December 3, 2025

Sen bir olam, Men o‘zga olam

Birinchi Bob

Har kim hayotda aqalli bir marta o‘ylab ko‘rgan bo‘lsa kerak - sen hamma kabi bôlmagan olamda oq qarg‘adek yashash qanday ekan-a? Har holda men bu haqida ôylab kôrganim aniq.
Chunki o‘sha oq qarg‘a o‘zimman..!
Yo‘q, albatta, menga o‘xshaganlar ham, meni tushunadigan, do‘stona munosabatda bôladiganlar ham bor, ammo atrofimdagilarning aksariyati mutlaqo boshqacha umrguzaronlik qiladi. Qayga bormay begonaman. Bizning olamlarimiz butkul boshqa - boshqa, bu shunday olamlarki, har birining qonun-qoidalari bisyor. O‘z olamimda baxtiyorman, ammo hamma menga toleyi sho‘r bechoradek qaraydi.
Men ingliz ota va muhojir onaning farzandi, Shtatlarda yashovchi musulmon qizman. Hamma gap ana shunda.
- Bismillahir Rohmanir Rohim - qariyb pichirlagandek asta shivirladim.
Musulmonlar taom tanovulini aynan shu tarzda boshlashadi. Bu bizning duomiz, nasroniylar uni stol atrofida o‘zaro qo‘l ushlashib talaffuz qilishadi. Shu tariqa Parvardigorga riza bergani uchun shukrona keltiramiz. Aytishlaricha, bu sôzlar bilan boshlanmaydigan har qanday tanovul ikki lunjini to‘ldirib kavshanayotgan Iblisning hamoqatida kecharmish. Ammo bu duo yangradimi, bas, u nimaniki paqqos tushirishga ulgurgan bo‘lsa, hammasini varaqlatib qusadi va yana och qoladi. Bolalikda bu rivoyat doim kulgimni qistar, bo‘shliqqa tikilib, baland ovozda qichqirardim: ,, Senga shu ham kam! Ajab bo‘pti!" Bugungi nonushtamiz ham har doimgidek aynan shu sôzlar bilan boshlandi.
Umuman ishtaham yôq, lekin oğir va mashaqqatli kundan avval kuch tôplab olish uchun oyim saharmardonlab tayyorlagan katayefning (ichi qiyomli quymoq (blinchik)) bir bo‘lagini majburan oğzimga tiqishtiraman. Qovog‘imdan qor yogʻayotgani e'tibordan chetda qolmadi, shekilli, otam naq yarim soat davomida har-har zamon men tomonga mopralab qôydi, keyin esa daf'atan savolga tutdi:
- Tinchlikmi? O‘ychan ko‘rinasan. Haddan ziyod ôychan desa ham bo‘ladi.
- Shunchaki yangi maktabga borish oldi biroz hayajonlanyapti, - gazplita oldida pishir-kuydirni davom ettirayotgan oyim o‘rnimga javob berdi.
Indamadim: izoh berishga hojat yo‘q.
Oshxonaga shovqin-suron solib 12 yashar ukam - bu yorug‘ olamda men astoydil yaxshi ko‘radigan birdan bir bola otilib kirib keldi. Otamdan o‘tgan kashtanrang sochlari to‘zg‘iganidan ukamning hali vannaxonaga qadam bosmaganini shundoq bilsa bo‘lardi. Oshxonaga kirgan zahoti sovitkichni ochib, sut oldi.
- Kani, dasturxonga o‘tir-da, biz bilan nonushta qil, - norozi ohangda dedi oyim. - Opangga bir -ikki og‘iz dalda ham berib qo‘y.
Kani osmondek moviy kôzlarini menga tikib, dunyodagi eng yupatuvchi tabassumni hadya qildi.
- Hammasi zo‘r bo‘ladi, opaginam, - liq to‘la zalda she'r o‘qiyotgandek baland ovozda dedi u, - ishonchim komil, bekorga hayajonlanyapsiz.
- Hayajonlanayotganim yo‘q, - e'tiroz bildirdim o‘zimni aldashga oshkora urinib. - Sal-pal bo‘lsa bordir.
Oyim boshim va bo‘ynimni ôrab turgan qora ro‘molga nazar tashladi-yu hammasini angladi.
Ha, tan olishga hech bo‘ynim yor bermasa-da sochlarimni yot ko‘zlardan pana qilib turgan mana shu mato hayajonimning sababchisi edi. Yangi sinfdoshlarim meni qanday qabul qilishadi, o‘qituvchilar, qolgan amerikalik o‘smirlar qanday munosabatda bo‘lishadi, buni tasavvur ham qila olmas, shu sababli maktab binosiga kirib borishimni va shu zahotiyoq o‘nlab qiziquvchan nigohlar menga qaratilishini o‘ylasam, vujudim tarang tortardi.
Yo‘q, aslida ulardan qanday munosabat kutish mumkinligini juda yaxshi bilaman.
,, Shahidlikka chog‘langan bo‘lsang, buni bizdan nariroqda qil". Keyin esa kulgi kôtariladi, xuddi bu chindan ham kulgilidek.
Yoki biroz boshqacha. Masalan: ,,Qaysi terrorchilardansan? Afg‘onlardanmi? Yoki iroqliklardan? "
Katta ehtimol bilan shunday deyishadi.
- Adilya, - oyim bilan ma'nodor ko‘z urishtirayotganimizni ilğagan otam ehtiyotkorlik bilan so‘z boshladi, - balki ro‘molni sal boshqacharoq ôragan ma'quldir-a? E'tiborni tortmaydiganroq qilib balki. Xuddi shunchaki oddiy bezak yoki ayollar taqinchg‘idek.

Oqshomlari ko‘pincha ( ayniqsa, mehmonlar kelganida kichkina orqa hovlimizdagi shiyponda o‘tirib suhbatlashar, fonusdan taralayotgan nurlar sarg‘ish soyalarimizni akslantirarkan, lazzatli xurmolar bilan choyxo‘rlik qilardik. Hatto choyga qand solishga ham hojat qolmasdi. Soatga qaradim, kuchli qo‘rquv iskanjaga olgandek a'zoyi badaning tarang tortildi. Lekin qo‘rqyapman deya olmasdim. Shunchaki tashqi ko‘rinishim uchun o‘smirlardan navbatdagu ta'nalarn, balki hatto tahqirlarni eshitishni o‘lgudek istamayotgandin. Shuning uchun holatimni tushunsa bo‘ladi.
- Bomdodni o‘qigansan-a? - so‘radi oyim.
- Ha, - bosh irg‘idim . - Kanini ham uyg‘otgandim.
- Yaxshi. Maktabda ham namozingni kanda qilma.
- Joy topa olsam agar.
Oyim meni bag‘riga bosdi: undan ajib iliqlik ufurardi, yelkamni silagan qo‘llarining taftini his qildim.
- Xavotir olma. Hammasi yaxshi bo‘ladi.
Ikki marta bosh irg‘idim; odatda takrorlashga hojat yo‘qligini shu tarzda bildirardim. Oyim ham bosh irg‘idi, peshonasiga to‘kilgan bir tutam sochini epchillik bilan siltab qo‘ydi.
Oyimning sochlari juda qalin va qora, odatda ularni bitta qilib yig‘ib yuradi, bugun negadir o‘rib qo‘yibdi.
Hayratlanarli darajada och - yashil ko‘zlari buvimdan o‘tgan, yuz qirralari chizg‘ich bilan chizilgandek aniq. Parallel borliqda u o‘ta talabgir model bo‘lishi, taniqli jurnallarning muqovalarini bexab, jamiki dunyo go‘zallarini yer tishlatishi mumkin edi. Ishonchim komil, oyim aynan husni bilan dadamning e'tiborini tortgan.
Go‘zalligi bilan necha - necha xayollarni o‘g‘irlagan, son - sanoqsiz oshiqlarning barini ayovsiz rad etgan. Ko‘pincha o‘qishdan uyga qaytganida ostonada guldasta topib olgani haqidagi hikoyalarni ko‘p eshitganman. Gohida esa uyda o‘tirganida ham gul keltirishgan. Yana sevgi izhori bitilgan maktublar ham.
Sirli sohibjamolning qalbini zabt etish istagida yonganlarning hisobi bo‘lmagan. Hatto uning otasi, bobom bilan gaplashishga urinishlar ham bo‘lgan, bobom esa kuyovlikka davogarlar masalasida har doim qizining fikrini bilishga oshiqqan. Ammo oyim hammaga qatorasiga rad javobini bergan, avvalo talim olishni diliga tugib qo‘ygandi.
Aytgancha, oyim arab, oltmishinchi yillardayoq yaxshiroq hayot ilinjida Suriyadan Amerikaga ko‘chib kelgan. Otam esa.. Asl ingliz, lekin hayotining asosiy qismini ayni maqsadda Shtatlarda o‘tkazgan.
Bunday noodatiy juftlik har doim qo‘shnilarning qiziquvchanligiga sabab bo‘lar, hamma bir xil savol berardi: " Qanday qilib tanishgansizlar? " Javob oddiy va o‘ta jo‘n: otam - Kristofer Uayt ilmiy - tadqiqot instutiting sharqshunoslik fakulteti istedodli talabasi; onam Adilya Bag‘dodiy esa kunlarining birida o‘zi mustaqil topgan puliga Shimoliy Amerika bo‘ylab sayohat qilishga qaror qilgan sharq go‘zali edi.
Shu orada ular uchrashib qolishadi. Va tamoman farqlidek ko‘ringan ikki insonning taqdirlari kesishadi.
Ikki yosh telbalarcha hapqirayotgan yuraklariga ishq o‘ti tushganini anglagach, onam Islomning nikohgacha bo‘lgan munosabatlarni man qiluvchi qoidalariga rioya qilgan holda o‘zini jiddiy tutadi, xushomadbozlikka imkon qoldirmaydi, universitetning uzun partasida o‘tirgancha otamga o‘z dini haqida so‘zlab beradi.
Otam esa bu dunyodagi eng beqiyos deb bilgani ko‘zlarga g‘arq bo‘lganicha uning so‘zlarini jon qulog‘i bilan tinglaydi. Uning o‘zi xuddi shunday gapirib bergan, men esa tentaklarcha kulib tinglaganman.
Otam Islomni o‘rganishga kirishib ketadi va tez orada aro yo‘ldan musulmonlikka kirib keladi. Darhol Qur'onni arab tilida o‘qishni, namozni o‘rganishga kirishadi, har bir musulmonning vazifalarini o‘zlashtiradi.

Sirli sohibjamolning qalbini zabt etish istagida yonganlarning hisobi bo‘lmagan. Hatto uning otasi, bobom bilan gaplashishga urinishlar ham bo‘lgan, bobom esa kuyovlikka davogarlar masalasida har doim qizining fikrini bilishga oshiqqan. Ammo oyim hammaga qatorasiga rad javobini bergan, avvalo talim olishni diliga tugib qo‘yuandi.
Aytgancha, oyim arab, oltmishinchi yillardayoq yaxshiroq hayot ilinjida Suriyadan Amerikaga ko‘chib kelgan. Otam esa.. Asl ingliz, lekin hayotining asosiy qismini ayni maqsadda Shtatlarda o‘tkazgan.
Bunday noodatiy juftlik har doim qo‘shnilarning qiziquvchanligiga sabab bo‘lar, hamma bir xil savol berardi: " Qanday qilib tanishgansizlar? " Javob oddiy va o‘ta jo‘n: otam - Kristofer Uayt ilmiy - tadqiqot instutiting sharqshunoslik fakulteti istedodli talabasi; onam Adilya Bag‘dodiy esa kunlarining birida o‘zi mustaqil topgan puliga Shimoliy Amerika bo‘ylab sayohat qilishga qaror qilgan sharq go‘zali edi.
Shu orada ular uchrashib qolishadi. Va tamoman farqlidek ko‘ringan ikki insonning Taqdidlari kesishadi.
Ikki yosh telbalarcha hapqirayotgan yuraklariga ishq o‘ti tushganini anglagach, onam Islomning nikohgacha bo‘lgan munosabatlarni man qiluvchi qoidalariga rioya qilgan holda o‘zini jiddiy tutadi, xushomadbozlikka imkon qoldirmaydi, universitetning uzun partasida o‘tirgancha otamga o‘z dini haqida so‘zlab beradi.
Otam esa bu dunyodagi eng beqiyos deb bilgani ko‘zlarga g‘arq bo‘lganicha uning so‘zlarini jon qulog‘i bilan tinglaydi. Uning o‘zi xuddi shunday gapirib bergan, men esa tentaklarcha kulib tinglaganman.
Otam Islomni o‘rganishga kirishib ketadi va tez orada aro yo‘ldan musulmonlikka kirib keladi. Darhol Qur'onni arab tilida o‘qishni, namozni o‘rganishga kirishadi, har bir musulmonning vazifalarini o‘zlashtiradi.
Ko'p o'tmay ularning muhabbati to'liq qonuniylashadi.
Nazarimda, "qonuniy so'zi g'alati eshitiladi. Undan ham qizig'i, yigitlar bilan uchrashmaslik qanaqa bo'lishini ko'pchilik tushuna olmasa kerak. Nega?
Bolalikdanoq butun hayotim ko'pchilikka faqat taqiqlan iboratdek, men boshqa bolalar uchun odatiy bo'lgan hamma narsadan mosuvodek ko'ringan. Masalan, qo'shni qiz o'n ikki yoshidayoq o'zi "yigitim" deb ataydigan bola bilan qochib ketdi, bir necha devor narida yashaydigan qizlar esa kechgacha ko'chadan beri kelishmas, o'smirlarga xos turli ziyofatlarda ko'ngilxushlik qilarkan, ota-onalari bamaylixotir oshxonada choy ho'plab o'tirishar yoki barcha kanallarda nihoyasiz aylantiriladigan navbatdagi ahmoqona shou tomoshasi bilan ovora bo'lishardi.
Bu bolalarga, ularning beg'amligiga hasad qilishim, kuni kelib o'zim ham shunday yashashni orzu qilishim mumkin edi. Ammo bunday emasdi. Bunga shunchaki ehtiyojim yo'q edi. Odamlar esa na meni, na hissiyotlarimni bilmay-netmay, baxtiqaroga chiqarib qo'yishardi.

Aynan mana shu jihat meni quyushqondan chiqarardi.

- Xo'sh, yarim soat qoldi, kechikyapmiz,- U shundoqqina televizor tepasida osig'liq soatga nazar tashlab dedi dadam o'midan turarkan.- Oqshom ko'rishamiz, Adilya. oʻngʻaysizlanib, onamning yonoqlarini silab qo'ydi, har doimgidek oʻzaro erkalashlarini menga va Kaniga ko'rsatmaslikka tirishdi.
- Bolalar, qani, mashinaga.
Bu paytda yo'lakdagi ko'zgu qarshisida o'z aksimga tikilib turardim. O'ta g'ayriodatiy ko'rinmaslik uchun boshimdagi ro'molni to'g'rilab qo'ygan bo'ldim, bu, albatta, o'taketgan ahmoqlik edi. Ko'pincha ro'molimni xuddi paranjidek o'rar, sochlarim bilan birga yuzimni ham to'sib olardim, bunday qiyofaga ko'nikmagan amerikalik o'smirlar uchun bu yanada g'ayriodatiy edi. Bunaqasini
faqat terrorchilar haqidagi filmlarda yoki allaqanday taqiqlangan tashkilot qaysidir binoni portlatib yuborishiga bir bahya qolgani haqida xabar bosilgan gazetalarda ko'rgan bo'lishsa kerak. Tabiiyki, ular meni ham o'sha terrorchilardan biri sifatida ko'rishardi.

