June 6

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) Elektr energetika Kengashining navbatdagi 64-yig'ilishi bo'lib o'tadi

Joriy yilning 6 iyun kuni Sankt-Peterburgda MDH Elektr energetika Kengashining Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida 64-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Atom energiyasi agentligi direktori Axmedxadjaev Azim Isroilovich videokonferensaloqa rejimida ishtirok etdi.

Forumning ishchi dastur ishtirokchilari MDH davlatlarining elektr energetikasi va elektr energetika kompaniyalari boshqaruv organlari rahbarlari, xususan Qozog'iston Respublikasi energetika vaziri Almasdam Satkaliyev, Belarus Respublikasi Viktor Karankevich, Rossiya Federatsiyasi Sergey Sivilev, Tojikiston Respublikasi energetika va suv resurslari vaziri Juma' Daler, Qirg'iziston Respublikasi energetika vazirining o'rinbosari Talaybek Baygaziyev, Armaniston Respublikasi hududiy boshqaruv va infratuzilmalar vaziri Sanosyan Gnel hamda boshqalardan iborat bo‘ldi.

MDH Bosh kotibi oʻrinbosari Denis Trefilov yigʻilish ishtirokchilariga tabrik soʻzi bilan Kengashni ochib berdi. U Energetika Kengashining energetika idoralari va kompaniyalari o'rtasidagi hamkorlikni saqlash hamda mustahkamlashtirishdagi faoliyatini yuqori baholadi.

“Energiya tizimlarining parallel ishlashi, umumiy elektr energiya bozorini shakllantirishga yondashuvlarni ishlab chiqish, ilg'or tajriba almashish, elektr energiyasini o'zaro yetkazib berish, transchegaraviy mintaqalarda baxtsiz hodisalarni bartaraf etishga ko'maklashish barcha Hamdo'stlik mamlakatlari uchun bunday muvofiqlashtirishga bo'lgan talab haqida gapirishga imkon beradi”, - ta'kidladi Denis Trefilov.

Shuningdek, kun tartibiga ko'ra, vakolat muddati tugashi munosabati bilan MDH Elektr energetika Kengashining yangi Prezidenti saylandi. Ushbu lavozimga Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri Sergey Sivilev saylandi.

Yig‘ilish ishtirokchilari kun tartibiga qo'yilgan barcha masalalarni atroflicha muhokama qilganlaridan so‘ng energetika sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va MDH mamlakatlarida energetika sohasida sheriklik salohiyati haqidagi ma’ruzalarni tingladilar, shuningdek, atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatlari hamda uning iqlim bitimi bo'yicha majburiyatlarini amalga oshirishdagi rolini muhokama qildilar.

Shuningdek, yig'ilishda Kengashning 2023-yil davomidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti va 2025-yilda muvofiqlashtirish rejalashtirilgan Harakat rejasi loyihasi ko‘rib chiqildi.

MDH Elektr energetika kengashining 64-yig‘ilishi yakunida axborot almashinuvi va energiya resuslaridan samarali foydalanish asnosidagi milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish maqsadida elektroenergetika rivojlanishini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

MDH Elektr energetika kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2024-yilning to‘rtinchi choragida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Mazkur Kengash MDH mamlakatlarining davlatlararo munosabatlari doirasida 1992-yil 14-fevralda tuzilgan tarmoq tuzilmasi hisoblanadi.

"O'zatom" agentligi Matbuot xizmati

Telegram |

Facebook |

Instagram |

Web sayt |

YouTube |

Twitter