December 11, 2025

Sen bir olam, Men o‘zga olam

O‘ninchi Bob

Kun bo'yi hamma menga tikildi.

Tan olish kerak, bu qarashlar avvalgisiga o'xshamasdi.

Hovlida Deyfus xonim paydo boʻlgach, Elias boshqa qorasini ko'rsatmadi. Xuddi do'stlari bilan birga havoga singib ketgandek. Yoki qattiqqo'l direktorning kutilmagan tashrifidan azbaroyi dovdirab qolganimdan, ketganini sezmaganman.

Bir narsaga ishonchim komil edi endi uning men haqidagi tasavvuri tubdan o'zgargani aniq. Hang-u mang qiyofasini o'z ko'zlarim bilan ko'rganimdan keyin boshqacha o'ylab bo'lmaydi.

- Bunaqa uchishni qayerda o'rgana qolding? - Rubining hayrat to'la ovozi yangradi.

U osmondan tushgandek edi.

- Juda zo'r bo'ldi-da, - ham taajjubini yashirmadi. uning ortidan paydo boʻlgan Rey

Yo'lak bo'ylab borarkanman, atrofdagilar ko'z urishtirishar, menga baqraygancha, o'zaro shivirlashar, bularning bariga ijobiy qarashga harakat qilardim.

- Bolaligimdan beri skeytparklarga qatnayman, berdim. Shu xolos.

Ro'molimning chekkalarini yoygancha uzundan uzoq cho'zilgan darsdan keyin birinchi qavatga tushdim. O'qituvchimiz janob Rodriges naq ikki soat kvant fizikasi haqida tog'dan-bog'dan gapirib o'tirdi. To'g'rirog'i, istar-istamay, har zamon stol ustida turgan, qog'ozlar qisman yopib turgan jurnalga chalg'ib, mavzuni gapirdi. Sinfda qimmatli fizigimizning stoli ustida "Pentxaus"ning nusxasi turgani haqida kulgi va pichir-pichirlar yangradi. Buning nimasi kulgili-yu, "Pentxaus" qanday jurnal ekanligini aglimga sig'dira olmadim.

- jiddiy aytyapsanmi? - Rubi menga ergashib ko'chaga tizzaga tushib turgan nafis sariq ko'ylak. Qop-qora sviter kiygan Rey uning oldida qora bulutdek ko'rinardi. - Shu xolosmi?

- Bir gal bobom va buvimning Ayovadagi fermasiya bordim. Xo'jalik ishlariga qarashdim va ular pul berishdi. Uncha - ko'p emas, lekin bir yil ichida skeyt uchun pul yig'a oldim.

- Necha yoshda eding? - xuddi yoshim chindan ahamiyatga egadek to'satdan so'radi Rey.

- O'n, - shunday dedim-u yana so'zimda davom etdim: -Skeytbord sotib oldim va har kuni skeytparklarga chiqib yurdim. Avvaliga boshqalarni kuzatdim, keyin sekin-asta o'zim ham mashq qila boshladim. Tizzam shilinmagan kun yo'q edi. Juda ko'p chandiqlar orttirdim....

- Shunga qaramay, skeytbordingni astoydil yaxshi ko'rasan, - so'zimni yakunladi Rubi. Savolomuz qaradim, u esa bosh irg'ib, dedi: Bularni so'zlab berayotganingda shunday samimiy jilmayding-ki!

Aytgancha, men kamdan-kam, hayotimdagi eng yoqimli lahzalardagina jilmayardim. Bunday lahzalar sanoqli bo'lmasa-da, uncha ko'p deb ham bo'lmasdi. Dadam hatto hazillashib meni Garfild, ya'ni komikslardagi doim qovog'idan qor yog'ib, nimadandir norozi yuradigan mallarang mushukka o'xshatardi. Maktab darvozasiga yetib keldik.

Rubini qizil "Kadillak Eldorado" dadamning orzusidagi mashina kutib turardi. Yillarcha tuflab tugib ham olishimiz mahol bo'lgan qimmatbaho mashinalarning suratlari tushirilgan jurnallar doim uyimizda bo'lardi. Kani bu jurnallarni o'sha vaqtdagi umumiy xonamizga olib chiqishni yaxshi ko'rar, keyin ulami ko'z qorachig'idek asraydigan dadamning ovozidan uy Jarzaga kelardi.

- Dada, bu yerdaman! - Rubi mashinada rasmiy kostyumda o'tirgan erkakka xitob qilib, qo'l silkidi. - Bir daqiqa!

Unga javoban dadasi muloyim jilmayib, qora ko'zoynagini yechdi.

- Ziyofatda ko'rishamiz, - eslatdi Rubi shaxsan menga , murojaat qilmagan bo'lsa ham. Reyga burildi-yu bo'yniga osilib, lablaridan bo'sa oldi. Xijolatdan orqa o'girib oldim. Keyin esa qo'qqisdan meni mahkam bag'riga bosdi, hushimni yig'ishga ulgurmay qoldim. Xuddi qadrdonini quchoqlagandek.

- Seni eshik oldida kutib olamiz, bo'ptimi? Mabodo bormaslikka qaror qilsang, Rey bilan biron bahona o'ylab topamiz.

Unga minnatdorlik bildirgandek jilmayib qo'ydim, ammo tabiiyki, bunga hech qanday zarurat ko'rmayotgandim. Bormasligim mumkin emas.

Shunday bo'lsa-da, Rubi va Reyning samimiyatiga to'liq ishona olmayotgandim. Nuqul ular orqavoratdan fitna qo'zimoqchidek tuyulardi. Qandaydir g'alamislikni, Kristinaga xos bo'lgan pastkashlikni ko'zlagandek. Bu tahlikadan hech qachon qutulolmasam kerak.

