June 7, 2022

Atom sohasi targ`ibotiga bag`ishlangan muhim sessiya

26-27 may kunlari «Kelajak energiyasi» atom energiyasi axborot markazlarini rivojlantirish avtonom notijorat tashkiloti tashabbusi bilan «O`zatom» agentligi qoshidagi Atom texnologiyalari axborot markazida navbatdagi ko‘chma «Atom sohasi targ‘ibotiga bag`ishlangan muhim sessiya» bo`lib o`tdi.

Ushbu tadbir ekspertlar nutqlari, sohalar bo`yicha muzokara, markazlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni atroflicha o`rganib chiqish, ilm va texnika yo`nalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassisslarning chiqishlari va eng asosiysi ushbu sohada 10 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan xorijiy soha vakillarining o`z tajribalari bilan bo`lishishgani katta ahamiyat kasb etdi.
Muhim sessiya har yili bir marotaba axborot markazlarining tarmoqlari faoliyat yuritadigan mamlakatlardan mutaxassislarni bir nuqtada yig`adi. O`tgan yili ushbu tadbir Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida bo`lib o`tgan edi.

Sessiyani qaysidir ma`noda markazlar faoliyatiga bag`ishlangan yillik hisobot tadbiri deyish mumkin,unda barcha mutaxassislar yil davomida amalga oshirgan ishlari va kelajakdagi rejalari borasida fikrlashadilar.
2 kun davom etgan tadbirda Rossiya, Belorussiya, Kozog`istonlik mutaxassislar ishtirokida «Tashqi maydonda jamoa bo`lib ishlash, maqsadli auditoriya bilan kommunikatsiya o`rnatish», «Atom energiyasi axborot markazlari tarmoqlarining ijodiy faoliyati va aholini kerakli axborot bilan tanishtirish darajasini oshirish», «Axborot markazlarining tadbirlarida ekologiya masalalari o`rni, tahlili va muvofaqqiyatli yechimi», «Nur-Sulton shahrida oxirgi 6 yilda Axborot markazining eng muhim tadbirlari», «Dolzarb va global hodisalar maydonida Axborot markazlarining o`rni» kabi mavzularda qiziqarli muzokaralar olib borildi va fikrlar almashindi.

«Bugun ushbu sessiyada ishtirok etib turgan hamkasblarimizning ko`pchiligi Atom energiyasi axborot markazlarida faoliyat yuritib kelayotganlariga 10 yildan oshdi. Barchalarining ish faoliyatlari rang-barang, o`rgansa bo`ladigan tomonlari ko`p va eng asosiysi ushbu markazlar nafaqat yoshlar bilan, balki davlat organlari va tashkilotlari bilan ham hamkorlikni yo`lga qo`yganlar. Ochig`ini aytsam, O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan markazning tashkil topganiga 3 yil bo`lgani sabab, eng yaxshi soha mutahassislarini bu yerga olib kelib ular bilan tajribalarimizni o`rtoqlashamiz va bilmaganlarini o`rgatamiz deb o`ylagan edik biroq, markazning 3 yil davomida amalga oshirgan ishlarini ko`rib juda hursand bo`ldik. Markazni rivojlantirishda shu kungacha salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Bu esa juda muhim.»- deydi «Kelajak energiyasi» ANT bosh direktori Tatyana Yanichkina.

Ikki kun davom etgan ushbu muhim sessiya yana bir yilga markaz faoliyati uchun quvvat manbaidek bo`ldi. Oldinda Axborot markazining foydali ilmiy-ommabop tadbirlari shahrimiz fuqarolarini kutmoqda.

«O`zatom» agentligi matbuot xizmati