Ishchi guruh tomonidan “Uzbekistan GTL” zavodida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida belgilangan topshiriqlar ijro holati o‘rganildi
“O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislaridan iborat ishchi guruh “Uzbekistan GTL” MCHJ zavodiga tashrif buyurib, 2025–2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida ishchi guruhga zavodda mavsumiy tayyorgarlikka qaratilgan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani, jumladan, texnologik qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mirlash va izolyasiyalash, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash yo‘nalishida zarur ishlar olib borilayotgani hamda "Performance test"dan so‘ng zavod 100% quvvatda ishlayotganligi haqida ma’lumotlar berildi.
Ishchi guruh tomonidan korxonada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi hamda jarayonlarini yanada samarali tashkil etish va 1 oktyabrga qadar yakunlash yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.