- Ko'rishguncha,- Rey menga qo'l silkidi. qiz otasi tomonga yugurib ketgach,

- Ko'rishguncha.

Shu zahoti u ham maktab avtoturargohida turgan mashinasi sari oshiqdi. Bu ikkisi oʻziga to'q oiladan, aks holda bunday hashamdor mashinalarga ega bo'lisharmidi?

Bu fikr shubhamning ortishiga sabab bo'ldi, umidsizlik bilan ortga burilib, maktabning sariq avtobusini chetlab o'tib, uyga yo'l oldim.

***

Aksimga tikilarkanman, biroz toza havo hayajonni bosishga yordam Xonam salqin. Deraza lang ochiq. Ko'zgu qarshisida unh berar, deb o'zimni ovutardim.

Aslida, Nyu-Yorkda musulmonlar uchun mos kiyim topish ancha qiyin. Biri o'ta kalta, boshqasi uzun, lekin yengi kalta, yana birining esa o'zi ham yengi ham kalta. Shuning uchun garderobimning katta qismini oyim o'z qo'llari bilan yaratardi Do'konda xarid qilingan kiyimlarga mos matolar tanlar, nari-beri ikki soatlik mehnatdan keyin musulmonlarga munosib ajoyib kiyim paydo bo'lardi. Ovim o'z kivimlarini har doim Vatanini eslatadigan unsurlar bilan bezatishga harakat qilardi.

Kiyim javonimni ko'zdan kechirdim: bir nechta hudi, ikkita kurtka va to'rtta ko'ylak. Beshinchi ko'ylak egnimda: lampasli, metall pistonlar bilan bezatilgan to'q ko'k rangli libos. Dastlab ko'ylakning yengi yo'q edi, oyim o'zi yeng qo'shib qo'ydi.

Ro'molimni mahkamroq bog'lab, poyabzalim turgan qutiga engashdim. Tagcharmi qalin botinkamni kiyib, ipini boyladim. Obrazni yakunlash uchun yelkamga charm kurtkamni tashladim.

Tag'in o'zimni ko'zguga soldim, granj yoki hatto rok-n rollcha uslub hosil bo'lgan, bu mening musulmoncha qiyofam bilan favqulodda zo'r uyg'unlashgandi.

Chuqur nafas olib, xonamdan chiqdim. Pastda oilam kechki ovqat ustida jamlangandi.

- Ketyapsanmi? - so'radi oyim. Ostonada to'xtadim.

-Ha. Do'stlarim kutib qolishdi.

Do'stlar deganda kutib olishni va'da qilgan Rubi va Reyni nazarda tutayotgandim.

- Ko'rinishing chakki emas!- ikki lunjini to'ldirib kavshanayotgan Kani xitob qildi. - Naq Elvis Preslining o'zisan! Faqat ro'molli ayol variantida.

Kalimsirab, bularning barini u tufayligina qilayotganimni o'zimga eslatdim va biroz yengil tortgandek bo'ldim.

- Mushtlashib yurma tag'in, bo'ptimi, Lamiya? - hazillashdi dadam. Balki ketishdan oldin u-bu narsa vevolarsan?

- U yerda yegulik bo'ladi, chiqish eshigining tutqichidan tutdim.

Tabiiyki, Chesterning uyida biron narsa yeyish niyatim yo'q edi. Oshqozonim qattiq tugunga aylangan, ovqat haqida o'ylash hatto og'riq berayotgandi.

- Bo'pti. Kechroq ko'rishamiz.

Javobni ham kutib o'tirmay, tashqariga chiqdim, eshikni yopib, sotqinlarcha hayajonimni fosh qilib potirlayotgan yuragim bilan yakka-yolg'iz qoldim.

Kurtkamning cho'ntagidan uy manzili va avtobuslar qatnov jadvali yozilgan qog'ozni oldim. Elias, Chester yoki Kristina kabi pulim oshib-toshib yotganida bekat izlab, bir qo'limda qatnov jadvali, boshqa qo'limda manzilni ko'tarib yurishimga to'g'ri kelmasdi. Shartta mashinamga o'tirardim-u, ko'z ochib yumguncha kerakli manzilga yetvolardim.

Pulga muhtoj bo'lmaslik juda zo'r bo'lsa kerak.

Istaganingcha sarflay olsang.

Bahor nafasi hukm surayotgan ko'chada loy kechib, yakkam-dukkam ovozlarga quloq tutib borarkanman, osmon tobora qorayib kelardi. Shahar uzra ohista tun cho'kar, men esa ukamning hayotini saqlab qolish uchun ziyofatga ulgurish va uyga juda kech qaytmaslik uchun oshiqardim.

Gohida shunday fikr uyg'onardi: "Balki ular shunchaki hazillashishgandir? Kaniga hech qanday zarar yetkaza olishmas. Qo'rqitmoqchi bo'lishgandir. Yoki undan ham yomonrog'i, nima qilishimni ko'rmoqchi, yana bir bor kalaka qilmoqchi bo'lishgandir". Asl haqiqatni mendan talab etilganidek Chesterning uyiga borganimdan keyingina bilishim mumkin.
Mavhumlikka peshvoz chiqish qoldi.

ayoldan avtobus yo'nalishini va kelish vaqtini so'radim. Ayol Avtobus bekatiga yetib olgach, eng yaqin turgan uzun paltol oshkora xushlamay, ikki ko'zini boshimga lo'q qilgancha bo'lsa hamki, harqalay javob berdi. Chetga o'tib, o'ylab qoldim: undan qanchalik farq qilaman? Ikkita oyoq, ikkita qo'l. O'sha ko'zlar, lablar, burun va qoshlar. Mening ham boshim bitta, uniki ham. Uning boshida qalpoq, menikida esa matoli oddiy ro'mol. Nega mendan bunchalik qo'rqadi, yovqarash qiladi?

