Özbekiston Butunjahon atom kunlarida: strategikrejalaştirişdan atom elektr stansiyasi loyihasiniamalga oşirişgaça
12-13-noyabr kunlari Antaliyada "World Atomic Days" xalqaro forumi bölib ötdi. Tadbir BRIKS davlatlarining Atom energiyasi platformasi, XAEA va Butunjahon yadro assotsiatsiyasi kömagida ötkazildi hamda davlat tuzilmalari, atom sanoatining yetakçi kompaniyalari, xalqaro taşkilotlar va yoşlar hamjamiyati vakillarini birlaştirdi. Forum jahon atom energetikasining kelajagi, uning energetika xavfsizligini ta’minlaş, iqlim maqsadlariga erişiş va davlatlarning barqaror rivojlanişidagi rolini muhokama qiliş maydoniga aylandi. Tadbirda xalqaro hamkorlik, innovatsion texnologiyalar va yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Özbekiston forumda ham milliy atom sanoati rahbariyati darajasida, ham "Impact Team 2050"xalqaro yoşlar taşabbusi doirasida iştirok etdi. 13-noyabr kuni "Odamlar va sayyora uçun atom energetikasi" mavzusida yalpi majlis bölib ötdi, unda "Özatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev, Butunjahon yadro assotsiatsiyasi boş direktori Sama Bilbao-i-Leon, Qozoğiston Respublikasi Atom energiyasi agentligi raisi Almasadam Satkaliyev, BRIKS atom energiyasi platformasining boş koordinatori Elzi Pule,şuningdek, yetakçi atom kompaniyalari va taşkilotlarining boşqa rahbarlari iştirok etdi.
Muhokama markazida atom energetikasini rivojlantiriş istiqbollari va uning ösib borayotgan energiya ehtiyojlarini qondirişdagi ahamiyati böldi. Özbekiston uçun bu masalalar, ayniqsa, mamlakatda birinçi integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasini quriş loyihasini amalga oşiriş nuqtai nazaridan dolzarbdir.
Atom energetikasini rivojlantiriş Özbekiston Respublikasi uçun muqobilsiz strategik ustuvorlik xususiyatiga ega. Mamlakat Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev taşabbusi bilan keng kölamli "yaşil" ötiş dasturi amalga oşirilmoqda. Bunday şaroitda tinç atom energiyasi asosiy generatsiyaning ekologik toza manbai va uzoq muddatli energiya xavfsizligi, sanoat ösişi va Parij iqlim kelişuvi doirasidagi majburiyatlarni bajarişningpoydevori bölib xizmat qiladi.
Yalpi majlisda sözga çiqqan Azim Axmedxadjayev "Özbekiston strategik rejalaştiriş bosqiçidan amaliy amalga oşirişning faol bosqiçiga izçil ötdi. Jizzax viloyatidagi AES quriliş maydonida tayyorgarlik işlari 2024-yil oktyabr oyidan boşlab olib borilgan va bugungi kunda RITM-200N ilğor reaktor qurilmalari asosida kiçik quvvatli atom stansiyasini quriş loyihasi özining eng faol bosqiçida,” — ekanini alohida ta’kidladi.
Mamlakat loyihani kompleks ravişda amalga oşirmoqda. Birinçi örinda - XAEA tavsiyalariga muvofiq yadroviy xavfsizlikning eng yuqori standartlarini ta’minlaş, quriliş va uskunalar sifatini sözsiz auditdan ötkaziş. Şu bilan birga, "MMFI" MTYAU Toşkent filiali negizida milliy kadrlarni jadaltayyorlaş işlari olib borilmoqda va "Atom-Sanoat" maxsus sanoat zonasida mahalliy yetkazib beriş zanjirlari şakllantirilmoqda.
Yalpi majlis iştirokçilarining savollariga javob berar ekan, A.Axmedxadjayev "3+" avlodining ikkita katta quvvatli VVER-1000 bloklari va RITM-200N reaktorli kiçik quvvatli bloklarni birlaştirgan umumiy quvvati 2 GVt dan ortiq bölgan integratsiyalaşgan AES konfiguratsiyasi nega tanlanganini asoslab berdi.
“Bizning modelimiz aynan insoniyat taraqqiyoti va Yer ekotizimini saqlaş örtasidagi muvozanat falsafasiga moslaştirilgan. Katta quvvatli bloklar keng kölamli bazaviy generatsiyani ta’minlaydi va hisob-kitoblarga köra, respublikadagi jami elektr energiyasi iste’molining 15 foizdan ortiğini qoplaydi. Kiçik quvvatli bloklar texnologik muvozanat vazifasini bajarib, quyoş va şamol stansiyalarining beqaror işlab çiqarişida generatsiyaning pasayişini kompensatsiya qiliş orqali energiya tizimiga zarur moslaşuvçanlikni beradi," — dedi u.
