O‘zbekistonda kichik quvvatli AES qurilishi shartnomasi kuchga kirish tartibi to’g’risidagi bayonnomasini imzolash marosimi bo’lib o’tdi
Yig‘ilish doirasida 6 blokli kam quvvatli AES qurilishi shartnomasi kuchga kirish tartibi to’g’risidagi bayonnoma imzolandi.
2024-yil 26-iyun kuni “O‘zatom” Atom energiyasi agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi muhandislik bo‘limi rahbarlarining rasmiy uchrashuvi doirasida kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) maydonida KQAES qurilishi shartnomasi kuchga kirish tartibi to’g’risidagi bayonnomasini imzolash marosimi bo’lib o’tdi.
Delegatsiya kuz oyida 6 blokli AES uchun infratuzilma ob’ektlari yaratilishi rejalashtirilayotgan maydonni ko‘zdan kechira turib, shtab maydonida belgilangan vaqtda qurilish ishlarini boshlash – barcha infratuzilma bilan ta`minlangan quruvchilar shaharchasini barpo etishga kirishish borasida kelishuvni amalga oshirish yuzasidan dastlabki masalalarni muhokama qildi.
Shuningdek, “O‘zatom” agentligi rahbari ishtirokida 27 may kuni AES qurilishi bo`yicha shartnoma kuchga kirishi to`g`risidagi bayonnoma imzolangan edi. Ushbu bayonnomani “O`zatom” Atom energiyasi agentligi AES qurilish direksiyasi direktori Otabek Amanov va Markaziy Osiyoda AES qurilishi loyihasi “Atomstroyeksport” AJ direktori Pavel Bezrukov imzolashdi.
Delegatsiyaning qurilish maydoniga tashrifi doirasida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev bilan uchrashuv tashkil etildi.