Bunga javob berish qiyin. Xira sabzirang tusli avtobus yetib kelgach, avtomatga bir nechta tanga tashlab, chipta olib, darhol haydovchiga uzatdim. U xo'mrayib chiptani yulqib oldi va yana rulga yuzlandi.

Ichkariroqqa o'tib, avtobus oxiridagi hammadan uzoq joyga o'rnashib oldim.

Yo'lda borarkanmiz, avtobusda jimlik hukm surar, faqat ora-sirada bolalar dodlab qolar, onasi ularni tinchlantirishga behuda urinardi. Imkoniyatdan foydalanib yo'lovchilarni kuzata boshladim.

O'ng tomonimdagi oyna oldida keksa ayol o'tiribdi, o'ta yorqin moviy ko'z bo'yog'i va pushti lab bo'yog'ini chaplab olgan. Och sariq sumkachasini ko'ksiga bosgancha oynaga termilar, xuddiki allaqanday mo'jiza kutayotgandek edi.o

Old qatorda mallasoch juvon o'tiribdi, shovqin solayotgan bolalar shuniki qizaloq va bolakay. Ayol ora-sira qo'lidagi jurnaldan bosh ko'tarib, bolalarga tanbeh berib qo'yadi, so'ng yana mutolaaga sho'ng'iydi, xuddiki ularda o'ta muhim narsa yozilgandek.

Yaqinroq o'rindiqdagi ikki erkak bir nuqtaga tikilgancha jim borishardi. Xuddi rulni o'zlari boshqarayotgandek yo'lga diqqat bilan qarayotganga o'xshaydi.

Faqat mening oldimda kitobga g'arq boʻlgancha, atrofida hech narsani ilg'amay u o'tirardi.

Yo Alloh...

Ko'zlarim aldamayotganiga aniq ishonch hosil qildim-u oldidagi eumda Jablarim qurib qoldi. Mendan atigi bir metr narida, oyna oldida yelkasi bilan shishaga suyanib, oyoqlarini esa bo'sh o'rindiqqa uzatgancha Elias o'tirardi. U to'q muqovali kitobni berilib mutolaa qilar, atrof-olamni unutgandek edi.

Butkul sarosima va dahshatda fikrlarimni yig'ib, oxirigacha qanday o'zimni sezdirmaslik haqida o'yladim. Boshimdagi ro'mol haqidagi oniy, ammo aniq-tiniq fikrdan keyin e'tibordan chetda qolishim mutlaqo imkonsizligini angladim.

Boshqa joyga o'tib olsammikan.... Bekorga diqqatni tortganim qoladi.

Bir soniya to'xtab o'zimdan so'rashga botindim: nega bunchalik shoshib qoldim o'zi? Javob yo'q. Avtobus yengil chayqalib borar, hali u, hali bu tomonga burilar, men esa o'ylab o'yimga yetolmasdim: nega Elias bu yerda o'tiribdi? Uning fikricha, yalangoyoqlar foydalanadigan arzon jamoat transportida. Axir biz bu dunyo qiroli bilan bir salonda o'tirishga munosibmizmi?

Uning sahifalarni birin-ketin ochishini, goh jilmayib, goh xo'mrayishi, matn bo'ylab ko'zlari bir tekis harakatlanishini kuzatib turdim. Bir mahal kitobni muqovasi ko'rinadigan tarzda eggandi, nihoyat nimani o'qiyotganini ko'rib oldim.

Jerom Selinjer. "Javdarzordagi xaloskor".

Elias kitobni shunchalik berilib o'qirdiki, umuman chalg'imasdi, bir marta ham boshini ko'tarmadi, aks holda shundoqqina qarama-qarshisida o'tirganimni darrov ilg'agan bo'lardi.

Qarshimdagi manzaradan hayratga tushganimni his qildim.

Seni kalaka qiladiganlarning hammasini harfni harfga qo'shib yozolmaydigan esipastga chiqarish noto'g'ridir balki. Ular shunchalik yomon-ku axir, degan xayolga borasan.

Elias nafsoniyatimga tegish va tahqirlashga uringandayoq undan ilk bor boshqalardan ham nafratlanganim kabi. U ham qovoqkallalardan an nafratlanib qolgandim. Xuddi shu ishni qilgan ko'ngilxushlikdan boshqasini o'ylamaydigan nusxa. Oyog'i yerdan biri-da, deb o'zimni ishontirishga urinardim. Ahmoq, takasaltang, uzilgan tantiq erkatoy.

U esa shundoqqina roʻparamda "Javdarzordagi xaloskor ni gaplarni hosil qilgan harflardan ko'z uzmasdi. o'qib, so'zlar va Fikrim unchalik to'g'ri emasdir, ehtimol.


Shu-shu Elias meni payqamadi.

Avtobus to'xtagach, epchillik bilan kitobni yopdi - kerakli sahifaga belgi qo'yishni ham unutmadi, men tomonga qiyo ham boqmay yugurib tushdi.

Quvonib ketdim.

Bir necha soniya kutib turdim, so'ng o'sha keksa, yuziga bo'yoq chaplagan, sariq sumkachali xonimning ortidan men ham tushdim. Bir qadam tashlashga ham ulgurmasimdan ayol dafatan men tomonga o'girildi.

- Qanday sohibjamol qiz!

