Yangiliklar
May 1

"Uzbekistan GTL" MChJ 2025 yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etdi

Ekologik muvozanatni ta’minlash, atrof-muhitni obodonlashtirish va kelajak avlodlar uchun sog‘lom hayot tarzini yaratish yo‘lida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar doirasida korxona tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bahorgi mavsum davomida olib borilgan ko‘chat ekish ishlari kengaytirilgan miqyosda tashkil etilib, korxona tomonidan turli hududlarga manzarali va iqlimga mos daraxt navlari ekildi. Ular orasida saksovul, tut, sharq tuyasi, yasen, zarang, sada qayrag‘och va qizil olxo‘ri kabi ko‘chatlar mavjud bo‘lib, ular nafaqat hududning ko‘rkamligini oshiradi, balki ekologik muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, bu yil bahor mavsumida ekilgan daraxtlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan sezilarli darajada ortdi — natijalar esa ikki baravar o‘sishni ko‘rsatmoqda. Bu esa "Uzbekistan GTL" MChJning ekologik barqarorlik yo‘lidagi sa’y-harakatlari tobora kengayib, tizimli va uzoq muddatli yondashuv asosida ish olib borayotganidan dalolat beradi.

"Uzbekistan GTL" MChJ PR xizmati