Bugun “Uzbekistan GTL” MChJ zavodida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentabrdagi PF–173-son farmoniga muvofiq, 2026 yil 15 yanvar — 28 fevral kunlari o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik doirasida bugun “Uzbekistan GTL” zavodida seminar o‘tkazildi.
Seminar Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi vakillari tomonidan tashkil etilib, unda korxona xodimlariga census.stat.uz portali orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi, ro‘yxatga olishning bosqichlari hamda shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligining qonuniy kafolatlari batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati, savolnoma tarkibi va jarayonning davlat organlari uchun majburiyligi yuzasidan ham atroflicha ma’lumot berildi.
Ma’lumot o‘rnida: Prezident farmoniga asosan, davlat organlari va tashkilotlari 2026 yil 15–31 yanvar kunlari barcha xodimlarining census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashi belgilangan.