Odatimga ko'ra uning ovozidan kinoyani izladim, lek o'xshamadi. Hatto ortimda kimdir bormikan, deb burilib qaradim ham. Boshqa hech kim yo'q.

Ammo ehtiyot bo'l, azizam. Bu dunyo jamiyat qabul qila olmaydiganlarga shafqat qilmaydi. Hayot kechirishga emas,

- yashab qolishga urinayotgan sho'rpeshonalarga kun bermaydi. - Ayol shunday dedi-yu, jilmayib oldimdan o'tib ketdi. qo'shildim.

Umuman olganda, uning fikriga Bir necha daqiqa piyoda yurgach, Chesterning uyi oldidan chiqdim. Bu ham Eliasning uyiga o'xshar, faqat bitta katta farq bor edi u Nyu-Yorkning eng nufuzli mavzelaridan biri.
Kvins, Forest Hillda joylashgandi.

Ikki qavatli, shiftlari baland, sirtiga qimmatbaho materiallar bilan bezak berilgan. Orqa tomonida keng hovlisi ham bo'lsa kerak... Mening uyim buning oldida xarobaga o'xshab qoladi. Avovadagi bobom-buvimning uylari ham.

Men kirib qolgan ko'chaga tun o'zgacha kayfiyat baxsh etar, uy tomiga va ichkariga kirayotgan o'smirlar ustiga ko'kish soya tashlab turardi. O'smirlar ko'p. Chester tug'ilgan kuniga butun maktabni taklif qilishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim.

Bo'lar ish bo'ldi. Kirish kerak. Oyoqlarim bo'shashib oldinga intildim.

Arang qadam bosardim. Xuddi ikki tovonimga tosh osib qo'yilgandek. Chesterning uyiga yaqinlashganim sari yuragim potirlar, nafasim tezlashib borardi.

- Hey, mana u, - dedi kimdir.

Tengdosh yigit-qizlar men tomonga qarab qo'yishar, kimdir
jilmayar, kimdir esa pichirlash bilan kifoyalanardi, ammo bir narsa aniq edi: hamma menga allaqanday hayrat bilan qarayotgandi.

Avvalgi g'alamislikdan nom-nishon qolmagandek go'yo.

Balki o'zimni ovutish uchun shunaqa xayollarga borayotgandirman. Har holda bunga o'zim javob topolmasligim tayin.

- Lamiya! - men tomonga Rubi yugurib kelardi. Rey ikkisi chindan ham meni mashinada kutib o'tirishgan ekan.- Ko'rinishing ajoyib! Ro'mol bunday ko'ylak bilan yarashadi deb o'ylamagandim.

- Oyim haqiqiy chevar, izoh berdim.

Meni uyga boshlab borishdi, sekin-asta yana o'sha noxush holatga qayta boshladim: ohista falajlanayotgandeksan-u, ayni vaqtda ichingda hamma narsa ag'dar-to'ntar bo'layotgandek.
guruhining yaqinda chiqqan plastinkasi jarang sochardi. Bu yoshlar Stereotizimga ulangan karnaylardan "Born In The U.S.A. bazmiga unchalik ham mos kelmaydigan qo'shiq, degan fik xayolimdan yarq etib o'tdi. Balki Chester amerikalik ekanligidan haddan ziyod faxrlanar va faqat naqarotni tinglashni xohlagandir?

- Ko'ylaging buncha zo'r, - shishirilgan turmakli, ko'k kofta va yorqin pushti yubka kiygan qiz oldimdan o'tib ketayotib
shunday dedi. Quloqlarida halqali ziraklar jiringladi.

Avvaliga boshqa birovga gapiryapti, degan xayolga bordim.

- Yuz foiz qo'shilaman, - ma'qulladi jingalak mallasoch. - Isming nima edi, uzr, xayolimdan ko'tarildi?

- Lamiya, - o'rnimga javob berdi Rubi.

- Jeks ikkimiz shokka tushdik! Lamiya, tan olish kerak, bugun hammani qoyil qoldirding.

Zo'raki jilmaydim. Aslida qoshlarimni chimirib, ularning yonib turgan ko'zlariga savolomuz tikilgim kelayotgandi. Qizlar tentaklarcha hiringlab, maktab basketbol jamoasining belgisi tushirilgan kurtka kiygan yigit tomonga ketishdi.

Atrof to'la musiqa, raqs, sho'x ovozlar, yeguliklar, gazli ichimliklar. Bari uncha yomon emasdek. Har holda men juda yomon ssenariyni kutgandim.

Ziyofatga yorqin kiyim ishqibozlari yig'ilgandi. Xatdagi so'zlar aniq esimda: "Yorqinroq kiyin". Bu qoidaga hamma amal qilgan ko'rinadi. Boshdan-oyoq to'q rangga oʻralib olgan mendan tashqari.

- Sharq go'zali baribir tashrif buyuribdilar-da?

Elias ortimda turardi. O'girildim.

Shu zahoti ko'z oldimda avtobusdagi sahna jonlandi. Shuning uchun bo'lsa kerak, uni ko'rganimda uncha achchiqlanmadim. Allanarsa hovurimdan tushishga undadi.

-Nima, boshqa narsani kutganmiding? - dedim. Dedim-u

pushaymon bo'ldim. Tilimni tiyishga harchand urinmay, ilojini Boshimga g'alva orttirmoqchi emasman, lekin mum gilolmasdim. E tishlab o'tirgim ham yo'q. Elias xuddi fikrlarimni o'qiyotgandek iljaydi, rostdan tilimga chiqarmadimmikan, deb shubhaga ham borib qoldim.

- Yo'q, - qo'l siltadi.. - Telbaligingni bilganim uchun ham kelishingni kutgandim.

