Orzular Shahri đź©·
Tae Jkni o'zi bilmagan holda quchoqlab oldi va Jk bundan biroz g'alati bo'ldi chunki uni a*zosi Tae uni quchoqlagandan keyin biroz taranglashib qoldi, u hijolat bo'lganidan Taeni o'zidan sekinlik bilan itardi va atrofga qaradi
Tae bu paytda o'zida emasdi, ya'ni xona shunchalar chiroyli ediki, ko'zni qamashtiradigan darajada. Tae buni ko'rib hayron bo'ldi lekin buni sezdirmadi. U o'ziga o'zi savol berdi
Tae pov: nega u menga bunday narsa tayyorladi? nima uni bunga majburladi? yoki aybini yuvmoqchimi?
Xonada sukutlik lekin buni Jk buzdi
Jk: qalay Tae? senga yoqdi deb o'ylayman, yoki xatomi?
Tae nima deyishni bilmasdan o'ylanib turdi va javob berdi
Tae: yaxshi!
Jk: yaxshi? shuni o'zi yetarlimi
Jk jiddiy ohangda gapirdi, u shunchalar jiddiy ediki, bir qarashini o'zi insonni hijolat qilib yuborardi. Jahli chiqishi tayin chunki u bu xonani shaxsan o'zi Tae uchun tayyorlagandi
Jk pov: nahotki u bundan xursand emas? balki unga yoqmagandir? unga nimalar yoqishini ham so'rab ko'rmabman
Jk: nimalarga qiziqasan o'zi Tae?
Tae: menmi? men ko'proq yozishga qiziqaman, bundan tashqari men ba'zi-ba'zida qo'shiq ham kuylab turaman
Jk: qanchalar zo'r, bu men uchun kutilmagan javob bo'ldi
Jk shunday dedida Taega qarab turaverdi, Tae ko'zini olib qochdi.
Jk: unda kel ovqatlanamiz, seni ham qorning och, meniki ham och. Axir bugun uyimda qoladigan oxirgi kuning buni zavqliroq qilish kerak
Tae: yaxshi
Jk Taega shunday deb u bilan birga xonadan chiqib, oshxonaga tushishdi va Jk bugun o'zi unga tushlik uchun “kimbap” qilib berishini aytdi. (Jk ajoyib oshpaz ham)
Jk ovqatni qilayotgan vaqt Tae Jkga qarab uni kuzatib o'tirar edi. Birdan Jk gap boshladi
Jk: sen ham ovqat qilishni bilasanmi?
Tae: unchalik emas, lekin siz ancha yaxshi ovqat qilar ekansiz
Jk: rahmat! menga buni yoshligimda o'rgatishgan
Tae: kim?
Jk o'ylanib qoldi va javob berdi:
- Qo'yaver, eslashga arzimaydi
Tae: mayli unda, majbur qilmayman
Jk ovqatni deyarli pishirishib bo'ldi. Tae dasturxonga turli xil mevalardan olib keldi. Ular birgalikda tushlik dasturxonini tayyorlashdi. Vanihoyat tushlik tayyor
Jk: ana bo'ldi, ovqat ham pishdi uni likopchalarga solyabman
Tae: yordamim kerakmi?
Jk: yo'q, rahmat
Tae: unda men qo'limni yuvaman
Jk: yaxshi, hozir meni mahoratimga baho berasan
Tae kulib qo'ydi va gapirdi
- o'ylaymanki, siz qilganingiz uchun ham bu yomon emas
Ular dasturxonga o'tirishdi va Tae ovqatni o'zi bilmagan xolda 10 daqiqada yeb qo'ydi. Jk bundan hayron bo'ldi
Jk: qorning shunchalik ochib ketgan ekanku, nega aytmading?
Tae: yo'q, shunchaki ovqat juda ham mazali chiqibdi
Jk: yoqdimi?
Tae: albatta, gap bo'lishi mumkin emas. Siz yaxshi oshpaz ekansiz Jungkook
Jk: yoqqan bo'lsa xursandman. Lekin seni tilingdan Jungkook so'zini eshitish boshqacha tuyular ekan
Tae biroz uyaldi va miyig'ida kulib qo'ydi, uni yuragi biroz tez urishni boshladi lekin buni bildirmadi
Jk: kechga nima ovqat qilib berishimni xohlaysan?
Tae: menga farqi yo'q
Jk: mayli unda kechki ovqat o'zgacha bo'ladi
Tae: menga syurprizlar yoqadi
Oradan 4 soat o'tdi, kechki payt
Jk: senga kiyimlar tayyorlab qo'yishdi, tepada ularni kiyib ol Tae
Tae: yana qanday kiyimlar?
Jk: xavotir olma, seni bir joyga olib boraman
Tae: qayerga?
Jk: borganda ko'rasan
Tae: mayli
Tae tepaga chiqib kiyimlarni kiyib tushdi va Jk uni ko'rib aqldan ozay dedi, uni huddi sevib qolayotgandek bo'ldi
Jk pov: u nega bunchalar yoqimtoy? nega u meni hayollarimni o'g'irlayabdi? men uni qanday qilib sevmasligim mumkin? yo'q-yo'q Jk o'zingga kel, sen uni sevolmaysan!
