Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan XII xalqaro “Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasida neftegazkimyo va neftni qayta ishlash” biznes-sammiti ishtirokchilari Uzbekistan GTL zavodiga tashrif buyurdi
Samarqand shahrida 9–11 sentyabr kunlari "Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasida neftegazkimyo va neftni qayta ishlash"ga bag‘ishlangan XII xalqaro biznes-sammit bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 11 sentyabr kuni mazkur sammitda ishtirok etayotgan 50 dan ortiq xalqaro kompaniyalar rahbarlari va vakillari “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif buyurib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif doirasida mehmonlarga zavodda ishlab chiqarilayotgan sintetik yoqilg‘i mahsulotlari, ularning ishlab chiqarish jarayoni, sifati va belgilangan standartlarga muvofiqligi, zavodda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologik yechimlar, shuningdek qisqa muddat ichida korxona “Performance test”dan muvaffaqiyatli o‘tgani va hozirgi kunda to‘liq quvvatda samarali ishlab turgani haqida ma’lumot berildi.