Aytgancha, ko'pchilik bu ikki tushunchani chalkashtiradi, aslida paranji va hijob biroz farq qiladi. Masaları, paranji koʻproq uzun yengli keng ko'ylakka o'xshaydi, ayolning tanasi va yuzini to'sib turadi, ko'zlar uchun ochiq qoldirilgan qismini chachvon deb ataladigan qalin to'r yopib turadi. Paranji odatda qora rangda bo'lib, ayolning qomatini butunlay yashirib turadi, hijob esa nisbatan "yengilroq" ko'rinishi, unda yuz yopilmaydi.
Bugun hijobni paranji kabi o'rashdek sevimli odatimni yaxshiroq kunlarga qoldirishga ahd qildim, yangi maktabdoshlarim (yoki dushmanlarim)ni cho'chitib yubormay dedim-da.
Oyim ikkimiz teri va ko'zlari och tusli arablardanmiz, ko'pchilik Yaqin Sharq odamlarining hammasini qoramag'iz, ko'zlari jigarrang degan fikrga boradi. Mening ko'zlarim och yashil, hatto kulrangga moyil, buni xos ustuvorlik deb bilardim.
Odamlar asli qayerlik ekanligimni va millatimni aniqlashga qiynalishadi, lekin hijobim sababli darhol zolim ekstremist tamg'asini yopishtirib qo'yishadi. Bunga ko'nikib ham ketganman. Chin so'zim. Allaqachon ko'nikkanman.
Dadam qahvadan bo'shagan finjonni taq etib stolga qo'ygach, es-hushimni yig'ib oldim, ryukzakimni yelkamga tashlab, jimgina uydan chiqdim. Ortimdan yugurib chiqayotgan Kani yo'l-yo'lakay og'ziga bir nechta chips tashlab oldi oyim juma kunlari o'zimizni chips bilan siylashga ruxsat berardi.

- Hali ham xavotirlanyapsizmi, opa? kavshangancha so'radi Kani mashinaga o'tirarkan.

- Yo'q, kamarni mahkamlayotib jahl bilan qoshlarimni chimirdim. Aytdim-ku, xavotirlanayotganim yo'q.

- Birontasi xafa qilsa, darrov menga ayting. Yaxshilab ta'zirini berib qo'yaman.
- Kanil-bizni kuzatish uchun chiqqan onamning ko'zlari xonasidan chiqib ketdi. Bu qanaqa gap bo'ldi?
Mashinani o't oldirish uchun kalitni burayotgan dadam piqillab kulib yubordi.
Hayotim, o'g'limizga hamma qatori o'smirlik gashtini surishiga qo'vib ber, Kanining sochlarini toʻzgʻitib dedi u. -Har holda o'n ikki yoshli yigitcha bo'lib qoldi.
Oyim xuddi o'g'lini uyaltirmoqchidek tomog'ini taqillatdi, ammo yumshagandek jilmayib qo'ydi.
Dadamning eskigina "Ford"i garajdan chiqib, tor yo'lakda yengil to'xtadi. Oyim oyna oldiga kelib, arabchada oq yo'l tilab "Safaran sa iidan" demaguncha jo'namaymiz. So'ng dadam unga javoban jilmayib, "Oqshom ko'rishamiz yoki shunga o'xshash biron narsa deydi. Mana shu kichkina marosimchadan keyin nihoyat mashina joyidan qo'zg'aladi.
Bu yerga kelganimizga hech qancha bo'lgani yo'q. Yangi uyga ko'chish rejalashtirilganidan bir oy o'tib xabar topdim. Ota-onam asossiz nafratiga turtki beradigan hammani qirishga shay millatchilar va irqchilar shaharning nisbatan tinch va sokinroq qismlarida uchramas, degan fikrga kelishgandi. Ular adashishgandi, albatta. Dunyoda hech bir joy yo'qki, sababsiz hammani qirishga tayyor zolimlar qadami yetmagan bo'lsa.
Yodimda, menga xos tushkunlik Kaniga butkul yot edi, eng yomon ssenariyni kutish o'rniga har qachongidan ham quvonar, chunki yangi uyda butun umr orzu qilgani shaxsiy xona unga muntazir edi-da.
Men-chi? Ko'chayotganimizdan xursandmidim? Yo'qdan ko'ra ha desam, to'g'riroq bo'ladi. Nimani ham yo'qotardim? Chin dugonam hech qachon bo‘lmagan ayni tarzda meni eski uyimizga bog'lab turadigan boshqa sabablar ham yo'q edi. Xullas, menga baribir edi.

- Lamiya, sinfxonangning raqami esingda-a?- savoli bilan xayollarimni to'zg'itgan dadam orqa oynadan menga qarab qo'ydi.

- Ha,- bosh irg'idim. - Qo'limga ham yozib oldin. Har ehtimolga qarshi.

- Xohlasang, sen bilan birga kirishim mumkin. Qo'rqayotgan bo'lsang.

Bunday ehtimoldan dahshatga tushganimdan ko'zlarim chaqchayib ketdi, lekin bamaylixotir javob berishga tirishdim.

- Yo'q, rahmat. O'zim uddalashim kerak.

- Chunki Lamiya endi kap-katta qiz, gapga suqildi Kani.
U hali ham uydan ovolgan chipslarini chaynardi. - Allaqachon o'n yettini urib qo'ydi axir.
Yaqinda bo'lib o'tgan tug'ilgan kunimni eslab, dadam ma'yus jilmayib qo'ydi.
- Ha, - dedi biroz o'ychanlik bilan. - Lamiya endi kap-katta qiz. Vaqtni uchishini qarang-a...
Uning ovozida anduhni ilg'agandek bo'ldim, ammo bu haqida so'rashga ulgurmasimdan oynadan jigarrang bino koʻrindi, tepasida "Oldrij nomidagi yuqori maktab" degan yozuv savlat to'kib turibdi.
Sariq maktab avtobuslari birin-ketin kelib ketyapti, xuddi ari galasidek g'ovur-gʻovur so'zlashayotgan o'smirlar to'da-to'da bo'lib tushishmoqda. Menga o'xshaganlar bitta ham yo'qligini darrov ilg'adim (boshqa nimani ham kutish mumkin?), tag'in bezovtalana boshladim, yo'lda biroz bo'shashdim, deb xato fikrga borishga ham ulgurdim.
- Xo'sh, mana yetib keldik, - dadam "Ford"ni maktab darvozasi oldida to'xtatdi. - Tayyormisan?
- Tayyor bo'lganda qandoq, - ishonch bilan javob berib, mashina eshigini ochdim - Ishlaringizga omad. Kaniga yuzlanib, musht urishtirish uchun qo'l uzatdim.
- Senga esa yangi maktabda yaxshi vaqt o'tkazishingni tilayman.

- Sizga ham, - Kani xuddi eski og'aynilardek mushtimga mushtini tekkizarkan, kulgichlarini koʻz-ko'z qilib jilmaydi. Uzoq o'ylovlar va ehtimoliy qo'rquvlarga imkon qoldirmay.
oldinga, o'sha uch qavatli, tepasida tillarang yozuv osilgan jigarrang bino tomonga qadam bosdim. Har biri o'zicha alohida olam bo'lgan, biri biriga o'xshamaydigan ko'plab o'quvchilarning asiriga o'xshardi bu bino. Kimdir kavshanyapti, kimdir jag'i tinmay gapiryapti, kimdir yoshlik quvvatini qayerga sochishni bilmay yeldek uchib yuribdi.

Eng muhimi, menga hech kim qaramayapti.

Hozircha.

Ikkinchi Bob

Qo'rquv, yoqtirmaslik, begonalik hissi soyama-soya ergashib kelardi. Qadam-baqadam ta'qib qilar, qayga bormay, ortimdan qolmasdi. Ko'p o'ylardim: biz, musulmonlar, qolgan barcha kabi yashay olarmikanmiz? Tashqi ko'rinishimiz uchun qoralashni, terrorchilar qatoriga qo'shishni bas qilisharmikan, ularning e'tiqodini hurmat qilganimiz kabi bizning dinimizga ham ehtirom ko'rsatisharmikan?

Va nihoyat: kalaka bo'lishdan qo'rqmay xotirjam nafas ola bilarmikanmiz?

Shularni mulohaza qilgancha maktab yo'lagidan borardim.

Miyamda fikrlar g'ujg'on o'ynar, yolg'iz qolmaslik uchun loaqal bittasini ushlab qolishga tirishardim. Xayollarimgina menga chin hamroh edi.
Maktabning ichi ham xuddi sirtidek qarshi oldi: nihoyasiz shovqin, suhbatlar va qadamlar dupuri.

Amerika bayroqlari va plakatlar ilingan uzun yo'lak bo'ylab borarkanman, atrofga nazar tashlamasdim. Shijoati haddan ziyod oshib-toshgan o'smirlardan uzoqroq turishga harakat qilardim. Ular esa hech narsa bilan zarracha ishi yo'qdek ko'rinardi. Har kim o'z hayoti bilan yashayapti; gohida oldimdan bir to'da yigitlar yugurib o'tadi, hazillashib bir-birini turtkilaydi, nisbatan bosiqroq o'smirlar ikki tomonga tizilgan javonchalardan darsliklarini olishadi, kimdir sinfxonaga otilib kirib eshikni qarsillatib yopadi Yo'lak oxirida ko'ksiga maktab ramzi tushirilgan qo'llov guruh kiyimida uch qiz turibdi, ularning atrofida esa baland bo'yl yigitlar girdikapalak bo'lishyapti bular maktabning futbo jamoasi a'zolari ekanligini qiyofasi aytib turibdi.

Mana, eng dahshatlisi boshlandi: meni ilg'ay boshlashdi.
Tengdoshlarim bilan to'la yo'lak o'rtasida beo'xshov, tanam mumkin emasdi, albatta. Odatdagi qora kiyimimni: keng ishton, va sochlarimni yopib turgan qopdek kiyimda e'tiborni tortmasligim Biroz yorqinroq, yoqimliroq, rang-barangroq kiyim tanlash sariq yozuv tushirilgan hudimni bugun bekor kiydimmikan-a kerakmidi?!
O'zim ham bilmagan holda qo'l cho'zib, boshim va bo'ynimni o'rab turgan qora ro'molni tuzatib qo'ydim, biryo'la qo'ymoqchi bo'ldim, Darvoqe, darhol payqaganimdek, aynan uning tagidan quloqchinlarim chiqib turgan-turmaganini tekshirib mana shu ro'mol sababli atrofdagilarning diqqat markaziga tushib qolgandim.
Har doim "zamonaviy" ko'rinishga, tengdoshlarimning "urfi" bo'yicha kiyinishga tirishganman, bu bilan o'rtamizdagi ulkan farqni biroz bo'lsa-da kamaytirishga harakat qilganman. Ilgari och tusli jinsi, ahmoqona chiziqlar yoki yorqin rangli yozuvlar tushirilgan qizil hudilar kiyib yurardim, ammo, boshingdan pastida nima borligi odamlarga baribirdek edi. "Aqlli gaplar oshib-toshgan" nutqlarini boshlashlari va seni biron terrorchi tashkilot a'zosiga chiqarib qo'yishlari uchun birgina shu ro'molning o'zi kifoya.
Beixtiyor boshimni egib, nigohlarimni yerga qadadim, xuddi shunday qilsam, ko'rinmas bo'lib qoladigandek. Begona nigohlar meni tashvishlantirmas, balki g'ashimga tegar, "Nimaga baqrayib turibsizlar?" deb qichqirgim kelar, ammo doim o'zimni bazo'r to'xtatib qolardim. Gohida tilimga erk berib yubormaslik uchun uni tishlashimga ham to'g'ri kelardi.
Ko'pchilik menga qarab pichirlashar, ortimdan qarab qolar, muhokama qilardi.
- Bu yerda unga pishirib qo'yibdimi? - o'ng tomondan eshitildi .

- Kiygan kiyimini qara, qulog'imga chalindi chap tomondan. Keyin har tarafdan kulgi va tirjayishlar yangradi. Parvo qilmaslikka tirishdim.
Yuqoriga olib chiquvchi zinapoya tomonga burilganimni bilaman, qo'qqisdan kimdir kelib urildi. Azbaroyi qattiq urilganidan oyoqda arang tik turib qoldim, ro'molim pastga tushib, sochlarim biroz ochilib qoldi. Tezda ro'molimni to'g'rilab, qarshimda turgan qizga tikildim. Unga juda ham "Tirband yo'lakda telbadek yelib-yugurish o'miga to'g'ri yurishni o'rgansang bo'lardi", degim keldi. Yoki "Ko'zingni kattaroq och!" debmi. Egnimdagi hudiga tushirilgan yozuvning rangi kabi zaharxanda ohangda aytishim mumkin bo'lgan gaplar yetarlicha edi, lekin tilimni tiydim.

- Voy, kechir, iltimos, - uzr so'radi u. Ovozi juda yoqimli edi. Bunaqa ovozni odatda "Oppog'oy" yoki "Sindrella" kabi ertaklarda eshitish mumkin.

- Ko'rmay qolibman.

Qarshimda sochlarini yosh boladek ikki tutamga yig'ib olgan, halloslayotgan mallasoch qiz turardi. Soch turmagi tufayli naq chinni qo'g'irchoqqa o'xshardi.

O Xudoyim, ro'molimga nisbatan bir og'iz ham zaharxanda kinoya yo'q. Bir og'iz ham! Aqldan ozish mumkin.

- Rey, iltimos, o'zingni bos,- notanish qiz shunday dedi-yu, xuddiki men boshqalardan zarracha farqlanmaydigandek ortimga yashirinvoldi.

Bu gal u menga xitob qilmayotgandi.

Shundagina biz tomonga qizdan chin ma'noda butunlay farq qiluvchi yigit kelayotganini payqadim: to'q kashtan rangli shishirilgan sochlar, tizzasi yirtiq ko'k jinsi bu yirtiqlar shimning hoshiyasini ko'tarib qo'yish va qo'nji baland kedilarni ko'z-ko'zlash uchun qilinganga o'xshardi paxtalik charm kurtka. Shu holida u o'smirlar filmlaridagi "bezori"ga o'xshardi.

Qarshimda go'yoki Denni va Sendi' turgandek.

- Men senga bisotimdagi eng qadrli narsani ishongandim - dedi Rey xuddi o'zi va hali ham ismi noma'lum qiz o'rtasida meni ilg'amayotgandek.
- Magnitofonimni ishongandim-al

- U xonamga qanday kirib kelganini bilmay ham qoldim, chin so'zim! - mallasoch hamon ortimda yashiringancha ko'zlarini begunoh pirpiratdi.

- Deniyeldek bahaybat to'ng'izni qanday, ilg'amaslik mumkin?! Uning qadam bosishidan devor titraydi-ku!

- Bo'pti, bo'pti, Rey. Kechir meni, iltimos.

Qiz, nihoyat, mendan uzoqlashib, yigit tomon ohista qadam tashladi, shu holida ota-onasi oldida ayb ish qilib qo'ygan bolaga o'xshardi. Oq koftasining etagi mahkamlab qo'yilgan katak yubkasini to'g'riladi, boshidagi soch tutamlarini qattiqroq qisdi.

- Meni kechirasan-a, to'g'rimi? - U bu so'zlarni cho'zib aytarkan, ehtiyotkorlik bilan yigitning yelkasiga qo'l tekkizdi.
- Re-e-ey?

Rey unga oʻychanlik bilan tikildi, keyin ilkis belidan tortdi-yu sevgilisini mahkam bag'riga bosdi. Yigit undan ancha baland, shuning uchun qiz boshini orqaga tashlab unga qarardi.

- Boʻpti, qizaloq,- yigit hovuridan tushdi. - Bilasan-ku, seni har qanday holatda ham kechiraman, muhabbatim.

Qiz javoban qiqirladi.

Ko'rganlarimdan shunchalik ta'sirlanib ketdimki! Bu manzara zefirdan ham shirinroq edi, nihoyat ketishga chog'lanib ilkis burildim. Lekin mallasoch meni to'xtatib qoldi:

- Shoshma!

Tag'in o'girilib, qoshlarimni savolomuz chimirdim.

- Yangi o'quvchimisan? Ilgari seni bu yerda hech ko'rmaganmiz.

Birdan o'ylanib qoldim, yuzimdagi samimiy ajablanishni ular ilg'ashayotganmikan? Hayron qoldirayotgan narsa men odatda duch keladigan dimog'dor qarashlar bu juftlikka mutlaqo begona edi. Xuddi meni o'zlaridan biriday qabul qilishayotgandek.

