Korxonamiz xodimini xalqaro yutug‘i bilan tabriklaymiz!
Personalni boshqarish bo‘limi HR-Analitigi Baratov Nurbek Umarali o‘g‘li 2023–2025 yillarda Yaponiya Xalqaro Universitetida tahsil olib, Biznes boshqaruvi magistri (MBA) darajasini muvaffaqiyatli tamomladi.
Mazkur o‘qish imkoniyati unga Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICE) tomonidan moliyalashtiriladigan nufuzli JDS (Japanese Grant Aid for Human Resource Development Scholarship) stipendiyasi orqali taqdim etilgan.
Ushbu ikki yillik ta’lim davomida Nurbek quyidagi sohalarda amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi:
· Strategik boshqaruv va yetakchilik
· Moliya, Buxgalteriya hisobi va investitsiyalar
· Inson resurslarini boshqarish
· Raqamli transformatsiya va data analitika
· Marketing, xizmat ko‘rsatish va xalqaro menejment
Baratov Nurbekning xalqaro darajadagi bu yutug‘i - nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyati, balki “Uzbekistan GTL” jamoasining ilm, malaka va ko‘nikmalarga asoslangan taraqqiyotiga qo‘shilgan muhim hissa hisoblanadi.
Biz hamkasbimizni chin dildan tabriklaymiz va professional faoliyatida bardavom yutuqlar tilaymiz!