Yangiliklar
January 8

2025-yil yakunlari boʻyicha yillik faoliyati tahlili hamda 2026-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

"Uzbekistan GTL" MChJda “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, korxonaning 2025-yil yakunlari boʻyicha yillik faoliyati tahlili hamda 2026-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Boshqaruv raisi topshirigʻiga binoan, 2026-yilda ishlab chiqarish hajmlarini 15-20 foizga oshirish hamda ichki bozorda dizel yoqilgʻisi realizatsiyasini kengaytirish ustuvor vazifa etib belgilandi. Shu bilan birga, aviakerosin realizatsiyasi boʻyicha aviakompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish, autsorsing masalalarida iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Yigʻilish yakunida barcha masʼullarga 2026-yil uchun rejalashtirilgan vazifalarni oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.