- Bugun maktabda birinchi kunim, .- dedim tezda suhbatni yakunlash maqsadida

- Ajoyib! - qiz jilmayib, qo'l choʻzdi. - Xush kelibsan! Ismim Rubi, Tanishamizmi?

Uzatilgan qo'lga qarab, darhol bo'lmasa ham javoban qo'l cho'zdim. Odamlar bilan kamdan-kam tanishaman, shuning uchun har gal o'taketgan darajada o'ng'aysizlanaveraman.

- Lamiya, - javob berdim.

- Naqadar noodatiy ism... Birinchi bor eshitishim - Va kutilmaganda yigiti yodiga tushib qolgandek tezda qo'shimcha qildi: - Bu esa yigitim Rey.

Rey ham qo'l cho'zdi, lekin bu gal javob bermadim: musulmon qizlar notanish erkaklar bilan jismoniy muloqotga kirishishlari mumkin emas.

Yigit xijolat tortib, asta qo'lini qaytarib oldi, nega bunday qilganimni tushungandek, qo'pollikka yo'ymagandek ko'rindi hatto. Har holda shunga umid qilayotgandim.

Yo'lak bir zumda chinqiriqqa to'lib ketdi: qo'ng'iroq jarangladi.

- Mayli, biz boraqolaylik, lekin, albatta, yana ko'rishamiz, Lamiya! - dedi Rubi vaziyatni o'nglashga uringandek. U yigitining qo'lidan tortqilab, yo'lakka boshladi, olomonga singib ketishdan avval baland ovozda xitob qildi: - Aytgancha, ro'moling menga yoqdi.

Bu oxirgi bir necha oyda meni samimiy jilmayishga undagan ilk so'zlar edi.

Garchi bu zig'irchalik ishonch bo'lsa-da, baribir maktab ostonasini hatlab o'tayotganimdagiga nisbatan kamroq asabiylashayotgandek edim.

Mana, uzoq kutilgan raqam va harf tushirilgan kichkina taxtacha. Eshikni taqillatib o'tirmay, to'g'ri sinfxonaga kirib bordim.

Xonaki gullar bilan bezatilgan kichik yorug' xonada hayot qaynardi.

Allaqachon qo'ng'iroq chalinganiga qaramay, yangi sinfdoshlarim odob-axloqni yig'ishtirib qo'ygan, har kim ko'ngli tusagan ish bilan mashg'ul edi. Kimdir bumboksini jaranglatib musiqa tinglayapti sevimli guruhim "Modern Talking" ohanglarini darrov tanidim. Kimdir esa qulog'ida quloqchin bilan ming'irlab, darslikni bejash bilan ovora.

Menga hech kim e'tibor qaratmadi, fursatdan foydalanib, sinf bo'ylab borib, oxirgi partani egalladim. Ryukzakimni polga tashlab, kursiga o'tirdim va sinfdoshlarimni diqqat bilan ko'zdan kechira boshladim. Sinfda o'ttiz chog'liq kishi bor, bundan kam emas. Hamma shunaqangi zamonaviy va silliqki, ko'nglim ozib ketdi. Bir nechta yigit derazaga yaqin partalarni band qilib, birga vaqtichog'lik qilishar, ikki qiz pardoz anjomlarini chiqarib, yuzlariga bo'yoq chaplashga tushib ketishgandi. Sinfda juftliklar ham ko'zga tashlanadi: masalan, deraza oldida o'tirgan yigit va qiz bir-biridan ko'z uzmay, hiringlashar, suykalishayotgani shundoq bilinib turardi.

Qo'qqisdan sinfxona eshigi keskin ochilib, xayollarim boʻlindi, atigi bir soniya avval xonani to'ldirib turgan shovqin xuddi hech qachon mavjud bo'lmagandek tindi. O'quvchilar o'z joylarini egallab, qadlarini rostlashdi. Musiqa o'chdi, sinfxona sukunatga cho'mdi.

- Salom, bolalar, - dedi rang-barang kiyingan ayol og'irharsillab xonaga kirarkan.
- Kechikkanim uchun uzr, lekin shoshilinch ish chiqib qoldi, zudlik bilan ketmasam bo'lmaydi. Yigirma daqiqacha bo'lmayman. Dars oxirigacha qaytmasligim ham mumkin.

O'tirganlarning deyarli hammasi jim turishni ma'qul ko'rmay, shodon uvillashdi.

- Xo'sh, sekinroq, iltimos, - ayol ko'ylagini va och tusli paxmoq sochlarini to'g'rilarkan, menga ko'zi tushdi. Ro'molimga shubhali ko'z yugurtirdi.
- Faqat... faqat ketishdan avval yangi o'quvchimizni sizlarga tanishtirmoqchiman. - U qo'lidagi qog'ozga birrov ko'z tashlab, ismimni o'qidi: - Lamiya Uayt xonim.

Imkonim bo'lganida, so'zsiz, sinf bilan tanishuvni o'tkazib yuborish uchun vaqtni oldinga surgan bo'lardim. Afsuski, buning iloji yo'q, chunki menda doktor Braunning vaqt mashinasi ham yo'q, Marti Makflay bilan tanish ham emasman. Shuning uchun o'qituvchi o'rnimdan turib o'zimni tanishtirishni so'raganida itoat qilishdan boshqa choram qolmadi.

Nigohlar shu zahoti menga qadaldi. Oldinda o'tirganlar o'girilib, jo'rttaga chapillatib saqich chaynagancha tikilib qolishdi, xuddi shu yerdaligimni endigina payqagandek.

- Ismim Lamiya. Ota-onam sokinroq mavzega ko'chib o'tishni ma'qul ko'rishdi. Shuning uchun bu yerdaman.

Aytganlarim ortig'i bilan kifoyadek ko'rindi, shuning uchun qayta joyimga o'tirdim. Bir lahza sinfga jimlik cho'kdi. So'ng yana muallimaning ovozi yangradi:

- Do'stona sinfimizga xush kelibsiz, Uayt xonim, - zoʻraki iljayib dedi o'qituvchi. Nigohlari nima demoqchiligini ko'rib turibman: o'sha ishonchsizlik, o'sha sergaklik. - Men Nort xonimman. Maktabda har qanday masala bo'yicha menga murojaat qilishingiz mumkin. - U soatiga ko'z tashladi-yu, borligimni zumda unutib, tezda qo'shib qo'ydi: - Ko'rishguncha! Ketishim kerak, bolalar.

U shosha-pisha stoldan bir necha darsliklar, allaqanday eshikni sharaqlab yopdi. Muallima ketishi bilanoq birov buyruq qog'ozlar va jildlarni yig'ib olgach, sinfxonadan otilib chiqdi-yu bergandek xonada yana shovqin ko'tarildi.

Qarshimda tim qora sochlari kalta qirqilgan, yorqin sariq rangli sviter va kalta jinsi yubka kiygan qiz turardi. U men ahmoqona chapillagan saqich tovushi aynan unga tegishli tomonga ohista burilib, moviy bo'yoq surilgan ko'zlarini tikkanida bo'lganini tushundim. Sinfdosh qiz meni shunchalar bezbetlarcha ko'zdan kechira boshladiki, g'ashim qo'zishi uchun atigi bir necha soniya kifoya qildi.

- Biron muammo bormi? savolomuz chimarilib so'radim.

U tilga kirgan hamon shovqin to'satdan to'xtadi, hamma bizga tikildi.

- Manavi lattani nega kallangga oʻravolganingni tushunishga urinyapman, - dedi saqichli qiz.

Atay jig'imga tegish uchun bo'lsa kerak, koʻpchilik piq etib kulib yubordi. Lekin boya aytganimdek, bunga allaqachon ko'nikib ketgandim, qizning har bir so'zi qulog'imdan sirg'alib o'tib ketardi.

Engashib, kerakli darslikni olish uchun ryukzakimni kavlashtira boshladim. Asabimga o'ynashga astoydil kirishga saqichli qizga bu umuman yoqmadi: ryukzakni keskin qo'limdan yulqib oldi, irg'ib turdi-da deraza oldiga yugurib ketdi. Sinfdoshlar nafaslarini ichga yutgancha mening munosabatimni kutishardi.

- Kris! qichqirdi allakim. Ehtiyot bo'l! Bitta-yarimta Mustafoga shikoyat qilsa, hammamizni Iroq tomonlarga ko'tarib ketib qolishmasin yana.

Gurra kulgi ko'tarildi, kimdir partaning ustiga o'tirib olib, xuddi sirkda tomosha ko'rayotgandek chapak chala boshladi. Bu haqiqatan ham sirk edi, aks holda kap-katta odamlar shunaqa ahmoqgarchilik qilib o'tirishini qanday izohlash mumkin?

Men esa o'tiraverdim. Ha, o'tirardim-u g'iring demasdim. Bu bemazagarchilikni davom ettirishlariga sabab topib berishni istamaganim sababli bo'lsa kerak. Juda ko'p hollarda qasddan sukut saqlash ehtimoliy haqorat va kalakalardan asrab qoladi.

Bularning barini eshitib o'tirishga vaqtim yo'q.

- Ryukzakni ber, - dedim. Hazilakamiga jahlim chiqmayotgani ko'rinib turardi chog'i. Yoki aksincha o'ta yuvosh ko'ringandirman balki.

Kristina tirjayib turar, bu tirjayishdan ichim alanga-yu otash bo'lib yonardi.

Qalbimda ularga, ularning har biriga nisbatan nafrat lovullab, tushunishga bo'lgan har qanday istakni kulga aylantirdi. Ularni hech qachon tushunmayman. Menga nisbatan bu asossiz harakatlarning hech birini aslo kechirmayman.

- Bermasam-chi? - so'radi u. - Bilasanmi, menda bir fikr bor. Kristina derazani ochib davom etdi: - Har ehtimolga qarshi.

Ryukzakim, yangigina, yoz bo'yi saraton quyoshining taftida terlab-pishib qilgan mehnatim evaziga pul yig'ib olingan ryukzak maktabning uchinchi qavatidan pastga uchib tushdi. Yerga tushgani eshitilmadi, hoynahoy, g'azabdan quloqlarim bitib qolgani uchun bo'lsa kerak.

- Voy, kutayotgani aniq. Ataylab qilmadim. - dedi Kristina zo'raki achinish bilan.

Unga uzoq tikildim. Abadiyat o'tib ketgandek tuyuldi.
Ichimda xuddi buloqdek qahr qaynab kelardi. Bu qahr tashqariga kuydirib yuborishi tayin. Sabr, sabr, sabr, Lamiya, derdi ichimdagi otilsa, bu yerda o'tirvolib meni kalaka qilayotganlarning basharasini ovoz. Sabr najot faqat unda. Seni tushunmayotganlarga sabrli bo'l, zora, qalblari yumshasa.

Ko'nglim taskin topgandek bo'ldi, axir oqshomlaming birida Qur'on tilovat qilayotgan onamdan shunga o'xshash gap eshitgandim. Nigohlarim Kristinaga qadalgan, lek xayolan undan, barchadan olislarda edim. Ammo u jim o'tirmadi, har bir harfni chertib-chertib masxaraomuz ohangda dedi:

- Xo'sh, qo'lingdan nima keladi, sassiq kelgindi?

Chindan ham qo'limdan hech narsa kelmaydi.

Uchinchi Bob

Tanaffusdan darak berib baland ovozda qo'ng'iroq chalingach, sinfdan o'qdek otilib chiqib, maktab hovlisiga shoshildim. Ryukzakni qidirish o'n daqiqacha davom etdi; u men uchun jahannamning bir parchasiga aylanib ulgurgan sinfxonaning derazasi ostida yotardi.

So'ng peshin namozini qayerda o'qib olish haqida o'ylay boshladim, allaqachon vaqt bo'layotgandi-da. Lekin qulay joy topib ibodat qilish (bizning ibodatimiz esa hammaga ma'lum nasroniycha ibodatdan ancha farq qiladi) o'z yo'liga, buni yaramas o'smirlarning ko'zidan panada amalga oshirish umuman boshqa ish. Mana shunday chigal masala qarshisida qoldim.

Maktabning kenggina, hayot qaynab turgan hovlisini sinchkovlik bilan ko'zdan kechirib, bitta xulosaga keldim: namozni faqat shu yerda, chim ustida, tanaffus vaqtida piknik uyushtirib o'tirgan o'quvchilardan uzoqroqda o'qib olishim mumkin. Hovlida daraxtlar mo'l-ko'l, atrofni jonli pardadek o'rab turardi. Qor allaqachon eriy boshlagan, och yashil maysalar nish ura boshlagan.

Uzoqda yerga do'p etib koptok tushdi: qizlar orasida alohida nom chiqargan yuqori sinf yigitlari baqir-chaqir qilgancha basketbol o'ynashardi. Maktab fasadida osig'liq ulkan soatga qaradim. Namozga hali ulguraman, hozir esa javonchamni topib olishim kerak, birinchi darsdan avval ilojini qilolmagandim.

Javoncha raqamini bilaman, kalitni esa kecha oqshom, dadam yangi maktabda asqatadigan barcha ma'lumotlar tushirilgan qog'ozni topshirayotganida olgandim. Tabiiyki, meni maktabga oyim emas, dadam joylashtirgandi. Oyim ma'muriyat xonasida qora libosda ko'rinish bersa bormi, direktor katta ehtimol bilan uning qizini qabul qilmaslikdek jozibali fikr bilan kurashishiga to'g'ri kelardi. Oyim doim to'q rangli, keng xalatdek va xuddi shunaqa ro'mol kiyib yurardi. Ishonchim komil, maktabga meni dadam joylashtirishini aynan oyim talab qilgan, chunki bu yerga tashrifining ehtimoliy osilib turadigan serbar ko'ylaklar oqibatlarini juda yaxshi anglagan.

Yana binoga kirib, menga tikilayotgan qiziquvchan nigohlarga parvo ham qilmay, uzun yo'lakda tezda javonchamni topib oldim va sharaq-shuruq qilib ochdim. Ryukzakdagi darsliklar tezda javonchani to'ldirdi, faqat taroq yoki pardoz anjomlari kabi mayda-chuydalarga joy qoldi. Tabiiyki, menda unaqa narsalar yo'q. Yoshlarbop amerikancha filmlardagi o'smirlar odatda javonchalariga qalashtirib tashlashni yaxshi ko'radigan mayda. chuyda bekorchi narsalar menga mutlaqo begona edi. Tentakdek kameraga qo'l silkib ishshayib tushgan suratlarim ham yo'q.

- Qara, bu ahmoqona kechki ovqatni xayolingdan chiqarib tashlarsan-a? - oldimda erkakcha ovoz yangradi. - Balki bu la'nati konsertga tushish uchun birdan-bir imkoniyatimizdir! Uni qo'ldan chiqarib bo'ladimi axir?!

Boshqalarning suhbatini poylashni umuman istamasdim, burilib nari ketmoqchi ham bo'ldim ham, ammo allakim yelkasi bilan meni turtib yubordi, uning o'zi ham menga e'tibor qaratdi.

- Voy, uzr, dedi notanish yigit u tomonga o'girilganimda. Uning ovozida o'zim kutgan kinoya yoki masxarani ilg'amadim. Aksincha. Tamoman samimiy, yengil istehzo bilan uzr so'rardi.

- Ches, qara, - kaftining tashqi tomoni bilan do'stining qovurg'asiga shapatilab dedi u. Taajjublanganga o'xshamaydi, xuddi ro'molli qizlarni har kuni uchratib yurgandek.

- Kiyiming chakki emas, qizaloq, dedi suhbatdoshi.- U oshkora masxaromuz nigoh bilan meni ko'zdan kechirdi.

- Ha-a, - dedi birinchisi. - Bunaqasini har kuni ko'ravermaysan.

Qizarib ketdim, shekilli. Xijolatdan emas, balki ikki yildirki doimiy hamrohimga aylangan taranglik hissidan.

Olifta kiyingan, xavfli darajada ko'rkam, mendan katta ko'rinadigan ikki yigit javonchalarini ochishdi, men esa ularga qo'shni ekanligimdan dahshatga tushdim. Nega endi xavfli? Chunki aynan "zo'r yigitlar" shunaqa ko'rinishadi. O'ziga xos elita. Bunaqalardan esa biron yaxshilik kutib bo'lmaydi.

