May 30, 2022

Ekologik muammolar yechimida yoshlarning o`rni

Atrof-muhitni ifloslantirmaslik uchun qanday harakat qilish kerak? Bugungi kunda barcha ekologik qadriyatlarni targ`ib qilish muhimdir va shu kabi maqsadlarni amalga oshirishda yoshlar qanday turmush tarzini olib borishlari zarur?

Bu haqda TIQXMMI “International House Tashkent” akademik litseyining fizika, informatika va astronomiya o`qituvchisi Anastasiya Dmitriyeva o`z o`quvchilari bilan birgalikda batafsil so`zlab berdi.

“O`zatom” agentligi hamkorligida MMFI Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filialida atrof-muhitni muhofaza qilish va yoshlarni ekologik savodxonlikka o`rgatishga qaratilgan ijtimoiy-ekologik loyiha-taqdimoti bo`lib o`tdi.

Insoniyat tarixi tabiat bilan uzviy bog`liqdir. Hozirgi kunda tabiatning inson bilan o`zaro ta`siri masalalari global ekologik muammoga aylandi. Agar yaqin kelajakda odamlar tabiatga g`amxo`rlik qilishni o`rganmasa, unda ular o`zlarini halokat yoqasiga olib kelishlari mumkin. Buning uchun esa hozirdan ekologik madaniyat va mas`uliyatni tarbiyalash zarur. Ekologik loyihada ekotizimlar, global isish, muzliklarning erishi, dengiz hayoti, delfinlar va akulalarning ayrim turlarini yo`qolib borayotgani, shuningdek, atom energiyasi tabiat bilan bog`liq muammolarni hal qilishda qanday o`rni borligi kabi va boshqa mavzular ko`rib chiqildi.

Tadbir davomida litsey o`quvchilari ekologiya masalalari bo`yicha o`zlarining rejalashtirgan yechimlarini taklif qilishdi, hamda MMFI Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filiali talabalarini birgalikda harakat qilish va tabiatga yordam berishga chaqirishdi.

Taqdimot yakunlangach, MMFI Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filiali faol talabalari qiziqarli viktorina, universitet laboratoriyalari va ijtimoiy bloklari bo`ylab ekskursiya o`tkazdilar. Ekskursiya davomida tadbir qatnashchilari intervyu berishdi, hamda universitet haqidagi taassurotlari bilan o`rtoqlashdilar.

Tadbirdan olingan videoreportajga o`tish uchun ushbu havolalarga bosing:

1) https://youtu.be/Y0HAm0XVaRk

2) https://youtu.be/AkP9jr-4aws

"O`zatom" agentligi matbuot xizmati