Nimqorong'i mehmonxonada uning sochlari va ko'zlari yanada to'qroq ko'rinar, bunaqasi bo'lishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim. Havoda taranglik seziladi. Uning egnida sariq xudi, kapyushonini boshiga tashlab olgan. Shu ko'rinishida o'zini bo'yni yo'g'on yigitdek ko'rsatishga urinadigan tipik o'smirga aylanib qolgandi.

- Buni qanday uddalading? - qo'qqisdan so'radi Elias uzoq jimlikdan keyin.

- Nimani?

- Meni, butun Nyu-Yorkdagi eng zo'r skeytbordchini yengding-a.

- Sen ko'rsatgan tryuklarni to'rt yashar bola ham eplaydi.

Elias tirjaydi. Uzoq tikilib turdi, undan nari ketish istagi bilan kurashardim, ammo g'ururim yo'l qo'ymayotgandi.

- Ikkita istagingni bajarishim kerak, yodingdami? Uchta emas, faqat ikkita tryuk ko'rsatishga ulgurdim-ku.

-Ha-ya, yodimdan ko'tarilibdi.

- Hech narsa qilishning keragi yo'q, - javob berdim. - Menga sendan hech narsa kerak emas.

Boyadan beri jim turgan Rubini ergashtirib o'tib ketmoqchi bo'ldim, lekin Elias qo'li bilan yo'limni to'sdi. Baxtimga, menga qo'l tekkizmadi, faqat kaftini devorga tirab, oldinga o'tishga qo'ymadi.

- Bunaqasi ketmaydi, - xo'mraydi u. - Men bahsning hamma shartlarini bajaraman, tushunarlimi? Gohida g'ashimi keltirsang ham so'zimning ustidan chiqaman. Xo'sh, tila tilaging - Bir zum jimib, keyin qo'shimcha qildi: - Ogohlantirib qo'yay hech qanaqa bo'sa bo'lmaydi. Senga hayotda barmog'imning uchini ham tekkizmayman.

Bu gapim bilan nishonga urdim, boplab tahqirladim, deb o'yladi, lekin menga shunchalik baribir ediki, hatto ensa qotirishni ham o'zimga ep ko'rmadim.

- O, kimsan Lamiya Uaytning o'zlari-ku! - birdan qiz bolaning ovozi jarangladi.

Osmondan tushgandek paydo bo'lgan Kristina biz tomonga bir necha qadam bosdi, har zamonda qizil stakanchadan bir hoʻplab, labini cho'lpillatib qo'yardi. Meni bamaylixotir ko'zdan kechirarkan, xuddi kiyimimdagi, yuzimdagi va umuman qiyofamdagi har bir tafsilotni eslab qolmoqchidek edi.

Uning ortidagi qorong'ilik qa'ridan Chester chiqib keldi.

Ikkisining ham ko'rinishi ancha tahdidnok edi.

- Maktabda birinchi bo'lib bizga qarshi chiqishga haddi siqqan qizaloq qalay?- Tez orada holiga
maymunlar yig'laydi, shekilli. - dedi yigit.
Qonxo'r juftlik o'zining gapiga o'zi qahqah otdi.

Chester kashtan rangli sochlarini orqaga taragan, shu holida o'rimlariga qaramay Ronald Reyganni¹ oz-moz eslatardi.

- Jonajon ukangga rahming keldimi? - so'radi Kristina. Uning ovozi kuniga qutilab sigaret chekadigandek xirillab

qolganini endi ilg'adim. Kristina sekin yaqinlashdi. Shunchalik yaqinlashdiki, yupqagina maykasi ostidan bo'rtib turgan kindigidagi pirsingni ham ko'rib turardim.

- Axir so'zlaring qanchalik qimmatga tushishini aytib ogohlantirgandik-a...

Barmog'imni qimirlatishga ham ulgurmagandim hamki, dafatan yuz-ko'zimga allaqanday sovuq va achchiq narsa sachradi.

Bir necha soniya jimlik. Keyin esa..

Kulgi. Zolim, cho'ziq, masxaralovchi, vujudimni parchalab yuborishga qodir kulgi.

To'rt tomondan iskanjaga olayotgan kulgi.

- Hoy, - qulog'im ostida Rufning ovozi eshitildi va shu ondayoq namiqqan ro'molimni changallab olganini his qildim.

Azbaroyi dahshatga tushganimdan harakat qilishga ham majolim kelmadi, u kuch bilan ro'molimdan tortib yubordi.

Yaxshi hamki, ro'molim boshimdan uchib ketmadi. Lekin men uchib tushdim. Naq polga.. Atrofimda esa qahqah otayotgan o'smirlar. Chirkin va ikkiyuzlamachi qalbini osongina niqoblaydigan shafqatsiz va pastkash nusxalar.

- Ataylab qilmadim, - piching qildi Ruf. - Jin ursin, bu la'nati latta boshingdan tushmagani chatoq bo'ldi-da... Nima balo, kallangga mix bilan qoqib qo'yganmisan?

Men polda cho'k tushib o'tirar, yuzimga sepilgan allaqanday achimsiq ichkilikni kaftimning orqasi bilan zo'r berib artardim. Buni Kristina qildi, zarracha shubha yo'q.

Xonaning narigi burchagidan Eliasning ko'zlari boqib turardi.

U ishshayardi. Shunchaki ishshayardi. Xuddi quvnoq teleshou ko'rayotgandek, xuddi sirkda yirtqichni tomosha qilayotgandek. Xuddi qalbi kabi qora ko'zlari bundan zavqlanayotgandek.

Yo'q, bu men avtobusda ko'rgan Elias emas. Butun borliqni unutib, sahifalarni birin-ketin yutoqib, "Javdarzordagi xaloskor"ni zo'r ishtiyoq bilan mutolaa qilgan Elias emas.

Ko'nglim chilparchin bo'ldi.

O'rnimdan turdim. Yuragim esa o'sha yoqda o'z bo'laklariga ko'milib qolaverdi.

O‘n birinchi Bob

Hayot senga "mahkumsan" deb qichqirsa-yu, yana umid qilishda davom etaversang... Shunchalik ham sodda bo'ladimi odam degan.

Rubi meni kuzatib qo'ymoqchi bo'ldi. Lekin yuzimga ichkilik sepib, ro'molimni yulqib olishlariga sal qolganida qayerda edi u
- Lamiya, juda xunuk ish boʻldi-da, kel, iltimos, men...

- Tinch qo'y meni - ovozim xuddi millari chiqillayotgan bombadek tahdidli eshitildi. O'ljasiga tashlanishga chog'langan yirtqichniki kabi. Obdan charxlangan pichoq kabi.
. - Yo'qol!

Rubi qotib qoldi, hammani turtib-surtib oldinga intildim, u esa ortimdan qarab qoldi. G'azabdan tishlarim g'ichirladi. bo'g'zimda tugun paydo boʻldi.

Ularning hammasidan nafratlanaman.

Nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman, nafratlanaman.

Ko'zimga hech narsa ko'rinmasdi. Turli tusga kirayotgan birgina-yagona xira dog'. Bu ko'z yoshi ekanligini taxmin qilsam-da, sharros quyib yuborgan yomg'ir yonoqlarimga tushishga-da ulgurmayotgan yoshlarimni yuvib ketardi.

Jala ostida bekat sari bordim. Soyabon ostiga yashiringan o'tkinchilar ajablanib men tomonga burilib qarashardi. Bu nigohlarga zarracha parvo qilmadim.

Hech narsani xohlamayotgandim. Avtobus to'xtadi, eshiklar ochildi. Tanga tashlab, chipta oldim, o'rindiqqa o'tirib, terlagan sovuq oynaga yonog'imni bosgancha yo'l bo'yi shu alfozda ketdim. Oyna ortida yomg'ir tomchilardi.

Uyga qaytish ziyofatga borishdan tezroq kechdi. Eshikni ochib, loyga botgan botinkalarim bilan ostona hatladim, boya yo'lda sotib olingan, chala yeyilgan Kranch batonchigini dahlizdagi stol ustiga tashladim. Oyim, dadam va Kani allaqachon uxlashyapti deb o'ylagandim. Yo'q, adashibman.

Poyabzalimni yechishga urinib eshik tutqichini shiqirlatayotganimni eshitgan oyim oshxonadan bosh chiqardi. Ko'rinishim rasvo bo'lsa kerak: ro'molim ip-ipigacha ivib ketgan, kiyimim bundan battar, Loyga belangan botinkam polda kulrang-jigarrang iz qoldirdi.

- Lamiya? - dahshatga tushdi oyim. - Nima bo'ldi? Menga yaqinlashdi.

Unga ma'nisiz nigohlarimni tikdim. - Hammasi joyida, - shivirladim. Har doimgidek.

Oyim hushini yig'ib olishga ulgurmasidan, oldidan o'tib, xonamga ko'tarildim. Madorim faqat kiyimimni yechib, chetga uloqtirishga, to'shakka kirib, bugungi kunni la'natlashga yetdi.

Deraza pardalari ochiq, hamon ko'chaning narigi bo'yidagi hashamatli uy ko'rinib turibdi. U endi xayolimda Elias bilan qattiq bog'liqlik hosil qilib qolgandi.

Uydan ham uning o'zi kabi nafratlanib ketdim.

G'azabim toshib, pardani tortib, manzarani to'sdim.

Bir necha daqiqalik sassiz nolishlarimdan keyin xonaga

oyim kirib keldi. Ingichka nur shu'lasi kattalashib, butun xonani yoritishini kuzatib turdim.

- Lamiya, - dedi u ohista.

Oyim odimlab, karavot boshiga keldi, men esa yuzimni yotiqqa bosgancha yotaverdim.

- Lamiya, iltimos, menga qara.

Bo'ysundim.

Ovim kursini tortib, karavot oldiga o'tirdi, bir finjon kakan va pechenyeli likopcha turgan patnisni uzatdi.

- Nima bo'ldi, qani gapir-chi.

Agar hozir so'z boshlasam, yig'logi qizchadek ho'ngrab yuborishimni his qildim. Bundan battar tahqir bo'lmaydi.

- Hech narsa bo'lgani yo'q, - yolg'on gapirdim. Buni volg'on deyish ham to'g'ri emasdi, chunki rost gapirmayotganimni oyimning o'zi ham tushunib turardi.

- Nega sochlaring ho'l?

- Shunchaki vaqtichog'lik qildik.

Ovozim arang chiqar, kamiga yuzimning yarmi yumshoq yostiqqa ko'milib turgani uchun tuzuk-quruq eshitilmasdi ham.

- Seni kimdir xafa qilgan, - qat'iy dedi oyim. - Va men bu kimligini bilmoqchiman.

- Ertaga dadam ikkingizni maktabga chaqirishgan, - tan oldim. Chamasi, shunchaki bu suhbatga nuqta qo'yib, boshqa mavzuga o'tmoqchi edim.

Oyim hayron qoldi.

- Nega? Biron jiddiy kor-hol ro'y berdimi?

- Ha. Ryukzakimdan o'g'irlangan zirak topib olishdi. Direktor ularning o'g'irlanganini mendan ko'ryapti.