Tae juda ham qiziqardi Jk uni qayerga olib borishiga
Ular mashinaga o'tirishdi va syurpriz tayyorlangan manzilga yetib kelishdi. Jk mashinadan tushib Tae o'tirgan tomonni eshigini ochdi va Taega qo'lini uzatdi. Tae qo'lini berishni o'yladi, boshida u bermoqchi emas edi, lekin baribir keyin qo'lini berdi
Jk: ko'zlaringni bog'layman
Tae: ...........
Jk uni ko'zlarini bog'ladi va qo'lidan ushlab ichkariga yurdi. Ichkariga kirdi va Taeni ko'zlarini yechdi. Yana Taega syurpriz bo'ldi. Tae yana bir bor ertalabgi holatga tushdi ammo bu safar Jkni quchoqlamadi, chunki u yana Jkni xijolatli qilib qo'yishni xohlamadi. Quvonchi ichiga sig'mayotgan Tae nima qilishni bilmay manzarani ko'rib Jkdan so'radi
Tae: bular barchasi men uchunmi?
Jk: hammasi sen uchun, aytgandimku senga syurpriz qilaman deb
Tae: barchasi uchun sizga rahmat
Jk: sen bulardan ham ko'prog'iga arziysan
Tae: ................ (uyaldi)
Jk: modomiki, bugun oxirgi kuning ekan men bilan o'tkazgan oxirgi daqiqalaring mazmunli bo'lishini xohladim
Tae: biz yana uchrashamizku
Jk: to'g'ri, lekin men bilan qaytib bunday birga bo'lasanmi yo'qmi bilmaymizku
Tae: ...........
Taeni biroz kayfiyati tushdi ammo bildirmadi. Jk unga stulga o'tirishni taklif qildi va ular romantik lahzalarni o'tkazishdi
Tae: bu kunni hech qachon esimdan chiqarmayman
Jk: men ham
Tae kulib qo'ydi
Ular maza qilib vaqtichoqlik qilayotgan bir paytda ularni kimdir kuzatardi. Baxtga qarshi Jk va Tae juda ham sevishganlardek ko'rinishardi. Kuzatuvchi ularni rasmga oldi va Jkga buni yubordi va izoh qoldirdi:
“Bu munosabat uzoqqa cho'zilmaydi, men buni ajrataman”
Jk telefonini oldi va rasmni ko'rdi, izohni o'qidi va yuz ifodasi o'zgardi. Tae buni payqadi va Jkdan so'radi
Tae: nimadir bo'ldimi?
Jk: yo'q, hammasi yaxshi havotir olma
Tae: rostini ayting, nimadir bo'ldi sezyabman
Jk: sendan yashirib bo'lmaydi hech narsani. Mana bu nomalum raqamdan keldi
(Jk rasm va izohni ko'rsatdi)
Tae buni ko'rib o'ylanib qoldi. Jk tushkunlikka tusha boshladi. Ikkisining ham kayfiyati tushdi. Jk Taeni ertaga universitetga olib borishi kerak. Agar bu rasm tarqalib ketsa, Jk va Taeni barcha uchrashyabdi deb o'ylaydi va ularni birga kelganini ko'rib ulardan shubhalana boshlashadi. Jk nima qilishni ham bilmay qoldi.
Jk: iltimos Tae uyga ketaylik, maylimi?
Tae: mayli, bugun charchadingiz
Jk: tushunganing uchun rahmat
Ular uyga kelishdi va Jk xonasiga kirib ketdi, Tae o'z xonasiga. Tae kiyimlarini alishtirdi va o'tirib o'ylanishni boshladi. Jk hatto kiyimlarini ham alishtirmadi va yotoqga o'zini otdi va o'ylar saltanatiga ketdi. Ikkisi ham nochorlikda qoldi. Tae kim ekanligini o'ylab siqilyabdi, Jk Taeni o'ylab siqilyabdi, u ertaga qanday bosh ko'tarib yuradi? faqat Taeni o'ylayabdi. Bundan tashqari, unga nisbatan his tuyg'ular ham uyg'ona boshlagandi. Unga buni aytmoqchi edi. U nochorlikda qoldi.
Gurls 🎀 mana 5-qism, qo'limdan kegancha yozdim. Man mana buncha reaksiya yig'ib berilar deb etmiman, shunchaki o'qib shunchaki reaksiya bosib qo'ysela man uchun kotta qo'llab quvvatlash deb hisobliman 🫶🏻 bilaman yaxshi yozmayabman lekin qo'limdan keguncha yozvomman) qabul qib turilar shuni, albatta aktiv bo'laman tez orada...) 🫠🩵
——————————————————
Nima deb o’ylsila Jk va Taeni kim kuzatyabdi? Jk Taega his tuyg'ulari haqida aytadimi? Rasmlar yomon ma'noda tarqab ketsachi? Taeni ota-onasi buni qanday qabul qiladi?