2025–2026 o‘quv yili uchun “Eng Fidoyi Ustoz – IV” ko‘rik-tanlovi start olmoqda!
Ustozlik — yuksak mas’uliyat, fidoyilik va mehr talab etadigan kasb. O‘zining bilim va tajribasini ayamay, kelajak avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun ustozlarimiz har qanday e’tirofga loyiqdir.
Shu maqsadda Uzbekistan GTL Korxonasi mamlakatimiz ta’lim sohasidagi fidoyi va zahmatkash ustozlarni qadrlash, ularning mashaqqatli mehnatini e’tirof etish maqsadida an’anaviy tanlovni davom ettiradi.
🎓 2025–2026 o‘quv yili uchun “Eng Fidoyi Ustoz – IV” ko‘rik-tanlovi start olmoqda!
🔹 Tanlovda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, kamida 2 yillik tajribaga ega o‘qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.
🔹 Nomzodlar talabalarning o‘z ustozlariga bo‘lgan ishonchi va hurmati asosida, shuningdek, korxona xodimlari hamda iqtidorli yoshlar tomonidan taqdim etiladi.
🔹 Baholash jarayonida ustozning ilmiy-pedagogik yondashuvi, dars jarayonida talabalarga tushuntira bilish qobilyati, halolligi va fidoyiligi asosiy mezon sifatida e’tiborga olinadi.
🏆 G‘oliblar pul mukofotlari, faxriy e’tirof va ta’lim sifatini yuksaltirish uchun yangi imkoniyatlar bilan rag'batlantiriladilar
📌 Aziz talabalar!
Bugun sizning ovozingiz, sizning munosabatingiz ustozlarning mehnatini qadrlashda hal qiluvchi kuch bo‘lishi mumkin.
🕊 “Eng Fidoyi Ustoz – IV” tanlovida o‘z ustozingizni qo‘llab-quvvatlash imkonini qo‘ldan boy bermang!
So'rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/JsdMdrDd4tkJ7UuN8
So'rovnomada qatnashish joriy yilning 26-sentabr sanasidan 14-oktabr soat 23:59 ga qadar o'tkaziladi.
👉 Batafsil ma’lumot Uzbekistan GTL rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.