Global Atomic Quiz 2022 xalqaro taʼlim loyihasi
10-11-noyabr kunlari Atom texnologiyalari axborot markazida Ilm-fan bayrami doirasida “O`zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi o`zbek va rus maktab o`quvchilari uchun oflayn rejimda Global Atomic Quiz 2022 xalqaro taʼlim loyihasini o`tkazdi.
Tadbirda Mirobod tumanidagi 328-sonli umumta'lim maktabi, Mirzo Ulug`bek tumanidagi 223-sonli maktab, NTM "Smart School" o`quvchilari hamda Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litsey talabalari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar atom texnologiyalari mavzusiga bag`ishlangan 20 ta savolga tez va to`g`ri javob berishlari kerak edi. Ushbu viktorina davomida o`quvchilar atrofimizdagi olam, yadro fizikasi va zamonaviy atom texnologiyalari haqida kerakli ma'lumotlarga ega bo`lishdi.
Viktorina yakunlanganidan so`ng maktab o`quvchilari axborot markazi mutaxassislari bilan qaysi savollar ularda qiyinchilik tug`dirganini va yadro texnologiyalari jamiyatning turli sohalariga qo`shgan hissasi haqida qizg`in muzokara o`tkazdilar.
Loyiha yakunida ishtirokchilar hamda g`oliblar sertifikatlar va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.