October 23

“MMFI” MTYU Toşkent filialida “Markaziy Osiyo. Atom-2050” sessiyasi bölib ötdi

Joriy yilning 23-oktabr kuni “MMFI” MTYU Toşkent filialida yoşlarning Markaziy Osiyo mamlakatlari atom sanoati yetakçilari bilan birinçi oçiq uçraşuvi hisoblangan “Markaziy Osiyo. Atom-2050”sessiyasi bölib ötdi.

Mazkur uçraşuv onlayn va oflayn formatda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston hamda Tojikistondan 500 ga yaqin yoşlar vakillarini, şuningdek, mintaqa davlatlari atom sanoati rahbarlarini birlaştirdi: Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilği-energetika kompleksi masalalari böyiça maslahatçisi Bexzot Narmatov, “Özatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev, “Rosatom” davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov, Qozoğiston Respublikasi Atom energiyasi agentligi raisi örinbosari Timur Jantikin, Qirğiziston Respublikasi energetika vaziri örinbosari Mirlan Parxanov hamda Tojikistondan “TAUZ Gidro” OAJ boş direktori Abduvakil Rasulov.

Uçraşuvni oçar ekan, Bexzot Narmatov davlat rahbarining qöllab-quvvatlaşi tufayli mamlakat atom energetikasi istiqbollarini muhokama qilişdan uni amalda tatbiq etiş bosqiçiga ötganini taʼkidladi. U Jizzax viloyatida integratsiyalaşgan atom elektrstansiyasini quriş şunçaki energetika inşootini barpo etiş emas, balki öz muhandis kadrlari, ilmiy bazasi va yuqori xavfsizlik madaniyatiga ega bölgan butun bir yuqori texnologiyali tarmoqni şakllantiriş ekanini qayd etdi.

“Zamonaviy stansiya quriş — kölamli vazifa. Ammo uni işlatadigan, xavfsizligini taʼminlaydigan, texnologiyalarni rivojlantiradigan va bilimlarni keyingi avlodga yetkazadigan mutaxassislarn itayyorlaş ham bundan kam ahamiyatga ega emas. Aynan şuning uçun kadrlar tayyorlaş biz uçun butun loyiha muvaffaqiyatining asosiy şartlaridan biridir”,— dedi Bexot Narmatov.

Sessiyaning Impact Team 2050 doirasida ötkazilişi alohida ahamiyatga ega. Bu Markaziy Osiyoda Xalqaro yoşlar maslahat kengaşi iştirokida taşkil etilgan bunday formatdagi birinçi oçiq sessiyadir. Uning asosiy maqsadi mintaqa yoşlarining 2050-yilgaça atom texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça umumiy qaraşlarini şakllantiriş, kasbga kirib keliş yölidagi tösiqlarni aniqlaş hamda yangi avlodni sohaga jalb etişning aniq mexanizmlarini taklif qilişdan iborat.

Bunday ilk uçraşuv mintaqada birinçi bölib integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi loyihasini amaliy röyobga çiqarişga kirişgan va öz atom sanoatini faol şakllantirayotgan Özbekistonda ötkazilayotgani ramziy maʼnoga ega.

“Rosatom” davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov yoşlarning örniga alohida urğu berdi. U barça texnik yeçimlar va uskunalar şunçaki metall, plastmassa va simlardan iborat ekanini, yadro sanoatining haqiqiy kuçi esa insonlar ekanini taʼkidladi.

“Sizning ovozingiz va qaraşlaringizni eşitiş biz uçun juda muhim. Bugun yirik dasturlarni şakllantirar ekanmiz, sizning manfaatlaringizdan kelib çiqişimiz şart, zero 20–30 yildan keyin aynan siz uşbu obyektlarda işlaysiz va ularni oldinga siljitasiz. Atom stansiyalariga şunçaki tayyorlangan mutaxassislar emas, balki öz mamlakatlari va atom texnologiyalari rivojining drayveriga aylanişga tayyor bölgan hamfikrlar kelişi muhim”, — deya qayd etdi Aleksey Lixaçyov.

Sessiya davomida mintaqa mamlakatlarining atom sanoati va turdoş idoralari rahbarlari sözga çiqdilar. Qozoğiston Respublikasi Atom energiyasi böyiça agentligi raisi örinbosari Timur Jantikin “Balxaş” AES qurilişi loyihasi haqida sözlab berdiva talabalarni öqiş davridanoq amaliy işlarga jalb etiş muhimligini taʼkidladi. Qirğiziston Respublikasi energetika vaziri örinbosari Mirlan Parxanov va Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vazirligi huzuridagi “TAUZ Gidro” OAJ boş direktori Abduvakil Rasulov öz mamlakatlarida atom texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça qaraşlari bilan örtoqlaşib, kadrlar tayyorlaş borasidagi joriy yondaşuvlar haqida maʼlumot berdilar hamda mintaqaviy hamkorlik va yoşlar bilan tajriba almaşişning ahamiyatini qayd etdilar.

Sessiya moderatori bu formatdagi birinçi tadbir aynan Özbekistonda ötkazilayotgani ramziy maʼnoga ega ekanini taʼkidlab, iştirokçilar eʼtiborini uningalohida ahamiyatiga qaratdi.

Sessiyaga Impact Team 2050 Xalqaro yoşlar maslahat kengaşi vakillari alohida kayfiyat bağişladilar. Muhiddin Umidov (Özbekiston), Diana Gamazova (Qozoğiston) va Bektan Kidiyev (Qirğiziston) “Markaziy Osiyo “Atom-2050”” maʼruzasini taqdim etib, unda tört mamlakat yoşlarining ehtiyojlari, kasbga kirib keliş yölidagi tösiqlar va ularni bartaraf etiş böyiça aniq takliflarni aks ettirdilar.

Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekistonda ötkazilgan milliy muloqotlar natijalariga tayangan holda, ular mintaqa yoşlari atom sanoatiga ilk qadamni qançalik turliça tasavvur qilişini gapirib berdilar hamda oliy öquv yurtlari, iş beruvçilar va davlat tuzilmalari örtasida hozirdanoq amaliy hamkorlikni yölga qöyiş mumkin bölgan yönalişlarni belgiladilar. Ularning çiqişi uçraşuvning mazmuniy markaziga aylandi va soha rahbarlari bilan keyingi muloqotlar yönalişini belgilab berdi.

“Özatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev sohaning yoşlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga tayyorligiga alohida töxtalib ötdi:

“Men talabalarning qaraşlari va nostandart fikrlaşiga töliq qöşilaman. Bu juda ilhomlantiradi. Biz amalga oşirayotgan ulkan loyiha yoşlar öz salohiyatini röyobga çiqaradigan, özini bu sohaga haqiqatan ham kerakligini his qiladigan hamda uning rivojlanişiga hissa qöşadigan maydonga aylanişi uçun taʼlimdan amaliyotga ötiş tizimini jiddiy yölga qöyişimiz kerak”.

Umuman olganda, taşkil etilgan “Markaziy Osiyo. Atom-2050” sessiyasi mintaqada atom texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça umumiy qaraşni şakllantiriş yölida eng muhim qadamlardan biri böldi. Mazkur tadbir tarixda ilk bor tört mamlakat yoşlari va soha rahbarlarini bir maydonda jamlaşga muvaffaq böldi. Bu esa sohaning kelajagini hamda yangi avlod mutaxassislarini jalb etişning aniq mexanizmlarini oçiqva qizğin muhokama qiliş uçun juda qulay şaroit yaratdi.