June 7, 2025

L`Ombre Cruelle

3-BOB

Ko‘ylagimni jaxl aralash ushlab tezroq ketishni hoxlab katta qadamlar bilan kettim.
Axmoq! Erkak digani muammolali bo‘lmaydimi? Mendek qizga qilgan qo‘polligini eslasam xo‘rligimdan yeg‘lagim kelyapti rosti. Yuvinish honasiga kelib bo‘ynimni ishqaladim. Uning lablari tegilgan ondagi his hamon vujudimda.
Ilk marotaba erkak kishiga o‘ptirib. Hattoki uni tanimay qochib ketish? Men landavurman asti!

Qora yo‘lakdan mayda qadamlar bosib yura boshladim. Pastki qavatdagi shovqindan boshlarim yorilay deyabdi. Ammo qulog‘imga chalingan yoqimsiz ovozdan sezkandim. Mehmonlar uchun tayyorlangan honalarning birining eshigidan asta qaradim. Og‘iz burun o‘pishayotgan bu ikki telbadan yuzim burishdi.
- Jin ursin*
Bu manzara juda ham yoqimsiz edi!

Saroy orqa tomoni mening sevimli bog‘imga chiqdim. Tunda ham go‘zal..
- Mening Pionlarim!..
Qancha vaqt o‘tdi bilmayman lekin gullarga qarab hayol surib qolibman. Yonimdagi bo‘sh o‘rindiqqa kelib o‘tirgan erkakdan nariroq o‘tirdim.
- Poylash yaxshi emas.
- a..nima?
Birdan yon qulog‘imga jaranglagan yoqimli ammo jarangdor ovozdan cho‘chidim.
- Barcha narsaga qiziquvchanlik qilish... shu kichik burningizni duch kelgan joylarga tiqavermang.
Hamon gaplari tasiridaligimda qayta saroy tomon harakatlandi.
Turib orqa o‘girib ketayotgan erkakka baqirdim.
- Yaxshi yomon narsalarni o‘rgatavermay odobingizni saqlang! Duch kelgan joyda ko‘ngilni behuzur qilib o‘pishavermang. Hech bo‘lmasa eshik ochiqmi yo‘qmi tekshirish kerak.
Shundoq ham asablarim joyida emas. Bu kishining gaplari chegaradan chiqdi.
- istasang sen bilan ham qilishim mumkin malika.
Mazaxnomuz kulgi bilan old o‘girmay so‘zladi.
- uyatsiz. Tentak!

Erkak

Jilmaydi. Tanamni g‘alati hislar qopladi. Oppoq yuzli, baquvvat tana, koinotday tim qora ko‘zlar, ingichka lablar... qandaydur chanqoqlik hissi vujudimda. Oz muncha emas, ko‘pgina tikilib qoldim.
Shamol har safar hilpiragan on, ichimdagi olovni o‘chirish uchun qilayotgandek.
Ko‘zlarimni olib qochdim. Atrofga alanglab turdim, shunday bo‘lsada u menga qarayotganini bilish qiyin emas edi. Ketishni istayman ammo oyoqlarim aqlimga emas, hislarimga bo‘ysunayotgandek go‘yo...
Noqulay bo‘lyapman. U kimsaning o‘tli nigohlari tanamni teshib o‘tay deyabti. Lekin yoqyapti *Jin ursin .
- Ko‘rishguncha malika!
Saroy oldi tomoni bo‘ylab yurib ketti. Lanati .

*

- Dada. Dadajon! - bir necha huddi qiroldek jirkanch kimsalar bilan to‘lgan mehmonhonada o‘tirashayotganini bilsamda saroy bo‘ylab qichqirdim.
So‘ng asta eshik oldidan mo‘raladim.
- Shiku! Kelaqol qizim .
Oldidagi o‘rindiqqa o‘tirishimga qo‘li bilan ishora qildim.
Aslida uni sharmandalik holatda qoldirmoqchi edim. Buyuk qirollarni farzandlari hech qachon zodagonlar oldida bunday chaqirishi mumkin emas edi. Ammo jin urgur qirol doimgidek vaziyatdan chiqdi. Honadagi sovuq harorat bu yerdagi insonlardan chiqyapti.
- Merosxorim yakkayu yagona malikam Shiku Agreste.
Barchani nigohi menda. Bari tirjayar huddi qirol kabi . Uning tabassumi sochlarimni silashi to‘g‘risi menga qilayotgan jirkanchliklarni boshqa inson qilyapti degan o‘y o‘tti ham. Mana nima uchun u qirol!
Atrofga tikildim. Mehmonhonada ko‘p bo‘lmayman faqatgina qirolliklar yeg‘ilgan on kirishim mumkin .
Qorin bo‘shlig‘imda kuchli og‘riq sezib yuzim burishdi. 2 kundan buyon sonlarimni zirqirayotgani va asabiylashishim. Hoziroq hojatxonaga borishim kerak .
Yuzimni burishtirib biroz o‘tirdim. Qarshimdagi ayol payqadi menimcha. Qizi bilan meni havo almashtirgani chiqarib yubordi.
Unga qaramay yuvinish honasi tomon yugurdim.
To‘g‘ri o‘ylapman . Kech qolganimda uyatli ahvolda qolar edim...
Saroyning qoq o‘rtasida nima qilishni bilmay turgan qizni ko‘rib oldiga bordim.
- Shiku - qo‘limni qiz tomon cho‘zib jilmaydim .
- Freya - u ham jilmaydi .
Vaqt mobaynida chiqishib oldik. Aytishicha akasi bor ekan. Jiddiy va kamgap ekanligini har soniya aytdi o‘zi ham.
- istaysanmi senga bog‘imni ko‘rsatsam?
Birgalikda bog‘ tomon chiqdik. Havoning salqinligi menga tinchlik bag‘shiyda etayotgan edi. Derazamning ostida dunyo gullari bor desam adashmayman. Qirolicha atayin shunday qilib bergan baraka topsin.
- Yo hudoyim!
Freya katta tabassumini yashirmasdan sakrab yuboray deb turibdi.
- Shikuuu! Bunday baxtdan o‘lib qolaman - bir necha gullar tomon qo‘l cho‘zib hidladi .

