"Uzbekistan GTL" MChJda ISO xalqaro standartlari bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
"Uzbekistan GTL" MChJda korxona faoliyatida sifat, xavfsizlik, axborot himoyasi va energiya samaradorligini yanada oshirish hamda korxona rahbarlarining boshqaruv salohiyatini oshirish va xalqaro talablarga mos ish yuritishini taʼminlash maqsadida o‘rta bo‘g‘in rahbar xodimlari uchun ISO standartlariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi:
- ISO 9001:2015 – Sifat menejmenti tizimi
- ISO 14001:2015 – Atrof-muhitni boshqarish tizimi
- ISO 45001:2018 – Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi tizimi
- ISO 27001:2022 – Axborot - xavfsizligini boshqarish tizimi
- ISO 50001:2018 – Energiya menejmenti tizimi
Trening doirasida standartlar asosida ichki audit o‘tkazish, xavf va imkoniyatlarni aniqlash, hujjatlar bilan ishlash, boshqaruv jarayonlarini tahlil qilish kabi amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.