Yigitlar deyarli darhol meni unutib, allaqanday o'yinlar, rok-guruhlarning konsertlari, yangi avtomobillar haqidagi xabarlar va turli erkakcha mavzularni muhokama qila ketishdi, men esa ularga e'tibor bermay, yana javonchamga burildim. Ketishga chog'lanishganida "qizaloq" deb atamagani birdan burilib, so'z qotdi:

- Xush kelibsan sharq go'zali.

Va jilmaydi.

Odatda odamlar meni ta'nali yoki hatto oshkora norozi nigohlar bilan siylashadi, ammo notanish insonning birgina-yagona tabassumi kayfiyatimni ko'tarishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim.

Ches ismlisi do'stining ko'ksidan hazilomuz itarib, beozor so'kinib qo'ydi. Ortiq men tomonga qaramay, yo'lak bo'ylab uzoqlashib ketisharkan, ularning ortidan tikilib qoldim. Esankirab qolgandim: bu nimani bildiradi?


Shunday qilib, maktabda peshin namozini o'qiy olmadim. Qo'rqoqligim sababli, yana haqoratlarga nishon bo'lishni istamaganim bois.


Mening ham qiziqishlarim bo'lsa. da, hech qachon ularni yaqinlarim bilan boʻlishmasdim, chunki...

Chunki nima bilan shug'ullanishim-u nimani yoqtirishin hech kimga qiziq emas, deb hisoblardim.

Navbatdagi rasvo tongda o'rnimdan turib, to'shagimni to'g'riladim, sochlarimni tarab, tugib qo'ydim va yuvinish xonasiga yo'l oldim. Odatda soat vettida yuvinish xonasi allaqachon band bo'lardi, lekin bir soat vaqtliroq uyg'ongandim, shuning uchun eshik ochiq, boshqalar yo endi uyqudan ko'z ochishyapti, yoki hali ham uyquda.

Bugun maktabga piyoda borishga qaror qildim, shu bois tabiiyki, yoqlamasdi. Islomda bu joiz emas. Ayollar ko'chaga vaqtliroq turishga to'g'ri keldi. Oyim yolg'iz piyoda sayrlarimni, mahram erkaklar hamrohligida chiqishlari shart. Bu ota, aka-uka, tug'ishgan amaki, tog'a, bobo bo'lishi mumkin. Umuman olganda, oldida boshyalang yurish mumkin bo'lgan yaqin erkak qarindosh. Bunga mutlaqo qarshi emasman. Bularning bari Islom haqida yuzaki bilishdan nariga o'tmaydigan, o'zini bilimdon sanaydigan aksar ko'pchilik va nomiga "musulmonlar" o'ylaganidek, ayolni kamsitish uchun qilinmaydi.
Balki bunda ayolning himoyasi maqsad qilinadi, zero, hozirgi zamonda (umuman barcha davrlarda ham) qiz bola bo'lib tug'ilish chindan ham xavfli.

Lekin bugun maktabga piyoda borgim keldi, istaklarimni deb ayrim qoidalarni buzdim.
Soat yettida allaqachon tayyor edim. Oshxonaga o'tib, doim stol ustida turadigan, oyim bozorlik roʻyxatini yozadigan yondaftardan bir varaq uzib, maktabga yolg'iz ketganimni yozib qoldirdim. Qaytganimda oyim navbatdagi ma'ruza bilan qarshi olsa kerak, lekin oniy lahzada miyamdan yarq etib o'tgan bu ogohlantirishga e'tibor bermadim.

Xatni magnit bilan sovitkichga yopishtirdim, qulog'inda quloqchin, yelkamda ryukzak tayyorman. Tashqariga chiqib, uydagilarni uyg'otib yubormaslik uchun eshikni o'ta ehtiyotkorlik bilan yopdim.

Va yo'lga tushdim.
Quloqlarim ostida sevimli Boney M qo'shiqlari jaranglar, eriy boshlagan qordan namiqqan asfalt bo'ylab botinkalarimni sudrab borarkanman, nimalarni istashim haqida xayol surardim.
Tez orada imtihon, kelajagim shunga bog'liq, lekin undan o'ta olishimga uncha ko'zim yetmayapti. O'qishda hech qachon na o'zim, na ota-onam g'ururlanishiga arzigulik natija ko'rsatmaganman, lekin har holda yomon o'qimasdim ham. Ammo imtihonni a'lo bahoga topshirish kerak, oldimda birgina yo'l bor davlat kollejiga byudjet asosida kirsam kirdim, chunki ota-onamning meni o'qitaman deb oshib-toshib turgan davlati yo'q.
Shu o'ylar bilan muyulishdan burilganimda bir necha tengqur o'quvchilarga ko'zim tushdi. Bu yaqin atrofda Oldrijdan boshqa yuqori maktab yo'q, demak, aynan o'sha yoqqa borishayotgani aniq. Ularning orasida kecha menga sohibining qalbi kabi badbashara ko'ringan qiyofani ham tanidim.

Kristina.

Yo'limiz kesishishi yetmay turgandi!
Eskigina pleyerimning tugmasini bosib, musiqani balandlatdim, meni ilg'ab, tag'in zahrini sochgisi kelib qolsa, eshitmaslik uchun zo'r imkoniyat. To'rt nafar o'smir kulishib, nimalar haqidadir gaplashib oldinroqda borishardi. Kristina o'rtada edi. Och rangli jinsi, ko'ylagi ustidan nimcha kiygan novcha yigit uni bir qo'li bilan quchib borardi.

Narigi ikki o'smir esa nuqul ularning gapini boʻlib, umumiy suhbatga gap qo'shishyapti.
Dastlab ularga parvo qilmaslikka qaror qilgan bo'lsam ham, qiziquvchanlik zo'r keldi. Ularni kuzata boshladim.
Juda ko'p hollarda amerikalik bolalar va o'smirlarni kuzatib, ularni butkul boshqa olamda yashaydi, degan fikrga kelaman. Bu olamda taqiqlar yo'q, axloq yo'q hisobi, ammo Islomda qoralangan, ular uchun esa mutlaqo me'yoriy narsalar bisyor. Ular havoyi turmush tarzi olib borishlari mumkin, ota-onalari esa bunga qo'l siltab, taxminan shunday deyishadi: "Ular axir bola-ku. Men o'n olti yoshimda bilasizmi, qanday davr-u davron surardim!" Bu o'smirlar kaltak yeyishdan ham qo'rqmay shundoqqina uylarining oldida bemalol o'pishishadi. Men xayolimning ko'chasiga ham keltira olmaydigan ishlarni qilishadi.

Baribir biz mutlaqo turfa olamlarda yashaymiz.

To‘rtinchi Bob

Maktabga yetib borgach, atrofni inkor qilish maqsadida quloqchinni yechishga oshiqmadim. Javoncham asosiy eshikka boshqalarnikidan ko'ra yaqinroq edi, kerakli darslik va daftarlarni olish uchun kalitni chiqardim.

Yangi kundan nima kutishni bilaman yaxshilikka umid qilmasa ham bo'ladi. Lekin bir narsaga ishonchim komil: yana kimdir menga sapchishga jur'at qilsa, jim qarab o'tirmayman. Odamlar ko'pincha "namunali" qizlar o'zini undoq tutishi kerak, bundoq tutishi kerak, deb aqllilik qilishadi. Bizga muloyimlikni, xokisorlikni o'rgatishadi, zinhor-bazinhor fe'limizni ko'rsatmaslik, ya'ni ovozimizni balandlatmaslikni, yoqimtoygina, yuvoshgina bo'lishni uqtirishadi.

Bularning bariga zid o'laroq, men aslo bunaqa emasman va ikkiyuzlamachilik qilgim ham yo'q.

Javoncha darchasini ochib, kimyo darsligi va qalin daftarni oldim, sinfxonani izlab ikkinchi qavatga ko'tarildim. Bu gal o'qituvchini diqqat bilan tinglash uchun doskaga yaqinroq partani tanladim, keyin esa bir parcha qog'ozga bo'lajak imtihonlar haqida imkon qadar ko'proq ma'lumot olishim kerakligini yozib qo'ydim.

Sinfxona bo'm-bo'sh edi. Hammadan oldin kelgandim va bundan juda xursand edim.

- Keyin esa uning xonasidan oyog'i kuygan tovuqdek otilib chiqdim! Tasavvur qilyapsizlarmi?

Allaqachon musiqani o'chirib qo'yganim bois sinfxonaga kirib kelgan do'stlarning suhbatini aniq-tiniq eshitdim. Bu men maktabga kelayotib yo'lda uchratgan to'da edi.
Ularga e'tibor bermay, darslikni ochdim-u, sahifalarga sho‘ng‘ib kettim.

- Xloi-chi, uning xabari bormi? - so'radi ulardan biri.

- Yo'q, albatta, - Bu gal Kristina gapirdi (ovozidan darrov tanidim). - Bu anqov burniga tiqishtirmaguningcha, iklo dunyoda ham xayoliga keltirmaydi!

- Chester-chi, o'zini tuta oladimi? - bu gal boshqa yigitning ovozi vangradi. - Axir baribir keyin shakarguftorlik qilganinglar aniq, xuddi sizlarni Eliasning yotoqxonasida tutib olganimizdek.

Buning ortidan baland kulgi vangradi, so'ng yana o'sha ovoz gapirdi:

- Og'ayni, o'sha tun yodingdami?

Avvaliga javob bo'lmadi, keyin esa kimdir past ovozda dedi:

- Albatta. Shundan kevin choyshabni yoqib, bir oy ruhshunosga qatnashimga to'g'ri kelgandi o'ziyam.

Darrov tanidim.

Beixtiyor boshimni ko'tarib, yigitga qaradim. Bu o'sha, oxirgi ming yillikda menga jilmayib qaragan sanoqli odamlardan biri edi.

Demak, uning ismi Elias.

Biz bir xonada o'tirar, sukunatni faqat ularning kulgisi va suhbatlari buzar, go'yoki mening borligimni ilg'ashmayotgandek edi. Balki shundaydir ham. Kim bo'libmanki, mening borligimni bilishsa, shundaymi?

Elias Kristina, Chester va o'ziga o'xshagan yana bir xushbichim yigit bilan do'st; buni o'ylab, o'z-o'zidan uning shaxsiyatiga nisbatan qalbimda zaif, ammo yaqqol g'ashlik va xushlamaslik uyg'onib, kechagi tabassumdan qolgan quvonch shu'lasini o'chirdi. Hatto u odamshavanda ekanligiga umidni ham so'ndirdi. Yaxshi odam bo'lganida Kristina bilan do'stlashgan bo'larmidi?

Ularning qimmatbaho kiyimlari, soch turmaklari, so'zlashish uslubi, o'zlarini viqor bilan tutishlari e'tiborimdan chetda qolmadi. O'ta badavlat, jilla qursa, o'ziga to'q oilalardan ekanligi aniq. Men kabi emas..

- Xo'sh, ertaga tug'ilgan kunimga kelasanmi? - Chester loy tekkan botinkali oyoqlarini parta ustiga qo'yib so'radi - Yo'q, deb ko'r-chi.

- Boraman, bormay nima ham qilardim... Faqat bir shart bilan, tanish qizlaringni menga tiqishtirmaysan.

Chesterning yonida o'tirgan va menga ismi hali noma'lum bo'lgan yigit baland ovozda tanglayini taqillatib, e'tiroz bildirdi:

- Chester, og'ayni, - Elias uning uchun kuyib-pishishingni zarracha qadrlamaydil -Yaxshisi, go'zallaring bilan meni tanishtira qoll

- Ruf to'g'ri aytyapti, - dedi Elias. - Undan chiqayotgan birdan-bir to'g'ri fikrga quloq sol.

Tushundimki, ular shu tariqa menga umuman aloqasi bo'lmagan bekorchi narsalarni muhokama qilishda davom etishadi, shuning uchun yana pastga qarab, darslikka sho'ng'idim. Oh, shunchalik jonimga tegishdi-ki!

Lekin darslikka qaytgandim hamki, ularning e'tibori menga qaratildi.

- Hey, sen! - itni imlagandek chaqirdi Kristina. - Seni ko'rmay qolibmiz ham.

- Uni taniysanmi? - qiziqdi Chester.

- Ha. Kecha uning ryukzaki bilan mazza qilib o'ynadik. Shunaqami, Daniya? Yoki isming nima edi-ya?

Bu gal beparvo o'tira olmadim va nigohlarimni ko'tardim. Ko'zini lo'q qilib turgan basharalarni bir-bir ko'zdan kechirdim, rosa o'xshatib ensa qotirish istagini bazo'r yengib, baland ovozda qoʻrslik bilan zahrimni sochdim.

- Mening ismim Lamiya. Xotirang chatoqmi deyman? Parishonxotirlikka qarshi dori tavsiya qilishim mumkin ediku-ya, lekin sening vaziyatingda ish berishiga uncha ko'zim yetmaydi.

Kristina ko'zlarini ola-kula qilib, xuddi men juda kulgili gap qo'shni partaga o'tirdi. Bugun qora sochlarining bir necha tutami aytgandek qahqah otdi. Yaqinlashib, oyoqlarini chalishtirgancha ko'z-ko'z qilib turgan harir, yo'l-yo'l kofta, kalta yubka va binafsharangga bo'yalgan, yuzida yorqin pardoz. Egnida kindigini to'rpaypoq. Bunaqa ahvolda uni maktabga kirgizishlarining o'zi g'alati.

- O'zingni himoya qilmoqchimisan? - ovoziga masxara ohangini berishga tirishib dedi u. - Ish chiqmaydi. Men bilan g'ijillashmaganing ma'qul.

- Menga esa yoqyapti, to'satdan dedi Elias.

U hamon orqa partada kitobga qarab o'tirar, lekin hozir uni chetga surib, qo'llarini ko'ksiga chalishtirib oldi. Hamma ajablanib unga tikildi.

- Nima? - kuldi Ruf. - Muhtaram Eliasimizga aynan nima yoqqanini bilsak bo'ladimi?

Bu qiz Krisga o'xshaganlar bilan qanday muomala qilishni biladi.

U menga shunchalik sinchkovlik bilan tikildiki, chindan ham unda favqulodda kuchli qiziqish uyg'otgandek edim. Qorachiqlari esa ko'zining oqi bilan qariyb birlashib ketgandek: shunchalar qora-ki!

Tubsiz va hissiz nigohlar.

Yuzimni burdim.

- Men nima qildim? - Kristina xuddi aybsiz musichadek ko'zlarini begunoh pirpiratdi. - Shunchaki yangi qiz bilan tanishmoqchiman xolos. Mumkin emasmi?

- Elias tag'in o'zidan adolatli ritsar yasab, boshqalarga hurmat ko'rsatish haqida va'zxonlik qilmoqchi shekilli, - kinoya qildi Ruf.

- Nega Kris terrorchiga hurmat ko'rsatishi kerak ekan? - gapga sugildi Chester.

U menga burilib, mamnuniyat bilan javobimni kutardi. Ishshayib turgan lablari yengil titrar, ko'zlari yaltirardi.

- Originalroq narsa o'ylab topolmadingmi?- baland ovozda dedim. Hamma jimib, menga tikildi. Men esa o'rnimdan turib, partaga tiralib, kutayotgan qiyofaga kirib oldim. haqimda biron yangi narsa eshitishga jon derdim. - Variantlar bormi? - Ular menga qiziquvchanlik bilan jimgina turishar, o'zimni bunday tutishimdan hang-u mang bo'lib qolishgandi, chamasi.

- "Terrorchi" so'zining ma'nosini bilasanlarmi, loagal? Yoki sariq matbuotdagi yangiliklardan nariga o'ta olmaydiganlar xilidanmisizlar? - Nega so'rayapman oʻzi, hammasi ko'rinib turibdi-yu.

- Nima deding? - esankirab qoldi Kristina.

Ensamni qotirdim.

-O'ylaganimdan ham battar g'alcha ekansan.

Chester menga o'qrayib qaradi. Xuddi undan qo'rqishim kerakdek.

- Hey, tilingni tiy, - tahdidkorona vishilladi u. - Sevgilimni haqorat qilsang, seni ne koʻyga solishimni xayolingga ham keltira olmaysan.