Quriliş kiçik quvvatli bloklardan boşlangan. RITM-200N reaktorining integral tuzilişi konstruksiyadan katta diametrli quvurlarni çiqarib taşlaş imkonini beradi, bu esa issiqlik taşuvçining bir zumda yöq bölişi bilan boğliq avariyalar xavfini jismonan bartaraf etadi va qurilmaning içki özini özi himoya qiliş körsatkiçlarini oşiradi. Bunday yondaşuv litsenziyalaş, regulyator bilan özaro hamkorlikni bosqiçma-bosqiç işlab çiqiş va yuqori malakali milliy xodimlarni tayyorlaş imkonini beradi. Bitta maydondagi integratsiya umumiy infratuzilma, yagona öquv bazasi va avariyaga qarşi rejalaştirişning yagona tizimini ta’minlaydi.
Markaziy Osiyoning qurğoqçil iqlimi şaroitida suv resurslarini tejaş alohida ahamiyatga ega. “Tabiatdan suvni tortib olişga umuman haqqimiz yöq. Şu bois loyihamizda ilğor quruq sovutiş tizimi qöllanilmoqda. Issiqlik suv buğlanişi hisobiga emas, balki havo orqali olib ketiladi. Bu stansiyaning suv resurslariga bölgan ehtiyojini mutlaq minimumga tuşirib, Jizzax viloyatidagi joylaştiriş mintaqasining nozik suv balansini saqlab qoladi," — dedi A.Axmedxadjayev.
BRIKS Yadro platformasi formatidagi hamkorlik haqida töxtalar ekan, u uçta asosiy yönalişni qayd etdi: kiçik quvvatli texnologiyalarning tösiqsiz transferi uçun me’yoriy-huquqiy bazani uyğunlaştiriş va yagona litsenziyalaş standartlarini işlab çiqiş; yadro yoqilğisi sikli sohasida diversifikatsiyalangan hamda xavfsiz yönalişlarni şakllantiriş; innovatsion moliyaviy vositalarni, xususan, Yangi taraqqiyot banki kabi rivojlaniş institutlarini jalb qiliş.
Forumda Özbekistonning yoşlar kun tartibini Impact Team 2050 kengaşi a’zosi, “MMFI” MTYAU Toşkent filiali bitiruvçisi Muhiddin Umidov taqdim etdi. U 15 ta mamlakatda ötkazilib, 15 mingdan ortiq yoşlarni qamrab olgan milliy yoşlar yadroviy muloqotlari natijalari muhokama qilingan Impact Team 2050 Kengaşi yiğilişida iştirok etdi. Muhokama yakunlari böyiça Kengaş a’zolari Impact Team 2050 milliy jamoalarini şakllantiriş, mintaqaviy yoşlar atom platformalarini hamda muvofiqlaştiruvçi markaz sifatida global yoşlar atom platformasini yaratiş taşabbusi bilan çiqdilar. Avvalroq milliy yadroviy muloqot Özbekistonda ham bölib ötgan edi.
“Biz kadrlarni uzluksiz tayyorlaş tizimini şakllantirmoqdamiz: bu “maktab — OTM — AES maydonçasi” yaxlit zanjiridir. Mazkur jarayonning özagi “MMFI” MTYAU Toşkent filiali bölib, u yerda yoşlar ilğor xalqaro standartlar asosida ta’lim olmoqda, xorijdagi amaldagi yadro obyektlarida amaliyot ötamoqda hamda xalqaro hamkorlarning eng ilğor tajribalarini özlaştirmoqda. Maqsadimiz — Özbekiston atom tarmoğining, eng avvalo, milliy kadrlarga tayanişiga erişişdir”, — deya ta’kidladi A. Axmedxadjayev.
Sözining yakunida u şunday dedi: “Özbekiston eng keng kölamli şeriklik, ilğor texnologiyalar transferi va hamkorlikdagi ekspertlik işlariga oçiq. BRIKS Yadro platformasi bilan yaqinlaşuvimiz global barqaror rivojlaniş hamda xavfsiz, uglerodsiz kelajakni barpo etiş yölidagi umumiy manfaatlarga töliq javob beradi. Sayyoramizning barqaror va xavfsiz kelajagini insonlar belgilaydi. Biz Özbekistonning yoş avlodiga töliq işonamiz va ularga mamlakatimizning energetik suvereniteti, vatandoşlarimizning iqtisodiy farovonligi hamda ekologik barqarorligi uçun mas’uliyatni işonib topşirişga tayyormiz”.
Özbekistonning World Atomic Days tadbiridagi iştiroki tinç atom sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, ilmiy-texnologik aloqalarni kengaytiriş va milliy atom tarmoğini rivojlantirişga yoşlarni jalb etiş yölidagi navbatdagi qadam böldi. Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan Integratsiyalaşgan AES loyihasi strategik qarordan amaliy ijroga qarab izçil ilgari surilmoqda va Markaziy Osiyo mintaqasi uçun texnologik xabga aylanişi közda tutilgan.