April 23, 2025

The Bodyguard ⚡

EP1

Soat ertalab 10, Taehyung hali ham uxlab yotibdi, ammo uni bugun universitetdagi 1-kuni. Taehyung'ni ismini qisqartirib Tae deb chaqirishar edi, u juda ham erka va Seulning eng oldi va boy xonadonlaridan birida Kim Jung Seong ismli biznesmenning yagona farzandi edi. Onasi Tae 6 yoshligida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Tae juda ko'p ishkallarga aralashib yuradi, ba'zida giyohvandlikka ham aloqador bo'lib qolardi, hattoki bunga aloqasi bo'lmasa ham. Otasi har doim undan xavotir olardi, chunki u uydan ertalab chiqib ketib ertasi kuni azonda qaytib kelardi. Kunduzi do'stlari bilan aylanardi, kechasi esa turli xil barlarda. Hullas Tae o'zi xohlagandek yashardi.

Tae uyg'ondi va soatga qaradi

T: jin ursin soat 10 bo'libdiku, axir bugun universitetga borishim kerak edi. Endi nima qilaman, agar hozir pastga tushganimda otam meni ko'rib qolsa aniq gap eshitaman, shuning uchun tez tayyorlanib oynadan oshaman.

Tae shunday deb tezda o'rnidan turdi va yuz-qo'lini yuvib, kiyina boshladi, kiyimlarini kiydi va oynadan oshib pastga tushdi, ammo mashinasining kaliti esdan chiqgandi. U asabiylashdi chunki endi qaytib chiqa olmaydi, eshikdan ham kira olmaydi, agar otasi ko'rsa u gap eshitishi aniq. Tae chorasiz qoldi va piyoda ketishga majbur bo'ldi chunki universitet uyiga unchalik uzoqda emas edi (500 metr). Tae universitetga ketayotganda, yo'lda uzoqdan 3-4 ta bola yig'ilib olib 1 yigitni urayotganini ko'rib, e'tibor bermay o'tib ketgandi va universitet darvozasi oldiga borib hayol surdi

Tae pov: agar hozir kirsam meni birinchi kundan yoqtirmasliklari mumkin sababi kech qoldim, kirmasam otamga darrov xabar yuborishadi, shuning uchun kiraman va o'zimni mazam bo'lmaganday qilib ko'rsataman.

Tae ichkariga kirdi va xonasi tomon yo'l oldi, xonasiga kirdi, dars bo'layotgandi, hech kimga ko'rinmasdan o'tirib oldi va 15 daqiqadan keyin dars tugadi, hamma Taeni ko'rib u bilan salomlashishdi chunki u badavlat oila farzandi va butun Koreyaga dong'i ketgan biznesmenning farzandi edi. Tae hamma bilan salomashib chiqgandan keyin rol o'ynashga kirishdi (dars boshlangandan keyin).

Tae: ustoz (*qo'lini ko'tarib)?
U: tinchlikmi, Tae?
T: mazam bo'lmayabdi tashqariga mumkinmi?
U: albatta, chiqib kel istasang kimnidir o'zing bilan olib ol

Tae indamay sumkasini olib chiqib ketdi va darsga qaytib kirmadi, universitetdan chiqib ketdi. Tashqariga chiqib yana o'sha bekorchi do'stlariga tel qildi va uni olib ketishlarini aytdi. Do'stlari keldi va uni olib ketishdi, ular ko'chada aylanishdi, har doimgidek bir ishkalni boshlashdi. Ular giyohvand moddani sotayotgan vaqtida ushlandi (2 tasi, Tae va boshqa do'sti mashinada edi). Tae va do'sti mashinani minib qochishdi, politsiya ularga yeta olmadi. Taega otasi qo'ng'iroq qildi, u go'shakni ko'tarmadi.

Ular yashirinib olgan ko'cha hali Tae e'tiborsiz qoldirgan yigitlar turgan ko'cha edi. O'sha yigitlar hali ham turgandi faqat kaltak yeyotgan o'sha bola yo'q edi. Yigitlar ularni oldiga keldi va ularga mashinadan tushishlarini aytdi, ular tushishdi va yigitlar urush boshlashdi, hali kaltak yeyotgan bola keldi va Taeni urayotgan bolani ortidan hujum qildi va qolgan yigitlarni ham urib tashladi. Ular qochib ketdi

Y: hali gaplashamiz, bu tugamadi
S/y: xohlagan vaqtingda kel
(S/y: sirli yigit 😂)

Tae va do'sti o'rnidan turib, sirli yigitga qarab bir xil savol berishdi:

Kimsan?!

Bola ortiga qaramay yugurib ketib qoldi va indamadi. Tae va do'sti hayron bo'lib qoldi va ular o'zidan boshqa hech kimni o'ylamagani uchun bola haqida o'ylashmadi ham. Ular ko'ngil hushlik qilish uchun yana barga ketishdi.

Soat tahminan kechki 7. Taeni otasi undan xavotir olyabdi va birdan sms keldi

Sms from Tae: otajon mendan xavotir olmang, men kechroq boraman

Mr. Kim: jin ursin sen bolani nima qilsam bo'ladi?!

Mr. Kim nimanidir o'yladi va bugunoq buni bajarishini aytdi

Barga qaytamiz —

Tae va do'sti yigitlarga qiziqardi, ular har xil ochiq sochiq kiyingan yigitlarni raqs tushganini tomosha qilishardi, birdan klubga kelishgan, baquvvat, ko'p qizlar nafaqat qizlar balki yigitlarning ham orzusidagi yigit edi u. Tae u bolani ko'rdi, ammo hech nimani his qilmadi (chunki u hali ham unga qanday yigitlar yoqishini bilmasdi). Jungkookga yigitlar yoqmasdi ammo uni do'stlari majburlab klubga olib kelishgandi. Jungkook yigitlarni hech qachon sevib qolmasligini ko'p aytardi, lekin u bu gapini klubdan keyin aytmaydigan bo'ladi...

Tae va do'sti vino ichishdi va raqs tushishni boshlashdi, ular shaxvoniy harakatlar qilib ko'pchilik yigitlarni e'tiborini tortishardi, ayniqsa Jungkook va uning do'stlarini ko'zlari ularda edi. Jk Taega ko'zi tushdi va boshqacha ko'zlar bilan qaray boshladi, boshida hech narsa his qilmadi, ammo birozdan keyin u haqiqatni tan oldi, u yigitlarni ham sevib qolishi mumkin degan fikrga keldi...

Guess what: Taeni do'sti kim deb o'ylaysiz? Jk nega bunday fikrga keldi? ‘bodyguard’ kim bo’lishi mumkin? Taeni otasi nimani o'yladi?

Spoiler from EP2

Taeni otasi Taega yangi ‘bodyguard’ yo’lladi va allaqachon u Tae bilan tanish edi chunki ular...

ꨄ︎ #𝐀𝐬𝐚𝐝 // #𝐭𝐚𝐞𝐤𝐨𝐨𝐤 ꨄ︎