Oyim "sen o'g'irlaganing yo'qmi?" kabi ahmoqona savollarni berib o'tirmadi, chunki tuqqan qizini juda yaxshi biladi. Sevimli qizalog'ingni oqlash uchungina ahmoqona bahona topish maqsadida o'zingni go'llikka solishga urinish emasdi bu. Yo'q. Oyim shunchaki bunday ish qo'limdan kelmasligini bilardi xolos.

- Nega ziraklar Qanaqasiga bunday bo'ldi? ryukzakingga tushib qoldi? - so'radi u.

- Bilmayman... Bilishni ham istamayman.

Yuzimga yopishib qolgan sochlarimni surib, ko'rpaga burkalib oldim va eng yaxshi hayot haqida orzularga cho'mdim. Bu muammolardan xoli hayot haqida.

- Tentak Lamiya. O Xudo, qanchalar tentaksan, Lamiva. Kel, vaxshisi, ertaga gaplashamiz, - dedi oyim nihoyat.

U mehr bilan yelkamga qo'l qo'yib, asta shapatiladi-da, o'rnidan turib xonadan chiqdi.

Ko'chadan qo'ng'izlarning chirillashi, olisdan turli ovozlar eshitiladi, ziyofatni eslatuvchi qo'shiq quloqqa chalinadi. Qahqaha, og'riq va mudhish kalakalarni.

Eliasning qiyofasini. Chesterning uyida iljayishga aylangan avtobusdagi tabassumini. Avvaliga uning qarashlari shunchalar mehrli edi. og'zidan jirkanch so'zlar chiqmasdi, keyin esa meni sariq chaqaga olmasligini butun borlig'i bilan tasdiqladi. Bu dunyoda uning safida menga joy yo'qligini.

Bir inson, ikki qiyofa. Qay biriga ishonishni bilmaysan.

Hammasidan nafratlanaman.

Shu o'y bilan uxlab qoldim.

***

Tanaffusga qo'ng'iroq chalindi, gala o'smirlar shu zahotiyoq sinfxonadan otilib chiqdi.

Ota-onam o'n ikkida kelishadi, shuning uchun bemalol kutubxonaga kirib, biron kitob olib, maktabdagi rangsiz kunlarimdan biroz chalg'ishim mumkin.

Kitoblarga liq to'la xonaga kirib, qog'oz isini tuyib o'yladim: bu yerda ishlash mazza bo'lsa kerak. Maktab kutubxonasi rang-barang muqovalar ostidagi rangpar, sarg'imtir yoki oppoq sahifalarda saqlanayotgan minglab hikoyalar jamlangan joy. Odam uncha ko'p emaskan, bundan ichimda quvonib qo'ydim.

G'adir-budur muqovalarni barmoqlarim bilan siypalagancha tokchalar pralab yura boshladim. Ayrim kitoblar azbary eskiligidan sarg'ayib ulgurgan, ulardan o'zgacha ajoyib is ufuraedt Eski kitoblarning hidi jon-u dilim.

Qo'lim o'z-o'zidan to'xtadi.

"Javdarzordagi xaloskor" qo'lga oldim.. Ichimda yoqimsiz qaltiroq turdi, ammo tezda o'zimni Kitobning yon qismidagi sarlavhani o'qidim:

Bunday bema nigarchilikka vaqtim yo'q.

Deyarli o'ylab o'tirmay, kitobni oldim, bo'sh stolga o'tirib, birinchi sahifani ochdim.

"Haqiqatdan ham bu hikoyani tinglashga chog'langan qayerda o'tkazganim, tug'ilgunimga qadar ota-onam nima ish ekansiz, avvalo qayerda tug'ilganim, ahmoqona bolaligimni qilgani bir so'z bilan aytganda, devidkopperfildcha safsatani eshitishni istarsiz, ehtimol. Ammo rosti, bularni kovlashtirib o'tirishga hushim yo'q".

O'yladim: mening ham ahmoqona bolaligimni kovlashtirishga tobim yo'q. Holbuki, eslashga arziydi. Axir bu hayotimdagi birdan-bir yorqinlik edi, ehtimol.

Kitobga boshim bilan sho'ng'ib ketishga umid qilib, mutolaaga kirishdim. Ammo uni Elias o'qigani uchun emas. Aslo.

Shunchaki u nimani tanlash mumkinligiga ishora qilgandek edi.

Sirtdan bu bahonaga o'xshab ko'rinishi mumkin.

Rostini aytganda, o'zim ham shunday fikrga borgan bo'lardim. Keyingi sahifani ochdim. So'ng yana. Yana va yana. Sahifalar ortda qolar, jumlalarni birin-ketin yutoqar, syujet esa hali boshlanmagandi ham.

Buni qarangki, tolesizlik borasida Xolden' bilan hamqismat ekanmiz. Chunki ikkimizning ham hayotimiz Nyu-York bilan bog'langan. Kulrang va zolim shahar bilan. Faqat u hayotning mazmunini izlab, shaharni kezishga qaror qiladi, men esa allaqachon bu dunyoda o'z yo'lini yo'qotgan baxtiqaroman.

- Sizga qo'shilsam, qarshi emasmisiz, Uayt xonim?

Kutilmagan murojaatdan sal qolsa kitobni tushirib yuborayozdim, xuddi yana biron narsa uchib kelishidan hadiksiragandek, juda sekin boshimni ko'tardim. Janob Xemmings shunchalik oqko'ngillik bilan kulimsirab turardiki, javoban
jilmaymaslik imkonsiz edi.
- Yo'q, bemalol.

