June 4, 2025

Little star

Mayli men telba bo‘lsamkin, muhabbatim jinnilik bo‘lsin
Men yonsam ham sen so‘nma aslo - yuragimning kichik yulduzi...

1-BOB

Men bu ishni qilayotganimga hali ham ishonmayapman. Bu mening hayotimdagi eng baxtlimi yoki eng qayg‘uli kunmi bilmayman.. Bugun mening nikohim. Ha ota-onam meni onamning dugonasining o‘g‘liga yani mashhur THE JEON ENTERPRISES kompaniyasining bosh direktoriga turmushga berishga majbur qilishdi. Afsuski Jungkookning ota-onasi avtohalokatda vafot etgan.
Dastlab Jungkook nega mendek dushmanining qiziga turmush qurishga rozi bo‘lganini tushunmadim. Keyin esa bilsam bu janob va Jeon xonimning yani uning ota-onasining, Jungkookni menga turmushga berish haqidagi so‘nggi istagi bo‘lgan ekan. Avvalari onam esa Jeon xonimning eng yaqin do‘sti bo‘lganligi sababli meni bunga ko‘ndirgan.
- Freya tezroq! Mehmonlar allaqachon yetib kelishdi
Qizining bezovtaligiga asabilashgancha.
- Harakat qilyapman
Halatimni kiyishga yordam berib, asta sochlarimdan siladilar.
- Juda ulg‘ayibsan
Jilmayib. Faxrmi? Boy insonga asr qilib berishlardan faxrlanayaptilarmi?..
Garchi ular Freyaning xohishilariga qarshi nikoh tuzgan bo‘lsalarda qiz ularga qarshilik qilolmadi. Axir Freya hech qachon sevgi haqida o‘ylamagan, butun e’tiborini kareraga qaratgan edi. Shu sababli ularning tanloviga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri keldi.
Rohib va mehmonlar bilan to‘la zalga kirib bordim.
Ko‘zim Jungkookka tushganida biror narsa bilan band bo‘lish uchun ko‘ylagimni to‘g‘irladim.
U nafis tarzda tikilgan smokingda juda jiddiy va rasmiy ko‘rinishda edi. Men esa unga nisbatan hech nima his qilmasdim. Na sevgi, na nafrat. Bu shunchaki oddiy uyushtirilgan nikoh edi.

U nafis tarzda tikilgan smokingda juda jiddiy va rasmiy ko‘rinishda edi. Men esa unga nisbatan hech nima his qilmasdim. Na sevgi, na nafrat. Bu shunchaki oddiy uyushtirilgan nikoh edi.

Jungkook tomon yo‘l olib yoniga turdim. Uning ifodasi boshqacha edi. U to‘ydan mamnun emasligi aniq edi va buni uning yuzidan ko‘rish mumkin edi. Huddiki jirkanayotgandek menga qaradi.

Ikkalamiz ham rozi bo‘ldik va navbat bo‘saga kelgan edi. Men tomon egilib yanog‘imdan o‘pdi.
Hashamatli mashina ichida o'tirib derazadan tashqaridagi o‘tgan hamma narsani tomosha qildim mashina to‘xtovsiz harakat qilardi. Mana men... g‘alati va ulkan qasrning tashqarisida edim. Bu Jungkookning uyidan boshqa narsa emasdi. Bu otasining sovg‘asi edi. Va bundan ham yomoni nima? Men o‘sha qasrda Jungkook bilan yolg‘iz yashashim kerak edi.

Ammo hayotim bunday bo‘lishini hayolimga ham keltirormasdim. Italyan qizi Freya qanday qilib bunday sovuqqon erkakga turmushga chiqdi? Otamning o‘limidan so‘ng yana bir bor unga o‘xshash erkakga turmushga chiqish... Onamning taqdirini takrorlayapmanmi?

3 yil avval.

