Yangiliklar
October 29

“O’zbekneftegaz” AJ tizimidagi turli zavod va korxonalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif buyurishdi

“O’zbekneftegaz” AJ tizimidagi turli zavod va korxonalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar “Uzbekistan GTL” zavodining ishlab chiqarish jarayonlari hamda zavodda o’rnatilgan zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Zavod mutaxassislari tomonidan mehmonlarga GTL texnologiyasining o‘ziga xos jihatlari, tabiiy gazdan yuqori sifatli suyuq yoqilg‘i — dizel, nafta va aviakerosin mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlar zavodning markaziy boshqaruv binosida bo‘lib, ishlab chiqarishni masofadan boshqarish tizimi, xavfsizlik nazorati hamda avtomatlashtirilgan jarayonlarni ko’zdan kechirdilar.

Bundan tashqari mehmonlar Markaziy laboratoriyada bo‘lib, mahsulot sifatini nazorat qilish, tahlil qilish usullari va laboratoriya jihozlari bilan yaqindan tanishishdi. Ular uchun bu tashrif nafaqat ishlab chiqarish jarayoni haqida amaliy tushuncha hosil qilish, balki ilmiy yondashuv, texnologik yangiliklar va professional rivojlanish nuqtayi nazaridan ham katta ahamiyat kasb etdi.