July 22, 2022

Yosh atomchilar uchun ajoyib imkoniyat "Forsaj" forumi

Kaluga viloyatida o`tkazilayotgan "Forsaj" forumida Rossiya va xorijiy yirik korporatsiyalar, sanoat korxonalari, tegishli idoralarning yosh xodimlari, jumladan, “O`zatom” agentligi xodimlari va "MMFI" MTYaU Toshkent filiali talabalari ham ishtirok etishmoqda.

Ma`lumot uchun:

Joriy yilning 17-23 iyul kunlari Rossiyaning Kaluga viloyatida "Forsaj-2022" forumi bo`lib o`tmoqda.

2022-yilda forumda Rossiya Federatsiyasining 72 viloyati, O`zbekiston va Qozog`istondan umumiy 300 dan ortiq yosh mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ishtirokchilardan mamlakatning mintaqaviy sharoitlari bilan tanishish, ishlab chiqarish sanoati qanday zamonaviy texnologiyalarga ega ekanligini tushunish, yangi iqtisodiy sharoitlarda qanday ishlash va rivojlanishni o`rganish uchun bu yerda ularning g`oyasi, kuchi, bilim va salohiyati talab etiladi.

Yosh mutaxassislar hamjamiyatining o`n ikkinchi forumi ishtirokchilarning "Forsaj" forumini muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining jamoat loyihalari bo`yicha rahbari Sergey Novikov hamda “Forsaj” forumi tashkiliy qo`mitasi raisi, Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi a`zosi, Xalqaro tasniflash jamiyatlari assotsiatsiyasi prezidenti Olga Golyshenkova bilan uchrashuvidan boshlandi.

"Forsaj-2022" dasturi Rossiya va jahon kun tartibidagi dolzarb masalalarga aylanib borayotgan: kompaniyalar va hududlarning barqaror rivojlanishi, texnologiyalar va ularning yangi texnologik zanjirlarga qay tarzda joylashishiga qaratilgan.

Forum doirasida ilmiy-ommabop tok-shou, ekspertlar muhokamalari va ma`ruzalari, mahorat darslari, intellektual va sport musobaqalari, shuningdek, “Qizlar STEM ta`limida”, “Erkaklar tok-shousi: oilaviy qadriyatlar” ko`rik-tanlovlari hamda har yili o`tkaziladigan “Forsaj janobi va xonimi" tadbirlari tashkil etildi.

Bugun 22 iyul kuni tanlov ishtirokchilarining yakuniy chiqishlari bo`lib o`tadi va kechqurun “Forsaj” forumining yopilish marosimida g`oliblar tantanali taqdirlanadilar.

Besh kun davomida yosh atomchilar iqtisodiyot, menejment, texnologiya, kosmik tadqiqotlar sohasidagi yetakchi mutaxassislar, jamoat arboblari bilan uchrashib, ularning bugungi faoliyati, mamlakat va jahon sanoatini rivojlantirish imkoniyatlari haqidagi fikrlari bilan tanishdilar, o`zlarini qiziqtirgan savollar va yangi g`oyalarni muhokama qildilar. Buni fotosuratlarda va videolavhada ko`rishingiz mumkin📸

"O`zatom" agentligi matbuot xizmati