- Mening sof kaptarim...
Derazam panjarasiga qo‘ngan doimgi kaptarim bilan doimgidek suhbatlashdim. Huddiku biror narsani tushunayotgan boshini uyoq-buyoqqa burishi meni ajablantiradi.
- Madamevotre père vous attend dans le salon ( honim dadangiz mehmonxonada kutyapti )
- bien ( yaxshi )
Qahvani hushlamaydigan erkak qarshisiga qo‘yilgan bir finjon qahvani ko‘rib qoshlari ko‘tarildi. Devorga suyanib shunchaki ko‘zlarimni yumdim.
- Bechora...
O‘q ovozi mehmonxonada yangradi. Asta yaqinlashdim. Hizmatkor qizning qoni va qo‘llariga to‘kilgan qaynoq qahva.
- Qizim 2 kun uyda bo‘lmayman. Yo‘qligimda istaganingni qilib mashg‘ulotlarni qoldirma!
- Yaxshi borib keling .
Ortimga o‘girib qayta honamga ketmoqchi edim.
- Kelgunimcha o‘q otishni mukammal o‘rgan. Senga Sniperlik ish bor .
- Bien!

Otamning ketganini ayvondan kuzatib so‘ng o‘zim ham ketish uchun ko‘rpamni oldim. Eshiklardan chiqolmayman qattiq nazoratda.
Honam 3-qavatda bo‘lgani sabab qo‘rquv ham bo‘ldi. Asli bunday ishlarni ko‘p qilib turaman.
Oyog‘imga yerga qo‘ygach arqonimni burchakka qistirib qo‘ydim.
40 daqiqa vaqt bor. O‘q otish mashg‘ulotim uchun. Bu vaqtda ko‘p sarguzashtlarni qilishim mumkin.
Odamzot oyoq qo‘ymagan yerlarga mening suyukli otam katta saroy qurdirgan. Shu sabab o‘rmon, chakalakzor tomondan shaharga piyoda yurishimga to‘g‘ri keladi.
Bekat tomon kelib avtobusga chiqdim. Kerakli manzilimga keldim. Savdo markazi. Bugun o‘zgacha bo‘lishni istadim.

Qiz avval kofta, shim so‘ng ko‘ylaklarni ko‘ra boshladi. Biri yoqsada hajmi kichik mos keluvchi qizga to‘g‘ri kelmasdi.
- ayshhh... juda katta.
Ancha vaqtdan so‘ng qizg‘ish rangdagi ko‘ylakni oldi.
Bugungi kunimdagi rejalarimga bu mos kelmasada, jozibali ko‘rinishim uchun kiyishim kerak. Mashg‘ulotdagi qizlardan eshitishimcha qizil rangdagi libos jozibali hamda ko‘zga tashlanuvchan bo‘lar ekan.
Katta tabassumini yashirmagancha qayta honasiga kirdi. Vaqt allaqachon o‘tgan kech qolyapti.

Katta binoni ichidan o‘q ovozi yangrar. Kalta, oppoq sonlarini ko‘rsatib turuvchi ko‘ylagini tortqilagancha qiz kela boshladi.
- Freya!
Yoshi kattaroq ayol asabiylashgancha Freya tomon keldi.
- Nega kech qolyapsan? Bugun qanday muhim kunligidan habaring borku - Kelish maromida o‘shqirib, jaxlini sochdi.
- Dadam tufayli. Ular bilan edim.
Qiz qurolini unumli foydalanganidan jilmaydida. Mashg‘ulotlar bo‘ladigan hona tomon yurdi.
Eshik tutqichini burib kirishim bilan honaning sovuq aurasi hamda shovqinidan yana bir bor g‘alati hissiyotni his ettim. Yangi bo‘lmasamda hamon ko‘nikmadim. Bu joylar menga to‘g‘ri kelmaganidandur balki?
Maxsus quloqchinlarimni taqdim. Jacket kiyish kerak ammo ko‘ylagimni ko‘z-ko‘z qilishim ham kerak.
- Yo‘q. Shart emas.
Jacketni qayta yigitga tutqazdim va qulay bo‘lgan qurolni olib tekislandim.
Nima uchun ammo aynan shunday vaqtda kelajakimni o‘ylayman.
Qattiq tovush yangradi. O‘q uzdim. Ko‘zlarimni be ehtiyor yumdim.
- Salbiy natijaga tayyor emasman. Iltimos...
Go‘yoki o‘qlar bu pichirlashimni eshitagandek najot kutyapman. Yana bir salbiy natija va orzularimdan voz kechish. Bu otamning tahdidlari.
- Barakalla!
Murabbiy Freya tomon yaqinlashib to‘rtburchak tabassumini ko‘rsatdi.
- Juda yaxshi o‘zlashtirgansan Freya honim.