Bilmayman, nega unday dedim? Rad javobini berish uchun biron narsa o'ylab topsam bo'lardi-ku. Biologiya muallimi ro'paramga o'tirdi. Jildidan ensiklopediyaga o'xshash qalingina kitobni stol ustiga qo'ydi.

- Ishlaringiz qalay, Uayt xonim? O'qishlar qanday ketyapti?

- Bir maromda. Har doimgidek.

Ovozimdagi tushkunlikni sezmaslik imkonsiz edi.

- Bo'lib o'tgan ishdan xabarim bor, - dedi u.

Uyatdan yer yorilsa-yu kirib ketsam.

- Lekin bu ishni siz qilmaganingizga ishonaman.

Tushunqiramay qoshlarimni chimirdim. U kechagi ziyofat va sharmandagarchilikni emas, ziraklarni nazarda tutayotganini tushunib, yengil tortdim.

Nega aybsizligimga ishonyapsiz? chetga surib. so'radim .

- Siz odamda sofdil qiz sifatida taassurot qoldirasiz.

- Shu xolosmi? Javobingiz faqat shumi?

- Afsuski, ha.

Boshimni quyi soldim, stolning yog'och qoplamasiga tikildim. Sukunat uzoqqa cho'zilmadi.

- Qanday uddalayapsiz? - so'radi - janob Xemmings Shtatlarda musulmonlarning hayoti oson emasligidan muncha xabarim bor, shunga qaramay, hech narsa bo'lmagandel maktabga qatnashga o'zingizda kuch topa olasiz. Hamma sizga loy chaplashga shay. Bunga qanday dosh beryapsiz?

Javob o'ta jo'n bo'lsa hamki aytishga qaror qildim:

- Shunchaki ko'nikib ketganman.

- Nahotki vaziyatni o'zgartirishni xohlamasangiz?

Uning so'zlari meni ajablantirdi, hatto biroz shoshirib ham qo'ydi .
- Nimani nazarda tutyapsiz? so'radim.

- Nimani nazarda tutayotganimni juda yaxshi tushundingiz, Uayt xonim. Bularning baridan voz kechishni istarmidingiz?

"Bularning bari" deganda, tabiiyki, ro'molimga ishora qilayotgandi. Bu aniq.

- Yo'q. E'tiqodim men uchun bir gala tentakning fikridan ko'ra muhim.

- Juda ham yaxshi javob.

Suhbat shu nuqtada tugadi, deb o'ylagandim, ammo janob Xemmingsning ketish niyati borga o'xshamaydi. Bir necha soniyadan keyin yana so'z ochdi.

- ACT sanalarini bilib oldingizmi?

- Ha, bosh irg'idim.

- Tayyorgarlik qanday ketyapti? Tayyorlanyapsizmi axir?

Rostini aytgim keldi: rasvo. Ammo bu holatda o'zimni unchalik odobli tutmagan bo'lardim, shu sababli qisqa javob bilan kifoyalanishga to'g'ri keldi.

- Bo'ladi.

- O'zingiz tayyorlanyapsizmi yoki repetitorlardan yordam olyapsizmi? Har holda, imtihonlar ancha murakkab.

Bu so'zlar shunchalik be'mani ediki, pishqirishdan o'zimni tiyolmadim.

- Repetitorni uydagilarning cho'ntagi ko'tarmaydi

ichimdagi yoqimsiz hisni inkor etib, rostini aytib qo'ya qoldim. O'zimni xohishlarini ota-onasi ko'tara olmaydigan bechora boladek tutayotgandim.

Janob Xemmings o'ylanib qoldi. Menga rahmi kelayotgan, ko'chada oriqqina kir qo'llarini cho'zgancha tilanayotgan sho'rlik boladek achinayotgan bo'lsa kerak.

- Sizga yordam berishni astoydil xohlardim, Uayt xonim. Shu bois, siz uchun ajoyib bir imkoniyat borligini aytmasam bo'lmas, dafatan yana so'zga tushdi muallim. - Elias Konli eng a'lochi o'quvchilarimizdan biri. O'tgan yili u kimyo boʻyicha o'zlashtirishi eng sust o'quvchi janob Silvani tayyorlashning uddasidan chiqqan. Ko'rib turibman, salohiyatingiz bor, sinfdoshlaringiz bilan munosabatlaringizga havas qilib bo'lmasa-da, darslarda mavzularni yaxshi o'zlashtiryapsiz. O'ylaymanki, janob Konli bu masalada sizga qarashib yubora oladi.
Aslo! Hech qachon! Jig'ibiyron bo'lganimdan qornim buradi.
- Yo'q, rahmat, janob Xemmings,- bosh chayqadim. Azbaroyi qattiq chayqaganimdan bo'ynim qisirlab ketgandek bo'ldi. Elias eng a'lochi o'quvchilardan biri bo'lsa bordir, bunga ishonaman, lekin u maktabda menga eng yomon munosabatdagi odamlardan biri ham. Taklifingiz uchun rahmat, lekin qabul qila olmayman.

- Siz meni noto'g'ri tushundingiz, Uayt xonim, jilmaydi o'qituvchi. Bu taklif emas, buyruq. Hamma narsani o'z nomi bilan ataydigan bo'lsak. Bugundan boshlab mening xonamda har kuni bir soat janob Konli bilan shug'ullanasiz. Umid qilamanki, so'zimni yerda qoldirmaysiz, chunki bu foydangizga xizmat qiladi, Uayt xonim.

U qalingina kitobini stol ustidan olib, ortiq bir so'z demay, nari ketdi.

O‘n ikkinchi Bob

Hayotdan battar nafratlanib ketdim.

{ Asar Freya Holmes tomonidan teletype ko‘rinishida yozildi }