaman.
Hali ko'p asabiylashaman, shekilli.
- Ingliz tilidan qanaqasan? - oʻta ahmoqona savol berdi u. - Tiling yaxshi kelishishini ko'rib turibman, lekin grammatikada tobing qalay? Arabchadan inglizchaga oʻtish qiyin bo'lgandir?
- Elliginchi marta takrorlayapman, men tug'ilganman, har bir so'zni chertib-chertib baland ovozda dedim. Butun bolaligim Shtatlarda o'tgan, sizlar meni astoydil shu yerda tiqishtiradigan bironta arab mamlakatiga umrimda qadam bosmaganman. Uyda ham inglizcha gaplashaman, bir nechta so'zni aytmasa, arab tilini bilmayman ham. Tushunarlimi?
Elias darsligimni olib, varaqladi va "O'qish" bo'limida to'xtadi.'
- Menimcha, shundan boshlaganimiz ma'qul. Asosiy bilimlaringni tekshirib ko'rmoqchiman.
-Sarlavha diqqatingni tortdimi? u savolimdan taajjublandi.
-O'qishni yaxshi ko'rasan-ku, shundaymi? - so'radim.
Eliasning yuzidan qoni qochdi.
- Seni avtobusda ko'rgandim. "Javdarzordagi xaloskor"ni o'qib ketayotganding.
O, uning to'rsayib, xijolatdan sholg'omdek qip-qizarib ketganini ko'rish qanchalik yoqimli edi-yal Ura, nihoyat nozik joyidan ushladim. Har kuni maktabda o'zini ko'z-ko'z qiladigan jirrakidan asar ham qolmagandi.
- Senga shunaqa ko'ringandir, - uzoq jimlikdan so'ng dedi Elias. - Umuman, bu sening ishing emas. Hozir mutlaqo boshqa narsa haqida gaplashyapmiz.
Men iljaydim. Shunchaki o'zimni tutib tura olmadim.
Demak, o'qishni yaxshi ko'rishini yashiradi. Nega? Kimdan? Ha-ya... Kimdanligi aniq, lekin nega? Nahotki kitobga mehri uning maktabda hammani maftun qilgan "taniqli" va "muvaffaqiyatli" degan sifatlariga soya solsa? Nima, mutolaa uning imijiga putur yetkazadimi?
Qiziqish ustun kelib, yana so'radim.
- Dars kutib turadi. Nega o'qishni yaxshi ko'rishingni yashirasan?
- Hey, aytdim-ku, bu sening ishing.
- Anavi qovoqkallalar seni "botanik"ka chiqarishadimi? Shundan qo'rqasanmi? O'zlaring masxara qiladigan, bo'sh vaqtida kitob o'qiydiganlardek kalaka bo'lasanmi?
- Buni sen bilan muhokama qilgim yo'q.
Uning kayfiyatida va ovozidagi bunday keskin o'zgarishni ko'rib, astoydil hayron qoldim. Atigi bir daqiqa avval "sharq go'zali" deb jig'imga tegayotgandi, o'zini aqlli ko'rsatishga urinayotgandi, endi esa... Endi bu mavzuni boshlashim bilan to'nini teskari kiyib oldi. Qizig'i, buni g'azab deb ham bo'lmasdi. Elias og'ir xo'rsindi.
- Bugun sen bilan shug'ullangim kelmayapti, - deb, darsligimni sharaqlab yopib, chetga surdi, stulni irgʻitgudek bo'lib o'rnidan turdi. O'zing amallab turarsan.
Ryukzagini yelkasiga tashladi-yu men tomonga qiyo ham boqmay, xonadan chiqib ketdi.
Endi men sarosimaga tushib qoldim.
Mana, ularning ham jilovini tortib qo'yish mumkinligiga bir dalil. Hech narsani pisand qilmaydigan superqahramon emasligiga.
Men o'zim bilmagan holda Elias Konlining hissiyotlarini junbushga keltirgandim. Maktabdagi eng taniqli o'quvchilardan biri, Chester va Kristinaning do'sti, deyarli hamma yaxshi ko'radigan, qo'yingki, ilohiylashtiradigan Elias Konli!
Qiziq, nega gaplarim uni bunchalik hayajonlantirib yubordi ekan? Haq boʻlib chiqdimmi? Yoki bu yerda boshqa maxfiyroq gap bormi?
{ Asar Freya Holmes tomonidan teletype ko‘rinishida yozildi }