- Seni esa bu haqoratlaring uchun uyingda syurpriz kutadi. - Tutunni tasvirlagandek qo'llarimni ko'tarib, cho'zib dedim. - Bu-u-um! Endi esa hazillashyapmanmi yoki jiddiy aytyapmanmi, fol ochib o'tiraver.

Qaytib partamga o'tirdim. Bu tantiq qovoqkallalarga munosib javob berib, yerga tushirib qo'yganimdan o'zimda yo'q quvonib ketdim.

Kristina jim o'tirardi. Bu ahmoqona jangda yutdim, deh ham o'ylagandim, ammo o'rnidan sapchib turgan Chesterning ovozi boshqa narsaga ishora qilardi:

- Oh, bu tahdidlaring uchun jazongni berishga sabrim chidamayapti, mushukcha... sen uchun biron bo'lakcha yo'lini o'ylab topamiz.

Unga o'girildim, og'zi qulog'ida tirjayib turardi. Filmlardagi yovuz qahramonni o'zidan vasab olgandek. Biron kasbni egallab, pul topish, o'zimni mustaqil ta'minlash uchun bu maktabni amallab bitirishim va kolleiga kirishim kerak. Haqoratlarni eshitib. har kuni bu jirrakilarga chidab o'tirishga vaqtim yo'q, shuning uchun ularni joyiga o'tqazib qo'yish kerak. Odatda janjalni pulga sotib oladigan bunaqalar boshqalarning azoblaridan oziqlanishadi, qurbonlari lattadek jim o'tirganidagina o'zlarini kuchli his qilishadi. Men esa bunaqa emasman, boshimda qanday ro'mol bo'lmasin, bunday bo'lmayman ham.

Unga o'girildim, og'zi qulog'ida tirjayib turardi. Filmlardagi yovuz qahramonni o'zidan vasab olgandek. Biron kasbni egallab, pul topish, o'zimni mustaqil ta'minlash uchun bu maktabni amallab bitirishim va kolleiga kirishim kerak. Haqoratlarni eshitib. har kuni bu jirrakilarga chidab o'tirishga vaqtim yo'q, shuning uchun ularni joyiga o'tqazib qo'yish kerak. Odatda janjalni pulga sotib oladigan bunaqalar boshqalarning azoblaridan oziqlanishadi, qurbonlari lattadek jim o'tirganidagina o'zlarini kuchli his qilishadi. Men esa bunaqa emasman, boshimda qanday ro'mol bo'lmasin, bunday bo'lmayman ham.

Namoz barcha musulmonlar uchun farz ibodat, shaxsan men uni o'n besh yoshimda o'rganganman. O'shanda atrofimdagilar buni salbiy qarshi olishdi. Ular yangiliklardan bosh ko'tarmaydigan, mahalliy gazetani o'qimasa tongi yorishmaydiganlarning farzandlari edi. Ular har bir musulmon boshqa dinga e'tiqod qiluvchilar yoki umuman dinsizlar bilan jang qilishga bel bog'lagan ehtimoliy yoki amaldagi terrorchi ekanligiga ishonishardi. O'z ota-onalarining ta'sirida bo'lgan tanishlarimga aslida mutlaqo bunday emasligi, Islomda zo'ravonlik, ayniqsa, odamkushlik qoralanganini tushuntirish befoyda edi. Kim ham menga quloq solardi? Hech kim.

Odamlar butun boshli din, irq yoki millat haqida bir nechta salbiy misollar asosida xulosa chiqarishni, hammani bir go'rga tiqishni juda yaxshi ko'rishadi. Dinimni mendan u bilan hamnafaslikda o'sgan odamdan yaxshiroq bilamiz, deb o'ylashadi. Avvaliga bu g'ashimni keltirardi, keyin esa ko'nikdim. Ta'nali qarashlarga ko'nikdim. Menga ko'zi tushgach, ayrimlarning metro vagoni yoki avtobusdan tushib qolishiga ko'nikdim. Pana-pastqanda muhokama qilishlariga ko'nikdim. Hatto politsiyachilar ham hech bir sababsiz ryukzakimni ochib ko'rsatishimni so'rashlariga ko'nikdim.

Bunga allaqachon ko'nikkanman, shuning uchun xavotirlanishga hojat yo'q.

Namozni tugatganimda birdan orqamda shoxning shitirlagani eshitilib, meni mitti olamimdan yulqib chiqardi. Biroz dovdirab, hatto navbatdagi jangga shaylanib, keskin o'girildim.

Bir necha qadam naridagi daraxt oldida Elias turardi. Daraxt tanasiga suyangancha, yashirinib joynamoz ustida ibodat qilayotganimni samimiy qiziqish bilan kuzatardi. Ibodatimni naq birinchi qatordan tomosha qilishga ulgurgan ko'rinadi.

Allanechuk bo'lib ketdim.

Avvaliga shoshib qoldim, keyin biroz hayron qoldin, so'ng tamoman beparvo qiyofaga kirib, joynamozni apil-tapil ryukzakka joyladim-u, imkon qadar tezroq ketish ilinjida qo'zg'aldim.

- Xo'sh, qayoqqa bunchalik oshiqyapsan? - olib iljaydi u. menga yetib

Javob bermadim, o'zimni u tomonga qaramaslikka majburlab, oldinga yuraverdim. Qarama, qarama, qarama...

- Bu sizlarda namoz deyiladi, shunaqami?

Bu so'zlardan keyin bir on beparvoligim ustidan nazoratni boy berdim. Taajjubim ortdi, zero, o'ziga o'xshaganlar odatda qo'llaydigan ibodat" yoki "marosim o'rniga Elias hozirgina men bajargan amalning haqiqiy nomini bilishini umuman kutmagandim. Hayratimni vashira olmadim, hatto ilk bor u tomonga o'girildim.

Elias mendan qariyb ikki kalla baland, shu sababli tepadan pastga qarab, tahdidkorona soya solib turardi. Ikki tutam qora sochi ko'zlariga tushgan. Hozir urfda bo'lgan ahmoqona turmaklarga unchalik qiziqmasligi ko'rinib turibdi.

- Nega bunchalik ajablanyapsan? - munosabatimdan oshkora maroqlanib iljaydi u.
- Senga o'xshaganlardan biri bilan qo'shnimiz. Faqat ularning qizi sendek kiyinmaydi. Senchalik jur'atli emasligi uchun bo'lsa kerak.

- Nimaga bular menga qiziq deb o'ylayapsan? - dedim qoʻrslik bilan.

U bilan gaplashishni, ehtimolki, hamma qizlar orzu qiladigan yigitlar ro'yxatiga kiradigan Eliasga hamma suqlanib qaraydigan yo'lakda u bilan yonma-yon borishni aslo istamasdim. Shusiz ham g'iybatlar yetib ortadi. Shuning uchun yana undan o'zib ketishga urindim.

- To'xta,- dedi u chekinmay.

Hamma bizga qarardi. Qanchalik dahshat.

- Quloq sol, - maktab eshigiga bir necha qadam qolganda to'xtab, unga o'girildim, - Biz gaplashishimiz mumkin emas. O'ra jiddiy, ammo masxaraomuz ohangda qo'shimcha qildim: Aks holda, seni ham, meni ham o'lgunimizcha toshbo'ron qilishadi. Elias menga bir necha soniya tikilib qoldi.

- Rosa hazilkash ekansanmi? u xuddi vaziyatdan mazza qilayotgandek hamon ishshayardi. yaxshi ko'rasanmi? O'zingni tanqid qilishni

Yo'q. chindan ham shuni nazarda tutgandek jiddiy changda davom etdim: Biz yovvoyilarmiz-ku, hammangiz shunaqa deb o'ylaysizlar axir. Shuning uchun yaxshisi qochib qol.

Tag'in burilib, hozirgi voqelikni xotiramdan o'chirish istagida oldinga intildim.

Ammo kutilmaganda Elias qo'limdan tutib oldi.

Yo'q, u terining o'ziga tekkani yo'q, faqat hudimning matosiga tegib ketdi, ammo dahshatdan ko'zlarim olayib ketishi uchun shuning o'zi yetarli edi.

- Voy. - Elias xatosini tezda tushunib, qo'lini keskin tortib oldi, chetdan qaraganda xuddi kuyib qolgandek ko'rinardi. - Aybdorman. Qo'l tekkizib bo'lmas farishta ekanliklaringizni unutibman.

U meni masxara qilardi: ovozidagi kalaka ohangi shunchalar aniq-ravshan yangradiki, vujudimni o'tkir ishonchsizlik, hatto qaysidir darajada hafsalasizlik chulg'ab oldi.

- Meni tinch qo'y, - dedim bir qadam chekinib.

- Sabab?

Uning yuzidagi tirjayish charxlangan pichoq damidan ham o'tkirroqdek tuyuldi.

-E'tiqodsizlar bilan gaplashishni o'ziga munosib ko'rmaydigan avliyomisizlar? Balki endi qo'limni chopib tashlarsan?

Ichimda hammasi ag'dar-to'ntar bo'ldi. O'zimni xiyonat qilingandek his qildim, u bilan atigi bir necha daqiqa tanishligimni hisobga olsak, bu juda kulgili edi. Lekin shunchalar qisqa muddatda ne umidlar tug'ilgandi-yal.. Va bu umid qanday zarb bilan chilparchin bo'ldi.

- Yo'qol... - dedim vishillab.

Javob berishiga ham imkon qoldirmay, ortiq hech qachon unga ro'baro bo'lmaslik istagida maktabga otilib kirdim.

***

Qornimdagi g'uldurashni inkor qilishga jon-jahdim bilan tirishgancha oshxonada o'tiribman. Oshqozonim ovqat talab qilyapti, lekin miya va gormonlar ochlikni inkor etadi. Toza havo kirib turgan ochiq derazaga ma'nisiz tikilaman, stakanimdagi po'rtaxol sharbatidan har zamonda simirib qo'yaman.

Boshqalar esa ikki lunjini to'ldirib tushlikni paqqos tushirish bilan band, ayrimlar hatto luqmasini tuzuk-quruq chaynamay yutadi. O'quvchilar tanovul chog'ida jag'i tinmay valaqlashadi, xuddiki aqalli bir daqiqa sukunat ham ularni aqldan ozdiradigandek.

Odatda o'smirlar to'da bo'lib olishni yoki juft-juft do'stlashishni yaxshi ko'rishadi. Oshxonada ham shunday edi. Faqat men eng chekkadagi stolda yolg'iz o'tirib, bu ahmoqona qoidani inkor qilayotgandim. Qoʻqqisdan Rubi men bilan birinchi bo'lib so'zlashgan o'sha qiz oldimga kelib o'tirmaguncha. U bu yerdagi yagona yoqimli odam edi, nazarimda.

- Salom, - Rubi qulupnayli sut, bir juft sendvich va yashil olma solingan patnisini oldimga qo'yib salomlashdi. - Xalal bermadim, deb umid qilaman?

Xalal berganda qandoq, yo'lingdan qolma, degim keldi, lekin menga iliq munosabat ko'rsatganlarga doim iltifotli bo'lishga urinardim, shuning uchun sir boy bermadim.

- Yo'q.- dedim. - Hammasi joyida.

- Nega tushlik qilmayapsan? - tomonga ishora qildi. u sharbatli stakan turgan

- Ishtaham yo'q.

- Kel taxmin qilib ko'raman, - qiz ortiga o'girilib, bitta stol atrofida o'tirgan Kristina, Chester, Ruf va Eliasga ishora qildi negadir ularni sezmay qolibman. - Shularni debmi?

- Yo'q. rostini aytdim.

Qisman rost har holda.

Z Bilaman-ku axir. Yangi kelganlarni masxara qilish ularning jon-u dili. Ustiga-ustak sen bunday libosdasan... Ular buni e'tiborsiz qoldirishmagani aniq. Ayniqsa Kristina.

Men do'stlar to'dasiga qarab, ertalabki suhbatimizni esladim.

Asosiysi, sen ko'nglingga olma.

Bunaqa ahmoqgarchiliklarni ko'nglimga olmayman, dedim beparvolik bilan va sharbatdan biroz ho'pladim. Mening g'ashimni keltirish oson emas.

- Bu juda yaxshi! samimiy jilmaydi u. Unda maktabimizda yashab keta olasan.

- Rubi! - butun oshxonadan sevgilisini izlab yurgan yigitning jarangdor ovozi eshitildi.

- Shu yerdaman! Bu yoqqa kel! - javoban qichqirdi qiz..

Maktabdagi birinchi kunimdayoq tanishishga ulgurgan baland boʻyli yigit oldimizga keldi. Hozir u boshdan-oyoq qora kiyinib olgandi: charm kurtka, jinsi, mayka, boshida esa kalla suyagining tasviri tushirilgan peshonaband. Filmlardagi bezorilarga o'xshash uchun o'lib-tirilib harakat qiladiganga o'xshaydi.

-O, salom, - xuddi bu harakati unchalik qonuniy emasdek ishonchsizlik bilan salomlashdi u. - Ishlar qalay?

- Joyida, - javob qildim. U patnisini stol ustiga qo'ydi biz atrofda tushlik qilayotganlardan mutlaqo farq qilmaydigan kichik do'stlar to'dasini hosil qildik. Ichimdagi damduzlik isyon qilardi.

- Uni Kris xafa qilyapti, -
menga achinib qarab qo'ydi.

- U bilan gaplashib qo'yishim mumkin, - Rey xuddiki o'zi butun maktabning qiroli-yu o'xshash muammolarni hal qilish unga cho't emasdek gapirdi.

Yig'logi va chaqimchiga o'xshab ko'rinishni aslo istamasdim, shuning uchun tezda rahmat aytib, Kristina bilan ham, uning qovoqkalla yigiti Chester bilan ham sariq chaqalik ishim yo'qligini bildirdim.

- Ularni bizchalik yaxshi bilmaysan, - dedi birdan Rubi va menga ayanch bilan qarab qo'ydi. - Bir gal Kristina Chelsi Sprousni do'pposlagan. Juda muloyim va kamtargina qiz edi, to'da esa bundan foydalanib qoldi. Chester uning boshini aylantirib yuvinish xonasiga boshlab borgan, u yerda esa Kristina poylab turgan. Hamma yog'ini momataloq qilib, ustidan gazli suv quygan. Tasavvur qilyapsanmi? Chelsi boshqa qiz topib olmaguncha bir necha soat behush yotgan. Eng muhimi, buning uchun na Krisga, na Chesterga balo ham urgani yo'q. Ular ko'ngli tusagan ishni qilishi mumkin, o'qituvchilar esa bunga ko'z yumishadi. Shuning uchun ham ular xavfli.

Qizning yelkasi osha tag'in ko'z tashlab, Kristina hammaning ko'z o'ngida yigitining labidan o'payotganini, ularning shundoqqina oldidan o'tib ketayotgan o'qituvchi bunga parvo ham qilmaganini Ko'rdim. Kristina atrofidagi mo'min-qobil o'quvchilarga, ust-Doshi arzonroq, ko'rinishi haminqadar boʻlgan yigit-qizlarga rkanish bilan qarardi. Uning ko'zlarida haqiqiy nafratni ko'rar a bularning bari sababsiz emasligini bilardim.

Odatda o'ta og'ir ruhiy jarohatlardan keyin odamlar shunaja ahvolga kelib qolishadi. Ammo Kristina menga biron zarar yetkazmoqchi bo'lsa, o'ziga rosmana, jismoniy jarohat orttirib olishi aniq. Bunga shubha qilmasa ham bo'ladi.

Chunki men Chelsi Sprous emasman va o'zimni xafa qildirib qo‘ymayman.

