Today

Minskda ötgan davra suhbatida global özgarişlar şaroitida energetika mustaqilligini şakllantiriş yondaşuvlari taqdim etildi

Joriy yil 27-oktabr kuni XXX yubiley Belarus energetika va ekologiya forumi (EnergyExpo-2026)doirasida “Özatom” agentligi delegatsiyasi “Energetikani rivojlantiriş orqali iqtisodiyotni rivojlantiramiz” yalpi sessiyasida hamda “Energetika mustaqilligi formulasi: iqtisodiyot, integratsiya, rivojlaniş” mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro davra suhbatida iştirok etdi.

Yalpi majlisdan söng yuqori darajadagi strategik muloqot bölib ötdi. Unda MDHga aʼzo davlatlarning asosiy energetika idoralari va tizimni şakllantiruvçitaşkilotlari rahbarlari, şuningdek, mintaqaviy integratsiya birlaşmalari vakillari qatnaşdi. Iştirokçilar yuqori noaniqlik şaroitida energetika mustaqilligi formulasi, elektr energetikasini boşqariştizimlarini moslaştiriş, boşqaruvning yangi usullari va moliyaviy vositalar, şuningdek, joriy hamda istiqbolli vazifalarni hal etişda integratsiya jarayonlarining örnini muhokama qildilar.

Global arxitekturaning keng kölamli özgarişlari — yanada tarqoq va köp qutbli modelga ötiş tendensiyasi munozaralar yönalişini belgilab berdi. Milliy manfaatlarni himoya qiliş, resurslarni samarali boşqarişhamda infratuzilma va yuqori texnologiyali sanoatda yangi investitsiya bosqiçini boşlaş şarti bilan, bu jarayonlar yangi “imkoniyatlar eşigini” oçadi.

Uşbu muhokama yoqilği-energetika majmuasini rivojlantiriş strategiyalari va mintaqaviy hamkorlik böyiça yuqori darajadagi amaliy tajriba almaşişmaydoniga aylandi. Iştirokçilar MDH davlatlarining tarmoqlararo hamkorlik samaradorligini oşiriş va mintaqaviy energetika xavfsizligini mustahkamlaşgaqaratilgan integratsion yeçimlarni belgilab oldilar. Global beqarorlik şaroitida integratsiya jarayonlari barqaror energiya tizimlarini şakllantiriş, texnologik taraqqiyot va yangi investitsiya bosqiçlarini boşlaşdaqay darajada muhim omil ekaniga alohida eʼtiborqaratildi.

Davra suhbatida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxadjayev maʼruzaqildi. U atom energetikasini rivojlantiriş mamlakatimiz uçun strategik tanlov ekanini alohida taʼkidladi.

«Biz energetika mustaqilligiga kompleksyondaşamiz. Bu tuşunça nafaqat zarur hajmdagielektr energiyasini işlab çiqariş, balki özmutaxassislarimiz, muhandislik maktabimiz, sanoatbazamiz va texnologik salohiyatimizga ega bölişniham taqozo etadi. Şu bilan birga, mustaqillikyakkalanib qoliş degani emas — aksinça, u aynansamarali xalqaro hamkorlik va integratsiya orqaliyanada mustahkamlanadi», — deya qayd etdi Azim Axmedxadjayev.

U Özbekiston energetika tizimining barqaror ösişini taʼminlaş hamda Jizzax viloyatida yirik va kiçikquvvatli energobloklarni öz içiga olgan noyob integratsiyalaşgan AES loyihasini amaliyotga tatbiq etiş bosqiçiga ötilayotganini qayd etdi. Bunday yondaşuv bir vaqtning özida tayanç generatsiyani rivojlantiriş va yanada moslaşuvçan tizimni şakllantirişimkonini beradi. Şuningdek, kadrlar tayyorlaş, işlabçiqarişni mahalliylaştiriş hamda yadro xavfsizligi madaniyatiga tayanib, yangi va yuqori texnologiyali tarmoqni barpo etişga xizmat qiladi.

Muloqotda integratsion birlaşmalarning örnihamda Belarusning BelAESni quriş va undan foydalanişdan tortib, atomçilar şahri infratuzilmasini rivojlantirişgaça bölgan boy tajribasiga alohida eʼtiborqaratildi. Mazkur amaliy tajriba Özbekiston uçunmuhim ahamiyatga ega. Zero, integratsiya platformalari kadrlar tayyorlaş, ilmiy-texnik hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi va tizimli tajriba almaşişni jadallaştirişga xizmat qiladi.

Yakuniy muhokamalar energetika mustaqilligi va mintaqaviy integratsiya bir-birini özaro töldiruvçiomillar ekanini yana bir bor tasdiqladi. «Özatom» delegatsiyasining iştiroki Özbekiston yondaşuvlarinikeng jamoatçilikka taqdim etiş va hamkorlar bilan kelgusidagi aloqalar yönalişini belgilab oliş imkonini berdi. Bunday muloqot maydonlari mintaqaviy energetika xavfsizligini mustahkamlaş, ilğor tajriba almaşiş hamda özgaruvçan global arxitektura şaroitidasohaning barqaror rivojlanişi uçun uzoq muddatli poydevor yaratadi.

Forum öz işini 30-oktyabrga qadar davom ettiradi. Mazkur kunlar davomida biznes-dastur doirasida qator muhim mavzularda konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari ötkazilişi rejalaştirilgan. Xususan, energetika xavfsizligi va mustaqilligi, elektr transportini rivojlantiriş, energiya samaradorligi, sohada raqamlaştiriş va sunʼiy intellektni qöllaş, muhandis kadrlarni tayyorlaş, ekologiya hamda zamonaviy texnologik yeçimlarni joriy etiş masalalari diqqat markazida böladi.