February 14

«Atom elektr stansiyasining sovutish tizimlari: bug'lanish sovutish minoralari "quruq" sovutish minoralariga qarshi» mavzusida noodatiy tarzda munozara bo‘lib o‘tdi

🔍“O‘zatom” agentligi huzuridagi Atom texnologiyalari axborot markazida (ATAM) «Atom elektr stansiyasining sovutish tizimlari: bug'lanish sovutish minoralari "quruq" sovutish minoralariga qarshi» mavzusida noodatiy tarzda munozara bo‘lib o‘tdi. Bo'lajak mutaxassislar,Toshkent filiali Milliy yadro tadqiqotlari universiteti MMFI talabalari "ilmiy jang" formatida o'tkazilgan bahslashuvda atom elektr stantsiyalarining ikki xil sovutish tizimini taqqoslab hamda ularning atom sanoatida qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjud ekanligini tahlil qildilar.

✏️Har yili 8-fevralda nishonlanadigan Rossiya ilm-fan kuniga bag'ishlangan tadbir "O'zatom" agentligi va "Rosatom"Davlat korporatsiyasi ko'magida o'tkazildi. Bahslashuvning mohiyati sovutish texnologiyasi va ushbu texnologiyani O'zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasida qanday qo'llash mumkinligi haqida aniq va tushunarli shaklda gapirib berishdan iborat edi. Shuningdek, ushbu munozaralarning o'ziga xos xususiyati Vengriyadan taklif qilingan atom energetikasi bo'yicha mutaxassisning ishtiroki bo'ldi.

Munozara davomida Toshkent filiali Milliy yadro tadqiqotlari universiteti MMFI “Yadro fizikasi va issiqlik fizikasi” kafedra o‘qituvchisi Shohmirzo Umarov o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
🔗«Bu tadbir juda qizg’in tarzda bo’lib o’tdi. Talabalarning bahslashuvdagi ishtiroki, ularning mahorati va professionalligini ko’rib, men bundan nihoyatda xursand bo’ldim. Zaldagi ishtirokchilarning savollari bo’yicha ularga ikkala jamoa tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to’liq tushunarli bo’lganiga amin bo’ldim. Shuningdek, talabalar o’z ko’nikmalarini ishga solgan holda keng qamrovli ma’lumotlarni tinglovchilarga qulay tilda yetkazib berishdi. Kelajakda mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish vektorini shakllantiradigan bu talabalar ekanligini bilish men uchun juda quvonarli bo’ldi.»

Tadbir yakunlangach, maktab o'quvchilari va talabalarni o'z ichiga olgan tomoshabinlar tomonidan o'tkazilgan ovoz berish natijasida "quruq" sovutish usulini eng maqbul, xavfsiz va mamlakat uchun foydali deb isbotlagan jamoa eng ko'p ovozlarni oldi.

Barcha ishtirokchilar va eng faol tomoshabinlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.🎁