DUAL TA'LIM
Joriy yilning 21 may sanasida 2-juftlikda 8-DAV-22 guruhida Hayot faoliyati xavfsizligi. Fuqaro muhofazasi fanidan "Bakteriologik vositalar bilan zararlangan o'choqlarda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar" mavzusida "Dual amaliy mashg'ulot" bo'lib o'tdi.
Amaliy mashg'ulotni OXU Umumiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Z.T.Safarova va BuxDU "Ekologiya va geografiya" kafedrasi Hayot faoliyati xavfsizligi va fuqaro muhofazasi fani o'qituvchisi Rumiya Infarovna Sharofutdinovna olib borishdi.
Mashg'ulot davomida talabalarga biologik ommaviy qirg'in qurollari, ularning inson hayot faoliyati, atrov-muhit va barcha tirik organizmlar uchun ta'siri, yuzaga keltiradigan oqibatlari, kasalliklari, barteriologik OQQ qo'llanilganda fuqarolar va tibbiyot hodimlari nimalarga amal qilishlari kerakligi to'g'risida nazariy ma'lumotlar berildi.
Talabalarning ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida tarqatma testlar, vaziyatli savollar, boshqotirmalar berildi.
Shu bilan birgalikda talabalarga AI-2 individual aptechkasi, gaz niqoblari, biologik qurol qo'llanilganda va bakteriologik zararlangan hududlarda qutqaruv ishlari va birinchi tibbiy yordamni tashkil etish borasida keng ma'lumotlar berildi.
Bakteriologik himoya vositalarini qo'llash va gaz niqoblarini kiyish qoidalari tushuntirildi. Dars jarayonida talabalarga mavzu doirasida keng ma'lumotlar berildi. Dars o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishdi.