Love and laugh 1-qism
Ishchi: Jeon Jungkook janoblari...
JK: Eshityapman.
Ishchi: Bizning kompaniyaga bir odam keldi. Qo‘lidan ancha ish kelar ekan, uni qabul qildik, ammo u birinchi siz bilan uchrashmoqchi.
JK: Yaxshi, kirsin.
Tae eshikdan kirib kelganida, uning shirin ifori va g‘alati, ammo quvnoq holati darhol Jungkookni o‘ziga jalb etdi. U o‘zining tabassumli va beg‘ubor ifodasi bilan gapira boshladi.
Tae: Assalomu alaykum, Jeon Jungkook janoblari. Men sizning yangi ishchingizman va sizni anchadan beri kuzataman. Sizning muxlisingizman
Jungkook bu so‘zlarga jilmayib qarab turdi, ammo shu bilan birga uning qalbida qandaydir hissiyot paydo bo‘ldi. Tae uning qarshisida turib, o‘zining g‘ayrioddiy ifodasi bilan unga ko‘zi tushgach, Jungkook yanada ko‘proq qiziqdi.
JK: Yaxshi, sen olinding. Ammo endi sen oddiy ishchi bo‘lib emas, mening o‘ng qo‘lim bo‘lib ishlaysan.
Jungkookning yuzida jilmayish aks etgan edi, bu so‘zlar qandaydir juda maxsus va ishonch bilan aytilgan edi.
Tae: R...rostanmi? Albatta, albatta janob!
Tae o‘rni kelganda biroz hayajonlanganini sezdi. Chunki Jungkookning so‘zlarida qandaydir o‘ziga xoslik bor edi.
JK: Bugundan ishlayver, barchasiga ko‘nikib ketasan, degan umiddaman.
Tae:Rahmat, janob!
Boshqa ishchi eshikni ochib, xonaga kirayotganda, to‘satdan eshik taega tegib, Jungkookning ustiga yiqildi. Ularning yuzlari juda yaqin bo‘lib, bir necha soniya davomida xotiralar o‘rtasida qolgan edi.
Tae: M..meni kechiring janob, iltimos!
Tae yuzini berkitib, qizargan holda xonadan chiqib ketdi. Yana bir marta o‘zining hayajonini ichiga yig‘di.
TAENING HAYOLIDA:
Uf, birinchi kundanaaa... u meni kim deb o‘ylagan ekan? Endi ishdan boʻshatib yuborsachi ... ufffff!
JUNGKOOKNING HAYOLIDA:
Juda quvnoq va zo‘r bola ekan 😂😅
Meni ustimga yiqilgani yaxshi bo‘ldi, uning yuzini yaqindan ko‘rib oldim. Bu bola aniq meniki bo‘lishi kerak...
Tae chiqib ketganidan so‘ng, Jungkook o‘zining ishini davom ettira boshladi. Lekin ko‘zlarida bir tuyg‘u, bir orzu o‘rnashib qolgan edi. Uning qalbida hali unga yangi o‘yin boshlanishi kerakligini anglab turardi. shuningdek Jungkookning xotiralaridagi hissiyotlar yanada chuqurlashgan.
Tae ishxonaga tezda moslashib oldi. Har kuni Jungkook uchun qahva tayyorlab kelar, uning so‘rovlarini hech ikkilanmasdan bajarardi. Tae juda mehnatsevar, qadamni tez bosadigan va o‘z vazifalarini a’lo darajada bajarayotgan ishchi edi. Jungkook uning ishga bo‘lgan munosabatini juda qadrlardi.
Bir kuni Jungkook ish vaqtida ko‘p narsalarni o‘zgartirib yuborishga qaror qildi. Yana bir marta, u qahvasini ichayotib, shunday dedi:
JK: Anavi tepadagi soatimni olib berib yubor.
Tae: Xop, janob.
Tae o‘zi uchun oddiy vazifa deb bilgan bu so‘rovni bajarish uchun yuqoriga qarab cho‘zildi. Shkafning tepasidagi soatni olish uchun oyoq uchida turishga harakat qildi, lekin bo‘yi yetmasdi. Unga ko‘rinarli darajada o‘zgacha bir his tug‘ildi bu vaziyat unga bir oz noqulaylik tug‘dirgan edi. Jungkook buni sezib, sekin orqasidan yaqinlashdi.
Tae birdan orqasiga burildi va ularning yuzlari juda yaqin bo‘lib ketdi. Ikkalasining ko‘zlari bir-biriga tikilib turar, nafas olishning ham go‘yo faqat bir biriga qarab o‘tishiga imkon bermishdek edi. Shunday bir lahza edi, Jungkookning qo‘llari Taeni to‘g‘ri tutib turib, soatni olish uchun uzatgan paytda, ikkisi ham bir-biriga tegib ketdi. Bu teginish tasodifiy bo‘lsa-da, ularning yuraklari bir oz tezroq urib ketdi.
Jungkook soatni o‘zi olib, endi noqulay vaziyatni bartaraf etishga harakat qildi, ammo u Tae ning yuzidagi qizarganligini ko‘rdi. Jungkook bir zumga jim turib, unga tabassum qilib, so‘ngra yana gaplashishni davom ettirdi.
JK: Yangi hamkorlar bilan uchrashuv bor. Men bilan borasanmi?
Tae: M..menmi? Albatta, janob!
Tae bu so‘zlarni shunchaki aytmagan edi. Uning ko‘zlarida yashirin bir xursandchilik bor edi. U, albatta, ishni yaxshi bajarishni xohlar edi, lekin bunday taklif ham uning hayotida yangi, ajoyib bir bosqichni boshlashni anglatardi. Ularning yo‘li birgalikda davom etishi, ehtimol, tasodifiy emas, balki yanada kuchayib borayotgan bog‘lanishning boshlanishi edi.
Ular mashinaga o‘tirishdi va hamkorlar bilan uchrashishga ketishdi. Jungkook mashinani haydovchiga boshqarishni buyurdi, Tae esa uning yonida o‘tirarkan, yuragi bir qarorga kelmasdan urib borardi. U o‘zini xursand, lekin bir oz ham xijolatlanuvchan his qilar edi.
TAENING HAYOLIDA:
"Bu kunni hech qachon unutmayman... U bilan vaqt o‘tkazish, endi u men uchun juda boshqacha narsaga aylanyapti."
Ular hamkorlar bilan uchrashuvga yetib bordilar. Uchrashuv rasmiy va og‘ir bo‘lishi kerak edi, lekin Tae va Jungkook orasidagi nozik tuyg‘ular va ularning orasida faqat o‘zlari biladigan nozik bir bog‘lanish mavjud edi.....