Beshinchi Bob

Uyga darrov qayta qolmadim.
Avvaliga Rubi ikkimiz savdo markaziga bordik, uning aytishicha, bu yerda o'tgan haftadayoq "qirqimli zo'r yubkani" ko'z ostiga olib qo'ygan, yaqin orada Rey bilan munosabatlari boshlangan sanani nishonlash uchun kiyishni juda xohlayotgan ekan. Unga ergashib do'konma-do'kon yurishga hushim yo'q edi, lekin Rubi maktabda menga iliq munosabatda bo'layotgan yagona kishi edi, shuning uchun qaysidir ma'noda uning oldida o'zimni qarzdordek his qilardim. U meni dugona sifatida ko'rayotgani aniq.
Ko'chalarda mashhur do'konlarni aylanib uzoq yurdik, deyarli har biriga kirib-chiqdik, nihoyat Rubi yorqin kiyimdagi chiroyli qiz tasvirlangan plakat osigʻliq katta do'kon oldida to'xtadi. Bu do'konda bitta lozimning narxi dadamning uchta maoshiga teng bo'lsa kerak, hoynahoy.
Rubi qo'limdan tutib tezda ichkariga kirdi va sekin-asta qatorlar oralab aylana boshladi. Aytgancha, u menga bemalol qo'l tekkizar, gohida menda xuddi ikkimiz bolalikdanoq do'st boʻlgandek mavhum hissiyot uyg'onardi. Va menimcha, bu me'yoriy hol, faqat men g'alatiroqman.
- Nima deb o'ylaysan, bu ko'ylakni restoranga kiysam, o'ta ochiq-sochiq ko'rinmaymanmi? - so'radi Rubi.
U yelka qismi ulama, tizzani ham yopmaydigan kaltagina ko'k ko'ylak haqida so'rayotgandi. Ko'ylakning hamma yog'i zarga belangan, xuddi to'qson foizi yulduzlardan iborat suvga
botirib olingandek.
Yoqqan bo'lsa, olaver, - libosga ko'z qirimni tashlab

dedim. Mening fikrimga zarurat yo'q.
-
- Masalan, sen yigiting bilan munosabatlaring sanasini nishonlashga borsang... Nima kiygan bo'larding?
Bunday holatni tasavvur ham qila olmadim. Miyam aqalli taxminiy manzarani ko'rsatishni ham istamay o'chib qolgandek edi xuddi. Shuning uchun indamay qo'ya qoldim. Rubi sukutimni xafalikka yo'ydi, shekilli, tezda o'zini tuzatishga kirishdi.
- Kechir, noto'g'ri gapirib qo'ygan bo'lsam. Tushunaman, sizlarning qadriyatlaringiz umuman boshqacha... nima desamikin, sizlar o'zgachasiz.
-
Nojo'ya gapirganing yo'q. Shunchaki xayolimga hech narsa kelmayapti. Bu savolingga menda javob yo'q, kechir.
Rubi o'ychan lab qimtib, ko'zlarimga qaradi, keyin yelka qisib yo'lida davom etdi. Uning ortidan ergashdim.
Nihoyat "shopping" nihoyasiga yetganida Rubi o'sha koʻk "yulduzli" ko'ylak, ikkita yubka, kofta va bir juft platformali tufli oldi. Rubi sovuq ranglarni tanlar, moviy, ko'k, oq va firuza tuslarni ma'qul ko'rardi. Menimcha, bu ranglar unga juda yarashar, vaholanki, bu kabi narsalarga tushunmasdim.
Uyga oqshomga yaqin, quyosh chekinib, osmon qoraya boshlaganida qaytdim. Kutilganidek, oyim ostonada yo'limni poylab turardi.
- Qayerda eding?
so'radi u bosiq ohangda.
Oyim hech ovozini ko'tarmas, ammo bu ohang baqirganidan chandon og'irroq edi.
Dugonam bilan do'kon aylandik. Shu xolos.
Meni yoki dadangni ogohlantirib qo'ysang bo'lmaydimi? Avtomat telefon uchun cho'ntak puling bor edi-ku. Kechiring, xayolimdan ko'tarilibdi.
-
Ryukzakimni yechib, poyabzallar turadigan javoncha oldiga
otdim.

Oyim, tabiiyki, norozi bosh chayqadi, ammo indamay ryukzakni ko'tarib, dahlizdagi kursiga qo'ydi.
Oshxonada sarg'ish chiroq nuri ostida, yangi damlangan arabcha choy isi og'ushida Kani, chamasi, dars tayyorlab o'tirardi. Menga ko'zi tushgach, yuziga tabassum yugurdi, sho'xchan salomlashdi.
- Salom, opa!
- Salom, Kani,
uning sochlarini toʻzgʻitib, kursiga
cho'kdim. Maktabda ishlar qalay?
- Chakki emas, sizga aytsam. Anchadan beri do'stlarim bilan bunchalik yaxshi vaqt o'tkazmagandim.
- Ko'p do'st orttirdingmi?
Butun sinf desam ham bo'ladi.
Uning muvaffaqiyatidan quvondim, hatto biroz hasadim ham keldi.
Shunchaki mendan farqli ravishda ukamga hech kim hech qachon ola qaramagan. Tashqi ko'rinishidan u boshqa bolalardan hecham farq qilmas, bu esa doim foydasiga ishlardi. Kani koʻproq inglizlarga o'xshar, Yaqin Sharqning emas, dadamning genlarini olgandi.

- Lamiya, iltimos, ortiq bunday qilma, - dedi oyim tag'in do'kon aylanishni esga solib. Har doim ogohlantirib qoʻy... Hozir esa ovqatlanib ol. Tovada ovqat isitib qo'yilgan.
U shunday deb oshxonadan chiqdi. Kani bilan yolg'iz qoldik.
Ukamning yuzida ilgari hech ko'rinmagan sirli tabassumni ilg'adim, choy quyib, qarshisiga qulayroq joylashib oldim.
- Xo'sh, nima gap? - ovozimda o'z-o'zidan qiziqish paydo bo'ldi.
Kani allaqanday asabiylik bilan nigohlarini ko'tardi-yu tag'in darslikka qarab, qisqa javob berdi:

- Hech gap yo'q.
Bu qiziqishni battar kuchaytirdi.
- Qani, gapir-chi. Maktabda biron gap bormi?
Kani atrofga alanglab, yolg'iz ekanligimizga ishonch hosil qilgach, yana menga yuzlandi, yaqinroq engashib, past ovozda so'radi:
Sizga ishonsam bo'ladi-ya, opa?
Bo'lmasam-chi. Nega so'rayapsan?
U nimanidir obdan o'ylab, biroz taraddudlandi.
- Bilasizmi, umuman olganda...
menga qaramas, xona bo'ylab yugurardi. qiz yoqib qoldi...
Uning moviy koʻzlari
- Xullas, menga bir
Yuzimga tabassum yoyildi. Bu oxirgi yarim yilda yuzimda paydo boʻlgan eng samimiy va chin tabassum edi. Hatto birov uchun chin qalbdan quvonishni ham unutib qo'ygandek edim.
- Xo'-o'-sh, - dedim choʻzib, kursida nilufargul holatida yaxshiroq o'rnashvoldim. Qiz haqida gapirib ber-chi. Chiroylimi?
Kani yengil jilmaydi, nigohlari allaqanday mavhum makonga tikildi. Qizning qiyofasini eng nozik chizgilarigacha xayolida jonlantirayotgandek edi.
- Ha, juda ham. Chiroyli bo'lmaganida sevib qolmagan boʻlardim axir, shunday emasmi?
Go'zallik o'ta nisbiy tushuncha.
U chiroyli! Hamma uchun birdek chiroyli!
- Bo'pti, iljaydim. Shuning uchun ham zerikarli uy vazifalarini og'zing qulog'ingda bajarayotgan ekansan-da? Qiz tufaylimi?

Kani boshini quyi solib, biroz jim turdi, keyin javob berdi: - U musulmon emas. U o'ta dindor nasroniy oiladan. Tushunyapsizmi, opa? Ular amalda hech narsaga rioya qilmaydigan nasroniylardan emas. Otasi ruhoniy, onasi esa koʻpincha ro'molde
yuradi.

- Bu muammo emas-ku,
- unga
dalda berishga urindim. -
din bir-birimizga muhabbat qo'yishni taqiqlamaydi, axir
hammamizni yagona Alloh yaratgan.
- Ish chiqmaydi, ukamning yuzi tezda tundlashdi, boyagi
tabassumdan asar ham qolmadi.
- U menga zarracha e'tibor
qaratmaydi. Parallel sinfdagi bir tentak qachon qarama uning atrofida parvona. Menimcha, bola unga yoqadi.
Kaniga yaqinroq surilib, yelkasiga qo'l qo'ydim. U menga qaradi.
Quloq sol, gumonlarga berilib o'tiraversang, qizni qo'ldan chiqarishing mumkin. Dadilroq bo'l. Parallel sinfdagi allaqanday tentakka bo'sh kelishing kerak emas. Agar qiz senga chindan ham yoqsa va ochiqchasiga rad javobini bermasa, demak, umid bor. Nasroniyligi muhim emas. Harakatga tush, Kani. Oldiga bor, gaplash, shunda hammasi oydinlashadi. Har holda kelajakda nega harakat qilmagan ekanman, deb afsuslanib yurmaysan.
Jimib qoldim, xonaga sukunat cho'kdi, yaxshilab o'ylab ko'rishi uchun aynan shu kerak. Kanining yuziga yana tabassum qaytdi. Yengil tortib, xursand jilmaydi.
- Rahmat, opa,
dedi u.
- ochishim mumkinligini bilardim. Siz eng yaxshi opasiz. Faqat Faqat sizga ko'nglimni oyimga og'iz ochmang, maylimi?
Javob o'rniga ko'rsatkich barmog'imni labimga bosib, bosh irg'idim, ukam so'zsiz tushundi.
Ishonch va samimiyat - bizni mana shu yaqinlashtirib turardi. Hech qachon bir-birimizdan sir yashirmaganmiz, ko'pchilik opa- ukalardan farqli ravishda tortishmaganmiz, mushtlashmaganmiz, bir-birimizni masxara qilmaganmiz. Har doim haqiqiy oila bo'lganmiz. Bizga juda yaxshi tarbiya berishgani

Kani bilan xayrlashib, xayrli tun tilagach, o'zimning kichik, ammo shinam xonamga ko'tarildim.
Ko'chganimizga ancha bo'ldi, lekin hali ham hamma qutilarni joylashtirganim yo'q. Ular burchakda turgancha, o'ziga navbat yetishini sabr bilan kutishardi. Karavot jalyuzi va qora-oq parda ilingan katta derazaning shundoqqina qarshisida joylashgan. Deraza tokchasida har doim quloqchinlar, sham va arzon -garov do'konlardan biriga oyim bilan borganimizda olingan kichik kaktus turardi. Oqqa bo'yalgan yog'och karavot ustiga naqshin choyshab pala-partish to'shalgan, ustidan rang-barang oltita yostiq tashlab qo'yilgan. G'aladon ustida oq xolli qora chiroq turardi, uxlayolmay qiynalganimda aynan ular yordamga kelar, xollarni qayta-qayta sanaguncha ko'zim ilinardi. Qarama-qarshi devor oldida dars stoli, uning ustida doim kitoblar qalashib yotardi. Yana dadam o'n to'rt yoshimda sovg'a qilgan eskigina kompyuter ham bor. Undan ko'p foydalanmasdim, shuning uchun odatda artish istagi paydo boʻlmaguncha chang qoplab yotardi.
Kursi suyanchig'iga ro'molimni tashlab, o'zimni karavotga otdim, sevimli momiq yostiqlarimga yuzimni bosib yotdim. Avval pardani, keyin jalyuzini qiya ochib, begona uylarda yonib turgan chiroqlarni tomosha qila boshladim.
Shiftlari past, devorlari yupqa, chog'roqqina ikki qavatli uyimizning shundoqqina ro'parasida, ensiz yo'lning narigi tomonida hashamatli qo'rg'on joylashgan, unda allaqanday boy oila istiqomat qilardi. Bugun oqshom uyning derazalarida chiroq
porlab turibdi.
Uy egalari bilan tanishishga hali ulgurmadik. Tanishish u yoqda tursin, ularni biron marta ko'rmaganman ham. Ammo aniq tasavvur miyamda mahkam o'rnashib olgandi: o'zini qirol deb o'ylaydigan allaqanday boyvachcha ahmoqlar-da.

Yonboshlab yotgancha nim ochiq parda ortida ko'zga tashlanayotgan soyalarni kuzatarkanman, ongsiz ravishda nigohlarim pastga sirg'alib, kirish eshigiga tikildi, shu mahal xuddi uyning istiqomatchilarini bir marta bo'lsa ham ko'rish istagimni ilg'agandek, eshik ochildi. Oq xalat kiygan novchagina ozg'in ayol chiqdi, tashqi ko'rinishi haqida unchalik qayg'urmasligi ko'rinib turibdi. Ayolning hatto oddiy uy kiyimida, och tusli sochlari soddagina tugib qo'yilganida ham chiroyli ko'rinishini hisobga olsak, uning o'mida bo'lganimda, meni ham tashqi ko'rinishim tashvishlantirmagan bo'lardi. Ayol yengil qadam bosib pochta qutisiga yaqinlashdi, undan kichik xatjildni oldi. Yana tezda eshik ortida g'oyib bo'ldi, parda ortida kimningdir yashirin hayoti yana o'z yo'sinida davom etardi.
Birovni poylayotganim yarq etib miyamga urildi, tezda pardani yopib, shiftga tikilib qoldim. Xayollarim ostun-ustun. Maktab, oila, onam bilan o'zaro munosabatlarim va boʻsagʻadagi imtihonlar haqida o'ylardim. Bu imtihonlar hozirgi mavjudligimning mohiyati, deyish mumkin. Agar yaxshi ball to play olmasam, katta ehtimol bilan kuchli depressiya va hafsalasizlik qa'riga qulayman. Xullas, buni qabul qila olmayman.
***
Qo'lga arang sig'adigan qalingina darslikni olib, javoncha darchasini yopgach, oyoqlarim tagiga tushgan bir parcha qog'ozga ajablanib nazar tashladim: u javonchadan tushdi, chamasi. Avvaliga parvo qilmaslik haqida o'yladim, chunki xayolimdagi ovozlar vahima sola boshlagandi: "Kimdir biron sassiq gap yozgan bo'lsa kerak-da". Lekin qiziqish ehtiyotkorlik va o'zini asrash hissidan ustun keldi, engashib, xatni ikki barmog'im bilan ilib oldim.
"Hey! Bu xatni olgan bo'lsang, demak, hayotda omading chopibdi! Indin tug'ilgan kunim munosabati bilan uyushtirilayotgan ziyofatga seni taklif qilaman. Yorqinroq kiyin.
Kutaman!
Manzil: Ostin ko'chasi, 52-uy, Forest Hills".
Va eng quyida imzo: Chester Baka.
Javonchalar oldida turgancha atrofdagi g'ala-g'ovurga parvo ham qilmay, xatni shunchalik ko'p qayta-qayta o'qidimki, qog'oz parchasi nigohlarimga dosh berolmay yonib ketsa ham ajablanmasdim. Ishonchsizlik, kalaka, ijirg'anish va hatto qaysidir darajada nafrat - nigohlarim satrlar aro harakatlanar, ichimda ayni hislar tug'yon qilardi.
Burilib, o'zaro so'zlashayotgan Rubi va Reyga koʻzim tushdi. Ular tentaklarcha iljayib, ehtimolki bir-birining bema'ni hazillariga kulishdan to'xtashmasdi. O'ylab o'tirmay, ularning oldiga borishga ahd qildim. Har holda endi ularni xavf sifatida ko'rmay, xotirjam yaqinlashishim mumkin, degan fikrda edim.
-
- Salom, Rubi, Rey, tezda shunday deb xatni uzatdim. - Bu nimani bildiradi, nima deb o'ylaysizlar?
Rubi qo'limdan qog'oz parchasini oldi-yu ko'z yugurtirib, Reyga ajablanib qaradi, o'z navbatida, u ham Rubidan kam taajjubga tushmagandi.
-
Bu qayerdan qo'lingga tushib qoldi? - so'radi Rey.
Kimdir javonchamga tashlab qo'yibdi.
Chester seni tug'ilgan kuniga taklif qilibdi.
Bu shundoq ham ma'lum, shuning uchun taklifnomani ularga ko'rsatishga qaror qilganimdan afsuslanib ham ulgurdim.
Qiziq, chunki ularning tug'ilgan kun ziyofatlari odatda begonalar uchun yopiq bo'ladi. Maktabdagilarning ta'biri bilan aytganda, ular faqat "tanlanganlar"ni taklif qilishadi.
- Balki adashib, boshqa javonchaga tashlab qo'yishgandir-a? -xayolimdagi taxminni tilimga chiqardim.

