Orzular Shahri 🩷
Jk Taeni belidan ushladi va o'ziga tortdi. Tae hayron bo'lib, nima deyishini bilmay qoldi va Jk huddi undan bo'sa olmoqchi bo'lgandek yaqinlashdi va Tae ko'zini qattiq yumib oldi, chunki u endi tushundi Jk uni qattiq ushlab turgani sabab qochib keta olmasligini. Jk juda ham yaqinlashdi va Taeni qulog'iga pichirladi:
-sen judayam yoqimtoysan, seni xohlayman, lekin avval meniki bo'lishing kerak. Meni sen ham xohlashing kerak, xo'sh..
(Tae Jkni gapini bo'ldi)
-menga nimalar deyayotganingizni bilyabsizmi o'zi? bu umuman sizning faningizga ham to'g'ri kelmaydi!
(Tae tez tez gapirdi)
Jk Taeni chaqnab turgan ko'zlariga qarab turardi. Birdan u ikkisi ham jim bo'lib qoldi va bu jimjitlikni Jk buzdi -
-xo'sh... demak unda bu mening fanimga ham to'g'ri kelmas ekan, sen meniki bo'lishni xohlamaysanmi?
-yo'q (Tae ko'zini olib qochib gapirdi)
-demak, seni majburlashimga to'g'ri keladi - deb Jk vahshiylarcha kuldi
Tae uni gaplaridan qo'rqishni boshladi, bo'lmasa Tae uncha-muncha narsaga hayron bo'lmaydigan, qo'rqadigan bola emasdi. Jk Taeni qo'yib yubordi lekin baribir undan ko'zini uzmadi. Taeni hayolida faqat qanday qilib bu yerdan chiqib ketishni o'ylardi. Vanihoyat Jk Taeni yo'lidan qochdi va unga yurishga imkon berdi. Tae indamay chiqib ketdi va eshikka yaqinlashayotganda to'xtadi sababi Jk gapirdi -
-darslaringni o'z vaqtida qil! (Jkni gaplari umuman ilm-fanga aloqador emasdi va bu sezilib turardi). Tae buni sezdi va tez tez yurib xonasiga kirib ketdi. Jk tinmay kulardi chunki atigi 6-7 daqiqa oldin ko'rgan insoni uni aqldan ozdirgani va uni tatib ko'rmoqchi bo'lib qolgani uni hayron qoldirardi. Tae xonasiga kirdi va joyiga o'tirdi. Hayollari buzildi va o'ziga o'zi savol berishni boshladi:
-nega? nega u bunday gapirdi va birdaniga meni xohlab qoldi? o'zi u meni yaqindan taniydimi? sababi bormi bunday gaplarni aytishiga? men uni hatto yaqindan ham tanimayman, nega meni xohlayabdi u? nima u meni sevadimi yoki shunchaki «bed friend» qilmoqchimi?
Taega savollar yog'ilib kelardi lekin javoblar esa yo'q.. oradan roppa-rosa 2 soat o'tdi va darslar tugadi. Tae tinmay o'ylanardi va qo'rqardi.
Ma'lumot uchun:
Jungkook juda ham boy va uni ko'p joylarga qo'li yetadi lekin u boyligi bo'lsa ham o'zini oddiy insondek ko'rsatishni yoqtiradi
Jk universitetdan chiqdi va talabalar ichidan Taeni qidirdi lekin topolmadi. Etibor bermadi va mashinasi tomon bordi. Haydovchi unga mashina eshigini ochib berdi va mashinaga o'tirishdan oldin yana bir marta qarab qo'ydi va mashinaga o'tirdi. Haydovchi mashinani minib ketdi va Jk uyiga yetib keldi, soat 16.30 va Jk asabiylashishni boshladi. Tae haqida ma'lumot to'plab kelishni qo'riqchilariga buyurdi va 2-qavatga xonasiga kiyimlarini almashtirish uchun kirib ketdi. Xonasiga kirdi va kiyimlarini yechishni boshladi. Xalatini kiydi va xizmatchardan biriga aytdi -
-hammomni tayyorlab qo'yinglar, o'zgacha bo'lsin, romantik, gullar, shamlar va vino albatta esdan chiqmasin, tushunarlimi?
-tushunarli Janob Jeon (xizmatchi)
Qo'riqchilar tezda Tae haqida ma'lumotlar yig'ib kelishdi va Jk Taeni olib kelishlarini buyurdi. Qo'riqchilar uni olib kelgani ketishdi va 15 daqiqa ichida olib kelishdi, bu paytda Jk hammomda Taeni ko'zlari to'rt bo'lib kutardi. Vanihoyat u keldi va ko'zlarini bog'lab Jkni oldiga olib chiqishdi. Jk Taeni ko'zlarini yechdi va Tae qarasaki qarshisida keng yelkali, baquvvat, judayam hot yigit turibdi, ha bu JUNGKOOK. Tae uni ko'rib qotib qoldi va savol berdi:
-men bu yerda nima qilyabman? meni nima maqsadda olib keltirding bu yerga?
-o'zingni bos, hammasi yaxshi. Men seni ogohlantirgandim, darslarni o'rgandingmi - vahshiy ko'zlar bilan Taega shunday murojat qildi Jeon Jungkook
-iltimos, meni qo'yib yubor, nima desang qilaman faqat menga tegma. Meni uyda onam kutyabdi, balki mendan havotirlanayotgandir. Iltimos meni qo'yib yubor - shunday deb Tae ko'zida yosh bilan Jkga yolvorardi
-nima desam ham qilasanmi?
-albatta, faqat menga tegmasang bo'ldi. Hozir uyimga qo'yib yuborsang keyin xohlagan ishingni qilaman (Tae)
-yaxshi, unda o'rningdan tur (Tae Jkni oyoqlariga yiqilib yolvorgandi). Men hozir qo'riqchilarga aytaman seni uyingga olib borib qo'yishadi, lekin ertaga o'zing ketmaysan universitetga. Men seni olishga boraman, tushunarlimi chaqmoq ko'z - Jk biroz kulimsirab gapirardi
-sizga katta rahmat, ertaga sizni kutaman - Tae buni xohlamasdi lekin majbur edi.
Jk qo'riqchilariga Taeni uyiga olib borib qo'yishlarini aytdi va bir o'zi cho'mildi. Lekin Jk Taega shunday shart o'ylagandiki, Tae bunga rozi bo'lmasligini bilardi lekin baribir shuni to'g'ri deb hisobladi.
Uzur biroz kam bo'lib qoldi. O'qishim sabab uncha ko'p yozolmayabman 🫠 3-qismni ko'proq yozishga harakat qilaman gurls 🎀 faqat sizlarni biroz kuttirishimga to'g'ri kelyabdi bu uchun uzur so'rayman 🩵 man bunaqa ff birinchi marta yozishim, ya'ni ko'proq romantika bo'ladi, hotga qaraganda. 3-qismda biroz hot bo'ladi 🤭