- Raxmat...
Menga qaralagan nigohlarni sezyabman. O‘tkir va sovuq nigoh. Atrofga alangladim. Yon tomonimda ko‘zlarini sonlarimdan uzmay qarab turgan yigitning ifodasiga kulgim qistadi rosti. Rejam ish berganidan faxrlansamda buni faqatgina bir inson emas, honadagi yigitlar ham qarayotganidan hijolat bo‘ldim.
- Freya? Hoy qiz.
Murabbiy qayta-qayta ismini aytib chaqirganidan so‘ng unga qaradim.
- Hayoling qayerda? Shuncha gapni kimga aytdim.
- Ustoz. Muhim bo‘lmasa ketishim kerak.
O‘zimni noqulay his qilyapman. Biz tomon kelayotgan yigitni ko‘rib yanada.
- Ketamiz.
Freyaning bilagidan ushladi.
- Nima qilyapsan Jimin - hayajonlansamda qarshilik qilishga urindim.
- to‘g‘ri nima qilyapsan sen! Qo‘yib yubor qizni.
Murabbiy Taehyung. U ham qizning ikkinchi bilagidan ushladi. Ikkala tomon ham tortqilar ekan qiz yelka qismida og‘riq sezib g‘inshidi.
- bas qilinglar. Tortqilab ketaveradigan daydi it emasman! - Freyaning og‘riqli va bog‘iq ovozi honada aks sado berdi. Bu yerdagi barchani ko‘zi uchlikda .
- Freya... - pichirladi taehyung qizning ko‘zlarida to‘lgan yoshlarni ko‘rib yaqin keldi. Qo‘lini yonib turgan yanoqlariga olib kelib ushladi .
- Ahvoling joyida emas... istasang shifokorga olib boraman?
- istamaydi! - qayta ko‘kamtir bo‘lgan bilagidan mahkam ushlab honadan olib chiqib ketti Jimin.

- Qayerga olib ketyapsan? Og‘riyapti qoyvor.. - bino tomi tomon olib chiqib ketayotgan yo‘q. Sudrab ketayotgan yigitni ortidan katta-katta qadamlariga yetolmay qo‘lining og‘rig‘idan yanog‘idan yoshlar tomdi .
- Boshla! - qo‘lini qo‘yib yuborib o‘shqirdi yigit.
- tushunmadim?
Tanasidagi zirqirashdan asabiy ko‘zlarini ochib yumgan qiz, Jimin nima hoxlayotganini tushunolmadi.
- daydi it emassan. Ammo shaxsiy! Va yovvoyi itsan .
Ko‘zlar tutashdi. Freyaning dur kabi ko‘z yoshlari qalbi, yuragi bilan yeg‘layapti. 1 yillik sevgisi shunchaki. Shunchaki achchiqlanish orqali parchalandi.
- n..nima deyapsan.. - pichirladi qiz
Yigit qiz tomon qadam tashladi. Joyidan qilt etmay hamon haqoratmuz so‘zlarni quloqlaridan uzolmayotgan Freyaning oldiga kelib to‘xtadi.
- yoki.. boshqa* yo‘l bilan ko‘rsatasanmi?
Qizning quloqlariga egilib, o‘zining issiq freyani sarmast qiluvchi ohangida pichirladi. Qiz lom-lum deyolmay faqatgina piqillagan tovushi chiqardi.
- m..men..
Bo‘ynimdan ushlab, o‘ziga tortdi. Endi biz juda yaqin edik. Uning issiq nafasi yuzimga urilar, ko‘zlari esa xuddi nimanidir o‘qiyotgandek menga qarar edi.
Atayin qilayotgandek. Burnini bo‘ynimga bosdi. Hirillagancha qayta ishqaladi.
Menga qaradi. Yuzimni kaftlari orasiga oldi va sekin egildi…
Va lablarini menikiga birlashtirdi.
Ko‘zlarimni yumdim. Uning yoqimli bo‘sasini his qilish uchun. Ammo bu shunchaki hirsini qondirish uchun lablarimga tashlangan bo‘ridek edi. Tillarimiz raqsiga tushayapti . Meni devorga tiragancha yanada chuqurlashtirdi .
Tanalarimiz bir-biriga singib ketgudek .

