May 1, 2022

Mahalla obodligi – yurt farovonligi

Joriy yilning 30 aprel kuni «O`zatom» agentligida obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari keng qamrovda o`tkazildi.

Obod yurtning fayzi, tarovati o`zgacha bo`ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko`rkam bo`lishiga zamin yaratadi. "Hashar — elga yarashar" degan maqol bejiz aytilmagan. Chunki, bu tadbir ko`pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida o`tkazilgan umumxalq xayriya hasharida nafaqat "O`zatom" agentligi balki, uning tarkibiy tuzilmasidagi "АES qurilishi Direksiyasi" DUK xodimlaridan iborat ahil jamoa birdamlikda ishtirok etishdi.

O`zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, agentlik hovlisi, xizmat xonalari yanada ozoda, shinam va obod holga keltirildi.

Eslatib o`tamiz, ushbu umuxalq xayriya hashari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida amalga oshirildi.