April 23, 2020

Matematika fanidan Online-Test (O'zbek va Rus sinflar uchun)

"Avval matematika, keyin hammasi"

Matematika — kichik yoshimizdan tanishishni boshlaydigan keng ilm. Shu sabab uning birinchi sinfdan dars sifatida o‘qitilishi bejiz emas. Axir umumiy matematik bilimlarsiz zamonaviy dunyoda judayam nochor bo‘lib qolardik. Xuddi ilmlar qirolichasisiz kimyo, fizika, tibbiyot va boshqa ko‘plab fanlar mavjud bo‘lmagani kabi.

Keling, online-testni boshlashdan oldin matematika to‘g‘risidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishamiz:

  • Tarixdagi birinchi matematik ayol aleksandriyalik Gipatiya bo‘lgan.
  • «Teng» belgisi XVI asrda, manfiy sonlar esa faqat XIX asrga kelib ilk marta qo‘llanilgan.
  • Birdan yuzgacha bo‘lgan jami sonlar yig‘indisi 5050 ga teng.

Oz bo'lsada matematikaga oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldingizmi😉? Juda yaxshi.
Endi asosiy mavzuga ya'ni online-test ga qaytsak.

Online-testda
- 3-4-sinf - 5-6- sinf - 7-8-sinf o'quvchilar ishtirok etadi.

Kelajakda Prezident maktabiga imtihon topshirishda o'zbek tilida topshirishni istagan o'quvchilar-o'zbek tilidagi testni, ingliz tilida topshirishni istagan (rus sinflar faqat) o'quvchilar esa ingliz tilidagi testni ishlashlari kerak...!!! Texnik nosozlik: rus sinfida o'quvchilar faqat rus tilida test topshiradi

Test savollari 23.04.2020 soat 18:00 da Telegramdagi Ustoz o'quv markazi maxsus guruhida beriladi. (Agar kimda kim guruhga a'zo bo'lmasa a'zo bo'lishini tavsiya qilamiz)

Online-test pullik - BEPUL Testlarga javoblarni soat 20:30 ga qadar @ustozedu_admin ga yuborishingiz shart.
20:30 dan keyin yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi.

ESLATMA: ushbu online-test natijalariga qarab o'quvchilar alohida tayyorlov guruhlariga qabul qilinadi. Alohida guruhga qabul qilingan o'quvchilar uchun 27.04.2020 (dushanba) dan boshlab ONLINE DARS lar tashkil qilinadi.


Demak ONLINE TEST larni topshirishda barchaga OMAD tilaymiz...!!!


Qo'shimcha: Matematika fani boshqa fanlarni o'zlashtirishda nima uchun ahamiyat kasb etishini siz quyidagi video yordamida ham bilib olishingiz mumkin. O'ylaymizki matematika fani sizni kelajakda o'z sohangizni muvaffaqqiyatli insoni bo'lib yetishishda muhim rol o'ynaydi.

Manba: O'zbekiston Xalq Ta'limi vazirligi