Hozirgi vaqt.

Mashinadan tushar ekanmiz. saroyning go‘zal arxitekturasidan hayratda qoldim. To‘g‘rimdagi manzaradan ko‘zlarimni uzolmay qo‘ldim.
Jungkookning orqasidan yurib ketayapman kutilmaganda to‘xtadi oqibatda boshim yelkasiga urildi.
- Ko‘rmayapsanmi? - Uning shunchaki urilish sabab g‘azablanganidan hayron qoldim
- K-kechirasiz… - deb g‘o‘ldiradim bosh egib.
- Nima bo‘lsa ham... - dedi u ko‘zlarini yumib yurishda davom etarkan.

Men ham unga ergashdim lekin bu safar ehtiyotkorlik bilan.

Uy ichiga kirishim bilan yana bir bor hayratda qoldim bu joy ham saroydan kam emasdi. Hashamatli jimjit va ajib darajada go‘zal.

- Divanga o‘tir. Men sen bilan gaplashishim kerak

Indamay bosh irg‘adingim va ko‘rsatgan joyga borib o‘tirdim. Bir necha daqiqa davomida oramizda noqulay sukunat hukm surdi. Nihoyat u og‘zini ochdi:
- Qara... Menga yoqib qolding deb o‘ylama. Yoki men bu nikohga ko‘nglim bilan rozi bo‘lganimni ham. Faqat ota-onam va ishim tufayli bu ishga majbur bo‘ldim. Men seni umuman yoqtirmayman. Buni esda tut.

U bir zum jim bo‘lib qoldi so‘ng so‘zini davom ettirdi.

- Va hech qachon meni atrofimda o‘ralashma.

Bu so‘zlar tahdidga o‘xshardi men esa hanuz bir og‘iz so‘z demay bosh egib o‘tirardim .
- Endi yotoqxonangga borishing mumkim
- Sizniki? - hoxlamasamda pichirladim .
- Albatta seniki! Men bilan yotishni kutganmiding? - dedi u kinoya bilan kulib - adashding. Mening o‘zimning xonam bor sening esa o‘zingniki.

Shunday deb yuqoriga, meni oq ko‘ylakda yolg‘iz qoldirib chiqib ketti .

U aytgan so‘zlarning barchasini xayolingimda yana-yana aylantirib o‘zimni yig‘ishga harakat qilardim. Indamay yuragim siqilgan holda chuqur xo‘rsinib, yotoqxonam tomon yo‘l oldim.

Xona juda katta va hashamatli edi. Ammo bunday vaziyatda taskinlik bermasdi. Birinchi kechadanoq ahvol shu bo‘lsa... Erimni qo‘ynida bo‘lishim kerak bo‘lgan vaqt, menga ajratilgan honada yuzimdagi bo‘yoqlarni ko‘z yoshlarim bilan yuvyapman...

Jungkook