Yangiliklar
May 20

"Uzbekistan GTL" zavodida foydalanilayotgan asbob-uskunalarni mahalliylashtirish bo'yicha uchrashuv o'tkazildi

"Uzbekistan GTL" MChJ zavodida ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan metrologik va nazorat-o‘lchov asboblarini bosqichma-bosqich mahalliylashtirish maqsadida “Metrol” kompaniyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mahalliylashtirish bo‘limi, metrologiya xizmati va nazorat-o‘lchov yo‘nalishidagi mutaxassislar ishtirok etdi. Suhbat davomida texnik hamkorlik, xalqaro standartlarga javob beruvchi asbob-uskunalarni ichki ishlab chiqarish orqali joriy etish imkoniyatlari keng muhokama qilindi va “Metrol” kompaniyasi tomonidan yuqori aniqlikdagi manometrlar, harorat, sath va sarf asbob-uskunalari taqdim etildi.

Uchrashuv davomida ilg‘or texnologik yechimlar bo‘yicha fikr almashildi va mazkur metrologik uskunalarni mahalliy ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, “Metrol” — Rossiyaning Kazan shahrida joylashgan metrologik va nazorat-oʻlchov asboblarini ishlab chiqarish, kalibrlash va yetkazib berishga ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi.

"Uzbekistan GTL" MChJ PR xizmati