“Uzbekistan GTL” MChJ zavodida “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan ma’rifiy seminar o‘tkazildi
Ushbu seminar O‘zbekneftgaz AJ Yuridik bo‘limi xodimlari tomonidan tashkil etildi. Tadbir davomida xodimlarga Asosiy Qonunimizning mazmun-mohiyati, unda belgilangan inson huquqlari, demokratik tamoyillar hamda Konstitutsiyaning yangi tahririda mustahkamlangan ijtimoiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar Konstitutsiya davlat va jamiyat taraqqiyotidagi bosh huquqiy mezon ekanini, unda inson qadri va adolat prinsiplariga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, ishtirokchilarga fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, Konstitutsiya normalarini hayotga tatbiq etish va jamiyatda huquqiy ongni mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida Konstitutsiyaning amaliy ahamiyatiga oid qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilib, ushbu kunning mazmun-mohiyatini chuqur anglashga xizmat qiluvchi fikrlar bildirilgan, xodimlarning huquqiy madaniyatini mustahkamlashga doir tavsiyalar berildi.
Tadbirdan so‘ng mehmonlar mutaxassislar hamrohligida zavodning ishlab chiqarish jarayonlari, joriy faoliyati, boshqaruv markazi hamda markaziy laboratoriya bilan yaqindan tanishdilar.