Yangiliklar
June 9
"Uzbekistan GTL" MChJ xodimlari uchun ISO standartlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi
"Uzbekistan GTL" korxonasida ISO 27001 – Axborot xavfsizligini boshqarish tizimi standarti bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish maqsadida maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.
Kurs davomida ishtirokchilar axborot xavfsizligi tizimining asosiy tamoyillari, ichki auditni o‘tkazish tartibi, hujjatlarni shakllantirish va yuritish kabi amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan xodimlarga rasmiy sertifikatlar topshirildi.
Mazkur kurslar shunisi bilan ahamiyatliki, malaka oshirgan xodimlar endilikda korxonada ISO 27001 standarti bo‘yicha ichki audit o‘tkazishda va tegishli hujjatlarni yuritishda faol ishtirok etadilar.