Allaqachon qora bulutlar orasida yarim oy chiqqan. Hovuz labi bo‘ylab oyoqlarini cho‘zib gaplashib o‘tirayotgan ikki malikaning ortida turgan erkakni payqamasdi ham.
- Sen nima deding? - ajablanib shikuning so‘zlariga so‘radi Freya
- ulgurolmadim... jilmaydiyu ketti .
Oyoqlarini qimirlatgancha suvning sovuqlikligiga lab burdi Shiku .

Freya

Moviy osmon. Yulduzlar esa go‘yoki unutilgan duolar kabi jim-jim yaltirar, yarim oy esa yengil tuman orasidan jilva qilardi. Hovuz.. u toshlar bilan o‘ralgan, suvidan o‘z aksimni ko‘rishim mumkin. Unda osmonning, yulduzlarning hatto yonginasidagi daraxtlarning akslari hilpirab turardi. Uzoqroqda gulzordan kelayotgan yoqimli ifor.. Yasemin, lavanda bir oz rayhon. Albatta qirolichaning sevimli ko‘k lolalari. Bularning bari shamol sabab hushbo‘yligi saroy bo‘ylab qopladi. Bir oz ko‘zlarni yumib chuqur bahra olinsa, Jannatamanmi? Deb qolasiz .
Ko‘ylagim tagi hovuz suvi ichida. Sovuq ammo yoqimli. Suvda bir erkak soyasi yaqqol ko‘rinib turardi. Tirsilladim . Hovuzga tushib ketmaslik uchun o‘tlarni g‘ichimlab turdim.
- Aka? - etagini ko‘tarib akasi tomon oshiqdi Freya . Orqam birozgina hovuz labida turibdi. Qo‘llarim yashil tusga kirgan kichik shitirlash va qo‘limdagi yulingan o‘tlar .
- a..aaa - suvga g‘arq bo‘ldim . Tanam sovuqlikni his qilib yanada vahima qopladi. Tipirchilab chiqishga urindim. Baqirgan sayin tomog‘imga kirib ketayotgan suvlardan ko‘zlarim yoshlandi. Hovuz tubi oyoqlarimni tortib olayotgandek.
Suv ostida ko‘zlarim yumulgan, faqatgina yuragimni urishi quloqlarimda jaranglardi. Barchasi tugagandek. Nafas yetmayapti . Tanam sovuq... Taslim bo‘ldim . Ota-onam . Ukamning oldiga ketayapman. Qotillardan olmoqchi bo‘lgan qastim o‘z nihoyasi yetdi. Bunday tugashini istamagan edim. Marhum oilamdan kechirim so‘rashi kerak bo‘lgan insonlar hamon begunohlarni qoniga burkanyapti.. Qattiq baquvvat qo‘llar belimdan mahkam ushladi. His qilyapman . Quloqlarim ostida suvning g‘uvillashi, erkak kishining ifori yoqimli va notanish .
Meni ko‘tarib suv yuzasiga olib chiqdi . Yeg‘lab yuboray deyapman. Nafas olishim qiyinlashyapti . Ko‘ksimda og‘riq bor, shunchalik kuchliki yuragimga ham yetib kelyapti . Ongimni qorong‘ulik qoplayapti. Ammo lablarimni tegilgan issiqlik va havodan ko‘zlarim ochildi . Bukilib hovuz suvini chiqazayotgan qizni ko‘ksini siladi erkak . Suvdan namlangan qora sochlari yuziga yopishgan, qoshlari biroz chimirilgan . Nigohlar tanish . Qaltiroq bilan tikildim unga.
Sochlarimdan suv tomchilari yelkamga tushar, shamol har safar aylanganda sovuqdan lablarim ko‘karishga ulgurdi.
Ammo oyoqlarimdan tortib qo‘limni yelkasidan o‘tqizib ko‘tarib oldi. Keskin vaziyatda chinqirib yubordim . Nigohlarini yo‘ldan uzmay saroy tomon yetaklayotgan begona erkakning yuziga tikildim. Chizilgan jag‘, silliq teri, qahvarang ko‘zlar... ho‘l bo‘lgan tim qora sochlari. Tanasi issiqlikdan qiziyapti. Uning bag‘rida anchagina tinchlandim .
- Sh..shiku? - zinalardan chiqib ketayotgan vaqtimizda mehmonhonadan freya havotirlanib chiqib keldi . Ortidan esa qirol .
- Suvga fobiyasi bor ekan . Honasiga tashlab chiqaman .
Hattoki menga bir bor qaramay qirolga izoh berdi.
Kichik ammo yetarlicha shinam honamning markazidagi yotog‘imga meni yotqizib kiyimlarga qo‘l cho‘zdi.
- nima qilyapsiz? - bilagidan ushlab to‘xtatdim.
- shamollaysan .
Qayta ko‘ylagimni yuroqiga sonimdan yurg‘izdi. Tanam titrab ketti. U shunchaki sokin ediki hattoki yurak urishim undan betartib . Ko‘ylagim tanamga shu qadar yopishib qolganki qanday hajmda ekanligim yaqqol ko‘rinib turar .