Yangiliklar
June 4

"Uzbekistan GTL" MChJ xodimlari davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda

“Uzbekistan GTL” MChJda davlat tilida to'g'ri ish yuritish va rasmiy hujjatlar bilan ishlashda yagona me’yorlarga amal qilishni ta’minlash maqsadida xodimlar uchun maxsus malaka oshirish kursi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur o‘quv kursi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.

Tinglovchilar davlat tilida xizmat yozishmalarini to‘g‘ri yuritish, me’yoriy hujjatlarni rasmiylashtirish, til madaniyati va huquqiy asoslar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirmoqda.

"Uzbekistan GTL" MChJ PR xizmati