Yangiliklar
October 2

Eng Fidoyi Ustoz – IV ko‘rik-tanlovi

Ustozlik — yuksak mas’uliyat, fidoyilik va mehr talab etadigan ulug‘ kasb. O‘z bilim va tajribasini ayamay, kelajak avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustozlarimiz har qanday e’tirofga loyiq.

Mamlakatimizda ustozlarni ulug‘lash, ularning mehnatini qadrlash va ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz sohasida ta’lim–ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-309-son qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda va ana shu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda munosib rag‘batlantirishga maqsadida 2025–2026 o‘quv yili uchun “Eng Fidoyi Ustoz – IV” tanlovi e’lon qilinmoqda.

Ishtirok etish shartlari

  • Tanlovda Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, ishlab chiqarish sohasiga oid mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim berayotgan kamida 2 yillik pedagogik tajribaga ega o‘qituvchilar qatnashishi mumkin.
  • Nomzodlar talabalarning o‘z ustozlariga bo‘lgan ishonchi va hurmati asosida, shuningdek, korxona xodimlari hamda iqtidorli yoshlar tomonidan taqdim etiladi.
  • Baholash mezonlari: ustozning ilmiy-pedagogik yondashuvi, dars jarayonida talabalarga tushuntira bilish qobiliyati, halolligi va fidoyiligi.

Rag‘batlantirish:

G‘oliblar pul mukofotlari, faxriy e’tirof va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi yangi imkoniyatlar bilan rag‘batlantiriladilar.

Murojaat va muddatlar:

So‘rovnomada ishtirok etish havolasi: https://forms.gle/JsdMdrDd4tkJ7UuN8

Qabul muddati: joriy yil 26-sentabrdan 14-oktabr soat 23:59 gacha.

📌 Aziz talabalar! Sizning ovozingiz va munosabatingiz ustozlar mehnatini qadrlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. “Eng Fidoyi Ustoz – IV” tanlovida o‘z ustozingizni qo‘llab-quvvatlash imkonini boy bermang!

👉 Batafsil ma’lumot Uzbekistan GTL rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.