December 7, 2024

Senga muhtojman

4-qism

Ikki kundan so'ng

Jungkook kampaniyadan chiqib mashinaga o'zi haydovchi o'rindig'iga o'tirgancha mashinani boshqardi.u Sakuraning otasini uyi tomon ketardi chunki Sakurani u yerdan olib kelishni madam jeon iltimos qilgandi

Vanihoyat Jungkook yetib kelgan edi.u uyni qo'ng'iroqini bir necha bor bosdi ammo hech kim eshikni ochmagani uchun ohiri eshik tutqichini buragancha o'zi uyga kirib keldi

Karidor bo'ylab yurgancha ichkariga kirar ekan mehmonhonadan singan tovushni eshitdi.jungkook to'g'ri mehmonxona tomonga yurdi.

-dada men bu ishni qilolmayman

Sakuraning tartibsiz sochlari va labida biroz yirtilgan edi.bu gap janob hanga yoqmagan edi.

-SEN LANATI QIZZZ

Janob han Sakuraga tarsaki tushirish uchun qo'lini ko'tardi ammo qo'li unga yetib ulgurmaradan qo'lidan kimdir ushlaganini sezdi.

Janob han boshini burib qarar ekan bu Jungkook edi

-men....

Janob han gapirishga so'z topolmay qoldi.garchi ularning munosabati yaxshi emasligini u bilsa ham ammo Jungkookning sovuq nigohidan qotib qoldi

-g'azabingizni bosishni o'rganing.boshqa hech qachon xotinimga qo'lingizni tekgizganingizni ko'rmay!!!

Jungkook bu so'zlari qatiy ohangda aytdi so'ngra Sakurani bilagidan ushlagancha uni uydan olib chiqib ketdi.ikkalasi liftdan tushib to mashinaga o'tirmaguncha jim edi. Mashina harakatga kelar ekan Sakura indamay boshini egib ketardi

-rahmat...

Sakura past ovozda gapirdi. Jungkook Sakuraga qaramagan holda nigohi yo'lda edi

-shart emas.mehribon bo'lib qoldi deb o'ylama meni....ertaga buvimni yubileyi har holda mehmonlarni oldiga ko'kargan yuzing bilan chiqmaysanku

Jungkook kastyumining ichki cho'ntagidan ro'molcha chiqarib Sakura tomon uzatdi

-yuzingni artib ol.buvim va Suho bu ahvolda ko'rishini istamasang

Sakura undan ro'molchani oldi va qonagan labiga bosib uni tozaladi

Ular uyga yetib kelgach Jungkook indamay uydagi ofis honasiga kirib ketdi. Sakura honasiga kirdi va to'g'ri dushga kirib ketdi

Kechki payt soat sakkiz bo'lgan edi. Jungkook ofisdan chiqgancha karidor bo'ylab yurdi.

Madam jeon bilan jeon xonim ketishgan edi.ular hali qaytib kelishmadi. Isabella bilan Suho esa uning honasida birga tushlikni qilishdi. Shuning uchun bugun oilaviy tushlik qilish bo'lmagan edi

Jungkook Suhoning honasini oldidan o'tar ekan judaham past ovozlarni eshitdi

Eshik biroz ochiq edi. Jungkook ichkariga qarar ekan hona qop qorong'u edi ammo yoritiklgan tunhi chiroq va bir nechta robot o'yinchoqlar honani yoritib turardi.

Sakura Suhoni divanida u bilan birga yotar Suho uchun tungi qo'shiq aytib berardi.

Jungkook buni tan olishni istamasada uning yoqimli ovozi bor edi

Jungkook Sakura aytishni tugatmaguncha o'sha yerda uni tingladi. Sakura qo'shiqni tugatgach Jungkook ham biroz turgandan so'ng o'z honasiga ketdi. Honaga kirar ekan unga qo'ng'iroq bo'ldi. Telefon ekraniga qaraganda bu Sofie ekanligini ko'rdi

Jungkook qo'ng'iroqga javob bermay shunchaki uni o'chirib qo'ydi so'ngra telefonni stol ustiga qo'ygancha o'zi hammomga kirib ketdi

Erta tong

Honaga parda orqali yorug'lik tushar ekan Jungkook sekinlik bilan ko'zini ochdi. Tanasi biroz cho'zilar ekan qo'llarini yon tomonga yoydi. Jungkook boshini yon tomonga burib qaradi va Sakura bu yerda yo'q ekanligiini angladi. Ehtimol u Suho bilan birga uhlab qolgan edi