- Yo'q, Lamiya. Bu yerda sening isming yozilgan. Rubi xatning orqa tomonidagi yozuvga ishora qildi: "Lamiya Uaytga". Endi achchig'im chiqa boshladi. Xatni qaytarib olib ham o'tirmadim, ensamni qotirgancha qisqagina "tushunarli",
dedim-u burilib, yo'limda davom etdim.
- Hoy, qayoqqa?
-
Rubi darslikni ko'ksiga mahkam
bosgancha ortimdan ergashib, to'xtatdi.
-
Xo'sh, borasanmi?
Rey ikkimizni ham taklif qilishgan. Birga borishimiz mumkin. Yo'q, hech qayoqqa bormayman. Kundek ravshan emasmi bu axir?
- Lekin nega? Sening o'rningda har qanday yangi o'quvchi xursandligidan yettinchi osmonda uchib yurgan boʻlardi.
Bu bilan meni yana kalaka qilmoqchi ekanliklari nahot tushunarli bo'lmasa? Ularga qarshi borganim uchun hali afsuslanishimni aytishgandi, shunday ekan, yaxshilik kutib boʻlmaydi. Bu kabi ziyofatlarga xushim yo'q, shuning uchun mensiz boraveringlar.
Rubining og'iz ochishiga-da imkon qoldirmay zinapoya sari qadamimni tezlatdim, ikkinchi qavatga ko'tarilib, biologiya xonasini izlab ketdim. Biroq qo'qqisdan yo'lakning narigi boshida borayotgan Kristina va Chesterga ko'zim tushdi-yu, to'xtab, lip etib devor ortiga yashirindim. Hozir yana zaharxanda gaplarni eshitib o'tirishga, imtihonlarga tayyorlanish uchun kerakli quvvatimni ularga sarflashga tob-u toqatim yo'q. Maktabdagi mojarolarga ham, ularning bosh qahramoni bo'lishga ham vaqtim yo'q.
-
Kimdan yashirinyapsan? - shundoqqina qulog'im ostida shivirladi kimdir.
Sapchib tushdim, shivirlash ortidan qisqagina kulgini eshitib, keskin o'girildim.
Voy, tag'in cho'chitib yubordimmi? - Elias burchakda

turgancha, nafasimni rostlashga urinayotganimni mamnun kuzatib turardi. Uning qora ko'zlari shumlik bilan yalt etdi.
Seni tug'ilgan kunga taklif qilishdi, - dedi u xuddi xursandlikdan sakrashim kerakdek. - Borasanmi?
Qo'limdagi darslik va daftarlarni, keyin esa boshimdagi ro'molimni to'g'rilab, nari ketdim.
-
Nega bunaqa qo'rssan?
so'radi Elias.
-
tezda menga yetib olib,
Gapimga xafa boʻldingmi?
Shunchaki hazillashyapman axir.
-
U yana kuldi.
-
Sen Kristina bilan do'stsan. Shuning o'ziyoq sendan uzoqroq yurishim uchun yetib ortadi.
Uning shaxsiyatiga nisbatan favqulodda qiziqishimdan va o'zimdan ajablandim. Yo'q, bunday emas. To'g'rirog'i, u bilan gaplashish uchun yana o'zimga imkon berganimdan hayron edim. Odatda bunday bo'lmasdi.
Elias tag'in iljaydi,
Sal bag'rikengroq bo'lsang-chi, bu uning odatiy yuz ifodasi boʻlsa kerak, degan fikr yalt etib xayolimdan o'tdi. - Sizlarni itoatkorlikka o'rgatishmaydimi axir?
Butun umr unutmaydigan qilib qanshariga bir musht tushirgim keldi. Ammo, tabiiyki, bunday qilmadim. Burilib, qarama-qarshi tomonga yura boshladim, lekin uning qo'li tag'in meni tutib qolishga chog'langanini, buning taqiqlanganini eslab, o'zini to'xtatib qolganini ko'rishga ulgurdim. Kim bilsin, balki men xayolimga ham keltira olmaydigan boshqa maqsadi boʻlgandir.
Xullas, yo'lak bo'ylab tez yurib, o'zimni sinfga urdim.
Xona o'smirlarning shovqinidan larzaga kelar, navbatdagi yoqimsiz hissiyotlar xuruji bilan xonaga kirib, qulay joy izlay boshladim. Elias ham tezda sinfda paydo bo'ldi. Uni Chester shodon qarshi olib, butun sinfni boshiga ko'tarib qichqirdi:
Qayerda yuribsan, og'ayni? Nega birinchi darsga
kelmading?

- O'zingiz nima deb o'ylaysiz, ser? - Imtihonlarga tayyorgarlikdan ortolmayapmiz!
qichqirdi kimdir. -
- Bundan juda afsusdaman, Makkenzi, lekin nailoj? Oliy ma'lumotli va muvaffaqiyatli inson bo'lishni istasangiz, sizdan katta mehnat talab qilinadi. O'zingiz tanlagan sohada yuqori toifali mutaxassis boʻlish uchun... Darvoqe, sinfingizga yangi o'quvchi keldi, deb eshitdim. Uayt xonim bilan shaxsan tanishsam bo'ladimi?
U sinfda Uayt familiyali qizni, ya'ni meni izlay ketdi, qanday ko'rinishimni taxmin qila oladiganga ham o'xshamaydi.
Ammo allaqachon barcha nigohlar menga qadalgandi. O'rnimdan turib, janob Xemmingsga do'stona qarashga tirishdim, menga ko'zi tushishi bilan yuzi yorishib ketdi.
- Juda qiziq, - u xuddi Cheshir mushugidek iljayib, choʻziq ohangda dedi. - Lamiya Uayt xonim, to'g'rimi? Qayerliksiz? Familiyangiz juda qiziq...
Tabiiyki, u millatim bilan qiziqayotgandi, ammo unga kutganidan farqli javob berishga qaror qildim.
-
-
Men shu yerda, AQSHda tug'ilganman.
Qiziq, qiziq... Musulmon boʻlsangiz kerak, chamamda? Islomga e'tiqod qilasizmi?
Ha, xuddi shunday.
Xo'sh, ajoyib maktabimizda o'qishlaringiz qalay ketyapti? Hozircha yomon emas. Meni terrorchi deb hisoblashlarini aytmaganda, qolgani joyida.
Nega dabdurustdan bunday deganimni o'zim ham bilmayman. Bu juda xunuk va ayanchli chiqdi, xuddi meni masxara qilayotganlardan o'zimni himoya qila olmaydigan bir bechoraga o'xshab ko'rindim. Janob Xemmingsning yuz ifodasi
darhol buni tasdiqladi.
Dahshat!
sinfda o'tirganlarni ko'zdan kechirib xitob

qildi u. Marhamat qilib aytinglar-chi, bunday haqoratga kimning tili bordi?
O'quvchilar tentaklarcha hiringlashdan nariga o'tishmadi.
Kristina menga ko'z qirini tashlab xunuk ishshaydi, o'zidan va xulqidan mamnunligini nigohlari oshkor etdi. U bezbetlarcha menga baqrayib turar, o'zini bu ishga aloqasi yo'qdek tutishga zarracha urinmasdi ham. Muallim uning yuzidagi g'alati ifodani darrov ilg'adi.
- Biron kulgili gap bo'lyaptimi, Nikotera xonim?
Buning rost ekanligi kulgili. Men shunchaki hamma narsani o'z nomi bilan atadim. U allaqanday "Hezbolla"ning¹ ayg'oqchisi boʻlib chiqsa ham ajablanmayman.
- Demak, Uayt xonimni siz terrorchi deb atadingizmi? Bunga hayron qolmasa ham boʻladi...
Janob Xemmings stolining chekkasiga o'tirib, xuddi Kristinaning so'zlari davomini juda eshitgisi kelayotgandek qo o'llarini koʻksida chalishtirdi.
-
Fikringizni dalillang-chi. Modomiki bunday fikrni shunchalik ishonch bilan ta'kidlayotgan ekansiz, asoslaringiz boʻlsa kerak?
Kristina indamas, uning yuzidagi hayronlikni koʻrib, xayolan xursand bo'layotgandim.
-
-
Aytadigan gapingiz yo'qmi? qoshlarini kerib so'radi janob Xemmings. Ijozatingiz bilan, bir narsaga aniqlik kiritsam, xonim. Tushunishim bo'yicha, siz hamma musulmonlarni odamkush yoki ehtimoliy odamkush deb bilasiz, shundaymi? Lekin avvalo shuni aytishim kerakki, miyangizning loaqal yarmi ishlaganida, hech qachon bunday demagan bo'lardingiz.
Kristina angrayib qoldi, norozi chimirildi, o'qituvchini joyiga o'tqazib qo'yishga chog'lanayotgani ko'rinib turardi.
Livanda Eron namunasidagi Islom davlatini qurishni yoqlab chiqadigan harbiylashgan shialar tashkiloti va siyosiy partiya.

So'zlarim uchun ma'zur tutgaysiz... Bilasizmi, Sovuq urush davrida Elton Jon shunday kuylagandi: "Umid qilamanki, ruslar ham o'z farzandlarini yaxshi ko'rishadi". Umuman olganda, shunday ham. Juda koʻpchilik, har qanday jamiyatdagi aksar odamlar pul topish, oilasini asrash, farzand unib-o'stirish va oqshomlari televizorda shou tomosha qilish ilinji bilan yashaydi. Odamlar terrorchi deb atashni yaxshi ko'radigan koʻpchilik musulmonlar o'z vatanlarida ona zaminlarini haqiqiy terrorchilardan - yerlariga bostirib kirganlardan himoya qilib yashashadi. Metrolarni portlatadigan, tinch aholini o'ldiradiganlar ular uchchiga chiqqan mutaassiblar. Boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilar bu dunyoda qanchadan-qancha zo'ravonlikka sabab bo'layotganidan xabaringiz bormi? Nega hech kim ularni kallakesar va qotillar qatoriga qo'shmaydi? Nega axir? Nahotki salib yurishlari haqida eshitmagan bo'lsangiz? O'shalar sodir etgan dahshatlar haqida?
esa
Janob Xemmings xuddi oʻpkasiga havo to'ldirib olmoqchidek qisqa to'xtam qildi, bir necha soniyadan keyin davom etdi:
O'zim ham taqvodor nasroniyman. Otam cherkovda xizmat qilgan, oyim har kuni ibodat uchun qatnardi. Musulmon birodarlarimizga nisbatan bunday munosabat meni juda xafa qiladi. Men hamma dinlarni hurmat qilaman. Hech kim asossiz ravishda terrorchi deb atalishi kerak emas. Hech Qur'onni o'qib ko'rganmisiz, Nikotera xonim? Loaqal bir marta bo'lsa ham tarjimasidan bir parcha o'qiganmisiz? Aminmanki, o'qimagansiz. Bilmasangiz bilib qo'ying, Islomda begunohlarni o'ldirish man qilingan va bu gunohi kabiralar qatorida ikkinchi o'rinda turadi. Siz ommaviy axborot vositalarining gaplariga laqqa tushishni bas qilib, bu masalani musulmonlarning ichiga kirib o'rganib ko'ring. Muloqot qiling, dindorlarning o'zidan ko'p narsalarni so'rab bilib oling, har holda ular odam o'ldirish mumkinmi-yo'qmi, yaxshiroq
bilishadi.

tikilyapti. Uning qora ko'zlarida qiziqish va zavq uchqunini ko'rdim. Bu nigohlarni juda yaxshi bilaman.
Men bilan tanishadiganlarning koʻpchiligi bir qarashda o'ta mehribon va do'stonadek ko'rinishadi. Ularga qiziq tuyuladi. Ularning nazdida men allaqanday ekzotika, muzey eksponati, jumboqman. Ayrimlar mendan hayiqishadi, boshqalar esa hayotdagi maqsadlarim haqida, "qachon qo'limga qurol olib, kofirlarga qarshi jihod qilmoqchi"ligim haqida tap tortmay so'rashadi. Bunga allaqachon ko'nikkanman, shuning uchun Eliasning nigohlari menga nafratga to'ladek ko'rindi.
-
E'tiboring uchun, men Shtatlarda tug'ilganman... Sakson yoshli Abdullohga esa shu haftaning oxirida tegyapman. Hozir esa boshim ochiqligidan foydalanib, biroz dars qilib olmoqchiman, dedim-u darslikni olib, shart o'rnimdan turdim.
-
Janob Xemmings ajabsinib qoshini kergancha, menga nazar tashladi.
Biron narsa demoqchimisiz, Uayt xonim?
Yo'q, boshqa joyga o'tirmoqchiman. Rahmat.
Muallim Eliasga oniy nigoh tashladi, u esa yelka qisdi, xuddiki nega to'satdan o'rnimni o'zgartirishga qaror qilganimni tushungandek yengil bosh irg'ib qo'ydi. Balki tushungandir ham.

Oltinchi Bob

Tanaffusga qo'ng'iroq chalingach, sinfxonadan hatlab chiqishga ulgurmagan ham edimki, ortimdan kimdir chaqirdi. Tag'in vujudimni yoqimsiz g'azab chulg'ab oldi, mushaklarim jangga hozirlangandek taranglashdi.

- Xatni oldingmi?

Qarshimda Chester gerdayib turardi. Bo'yniga arang tushib turgan och kashtan rangli sochlari ingichka o'rilgan va chamasi gel surtilgandi. Modaga mukkasidan ketganini tushunish uchun bir qarashning o'zi kifoya egnida yoshlar orasida rasm bo'lgan och rangli jinsi, Freddi Merkyurining surati tushirilgan oq futbolka va ahmoqona rang-barang peshonaband.

Chester baland ustundek qaqqayib, yo'limni to'sdi: bir so'z bilan aytganda, u mendan atigi yarim kalla baland bo'lsa ham, jussasi yirik edi.

- Yo'q, - shart shunday deb, ketishga chog'landim, ammo chuchvarani xom sanagan ekanman.

- Qanaqasiga? - hamon yo'limni to'sib turgan Chester o'zini astoydil ajablanganga soldi. - Nega aldaysan? Xatni tushirib yuborganingni o'zim ko'rdim-ku. Taklifimni yerda qoldira olmaysan.

- Nega endi? Shoxing bormi, sen boshqachamisan?

Bu gal u rostakamiga hang-u mang bo'ldi. Hatto biroz shoshib ham qolib, bir qadam ortga tisarilib, xuddi yovvoyiga tikilayotgandek qaradi.

- Umuman olganda, ha, - iljaydi Chester. - Kris? Men boshqachaman-ku? Nima deb o'ylaysan? To'g'rimi,

Kristina sassiz sharpadek ortimda paydo bo'ldi.
Endi vo'lakda, badxoh sinfdoshlarim qurshovida tumb qoldim, qulay vaziyat bo'lishi bilan menga ziyon yetkazishlari hech gapmas.

-.Albatta, yetkazishlari mumkin, faqat mening o'rnimda boshqa birov bo'lganida.

- Darsda aytilgan gaplar yetmadimi?- astoydil qiziqayotgandek. so'radim xuddi

Men hammasini tushundim, bosh irg'idi Kristina. Uning yuzida xotirjam, o'ziga xos shallaqilikdan mutlaqo yiroq bir ifoda zuhur edi. Kelishib olamiz: - sen ertaga ziyofatga kelasan, biz esa senga qo'l tekkizmaslikka so'z beramiz.

Men pishqirib, ketishga taraddudlangandim hamki, kimningdir qo'li hudimning uchidan tutib, devor tomonga kuch bilan itardi.

Bu Kristina edi.

- Sen bilan gaplashayotganimda orqangni bura ko'rma, vishilladi u.

- Menga qo'l tekkiza ko'rma, aks holda qo'lingni sindiraman, - dedim javoban har bir so'zimni chertib.

Bizga kamida yigirma kishi tikilib turardi. Yo'lak bo'ylab turli tomonga oshiqayotganlar gapdan quruq qolmaslik uchungina to'xtashardi.

Kristina menga jimgina tikilib turar, ozor yetkazish uchun yetarlicha g'azabnok ko'rinsa-da, negadir unday qilmayotgandi.

- Gapimizni oxirigacha eshitganing ma'qul, - suqildi Chester.- Ukangga biron kor-hol bo'lishini istamaysan-ku a, to'g'rimi?

Oniy lahzada meni aqlbovar qilmas dahshat iskanjaga oldi, uning so'zlarini e'tiborsiz qoldira olmadim.

- Nima ded...- arang tilga kirdim, ammo so'zimni tugata olmadim.
-Qayerda yashashingni ham, ukang borligini ham bilamiz, - Kristina ajablanarli bir tarzda bo'shashib devorga suyandi. Boshqalarga ozor berishdan lazzatlanishi ko'rinib turibdi. - Ziyofatga kelishdan bosh tortsang, ukajoning boshiga itning kunini solish biz uchun hech gap emas. Shunchaki kelishga rozi bo'lishing kerak xolos.

Boshi berk ko'chaga kirib qolgandim. Goh Chesterga, goh Kristinaga qarar, bu ularga nega kerakligini anglay olmasdim. Ularning maqsadini tushunishni istardim, lekin bunda mantiq umuman yo'qdek edi go'yo.

Ular quv bo'lib chiqdi. Bilaman, bosh torta olmayman. Politsiya bizga tarafkashlik, xushlamaslik, shubha bilan qaraydi. Istalgan birimizdan sumka yoki ryukzakimizni ochib ko'rsatishni so'rashi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishi, biron ishkalga daxlimiz bor-yo'qligini orqavoratdan tekshirishi mumkin. Shunchaki dabdurustdan, hech bir sababsiz.

Tasavvur qiling, oddiy begim kunlarining birida odam to'la ko'chada ishlaringiz bilan ketyapsiz, qo'qqisdan badqovoq ofitser sizga yaqinlashib, he yo'q be yo'q ryukzak va pasportingizni ko'rsatishingiz kerakligini aytadi. Nima qilasiz? Har holda xursand bo'lmasligingiz aniq.

Men esa esimni tanibmanki, shunday yashayman.

Kristina va Chester politsiya bizga yon bosmasligini juda yaxshi bilishadi. Kim bo'libmizki, himoya qilishsa? Hech kimga keraksiz muhojirning bolalarimiz shuning oʻzi yetarli. Qanchalik achinarli bo'lmasin, tan bermay nailoj.

Mening tashrifim sizlarga nega bunchalik kerak bo'lib qoldi? dedim yana gapirishga kuch topib.

Ular ko'z urishtirib olishdi, nigohlari ayyorlik va shumlikka to'la. Xuddi poker o'ynayotgandek.
Balki shunchaki juda mehmonnavozdirmiz, kinoyal dedi Kristina.

- Xullas, o'ylab ko'r, biz esa sening qaroringga qarab yo‘l tutamiz, - qo'shimcha qildi Chester.

ko'tarinki bir kayfiyatda nari ketdi. Juftlik xuddi quvvatimni so'rib olib, kuch to'plagandek juda

Ich-ichimdan qaltiroq tutdi. Sershovqin yo'lakda devorga suyanib turar, hatto ravshan fikrlashga ham qodir emasdim. Oldimdan maktab o'quvchilari o'tib-qaytyapti, har birining o'z hayoti bor. Birgina e'tiqodim sababli men har kuni boshdan kechiradigan muammolardan xoli hayot. Biron yomon ish qilganim uchun emas, shunchaki ro'molim sababli, Gap aslida aynan mana shunda.

Tabiiyki, ziyofatga boraman. Kaniga ozor bermasliklari uchun ham bu arzimas ishdan bosh torta olmayman. O'zimizdan bo'lak hech kim bizga yon bosmaydi. Hech kimning zig'irchalik ishi bo'lmaydi.

Shularni qayta-qayta xayolimdan o'tkazgancha yo'limda davom etdim.


Cho'ntagimda Chesterning tug'ilgan kuniga taklifnoma to'rt buklog'liq turardi. Uni kuch bilan g'ijimlar, barmoqlarim orasida uning o'zini majaqlayotganimni tasavvur qilardim. Bu o'y biroz taskin berardi.

Barmoqlarim eshik yuzasiga tegar-tegmas taqillatgan hamon bo'g'iq ovoz eshitildi: "Kiring". Yana vujudim taranglashdi. Ichkariga kirdim.

Kulrang kiyimda xushbichim, juda ham chiroyli, chamasi qirq yoshlardagi ayol stol tekis yubka, kofta va pidjak kiygan, ortida o'tirgancha, ochiq yondaftarda qandaydir qaydlar qilardi.

Maktab direktori Deyfus sonim xonasiga kirib kelishim bilari och moviy ko'zlarini ko'tarib, menga qaradi. Yuziga o'ta agili ifoda bag'ishlab turgan yumaloq ko'zoynagini yechdi, o'xshash vaziyatdagi boshqa hamma kabi g'ashi keldi, tomoq qirib, qarshisidan joy ko'rsatdi: - O'tiring.

Bo'ysundim.

- Lamiya, adashmadimmi? davom etdi u. Allaqachon butun maktabda ovoza bo'lib ketdingiz.

U do'stona ruhda gaplashishga bor kuchi bilan tirishayotgani ko'rinib turar, ammo nigohlari mutlaqo boshqa hissiyotlarni fosh etayotgandi.

-Ha. bosh irg'idim. Bir necha kun bo'ldi.

- Qanday yordam bera olaman? kursi suyanchig'iga o'zini tashladi. Deyfus xonim charm

- Men ACT imtihonlarining sanalarini bilmoqchi edim. Sinfdoshlarim bilan biroz... chiqisholmayapmiz, shuning uchun ulardan so'ragim kelmadi.

Yaxshi direktor bunga qanday munosabat bildirishi kerak?

Masalan, gap nimadaligi bilan qiziqishi, qanday muammo borligini so'rashi lozim. Ammo Deyfus xonimdan sas-sado chiqmadi. Unga shunchaki baribir edi.

Javonchani ochib, jadval tushirilgan varaqni olib, menga uzatdi.

Mana, imtihonlar sanasi, ayol bir necha soniya jimib qoldi, so'ng yana tilga kirdi: -Tayyorlanishga imkoningiz bormi? Balki repetitor yordami kerakdir? Imtihon ancha murakkab, qo'shimcha mashg'ulotlarda yaxshilab tayyorlanishni qat'iy maslahat beraman.lva

- Minnatdorman, - repetitor yordamida tayyorlanish haqidagi taklifni ma'qullamasam-da bosh irg'idim. Yordamingiz

Varaqni olib, eshik tomon yo'naldim, eshik tutqichini ushlashga ulgurmagan ham edimki, Deyfus xonim chaqirib qoldi.

- To'xtang, Lamiya. Yana bir masalada siz bilan gaplashib olmoqchi edim.

Bu ust-boshim bilan bog'liq bo'lmasligini Parvardigordan yolvorgancha, asta burildim.

-Tashqi ko'rishingiz haqida gaplashib olsak.

Ichimda nimadir uzilgandek bo'ldi. Har doim juda jahlim chiqqanida bo'lganidek, ro'molimni ushlab olish istagi uyg'ondi. Ammo hozir shundoq ham e'tibor markazida bo'lib turgan ro'molga yana ortiqcha diqqatni tortishim to'g'ri bo'lmasdi.

- Gap shundaki, maktabimizda bunday ust-bosh ma'qullanmaydi. Ixchamroq shaklda o'rab olishingiz mumkin, lekin bunday bosh kiyim man qilingan.

Shart ortga burilib chiqib ketgim keldi, axir baribir hech qachon bu ishni qilmayman. Aslo ro'molimni yechmayman.

Islomdan uzoq odamlarning libosimiz haqidagi fikrlari juda g'alati. Biz chiroy uchun yoki azbaroyi kibrdan ro'mol o'ramaymiz. Shuningdek, bu madaniyat yoki an'analar bilan ham bog'liq emas, holbuki, ayrim islomiy xalqlar shunday qilishadi ham. Hijob hayotimizning bir qismi. U chetdan ko'ringanidan ancha chuqurroq mohiyatga ega. Shunchaki "yech" degan bilan miq etmay yechib ketaveradigan narsa emas. Bu imkonsiz.

- yo'q. Biz o'zimiz xohlaganimiz uchun ro'mol o'raymiz. Chunki bu dinimizning bir qismi va uni tortib olishga hech kimning haqqi

- Meni tushundingiz-a? so'radi Deyfus xonim.

- Juda yaxshi tushundim. Ilojim yo'q, Yechmayman.

Buyruqlarining so'zsiz bajarilishiga ko'nikib qolgan ayol, chamasi, shoshib qoldi. So'ng anchayin qattiqqo'l qiyofaga kirdi, jiddiyligini namoyish etish uchun qoshlarini chimirdi.

- Nima deganingiz bu, "ilojim yo'q, yechmayman"? Bunday bosh kiyim maktab nizomida taqiqlangan. Yoki qoidalarga amal qilib o'qiysiz, yoki...

- O'zimning Pokistonimga, Iroqqa, Eronga yoki shunaqaroq uning gapini bo'ldim. joyga daf bo'laman? demoqchimisiz? Shundaymi?

- Yo'q, erkaklar ...

- Siz meni ro'molimni yechishga majburlay olmaysiz, chunki bu e'tiqod erkinligini himoya qiluvchi qonunga to'g'ri kelmaydi. Toki boshqalarga zarari tegmayotgan ekan, o'z dinimga erkin e'tiqod qilishga haqqim bor. Hozircha esa hech kim meni deb o'zini yomon his qilgani yo'q. Hatto aksincha, ular meni tomosha qilishdan zavq olishyapti... direktor yana biron gap aytarmikarnı, deb biroz to'xtadim, lekin u churq etmay, menga taajjub bilan qarab turardi. Shuning uchun bu masalaga imkon qadar tezroq nuqta qo'yishga oshiqdim. Ko'rib turganingizdek, ro'mol o'rashimni taqiqlashga hech qanday sabab yo'q, shuning uchun uni yechmayman, nima deyishingizdan qat'i nazar. Endi esa ma'zur tuting, ketishim kerak.

Deyfus xonim hozir yana nimadir deydi, qayta chaqirib oladi, katta yoshli odamga hurmatsizligim haqida pand-nasihat qiladi, deb o'yladim. Ammo bularning hech biri bo'lmadi.

Apil-tapil eshikni ochib, yo'lakka chiqdim, hatto bir necha bor chuqur nafas ham oldim. O'zimdan g'ururlanib ketdim. Qalbimda kamdan-kam uyg'onadigan g'alati, ammo yoqimli his paydo bo'ldi.

Imtihon sanalari tushirilgan varaqqa ko'z yugurtirarkanman, hovliga chiqib, yaqin oradagi rejalarimni qog'ozga tushirish maqsadida muyulishdan burildim. Ammo imtihon haqidagi o'ylar bir chetda qolib, Chester, Kristina va ularning hozircha menga qorong'i bo'lgan rejalari xayolimni egallab oldi.

Ular meni masxara qilishlariga shubha yo'q, ammo bu gal biron dahshatli ish qilishga jur'at qila olarmikan? Haligi qizning aynan nima qilishmoqchi? Bu ikkalasi menga nisbatan rostakamiga kuni mening ham boshimga tushadimi? Juda ham bo'lishi mumkin.


Kechki ovqatga yashil loviya edi. Kani o'zi yoqtirgan holatda o'tirgancha har doimgidek og'zini to'ldirib zo'r ishtaha bilan ovqatni paqqos tushirardi. Har gal sanchqini og'zimga olib borganimda u tomonga qarab qo'yar, kimdir ukamga ozor yetkazishi mumkinligidan yuragim ezilardi. Buni ko'rgandan ko'zlarimni o'yib olganim afzal.

- Meni tug'ilgan kunga taklif qilishdi, - dedim o'zim ham kutmagan bir ravishda.

Dadam bilan oyim shu zahoti qoshiq-sanchqini chetga surib, menga quvonch aralash yengil hayrat bilan tikilishdi.

- Qiziq, - dedi dadam cho'zib va oyimga qaradi. - Nima deb o'ylaysan, Adilya?

- Bu juda ajoyib, - oyim shunday deb mutlaqo samimiy jilmaydi.
- Demak, baribir yaxshi do'stlar orttiribsan-da?

- Ha,- izoh berib o'tirishga tobim kelmay yolg'on gapirib qo'ya qoldim. Kani "Shu ruhda davom eting!" deganga o'xshash nimadir deb qiyqirdi, ammo buning ortidan nima degani ham, ota-onamning keyingi gaplari ham qulog'imga kirmadi. Miyamdagi ovozlar birlashib, yoqimsiz g'uvillashga aylangandi.

- Nima kiyib bormoqchisan? ovozidan o'zimga keldim. so'radi oyim. - Oxirgi marta sotib olganimizni. Har holda shuni bo'lsa kerak.

-Yorqinroq rangdagi ro'molingni o'rab ol.

Lablarim o'z-o'zidan istehzoli burishdi, bo'g'zimdan zaharxanda otilib chiqdi.

-Sizningcha, yorqinroq ro'mol o'rasam, menga munosabatlari o'zgarib qoladimi?

Ovozimda o'zimga nisbatan achinish jaranglagandek bo'ldi, chunki oyim xuddi o'zi hech qachon nafratga nishon bo'lmagandek chuqur hamdardlik bilan menga qarab qo'ydi.

Aslida oyim juda ham kuchli ayol. Unga teng kelishimga yo'l bo'lsin. U hech qachon ovozini ko'tarmagan, haqoratli so'zlarni qo'llashiga to'g'ri kelmagan, lekin istalgan ashaddiy irqparast yoki millatchini joyiga o'tqazib qo'ya oladi. Butun umr u bilan faxrlanganman, o'zimni u kabi tutishni istaganman. Ammo, menimcha, gap fe'l-atvorimizda: men mutlaqo boshqachaman, unga hecham o'xshamayman.

- Xohlamayotgan bo'lsang, bormay qo'ya qol, qo'shildi dadam. Rozi bo'lishga majbur emassan. Shunchaki odob yuzasidan rozilik bergan bo'lsang...

- Yo'q, men bormoqchiman, - buni shunchalar baland ovozda va keskin aytdimki, xuddi qayerdadir shu atrofda, eshik ortida Kristina va Chester suhbatimizni eshitib turgandek. Go'yoki bu tug'ilgan kunga borishni istamayotganimni payqab, Kaniga qiziqib qolishlaridan cho'chiyotgandek.

- Boraman. Shunchaki charchadim, kechiringlar.

Sanchqi bilan yashil loviyani oldim-u, ovqatni chetga surdim: ishtaham yo'qoldi. Ichim huvillab qolgandek bo'ldi. O'rnimdan turib, likopchamni suvchanoqqa qo'yishga chog'langanimda oyim to'xtatdi.

- Uxlashga yotishdan oldin hov anavi xatjildlarni ro'paramizdagi qo'shnilarga chiqarib ber, iltimos. Adashib bizga yuborishibdi.

Xatjildlar oshxonadagi stol ustida turardi. Likopchani qo'yib, xatjildlarni oldim, yo'lakdan o'tib boshimga ro'mol tashladim-u ko'chaga chiqdim.

Havo juda ham yoqimli edi: salqin, toza, g'uborlardan xoli Bu xususiyatlar odamlarga yot. Ko'cha bo'm-bo'sh, faqat onda. sonda qo'shni uylardan kulgi ovozi yangrab, bu ajib sokinlikka raxna solyapti. Chirildoqlar o'z tilida allanarsalarni kuylaydi. Balki shunchaki o'zaro suhbat qurishayotgandir.

Oyoqlarim bo'shashib, oldinga intildim. Ro'paradagi katta yog'och uylarga olib boruvchi asfalt yo'lakdan yurib bordim. Eshikni taqillatgach, kecha oqshom xonamning derazasidan ko'ringan ayolning qiyofasi paydo bo'lishini kutib turdim.

Eshikni Elias ochishi yetti uxlab tushimga ham kirmagandi