Yangiliklar
November 28, 2025

“O‘zbekneftgaz” AJ tizim tasarrufidagi korxonalar yoshlari uchun “Uzbekistan GTL” zavodiga ekskursiya tashkil etildi

“O‘zbekneftgaz” AJ tizim tasarrufidagi korxonalar yoshlari uchun “Uzbekistan GTL” zavodiga ekskursiya tashkil etildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tizimdagi yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning amaliy tajribasini oshirish hamda korxona va zavodlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida muntazam ravishda ishlab chiqarish obyektlariga ekskursiyalar tashkil etib kelinmoqda.

Shu maqsadda navbatdagi ekskursiya “Uzbekistan GTL” MChJ zavodida o‘tkazildi. Unda tizim tasarrufidagi korxonalar yosh xodimlari ishtirok etdi.

Ekskursiya dasturi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kirish yo‘riqnomasidan boshlandi. So‘ngra zavodning loyihalanish bosqichidan tortib bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish jarayonlari, ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik xususiyatlari haqida batafsil taqdimot namoyish etildi.

Shundan keyin ishtirokchilar mas’ul mutaxassislar hamrohligida asosiy ishlab chiqarish maydonlari, texnologik jarayonlar va qurilmalar bilan bevosita tanishdilar. Shuningdek, ular Boshqaruv markazi faoliyati bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ekskursiya davomida yoshlar Markaziy laboratoriyada bo‘lib, tajriba jarayonlarida ishtirok etdilar. Jumladan, arktik dizel yoqilg‘isining –40°C haroratda ham o‘z fizik-kimyoviy xususiyatlarini saqlab qolishi amaliy misolda namoyish qilindi.

Tadbir yakunida ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etilib, unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Bunday ekskursiyalar yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘zaro tajriba almashish va neft-gaz sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shishlari uchun muhim imkoniyat yaratadi.