Konstitutsiya inson huquq va erkinliklari kafolati
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida “O‘zatom” agentligida agentlik hamda"AES qurilishi Direksiyasi" DUK xodimlari ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni uyg‘unlashtirish, tinchlik va totuvlikni mustahkamlashning poydevoriga aylangan Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. Har bir fuqaroning teng huquq va erkinliklarini kafolatlaydigan, ularni toʻlaqonli amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berayotgan mamlakatimizning asosiy qonuni Oʻzbekistonning yanada demokratik rivojlanishi, mamlakatimizning buguni va kelajagi farovonligi hamda barcha fuqarolar uchun asosiy omil boʻlib qolmoqda.
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasi – 30 yilligi” esdalik nishoni bilan agentlik va direksiya xodimlarini taqdirlash marosimi ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi.
Shuningdek, tadbir doirasida va davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi nufuzi va mavqeyini oshirish maqsadida, “O‘zatom” agentligi va "AES qurilishi Direksiyasi" DUK yosh mutaxassislari ishtirokida “Konstitutsiya - huquq va erkinlik kafolatidir” mavzusida insho yozish tanlovi ham o`tkazildi.