Yangiliklar
July 10

“Uzbekistan GTL” MChJda Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va “Yoshlar kuni” keng nishonlandi

“Uzbekistan GTL” MChJda Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va “Yoshlar kuni” keng nishonlandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Uzbekistan GTL” MChJda xodimlar uchun keng qamrovli sport va intellektual musobaqalar o‘tkazildi. Tadbirlar korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijtimoiy faollikni oshirish va o‘zara hamjihatlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida xodimlarning intellektual salohiyatini yanada ishirish maqsadida Zakovat-Quiz intellektual o‘yini va shaxmat musobaqasi, jismoniy faollikni oshirish va salomatlikni mustahkamlash maqsadida mini-futbol chempionati, shuningdek zamonaviy yoshlar orasida ommalashib borayotgan cybersport – Counter-Strike bo‘yicha turnir o‘tkazildi.

Musobaqalarda “Uzbekistan GTL” MChJning turli bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan 400 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi. Har bir bellashuv ko‘tarinki ruhda, murosasiz va hayajonli tarzda o‘tdi. Barcha qatnashchilar o‘zlarining aqliy, jismoniy va intellektual salohiyatlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra quyidagi g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Mini-futbol chempionati:
1-o‘rin — Muntazam texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish bo‘limi jamoasi
2-o‘rin — Mukammallik markazi jamoasi
3-o‘rin — Sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhit muhofazasi bo‘limi jamoasi

Cybersport (CS 1.6) turniri:
1-o‘rin — "Gambit" jamoasi - Yig‘ma axborot va tahlil bo‘limi
2-o‘rin — "Maintenance" jamoasi - Muntazam texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi
3-o‘rin — "No Mercy" jamoasi - Xarid qilish va logistika bo‘limi

Shaxmat musobaqasi:
1-o‘rin — Ruziyev Anvar Jumanazar o‘g‘li - Sintetik suyuqliklar ishlab chiqarish tsexi
2-o‘rin — Raximov Doniyor Sevarovich - Buxgalteriya hisobi va korporativ hisobot bo‘limi
3-o‘rin — Normamatov Bobirbek Botir o‘g‘li - Texnik jihatdan muvofiqlashtirish bo‘limi

Zakovat-Quiz intellektual o‘yini:
1-o‘rin — Yig‘ma axborot va tahlil bo‘limi “Quizzers” jamoasi
2-o‘rin — Buxgalteriya hisobi va korporativ hisobot bo‘limi “Accountants” jamoasi
3-o‘rin — Xotin-qizlar “Energy Girls” jamoasi

Tadbirlar yakunida barcha musobaqa va turnirlarda yuqori natijalarga erishgan jamoa va ishtirokchilar korxona rahbariyati va Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom, kubok va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash maqosimida Bosh operatsion direktor, Kasaba uyushma qo‘mitasi Raisi va Texnik xizmat ko‘rsatish menejeri so‘zga chiqqib, mazkur tadbirlar nafaqat xodimlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashi, balki ularning tashabbuskorligi, kasbiy faolligi va korxonaga bo‘lgan daxldorlik tuyg‘usini yanada oshirishini, bu kabi tadbirlarni esa davomiy tarzda o‘tkazilishini ta’kidlab, faol ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

“Uzbekistan GTL” MChJ Rahbariyati, Kasaba uyushma qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi barcha ishtirokchilarga chuqur minnatdorchilik bildiradi hamda g‘oliblarni esa samimiy tabriklaydi!