Yangiliklar
August 13

Xalqaro mutaxassislar Uzbekistan GTL zavodi tajribasini oʻrganmoqda

Uzbekistan GTL zavodi nafaqat ichki, balki xalqaro miqyosda ham ilg‘or tajriba almashish markaziga aylanmoqda. Hozirgi kunda Nigeriyaning Escravos GTL zavodidan bir guruh mutaxassislar Uzbekistan GTL zavodiga ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik yechimlar, laboratoriya tahlillari va boshqaruv tizimlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.